QONNING FIZIKAVIY-KIMYOVIY XOSSALARI
Qonni kolloid-polimer eritma deb hisoblash mumkin. Unda erituvchi sifatida suv
bo`lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulalai organik moddalar tashkil qiladi.
Kolloid qismi esa oqsil va ularning kompleks birikmalaridan iborat.
Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma‘lum darajada
yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7-2,2, butun qonniki esa 5,0.
Organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotsa (qattiq terlash yoki ich ketish natijasida), qonning
yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buzilishi mumkin.
Qonning solishtirma og‘irligi 1,060-1,064, plazmaniki esa 1,025-1,034. U juda kam
o‘zgaradi.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |