Muqaddima


QONNING ASOSIY VAZIFALARI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QONNING ASOSIY VAZIFALARI 
 
     Qon suyuq to‘qima bo`lib, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. U tomirlar 
doirasida  uzluksiz  harakat  qilganidan  organizmda  asosan  tashuvchi  vazifasini  bajaradi. 
Tashiladigan  moddalarning  tabiati  va  ahamiyatiga  qarab,  qonning  quyidagi  vazifalari 
tafovut qilinadi: 1) nafas oldirish; 2) ovqatlantirish; 3) ekskretor; 4) boshqaruv; 5) kreator 
boshqarishlarni ta‘minlash; 6) gomeostatik; 7) haroratni boshqarish; 8) himoya. 
     Nafas oldirish faoliyati. Bu faoliyat o‘pkadan to‘qimalarga kislorod yetkazib berish va 
ularda  hosil  bo`lgan  karbonat  angidridni  o‘pkaga  olib  borishdan  iborat.  Kislorod 
tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin bajaradi. Karbonat angidridning tashilishida ham 
eritrotsitlar katta ahamiyatga ega. 
     Ovqatlantirish faoliyati. Qonning ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarni hazm tizimi 
a‘zolaridan  to‘qimalarga  yetkazib  berishdan  iborat.  Iste‘mol  qilingan  ovqat  tarkibidagi 
murakkab polimer moddalar me‘da va ingichka ichakda fermentlar ta‘sirida parchalanib, 
so‘rilishi  mumkin  bo`lgan  sodda  monomer  moddalarga  aylanadi.  Glyukoza,  fruktoza, 
galaktoza,  aminokislotalar,  tuzlar  va  suvda  eruvchi  boshqa  moddalar  qonga  so‘riladi. 
Yog‘lar esa asosan limfaga so‘rilib, uning tarkibida qonga quyiladi. Uglevodlar asosan 
energiya manbai bo`lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va muskullarda glikogenga 
aylanib, uncha katta bo`lmagan zahira hosil qiladi. Hujayralar aminokislotalarning ko‘p 
qismini oqsil sinteziga sarflaydi. Yog‘ kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog‘lar 
sintezlanib,  yog‘  to‘qimasida  zahira  holida  to‘planadi.  Kerak  bo`lganda  glikogendan 
glyukoza,  yog‘  to‘qimasidan  neytral  yog‘  qonga  o‘tadi  va  energiya  manbai  sifatida 
sarflanadi. 
     Ekskretor faoliyat.  Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalarni, 
tasodifan  yoki  ma‘lum  maqsad  bilan  organizmga  kiritilgan  moddalarni  chiqarib 
tashlashda  ishtirok  etish  qonninh  ekskretor  faoliyatini  tashkil  qiladi.  Ortiqcha  ichilgan 
suv,  iste‘mol  qilingan  tuz  va  oziq  moddalarni  chiqarib  tashlashni  ta‘minlash  ham 
ekskretor  faoliyatning  bir  qismi.  Qon  chiqarib  tashlanishi  zarur  bo`lgan  moddalarni 
ajratuv a‘zolariga yetkazib beradi. 
     Boshqaruv  faoliyati.  Ma‘lumki,  organizmdagi  hamma  a‘zo  va  to‘qimalar  qonga 
fiziologik  faol  moddalar  ajratadi.  Qon  bu  moddalarno  organizm  bo‘ylab  tashir  ekan, 
gumoral boshqarilishni amalga oshiradi, a‘zolarni o‘zaro bog‘laydi, organizmni bir butun 
qilib, muhit o‘zgarishlariga moslashtiradi. 
     Kreator  faoliyat.  Qonning  bu  faoliyatini  boshqaruv  faoliyatining  bir  qismi  deyish 
mumkin.  Bu  faoliyat  qon  plazmasi  va  shaklli  elementlarning  axborotga  ega 
makromolekulalarni  tashishda  ishtirok  etishidan  iborat.  Bu  makromolekulalar  tegishli 
joyga  yetkazilgandan  keyin  oqsil  sintezi,  hujayralarning  bo`linishi  va  boshqa 
jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadi. 
     Gomeostatik  faoliyat.  Qon  suyuqliklar  pH  i,  osmotik  bosimi,  elektrolit  tarkibbi, 
organik  moddalar  miqdori  va  boshqa  ko‘rsatkichlarning  barqarorligini  saqlab  turadi  va 
hokazo. Bu masalalar keyin batafsil ko‘riladi. 
     Haroratni  boshqarishdagi  ishtiroki.    Hujayra,  to‘qimalar  faoliyati  natijasida  uzluksiz 
ravishda  issiqlik  hosil  bo`lib  turadi.  Bu  issiqlikning  ko‘p  qismi  ichki  yirik  a‘zolarga 


 
 
117 
 
(jigar,  chuqur  joylashgan  muskullar,  yurak)  to‘g‘ri  keladi.  U  bevosita  tashqi  muhitga 
ajralmaydi.  Bu  a‘zolarning  tomirlaridan  o‘tayotgan  qon  ma‘lum  darajada  isiydi  va 
issiqlikni  organizm  bo‘ylab  tarqatadi.  Qon  harorati  sezilarli  darajada  oshsa, 
gipotalamusdagi  termoretseptorlar  qo‘zg‘alb, 
  haroratni  boshqarib  turadigan 
mexanizmlar  faolligi  oshadi.  Natijada  teri  qon  tomirlari  kengayadi,  ter  ajralishi 
kuchayadi, issiqlikni yo'‘otish tezlashadi. 
     Himoya  faoliyati.  Bu  faoliyatning  yuzaga  chiqishida  qonning  turli  tarkibiy  qismlari 
istirok  etadi.  Himoya  faoliyati  eng  avvalo  yuqumli  kasalliklarni  paydo  qiladigan 
mikroblarning  yemirilishini  ta‘minlashda  (hujayra  immuniteti)  va  ana  shu  mikroblarga 
hamda  ularning  zaharlariga  qarshi  antitelolar  ishlab  chiqarishdan  (gumoral  immunitet) 
iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiya hisoblanadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish