Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

EPIFIZ 
 
     Epifiz bosh miya  markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Odam epifizining 
diametri 3-4 mm. Odamzod  bu bez borligini 4000 yildan beri bilsa ham, uning faoliyati 
oxirgi 20-30 yillar davomida aniqlandi. O‘rta asrlarda odamning ruhi epifizda saqlanadi, 
deb hisoblashgan. Asrimizning boshlarida ovqatiga maydalangan epifiz qo‘shib berilgan 
itbaliqlarning  rangi  oqargani  aniqlangan  edi.  Shunga  asoslanib,  50-yillarda  amerikalik 
olim A.Lerner epifizda pigment almashinuviga ta‘sir qiladigan modda bo`lsa kerak, deb 
taxmin  qildi  va  bir  necha  o‘n  ming  qoramol  epifizidan  bbir-ikki  gramm  modda  ajratib 
oldi. Bu modda juda oz miqdorda baqa organizmiga kiritilganda, terining oqarishiga olib 
keladi. Shunday qilib, yangi gormon – melatonin kashf etildi. 
     Turli  mutaxassislar  o‘tkazgan  tajribalarda  melatoninning  ko‘p  qirrali  samaraga  ega 
gormonligi  aniqlandi.  U  boshqa  bir  biogen  amin  –  serotonindan  hosil  bo`lib,  pigment 
almashinuvini,  jinsiy  faoliyatni,  kecha-kunduzlik  va  fasllik  ritmlarni,  hujayralar 
bo`linishi  va  rivojlanishini  boshqarishda  ishtirok  etadi.  Epifizdan  tashqari,  melatonin 
hazm tizimidagi apudotsitlarda, tomirlar endoteliyida, buyrak usti bezi po‘stloq qismida,  
miyachaning Purkinye hujayralarida, simpatik tugunlarda sintezlanadi. 
     Melatonin  ko‘z  to‘r  pardasida  ham  topilgan.  Gormonning  to‘r  pardadagi  miqdori 
kamayib ketsa, odamning ranglarni ajratish qobiliyati buziladi. 
     Melatonin  uyqu  keltirish  qobiliyatiga  ham  ega.  Bir  necha  tomchi  gormon  eritmasi 
mushukning burniga tomizilganda 70-100 daqiqa davom etuvchi chuqur uyqu kuzatiladi. 
     Oxirgi  vaqtda  melatoninning  yana  bir  juda  muhim  xossasi  aniqlandi.  U  hujayralar 
bo`linishini sekinlashtirib, o‘smaga qarshi ta‘sir ko‘rsatar ekan. 
     Melatonin gipofizdan gonadotrop gormonlarning qonga o‘tishini kamaytiradi. Demak, 
uning qondagi  miqdori ko‘payib ketsa,  balog‘atga  yetish  cho‘zilib  ketadi.  Gormonning 
yetishmovchiligida esa jinsiy rivojlanish tezlashadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish