Muqaddima


BUYRAK USTI BEZLARINING MAG’IZ QAVATI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BUYRAK USTI BEZLARINING MAG’IZ QAVATI 


 
 
109 
 
 
          Buyrak usti bezlarining mag‘iz qavatini tashkil qiluvchi hujayralar kaliy bixromat 
bilan  yaxshi  bo‘yalganidan,  xromofin  hujayralar  deyiladi.  Xromofin  hujayralar  ikki  xil 
bo`lib,  biri  adrenalin,  ikkinchisi  noradrenalin  ishlab  chiqaradi.  Gormon  sintezlovchi 
hujayralar  simpatik  tizimning  o‘zgarib  ketgan  postganglionar  neyronlaridir.  Ularni 
simpatik nerv  tizimining  preganglionar  tolalari  bevosita  nervlaydi. Xromofin hujayralar 
gavdaning  boshqa  qismlarida  ham  uchraydi.  Ular  simpatik  nervlar  singari  adrenalinga 
yaqin fiziologik faol modda ishlab chiqargani uchun simpato-adrenal tizimga kiritilgan. 
        Katta  yoshli  odamda  buyrak  usti  bezinning  mag‘iz  qavatida  ishlab  chiqariladigan 
katexolarninlarning  70-90%ini  adrenalin  tashkil  qiladi.  Simpatik  nerv  tolalarining 
oxirlarida ajraluvchi katexolarninlarning asosiy qismi nor adrenalindir. Bu gormon bosh 
miyaning turli qismlarida ham sintezlanadi va mediatro rolini bajaradi. 
     Katexolarnin gormonlar, birinchidan, silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarning tonusi 
va  qisqarishiga  ta‘sir  qiladi.  Ikkinchidan,  uglevodlar  va  yog‘lar  almashinuvida  ishtirok 
etadi. 
     Adrenalin  qonda  glyukoza  miqdorini  oshiradi.  Bu  samara  jigarda  glikogen 
parchalanishining tezlashishi natijasidir. Noradrenalin qondagi glyukoza miqdoriga kam 
ta‘sir  qiladi.  Adrenalin  eng  kuchli  kontrinsulyar  (insulinga  qarshi)  gormon  bbo`lib, 
qondagi glyukoza miqdorini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. 
     Adrenalin  va  noradrenalin  yog‘  to‘qimasida  yog‘ning  parchalanishini  tezlashtirib, 
qonda erkin yog kislotalari miqdorini oshiradi. Yog‘ kislotalar energiya manbai sifatida 
sarflanadi.  Adrenalin  ta‘sirida  katta  yoshli  odamning  asosiy  modda  almashinuvi  30% 
chamasida, chaqaloqlarda esa 300%ga yaqin oshadi. Bu termogen samara noradrenalinda 
ham bor. 
     Katexolarninlar yurak-qon tomir tizimiga kuchli ta‘sir qiladi. Noradrenalin bosh miya 
tomirlaridan tashqari hamma tomirlarning silliq muskul tolalarini qo‘zg‘atib, toraytiradi. 
     Adrenalin  ba‘zi  qon  tomirlarni,  masalan,  teri  qon  tomirlarini  toraytirib,  boshqa  qon 
tomirlarni, xususan skelet muskullarining tomirlarini kengaytiradi. 
     Adrenalin  va  noradrenalin  organizmdan  ajratilgan  yurakka  musbat  xronotrop  va 
inotrop  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Ammo  yaxlit  organizmda  bu  katexolarninlarning  yurakka 
ko‘rsatadigan ta‘sirida farq bor. Organizmga kiritilgan noradrenalin yurak qisqarishlarini 
tezlashtirmay,  aksincha,  bradikardiya  paydo  qiladi.  Bu  adashgan  nervning  reflektor 
qo‘zg‘alishi  natijasi  bo`lsa  kerak,  chunki  atropin  yuborilganda,  noradrenalin 
bradikardiyaga olib kelmaydi. 
     Qonda noradrenalinning ko‘payishi sistolik va diastolik arterial qon bosimini oshiradi. 
Adrenalin  ta‘sirida  faqat  sistolik  bosim  oshib,  diastolik  bosim  o‘zgarmaydi,  yoki 
aksincha, pasayadi. 
     Noradrenalin  va  adrenalin  nafas  olishni  chuqurlashtirib,  bronxlarni  kengaytiradi. 
Odatda,  adrenalin  va  noradrenalin  ovqat  hazm  qilish  tizimi  a‘zolarining  silliq 
muskullarini bo‘shashtaradi, ammo boshqa a‘zolardagi silliq muskullarga (taloq qobig‘i, 
teridagi  tuklarni  ko‘taruvchi  muskullar,  qorachiqni  kengaytiruvchi  muskullarga) 
qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi. 
      Adrenalin MNT faoliyatini rag‘batlantiradi, uning ta‘sirida odamning diqqat-e‘tibori, 
aqliy qobiliyati oshadi. 
     Tinch  holatda  buyrak  usti  bezidan  adrenalin  va  noradrenalin  ajralishi    uncha  ko‘p 
emas,  faqat  simpatik  nerv  tizimi  qo‘zg‘alganda  katexolarninlarning  qondagi  miqdori 
oshadi. Buni stress holatlarda yaqqol ko‘rish mumkin. 


 
 
110 
 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish