14.3. Geologik-texnik naryad
Quduq qurish siklining eng muhim bo‘g‘ini bu burg‘ilash va qatlamlarni ajratish hisoblanadi.
Har bir operatsiyaning (burg‘ilash quvur birikmasini tushirish va ko‘tarish, burg‘ilash jarayoni) norma elementlarini va quduq burg‘ilashning texnologik sxemasini bilgan holda har qanday quduq burg‘ilashning norma vaqtini aniqlash mumkin. Quduq burg‘ilashning normasini hisoblashda burg‘ilash novatorlarining amaliy tajribalari hisobga olinadi.
Shunday qilib har bir burg‘ilash brigadisining (guruhi) yuksak mehnat unumdorligini oshirish uchun erishilgan yuksak ko‘rsatkichlar natijalariga oriyentir qilinadi.
Burg‘ilash qudug‘i normasini hisoblashda quyidagilar katta ahamiyatga ega:
a) quduqning to‘g‘ri tuzilgan va to‘liq ma’lumot beradigan geologik kesimi;
b) novatorlarning ish tajriablarida erishgan natijalari hisobga olingan to‘g‘ri tuzilgan quduq qurilishining texnik naryadi.
Bu naryad uch qismdan iborat:
1) geologik qism;
2) ishlab chiqarishning texnik ko‘rsatkichlari;
3) mehnat ko‘rsatkichlari.
Geologik-texnik naryadning geologik qismida quyidagilar o‘z aksini topadi:
a) quduq kesimini tashkil qiluvchi qatlam va gorizontalar;
b) har xil chuqurlikda joylashgan tog‘ jinslari turlarining litologik tarkibi;
v) geologik kesimdagi bir xil qattiqlikdagi qatlamlarni ajratish;
g) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning joyini belgilash.
– Ishlab chiqarishning texnik ko‘rsatkichlari burg‘ilash ishlarning texnologik sxemasida va texnologik normalarida ko‘rsatiladi:
a) ayrim ishlarning bajarilish sxemasi;
b) quduqning ayrim intervallarini burg‘ilashda yuvish eritmalarining sarfi va ta’rifi;
v) sementlash joyi ko‘rsatilgan quduqning texnik kesimi;
g) quduqning ayrim qismlarini burg‘ilash uchun kerak bo‘lgan burg’uning turlari va katta-kichiklik o‘lchami;
d) burg’uning har bir turi uchun burg‘ilash rejimining parametrlari;
е) quduq qiyshayishining intervallarini o‘lchash usullari va elektromexanik operatsiyalari;
j) tal sistemasini osnastka qilinishi.
– Mehnat ko‘rsatkichlarida brigada a’zolarining bajarayotgan hamma ishlari, mexanik burg‘ilashlar, tushirish va ko‘tarish operatsiyalar uchun ishlab chiqarish va vaqt normalari ko‘rsatiladi.
Quduq qurish sikllari-
Quduq qurish sikliga quyidagi har xil elementlar kiradi:
1) yer qurilmalari uchun maydon va poydevorlar tayyorlash;
2) minoralarni yig‘ish;
3) burg‘ilash va energetik asbob-uskunalarini yig‘ish;
4) burg‘ilash uchun ishchi maydon tayyorlash;
5) quduqni burg’ilash;
6) burg‘ilash qudug‘ini mustahkamlash;
7) burg‘ilash va energetik asbob-uskunalarini bo‘laklash.
Ishni tashkil qilish hisob-kitoblari va quduq qurish siklining bajarilish vaqtlari grafik sifatida ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |