14.4. Quduq qurishning asosiy texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari
Quduq qurishning samaradorligini baholashda bir necha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu yerda ulardan asosiylari ko‘rilib chiqiladi.
Quduq qurish siklining davom etgan vaqti tqs, minora va uning poydevorlarini qurish uchun tayyorgarlik qilishga sarflangan vaqt tt, asbob-uskunalarni yig‘ishga sarflangan vaqt ty, burg‘ilash ishlarini bajarish uchun tayyorgarlik qilishga sarflangan vaqt tbt, quduqlarni burg‘ilashga va mustahkamlashga tbm, ularni sinashga tsin, asbob-uskunalarni saralashga tsar(soatlarda) sarflangan vaqtlar.
tқц tт + tй + tбт + tбм + tсин + tсар. (13.1)
Kalendar oylarida (kalendar oyning davom etgan vaqti 720 soatga teng ) ifodalangan quduq stvoli uzunligining Ls quduq qurish sikli davom etgan vaqtiga nisbati burg‘ilashning sikl tezligi deb ataladi (m(dostgoh-oy).
Vц720tқц. (13.2)
Kalendar ish vaqtining balansi deb, quduq burg‘ilashning ish turlari bo‘yicha taqsimlanishiga aytiladi.
Burg‘ilashning kelendar ish vaqti balansi tbk 4 guruh harajatga bo‘linadi:
Foydali ish vaqti tf. U Mexanik burg‘ilashga sarflangan vaqtni tм, tushirish ko‘tarish operatsiyasi va burg‘ilash quvurlar birikmalarini uzaytirishni tтуш , quduqlarni mustahkamlashni tмус va qo‘shimcha tayyorgarlik ishlar (burg’uni almashtirish, quduq tubi dvigatellarini tekshirish va almashtirish, yuvish eritmalarini tayyorlash va og‘irlashtirish, o‘lchash ishlari)ni tқўш o‘z ichiga oladi;
Burg‘ilash va mustahkamlash jarayonida ta’mirlash ishlariga sarflanadigan vaqt t там;
Geologik sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan asoratlarni tugatishga sarflanadigan vaqt tас;
Foydasiz ish vaqti tфз – tashkiliy texnik sabablarga ko‘ra bekor turishlarni va halokatlarni tugatishga sarflanadigan vaqt.
tбк tф tтамtасtфз. (13.3)
Kalendar oylarida ifodalangan quduq uzunligining burg‘ilash kalendar vaqtiga nisbati kommersiya tezligi deb ataladi (m(dastgoh-oy).
Vком 720 Lctф. (13.4)
Quduq uzunligining foydali ish vaqtiga nisbati burg‘ilashning texnik tezligi hisoblanadi (m (dastgoh-oy).
Undan tashqari asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga quduq bo‘yicha kovlashning o‘rtacha Mexanik tezligi (m(soat)
vм tctм. (13.5)
va kovlashning o‘rtacha reysli tezligi hisobga olinadi (m(soat ).
Vptc(tмtмуш). (13.6)
Burg‘ilashning siklik tezligi - burg‘ilash tashkilotining texnik, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy darajalarini hamda burg‘ilash korxonalarning subpodryad tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarini (geofizik xizmat, tamponaj idorasi, qurilish bo‘limlari, transport korxonalari) xarakterlaydi. Bu tezlik bilan yil davomida buyurtmachilarga topshiriladigan quduqlarning soniga bog‘liq.
Kommersiya tezligi quduq burg‘ilashning va ularni mustahkamlashning sur’atini xarakterlaydi.
Bo’lar tabiiy sharoitlarga, burg‘ilash brigadasining texnik jihatdan jihozlanganligiga, burg‘ilashning texnologik holatiga, mehnatni tashkil qilinishiga, burg‘ilash brigadasining malakasi va intizomiga, burg‘ilash tashkilotining ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish darajasiga va ularning subpodryad tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash natijalariga bog‘liq.
Burg‘ilashning siklini va kommersiya tezliklarini oshirishning birdan bir yo‘li foydasiz ish vaqtini kamaytirishdan iborat.
Texnik tezlik - burg‘ilashda qo‘llaniladigan texnik va texnologik jarayonlarning takomillashganligiga, tabiiy sharoitlariga, burg‘ilash brigadasi ishchi hodimlarining malaka va intizomiga bog‘liq.
Odatda, bunday ko‘rsatkichlar yangi texnika yoki yangi burg‘ilash texnologiyasining samaradorligini baholashda foydalaniladi. Burg‘ilashning texnika va texnologiyasini takomillashtirishning birdan bir yo‘li burg‘ilash operatsiyalarining yangi usullarini o‘zlashtirish va ishchi hodimlarning malakasini oshirishdan iborat.
Burg‘ilashning kommersiya tezligi planli (rejali), normativli va faktik (aniq), texnik tezlik esa normativli va faktik tushunchalarga ajratiladi. Planli (rejali) tezlik yil davomida erishilgan faktik samaradorlikga qarab burg‘ilash korxonasi tomonidan belgilanadi.
Bu tezlik ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri tashkil qilinishiga, ishchi xodimlarning malaka va intizomining oshirilishiga, takomillashgan texnika va texnologiyalardan foydalanishga hamda foydasiz ishlarga sarflanadigan vaqtlarni kamaytirishga bog‘liq.
Normativ kommersiya tezligini aniqlashda norma bo‘yicha sarflangan vaqt va burg‘ilash jarayonida asbob uskunalarini ta’mirlashga va quduqlarni mustahkamlashga sarflangan vaqtlar ham hisobga olinadi.
Normativ texnik tezlik-norma bo‘yicha ishlab chiqarishga sarflangan vaqtlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Odatda, planli kommersiya tezligi hamma vaqt normativ tezlikga nisbatan kam, normativ tezlik esa texnik tezlikga nisbatan kam bo‘ladi.
Burg‘ilashning faktik tezligi quduqning haqiqiy chuqurligini va burg‘ilashning haqiqiy balans vaqtini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Faktik kommersiya tezligi har doim texnik tezlikdan kam bo‘ladi. Odatda, quduq qurishning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari quduq qurishning tannarxi, 1 metr kovlashning tannarxi va daromadlardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |