119
Qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari. Qonning faol reaksiyasini vodorod (H
+
)
va gidroksil (OH
-
) ionlarning miqdori belgilaydi. Bu reaksiyani vodorod ko‘rsatkichi –
pH ifodalaydi. Qonning faol reaksiyasi g‘oyat muhim ahamiyatga ega, chunki
almashinuv jarayonlari faqat muayyan reaksiyadagina mo‘tadil o‘tadi.
Odamda arterial qonning pH 7,4 ga, vena qonining pH esa karbonat kislota ko‘proq
bo`lganidan 7,35 ga teng. PH ning salgina (0,1-0,2 ga) o‘zgarishlari ham uzoq davom
etishi mumkin emas. Qonning o‘zgargan faol reaksiyasi tezda tiklanmasa, organizm
halok bo`ladi. Qonga ishqoriy va kislotali tabiatga ega moddalar uzluksiz qo‘shilib
turishiga qaramay, uning pH muqim saqlanadi. Bunga erishishning uchta yo`li ma‘lum:
1) qonning bufer tizimlari yordamida; 2) CO
2
ni o‘pka orqali chiqarish yo`li bilan; 3)
buyraklar orqali kislotalar ajralishini ko‘paytirish, ishqoriy moddalarni saqlab qolish
yo`li bilan.
Qonning pH doimiyligiga xavf tug‘ilganda birinnchi galda bufer tizimlari ishga
tushadi. Bunday tizimlardan qonda to‘rtta: karbonat, fosfat, plazma oqsillari va
gemoglobin bufer tizimi.
Karbonat bufer tizimi kuchsiz karbonat kislota (H
2
CO
3
) va bu kislotaning kuchli
asoslar bilan hosil qilgan tuzlaridan (NaHCO
3
, KHCO
3
) iborat. Qonda karbonat
kislotadan kuchliroq kislota paydo bo`lsa, uning anioni natriy yoki kaliy kationi bilan
birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodorod HCO
3
-
anioni bilan karbonat kislotani hosil
qiladi. Eritrotsitlardagi karboangidraza fermenti karbonat kislotani H
2
O va CO
2
ga
parchalanishini ta‘minlaydi. Karbonat angidrid o‘pka orqali atmosfera havosiga
chiqariladi.
Agar qonga ishqor tushsa, u karbonat kislota bilan birikib, bikarbonat va suv hosil
qiladi. Bu mumtoz bufer tizimning ahamiyati shundaki, u qon reaksiyasini bir zumda asli
holiga keltiradi.
Fosfat bufer tizimi bir asosli (NaH
2
PO
4
) va ikki asosli (Na
2
HPO
4
) fosfatlardan iborat.
Dissotsiatsiyalanishi qiyin bo`lgan bir asosli fosfat kislota xususiyatiga ega, ikki asosli
tuz esa – kuchsiz ishqor. Qonga tushgan ishqorlar NaH
2
PO
4
bilan, kislotalar esa ikki
asosli
fosfat bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada pH o‘zgarmay qolaveradi.
Amfoter xususiyatlarga ega bo`lgan plazma oqsillari kislotalar bilan ishqor sifatida,
ishqoriy moddalar bilan kislota sifatida reaksiyaga kirishib, qonning pH doimiyligini
saqlashda ishtirok etadi.
Ammo bu jarayonda gemoglobin bufer tizimi asosiy rol o‘ynaydi. Gemoglobin bufer
tizimiga qonning bufer sig‘imining 75% to‘g‘ri keladi. Bu tizimni tiklangan gemoglobin
(HHb) va gemoglobinning kaliyli tuzi (KHb) tashkil qiladi. Vodorod ionlarining miqdori
H
2
CO
3
hisobiga ko‘payib ketsa, gemoglobinning tuzi kaliy ajratadi. HCO
3
-
anioni bu
kaliy bilan birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodorod esa gemoglobin bilan birikib, deyerli
dissotsiatsiyalanmaydigan HHb ga aylanadi. Natijada vodorod ionlari bog‘lanadi va
qonning pH o‘zgarmaydi.
Buyraklarning pH doimiyligini ta‘minlashdagi roli ajratuv fiziologiyasiga
bag‘ishlangan bobda ko‘riladi.
Qon faol reaksiyasining doimiyligini saqlovchi kuchli mexanizmlar mavjudligiga
qaramasdan, vodorod ko‘rsatkich ba‘zi fiziologik va patologik holatlarda o‘zgaradi. PH
ning ishqoriy tomonga o‘zgarishi alkaloz, kislotalo tomonga o‘zgarishi atsidoz deyiladi.
Bu ko‘rsatkich 7,0 gacha pasaysa va 7,8 dan ortsa, organizm juda tez halok bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: