103
glikogen shaklida jigar va muskullarda zahiraga o'tadi. Oqsillarning parchalanishi
tezlashib, manfiy azot balansi kuzatilishi mumkin. Demak, glyukokortikoidlar katabolik
samaraga ega. Bu gormonlar yog'larning zahiradan qonga o'tishini tezlashtirib, energiya
manbai sifatida sarflanishini ko'paytiradi.
Glyukokortikoidlar yallig'lanish va allergik reaksiyalarni susaytiradi, antitelolar ishlab
chiqarilishini kamaytiradi.
Glyukokortikoidlar sezgi a'zolari faoliyatiga ham ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadi. Bu
gormonlar yetishmaganda ta'm va hid sezish, eshitish buziladi. Glyukokortikoidlar miya
markazlaridagi tahliliga ta'sir ettsa kerak.
Glyukokortikoidlarning qondagi miqdori mahsus mexanizmlar tufayli nisbatan
barqaror saqlanadi. Bu murakkab mexanizm faoliyatini quyidagicha tasavvur qilish
mumkin. Gipotalamusniing gipofizotrop sohasidan rilizing-gormon ajralib, qon orqali
adenogipofizga yetib keladi. Uning ta'sirida AKTG qonga o'tib, buyrak usti bezining
po'stloq qismiga ta'sir qiladi. Natijada glyukokortikoidlarning qondagi miqdori oshadi.
Agar glyukokortikoidlarning miqdori sezilarli darajada ko'paysa, qaytar aloqa
tamoyili bo'yicha AKTG-rilizing-gormonning ajralishi, AKTGning qonga o'tishi
kamayadi. Bu o'z navbatida glyukokortikoidlarning qondagi miqdorini kamaytiradi.
Glyukokortikoidlarning qonga o'tishi organizm haddan tashqari ta'sirotlar ostida
qolganda, ya'ni stress holatlarda keskin o'zgaradi. G.Sel'ye bu holatning uch bosqichini
ajratgan: havotirlanish, chidash va madorsizlanish. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda
buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni ko'p miqdorda sintezlab, ehtiyojni qondirib
turadi. Stress ta'siri davom etaversa, madorsizlanish bosqichi rivojlanishi mumkin. Bu
vaqtda buyrak usti bezlarida kortikoidlar zahirasi tugaydi, bezning po'stloq qismi
yemiriladi.
Organizmga
tashqaridan
glyukokortikoidlar
kiritilishigina
ahvolni
yengillastiradi.
Glyukokortikoidlar sekretsiyasining ortishi ham, kamayishi ham, organizmda jiddiy
o'zgarishlar paydo qiladi. Qonda kortizon ko'payib ketishi giperglikemiyaga, semirib
ketishga, qon bosimining oshishiga, shish paydo bo'lishiga va boshqa o'zgarishlaga olib
keladi.
Bu gormonlarning yetishmovchiligi Addiso kasalligi rivojlanishiga sabab bo'ladi. Teri
qorayib, jez rangiga kiradi, skelet va yurak muskullari quvvatdan ketadi, odam salga
charchab qoladi, yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: