114
torayib, nafas olish qiyinlashadi. Teri qon tomirlarini kengaytiradi va kapillyarlar
devorining o‘tkazuvchanligini oshiradi. Gistamin gipofiz va gipotalamusda ham
uchraydi. Bu yerda u mediator vazifasini bajaradi. Uning ta‘sirida me‘da bezlari xlorid
kislota ajratishni keskin tezlashtiradi.
K i n i n l a r . 9-11 aminokislotalar qoldig‘idan tashkil topgan va tuzilishi bir-biriga
yaqin peptidlar kininlarni tashkil qiladi. Ular umumiy o‘tmishdosh – kininogendan kelib
chiqadi. Kininogenni kininga aylanishi uchun kallikrein fermenti zarur. Bu fermentni
hazm bezlari, hususan so`lak bezlari ajratadi. Kallikrein qon plazmasining α
2
-globulini
bo`lgan kininogenni parchalab, polipeptid kallidin hosil qiladi. Kallidin tezda
bradikininga aylanish qobiliyatiga ega. Kallidin va bradikinin qon tomirlarni sezilarla
darajada kengaytiradi va kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi. Bu peptidlarni to‘qima
kinazalari tez parchalaydi. Shu sababdan ularning ta‘siri bir necha daqiqa davom etadi
xolos.
Bradikinin issiq sharoitda teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini ko‘paytirib, tana
harorati barqarorligini saqlashda ham ishtirok etsa kerak.
P r o s t a g l a n d i n l a r . Prostaglandinlar (PG) - turli jarayonlarga ta‘sir qiladigan
moddalar. Ular hamma hujayralarning membranasida uchraydigan araxidon kislotadan
sintezlanadi. Prostaglandinlar ilk bor urug suyuqligida topilgan, ammo ularni
organizmdagi deyarli hamma hujayralar ishlab chiqarishi mumkin. Prostaglandinlarning
bir nechta turlari tafovut qilinadi: PGA, PGE, PGG. Bulardan kelib chiqqan trombaksan
va prostatsiklinlar ham fiziologik faollikka ega.
Prostaglandinlar sog odamlarda va qon bosimi yuqori odamlarda tomirlarni
kengaytirib, arterial qon bosimini pasayriradi. Bundan tashqari, ajralayotgan siydik
hajmini va undagi natriy miqdorini ko‘paytiradi.
Havo yo`llaridagi silliq muskullar ham prostaglandinlar ta‘sirida bo‘shashadi,
bronxlar kengayadi. Ammo bachadon va me‘da-ichak tizimi a‘zolaridagi silliq muskullar
bu moddalar ta‘sirida qisqaradi. Me‘da bezlari prostaglandinlar ta‘sirida shira tarkibida
xlorid kislota ajratishni kamaytiradi. Buning natijasida me‘dada peptik yaralar paydo
bo`lish havfi kamayadi.
Prostaglandinlar ba‘zi bir endokrin bezlarda (buyrak usti bezlarining po‘stloq qavatida
va qalqonsimon bezda) gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi.
Prostaglandinlar qon ivishiga ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Prostatsiklin tomirlarni
kengaytiradi va trombotsitlar agregatsiyasini (g‘uj bo`lib, bir-biriga yopishishini)
tormozlaydi. Natijada jarohatlangan tomirlardan qon oqish vaqti ortadi. Tromboksan esa
tomirlarni toraytirib, trombotsitlar agregatsiyasini tezlashtiradi, binobarin qon
oqish vaqti
kamayadi. Prostaglandinlar tana haroratini oshirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun
ularning sintezini tormozlovchi moddalar, masalan, aspirin isitmani tushiradi.
P substansiya, enkefalin va endorfinlar. Bu moddalar og'riqni sezish va hissiyotlar
shakllanishida katta rol o'ynaydi.
P substansiya og‘riqni kuchaytiradigan va o‘zgartiradigan modda. Tashqaridan
organizmga kiritilgan P modda qon tomirlarni kengaytiradi. Qon tomirlardan boshqa
barcha a‘zolardagi silliq muskullarning qisqarishiga olib keladi. Bulardan tashqari,
so`lak, me‘daosti bezi shirasi va o‘t-safro ajralishini tezlashtiradi.
Enkefalin va endorfinlar esa organizmning o‘zi sintezlaydigan narkotiklardir.
Tashqaridan kiritilgan morfinga (ko‘knoridan olinadigan dori) o‘xshab, bu moddalar
og‘riq sezgisini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu endogen xolatlar qora dori yuzaga
115
keltiradigan hissiyot – kayf shakllanishini ta‘minlaydi. Ammo odam ularga o‘rganib
qolmaydi.
Sog‘lom organizmning og‘riqni sezmasligi og‘riqni paydo qiluvhi va og‘riqni
yo‘qotib turuvchi tizimlarning muvozanatda bo`lishiga bog‘liq.
Endorfinlar ishlab chiqarilishini ba‘zi ta‘sirlar, masalan, igna sanchish ko‘paytiradi.
Buyraklarning
yukstaglomerulyar
apparatida
sintezlanadigan
eritropoetinni,
timusning gumoral omillarini va boshqa moddalarni ham to‘qima gormonlariga qo‘shish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: