Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QALQONSIMON BEZ 
 
     Qalqonsimon  bez ichki  sekretsiya  bezlari  icida  eng  kattasi bo'lib  (15-30 g), diametri 
har xil bo'lgan follikullardan iborat. Follikullarning ichki yuzasi kubsimon epiteliy bilan 
qoplangan.  Bu  hujayralarning  asosiy  hususiyati  qondagi  yodni  kimyoviy  va  elektrik 
gradiyentga  qarshi  ajratib  olib,  uni  gormonnal  faol  organik  moddalarga  aylantirishdan 
iborat. Bezning asosiy gormonlari tiroksin (T
4
) va triyodtironin (T
3) 
 follikulalar epiteliyi 
ishlagan  kolloidning  tarkibida  bo'ladi.  Follikullar  atrofida  tireokalsitoninni  sintezlovchi 
parafollikulyar hujayralar joylashgan. 
     Follikullar  atrofidagi  bo'shliqdan  juda  ko'p  kapillyarlar  o'tadi.  Bu  kapillyarlar  orqali 
bezga  gormonlarning  sintezlanishi  uchun  zarur  bo'lgan  moddalar  yeetkazilib,  tayyor 
gormon qonga chiqariladi. 
     Qalqonsimon  bez  gormonlari  (tireoid  gormonlar)  yod  va  tirozin  aminokislotasidan 
sintezlanadi.  Qon  plazmasidagi  yodning  90-95%  tiroksin  tarkibida  bo'ladi.  Tireoid 


 
 
104 
 
gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin holda bo'lib, qolgan qismi oqsillarga bog'liq. 
Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega. 
     Tireoid  gormonlar  ko'pgina  metabolik  jarayonlarni  o'zgartirib,  to'qimalarning  o'sishi 
va  yetilishiga  ta'sir  qiladi. Kortikoid  gormonlar  bolan  birga bu gormonlar  jrganizmning 
muhit  o'zgarishlariga,  hususan,  mavsumiy  o'zgarishlarga  moslashishini  ta'minlaydi.  Bu 
gormonlar  organizmga  yuborilganda  asosiy  modda  almashinuvi  oshadi,  kislorod 
sarflanishi  va  CO
2
  chiqarilishi  ko'payadi.  Gormonlar  mitoxondriyalarda  oksidlanish 
jarayoniga bevosita ta'sir qiladi. Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog' va uglevodlar 
ko'proq parchalanadi. 
     Tireoid gormonlar to'qimalarning katexolarninlarga nisbatan sezgirligini oshiradi. Bu 
gormonlar  miqdori  qonda  ko'paysa,  adrenalin  va  noradrenalinning  juda  oz  miqdori 
periferik qon tomirlarni toraytiribb, arterial qon bosimini oshiradi. 
     Qalqonsimon  bezning  me'yoridan  ortiq  ishlashi  tireotoksikozga  olib  keladi.  Bunda 
organizmda quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi: 
1.  Markaziy  nerv  tizimining  qo'zg'aluvchanligi  oshadi,  odam  serjahl  bo'lib  qoladi, 
behuda bezovtalanadi, yig'laydi, uyqusi buziladi. 
2.  Tremor (qo'llar titrashi) paydo bo'ladi. 
3.  Taxikardiya ro'y berib, arterial qon bosimi oshadi. 
4.  Nafas o'zgaradi, o'pkaning minutlik havo almashinuvi (ventilyatsiyasi) ko'payadi. 
5.  Me'da-ichak tizimining harakatlari kuchayadi. 
6.  Ko'z yorig'i va qorachiq kengayadi, hamda ko'z chaqchayadi (ekzoftalm). 
 
     Kretinizm – qalqonsimon bez bolalik davridanoq sust ishlaganda ro'y beradigan holat. 
Kretinlarning  bo'yi  o'smay  qo'yadi,  tana  qismlarining  nisbati  o'zgaradi  (oyoq-qo'llari 
kalta, boshi katta bo'ladi), balog'atga yetish to'xtaydi, u ruhiy rivojlanishda orqada qoladi. 
Tili  og'ziga  sig'may,  og'zidan  chiqib  turadi.  Bu  miksedema  (shilomshiq  shish) 
belgilaridan biridir. 
     Miksedema  –  voyaga  yetgan  odamning  qalqonsimon  bezi  sust  ishlaganda 
kuzatiladigan  holat.  Uning  ko'pgina  belgilari  tireotoksikoz  alomatlarining  teskarisi. 
Miksedemaga  uchragan  bemorning  asosiy  modda  almashinuvi  30-40%  kamayadi.  Tana 
harorati  pasayadi.  Bradikardiya,  gipotoniya  kuzatiladi.  Oqsillar  almashinuvining 
buzilishi natijasida a'zo va to'qimalarning hujayralararo bo'shliqlarida al'bumin va mutsin 
miqdori ko'payib, bu yerdagi suyuqlikning onkotik bosimi oshadi. Natijada to'qimalarda 
suv  yig'iladi,  «shilimshiq  shish»  paydo  bo'ladi.  Kretin  bolaning  tili  og'ziga 
sig'maganligining sababi ham tilning shishishida. 
     Markaziy  nerv  tizimi  faoliyati  buzilishi  natijasida  miksedema  kasaliga  uchragan 
odamning fikr yuritishi va so'zlashi qiyinlashadi, unda hech narsaga ishtiyoq bo'lmaydi. 
Boshqa endokrin bezlar, xususan jinsiy bezlar faoliyati buziladi. 
     Tireoid gormonlarning qondagi  miqdori barqarorligini gipofizning  tireotrop  gormoni 
ta'minlaydi.  Bu  trop  gormonning  qonga  o'tish  tezligi,  o'z  navbatida,  rilizing-
gormonlarning faolligiga bog'liq. Tireoid gormonlarning qondagi miqdori kamaysa yoki 
organizmning  bu  gormonlarga  ehtiyoji  oshsa  (masalan,  organizmga  sovuq  ta'sir 
qilganda),  gipotalamusning  gipofizotrop  sohasidan  tiretropin-rilizing-gormonning 
adenogipofizga  o'tishi  tezlashadi.  Qonda  TTG  miqdori  oshib,  follikullardan  tireoid 
gormonlarning  qonga  o'tishi  tezlashadi.  Agar  triyodtironin    va  tiroksinning  qondagi 
miqdori oshsa, rilizing-gormonning faolligi pasayadi, tiretropin miqdori ham kamayadi, 
natijada  qalqonsimon  bez  gormonlarining  qondagi  miqdori  kamayadi.  Demak, 


 
 
105 
 
qalqonsimon  bez  faoliyatini  boshqarishda  ham  manfiy  qaytar  aloqa  tamoyili  katta  rol 
o'ynaydi. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish