Burg‘ilash qudug‘i sarfini o‘lchash - ishlayotgan neft quduqlarida harakatlanayotgan suyuqlik oqimi tavsifini yoki haydash quduqlaridagi jinslarning suv qabul qila olish imkoniyatini aniqlash maqsadida quduq tomon harakatlanayotgan suyuqlik oqimi tezligini o‘lchash.
Darzlilik – tog‘ jinslarida dinamik radial (qatlam usti va tagiga nisbatan meyorli) siquvchi yoki tangensial (qatlam usti va tagiga nisbatan parallel) kuchlanishlari ta’sirida paydo bo‘lgan va har xil kattalikdagi, o’zaro birlashib ketgan darzliklar sistemasi. D. miqdori jihatidan ma’lum jins namunasidagi darzliklar hajmini uning umumiy hajmiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Yer po’stida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar D. paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |