14.7. Quduqlarni burg‘ilashda ekologik masalalar
Tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish va atrof muhitdagi tabiatni muhofaza qilish masalalarining zamonaviy rivojlanish bosqichida insoniyatning oldida turgan eng muhim muammolardandir. Xо‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi zararli holatlarni bartaraf qilish va ularning oldini olishning umumiy iste’mol holatlarini о‘rganish muhim vazifa hisoblanadi. Atrof muhitning muhofazasida va ularning har xil ifloslanishlardan himoya qilishdagi ekologik muammolarni yechishda aniq vazifalar burg‘ilash korxonalariga yuklanadi. Burg‘ilash ishlarining ajralib turadigan xususiyati shundaki, ular tо‘g‘ridan tо‘g‘ri tabiatda ishlab chiqarishni olib borishadilar va о‘lkan maydonlarga tarqaladi, faqatgana quriqlik maydoni egallab olinmasdan botqoqliklar, kо‘llar, dengiz va okean ekvatoriyalarni ham egallaydi hamda quduqlarni burg‘ilashda chuchuk va minerallashgan suv uyumlari, har xil tarkibdagi neft va gaz konlari ochiladi.
Burg‘ilash ishlarini nazorat qilish mavjud bо‘lmaganda ekologik iqlim kuchli buzilishga keladi, mahalliy suv manbalari, oqova quvurlar ta’sirida kimyoviy reagentlar, yoqilg‘i–moylash materiallarining qoldiqlari, yer bag‘ridagi tabiiy flyuid oqimlarining oralig‘idagi izolyatsiyalar va yer osti ta’minoti manbaining rejimlari buziladi. Neft va gaz quduqlarining ochiq favvoralari jiddiy ifloslanishlarni keltirib chiqaradi, ba’zi holatlarda atmosferani zaharlanishga olib keladi.
Yuqorida kо‘rsatib о‘tganimizdek, quduqlarni burg‘ilashda katta hajmdagi yuvuvchi eritmalardan foydalaniladi, ularning tarkibida katta miqdordagi zararli aralashmalarning (neft va neft mahsulotlari, kimyoviy reagentlar va hk.) konsentratsiyasi mavjud bо‘ladi.
Burg‘ilash eritmasining sirkulyatsiya tizimi yо‘qotilganda tuproqqa singib ketadi yoki ochiq suv havzalariga va daryo tarmog‘iga oqib qо‘shiladi. Quduqlarda foydalanib bо‘lingan burg‘ilash eritmalari yer omborlarida, ochiq gruntli joylarda saqlanadi. Kafolat yо‘qki yer omborlarida saqlangan burg‘ilash eritmalarini filtratsiya bо‘lib tuproqqa ketmasligiga, shuning uchun ishlatib bо‘lingan burg‘ilash eritmalarining ustiga grunt tо‘kiladi, u uzoq vaqt tuproqni zararlovchi manbaga aylanadi va qishloq xо‘jaligi ishlarini amalga oshirishga tо‘sqinlik qiladi.
Burg‘ilash ishlarida hamma zarar keltiruvchi manbalar qо‘yidagi guruhlarga bо‘linadi:
1. Ishlatish–jihozlarning pollarini, tarnovlarni tozalash, quyqumlarni tashlash, sovutish tizimidan suvlarni oqishi va hokazolar.
2. Texnologik–burg‘ilash quvurlari orqali kо‘tarilib oqqan burg‘ilash eritmalari, yuvgandan keyin tashlangan oqova suvlar, burg‘ilashda ishlatib bо‘lingan ortiqcha burg‘ilash eritmalarini paydo bо‘lishi, tushirish–kо‘tarish jarayonlarini amalga oshirishda quduqdan oqib chiqqan eritmalar va hokazolar.
3. Tabiiy–burg‘ilash texnik suyuqlarni chiqib ketishi kuchli atmosferadan tushadigan chо‘kmalar orqali yoqilg‘i–moylash materiallarini qо‘shilib ketishi, muzni erishi oqibatida burg‘ilash maydonidan moddalarni olib chiqishi natijasidagi va hokazolar.
Tabiatni himoya qilishda qо‘llaniladigan texnologik jarayonlarning majmuasi choralariga ishlash va tadbiq qilish, ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni maksimal kattalikda kamaytirish va ularni zaharsizlantirish, yopiq tizimdagi texnik suvlardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish va tadbiq qilish, tozalash qurilmalari va tizimlarning samaradorligini va ishonchliligini oshirish, qoldiqlarni zararli ta’sir qilishga qarshi qо‘llanilgan texnologiyalardan samarali foydalanish kabilar kiradi. Burg‘ilash tashkilotlarida keyingi yillarda sirkulyatsiya tarnovlarini takomillashtirishga va ularning ishonchliligini oshirishga hamda yuvuvchi eritmalarni yig‘ish, ishlov berish va qoldiqlarni saqlashga katta etibor berilmoqda.
Quduqlarni yuvish sohasida qо‘yidagi tadbirlar olib borilmoqda:
- yer omborlaridan foydalanishdan tо‘liq voz kechish va ularni katta hajmdagi metall rezervlari bilan almashtirish;
- sirkulyatsiya tizimida va burg‘ilash eritmalarini kо‘p о‘tkazishda ishonchli yopiq quvurli yuritmalarning takomillashtirilgan konstruksiyalaridan foydalanish;
- burg‘ilash eritmalarini quduqdan quduqqa tashishda (birinchi navbatda neft va neft asosli) kо‘p martali quduqlarni о‘zlashtirish amaliyotining ma’lumotlaridan foydalanish;
- ishlatib bо‘lingan burg‘ilash eritmalarini qо‘shish, ishlov berish va zararsizlantirish va maxsus ajratilgan joyga tashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |