Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

AYOL JINSIY SIKLI 
 
     Qizlar balog‘atga yetgach, ovulyatsiya har 27-28 kunda takrorlanib turadi. To‘rt hafta 
davom  etadigan  bu  jinsiy  sikl  4  davrga  bo`linadi:  1)  ovulyatsiyadan  oldingi  davr:  2) 
ovulyatsiya; 3) ovulyatsiyadan keyingi davr; 4) tinchlik davri. 
     Ovulyatsiyadan  oldingi  davrda  bachadon  kattalashadi  va  qonga  toiadi,  bachadon 
shilliq pardasi va bezlari o‘sadi, uning va Fallopiy naylari muskullarining peristaltikasi 
kuchayadi va tezlashadi. Qinning shilliq pardasi o‘sadi va undan ko‘chgan shilimshiqda 
epiteliy hujayralar soni ko‘payadi. 
     Bu  o‘zgarishlarning  sababi  gipofizdan  follikullarni  rag‘batlantiruvchi  gormonning 
qonga  ko‘proq  o‘tishi  va  tuxumdonlarda  estrogenlar  ajralishining  ortishidir.  FSGning 
qonda  ko‘payishi  Graaf  pufakchasi  yetilishini  ham  ta‘minlaydi.  Pufakchaning  sirti 
yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, ya‘ni ovulyatsiya ro‘y beradi. 
     Ovulyatsiya  davrida  tuxum  hujayra  Fallopiy  nayiga  kirib,  bachadon  tomon  siljib 
boradi  va  naydan  o‘ta  turib,  spermatozoid  bilan  uchrashsa,  urug‘lanadi.  Urug‘langan 
tuxum  hujayra  bachadonga  yetib  borgach,  uning  shilliq  pardasiga  yopishadi. Jinsiy  sikl 
shu yerda uzilib, ayolning bo‘yida bo`ladi. Yorilgan Graaf pufakchasi o‘rnida sariq tana 
rivojlana boshlaydi. U progesteron gormoni ishlab chiqaradi. 
     Tuxum hujayra urug‘lanmasa, keyingi ikki davrni kuzatish mumkin bo`ladi. 
     Ovulyatsiyadan  keyinga  davrda  ayollar  hayz  ko‘radi.  Urug‘lanmagan  tuxum  hujayra 
bachadonga tushib, nobud bo`ladi. Sariq tanadan ajrala boshlagan progesteron gipofizdan 
gonadotrop  gormonlar    inkretsiyasini  susaytiradi.  Buning  natijasida  qonda  estrogenlar 
miqdori  kamayadi,  bachadon,  Fallopiy  naylari  va  qinda  ovulyatsiyadan  oldingi  davrda 
yuzaga chiqqan o‘zgarishlar kamayadi. 
     Gipofizning  lyuteinlashtiruvchi  gormoni  miqdori  qonda  progesteron  ta‘sirida 
kamayadi.  Bu  esa  sariq  tananing  atrofiyalanishiga  sabab  bo`ladi.  Sariq  tana  o‘rni 
qo‘shuvchi to‘qima bilan almashinishi natijasida progesteron hosil bo`lishi to‘xtaydi. 
     Sariq  tana  faollik  ko‘rsatib  turgan  vaqtda  qonda  tuxumdon  gormonlari  miqdori 
kamayadi. Bu bachadonning tonik qisqarishlarini sezilarli kuchaytiradi va shilliq pardasi 
ko‘chishiga olib keladi. Shilliq parda parchalari qon bilan birga chiqadi. Hayz qoni ketib 
bo`lgach,  bachadon  shilliq  pardasi  tez  orada  tiklanadi.  Ovulyatsiyadan  keyingi  davr 
tugagach, tinchlik davri keladi, undan so‘ng yangi siklning ovulyatsiyadan oldingi davri 
boshlanadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish