Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GIPOFIZNING ORQA BO`LAGI 
 
     Bezning bu  bo`lagini gliya  hujayralariga  o‘xshagan pituitsitlardan iborat  bo`lgani va 
MNTning  gipotalamus  qismi  bilan  funksional  va  morfologik  bog‘liqligi  uchun 
neyrogipofiz  deydilar.  Neyrogipofizdan  ikkita  oktapeptid  –  antidiuretik  gormon  (ADG) 
va oksitotsin olingan. 
     ADG siydik hosil bo`lishini sustlashtiradi. Gormon yetishmasa, qandsiz diabet paydo 
bo`ladi. Bu distal burama kanalchalarda va yig‘uvchi naylarda suv reabsorbsiyasi (qayta 
so‘rilishi)ning natijasidir. 
     ADG qon tomirlarning silliq muskullarini qisqartirish qobiliyatiga ham ega. Uning bu 
xususiyati organizm qon yo‘qotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda yaqqol ko‘rinadi. 
Bu sharoitda ADG ta‘sirida arterial tomirlar sezilarli darajada torayadi va bosim keskin 
pasayib ketmaydi. 
     ADG  jigar  hujayralarida  glikogenning  parchalanishini  va  boshqa  moddalardan 
glyukoza hosil bo`lishini tezlashtiradi. Demak, uning kontrinsulyar ta‘siri ham bor. 
     Oksitotsin  odam  va  hayvonlarda  bachadonning  ritmik  qisqarishini  yuzaga  keltiradi. 
Quyonlarda  oksitotsin  yetishmovchiligi  tug‘ruqning  buzilishiga  olib  keladi.  Ayollarda 
oksitotsinning  qondagi  miqdori  kamayib  ketsa  ham  tug‘ruq  jarayoni  yaxshi  o‘tishi 
mumkin.  Tug‘ruq  vaqtida  bachadonning  cho‘zilishi  oksitotsinni  qonga  o‘tishiga  sabab 
bo`ladi.  Bu  gormonning  asosiy  ta‘siri  sut  bezlari    yo`llaridagi  mioepitelial  hujayralarni 
qisqartirib, sut chiqishini ta‘minlashdan iborat. 
     ADG 
va  oksitotsinning  o‘tmishdoshlari  gipotalamusning  supraoptik  va 
paraventrikulyar yadrolarini tashkil qiluvchi nerv hujayralarida sintezlanadi. Molekulasi 
ancha  katta  bo`lgan  polipeptid  neyrofizin  bilan  bog‘liq  bo`lgan  holda  ADG  va 
oksitotsinning  o‘tmishdoshlari  neyrosekretor  hujayralar  aksonlari  orqali  3  mm/24  soat 
tezlikda  gipofizga  oqib  tushadi.  Bu  neyrosekretor  donachalarda  tashuvchi  oqsil 
neyrofizindan  gormonlarni  parchalab  ajratadigan  fermennt  ham  bor.  Osmoretseptorlar 


 
 
100 
 
qo‘zg‘alganda  ADGnning  qonga  o‘tishi  tezlashadi.  Oksitotsin  va  ADG  inkretsiyasiga 
ogriq, harorat o‘zgarishi va  
 
4-jadval 
Adenogipofiz ajratadigan gormonlar 
Gormon 
va 
uni 
ajratadigan  gipofiz 
bo`lagi 
Kimyoviy 
tuzilishi 
Ta‘siri  o‘tadigan 
tuzilma 
Samarasi 
Oldingi bo`lak 
1. 
Adrenokortikotrop 
gormon (AKTG) 
 
Polipeptid 
 
Buyrak 
usti 
bezining  po‘stloq 
qismi 
 
Kortikosteroid 
gormonlar 
sintezini 
kuchaytirish 
2. Prolaktin (PRL) 
Oddiy oqsil 
Sut 
bezlari 
va 
sariq tana 
Sut 
ajralaishini 
kuchaytirish, sariq 
tana  rivojlanishini 
ta‘minlash 
3.  O‘sish  gormoni 
(STG) 
Oddiy oqsil 
Suyaklar, 
muskullar, 
yog‘ 
to‘qimasi 
Tananing 
o‘sishini 
ta‘minlash 
4. Tireotrop gormon 
(TTG) 
Glikoprotein 
Qalqonsimon  bez 
follikullarini 
qoplovchi epiteliy 
Tireoid  gormonlar 
sintezini 
kuchaytirish 
5. 
Follikullarni 
rag‘batlantiruvchi 
gormon (FSG) 
Glikoprotein 
Tuxumdon 
follikullari,  urug‘ 
kanalchalari 
Jinsiy  hujayralar 
rivojlanishi 
va 
yetilishini 
ta‘minlash,  jinsiy 
gormonlar 
ikkretsiyasini 
boshqarish 
6. 
Lyuteinlovchi 
gormon (LG) 
Glikoprotein 
Sariq  tana,  jinsiy 
bezlar 
Sariq 
tana 
rivojlanishini 
va 
faoliyatini 
boshqarish 
Oraliq bo`lak 
1. 
Melanotsitlarni 
rag‘batlantiruvchi 
gormon (MSG) 
Polipeptid 
Melanotsitlar 
Terini qoraytirish 
 
boshqa  stressor  holatlar  ham  ta‘sir  qiladi.  Bu  sharoitlarda  neyrosekretor  hujayralarning 
faoliyatini sezgi a‘zolariga bog‘liq bo`lgan miya markazlaridan kelgan efferent impulslar 
o‘zgartiradi. 
     Gipotalamusda  ADG  va  oksitotsin  ishlab  chiqaruvchi  yirik  neyrosekretor 
hujayralardan  tashqari,  gipofizdan  gormonlar  chiqishini  rag‘batlantiruvchi  va 
ingibirlovchi  omillarni  sintezlovchi  mayda  nerv  hujayralari  bor.  Gipotalamusning  shu 
hujayralardan  iborat  qismi  gipofizotrop  soha  deb  ataladi.  Bu  soha  nerv  va  endokrin 
tizimlarni bog‘lab turishi tufayli juda muhim hisoblanadi. 


 
 
101 
 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish