Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

     Qonning  osmotik  bosimi.  Hujayralar,  shu  jumladan  qon  hujayralari  ham  yarim 
o‘tkazgich  membranaga  ega.  Bu  membranadan  suv  ikki  tomonga  to‘siqsiz  bemalol 
o‘tada, suvda erigan moddalar esa o‘tmaydi. 
     Qon  plazmasida  erigan  turli  moddalarning  ko‘p  qismini  tuzlar  tashkil  qiladi. 
Anorganik  tuzlarning  plazmada  erigan  miqdori  0,9%. Qonning  osmotik  bosimi  ana  shu 
tuzlarga bog‘liq. Osmotik bosim deganda suvni tuzlar miqdori kamroq bo`lgan eritmadan 
yarim  o‘tkazgich  membrana  orqali  tuzlar  miqdori  ko‘proq  bo`lgan  eritmaga  o‘tishini 
ta‘minlovchi  kuch  nazarda  tutiladi.  Suvning  qon  va  to‘qima  suyuqligidan  hujayralarga 
o‘tishi  va  ulardan  tashqariga  chiqishi  osmotik  bosimga  bog‘liq.  Osmotik  bosimning 
doimiyligi hujayra faoliyatining mo‘tadil bo`lishini ta‘minlovchi zarur shart hisoblanadi. 
     Odam qonining osmotik bosimi 7,8 atmosferani (simob ustunining 5600 mm yoki 754 
kPa) tashkil qiladi va kam o‘zgaradi. 
     Osmotik bosimi qonning osmotik bosimiga teng bo`lgan eritmalar izotonik eritmalar, 
deyiladi.  Bunday  eritmalarda  qon  va  boshqa  hulayralarning  hajmi  ularning  ichiga  suv 
kirishi yoki ichidagi suvning tashqariga chiqishi tufayli o‘zgarmaydi. 
     Osmotik  bosimi  qonnikidan  yuqori  bo`lgan  eritmalar  gipertonik  eritma,  deyiladi. 
Gipertonik eritmada hujayralar ichidagi suv chiqib ketishi natijasida bujmayib qoladi. 
     Gipotonik  (osmotik  bosimi  qonnikidan  past  bo`lgan)  eritmalarda  hujayralar  shishib 
ketadi. Bunga suvning eritmadan hujayra ichiga o‘tishi sabab bo`ladi. 
     Organizmda  qon  va  boshqa  ichki  muhit  suyuqliklarining  osmotik  bosimini  bir 
me‘yorda  ta‘minlab  turadigan  mexanizmlar  mavjud.  Birinchi  galda  bu  vazifani  plazma 
oqsillari  bajaradi.  Qonda  ionlar  konsentratsiyasioshib,  osmotik  bosim  ko‘tariladigan 
bo`lsa,  oqsillar  bu  ionlarni  o‘ziga  biriktirib  oladi  va  osmotik  bosimni  pasaytiradi.  Aks 
holda, qonning osmotik bosimi pasayib ketganda, oqsillarga bog‘liq bo`lgan ionlar erkin 
holga  o‘tadi  va  osmotik  bosim  ko‘tariladi.  Bundan  tashqari,  qon  tomirlar  devorida, 
to‘qimalarda, gipota‘lamusda osmotik bosim o‘zgarishlarini sezuvchi maxsus retseptorlar 
bor.  Ularning  qo‘zg‘alishi  reflektor  yoi  bilan  buyraklar  va  ter  bezlari  faoliyatini 
o‘zgartiradi.  Qonning  osmotik  bosimi  pasayganda  ajraladigan  suv  miqdori  ko‘payadi, 
osmotik bosim ko‘tarilganda tuzlar ko‘plab ajrala boshlaydi. 
     Onkotik bosim. Qon plazmasida talaygina miqdorda oqsil va boshqa kolloid holdagi 
moddalar  bor.  Ular  ham  osmotik  bosim  hosil  qiladi.  Qonning  kolloidlarga  bog‘liq 
osmotik bosimi onkotik bosim, deyiladi. 
     Onkotik bosim o‘rtacha simob ustunining 30 millimetriga teng yoki qonning umumiy 
osmotik  bosimini  1/200  qismini  tashkil  qiladi.  Juda  kichik  bo`lishiga  qaramay,  onkotik 
bosim  kapillyarlardagi  qon  va  to‘qima  suyuqligi  o‘rtasidagi  suv  almashinuvida  xal 
qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Bu  almashinuvni  ikki  kuch  ta‘minlaydi.  Birinchisi, 
kapillyarlardagi qonning gidrostatik bosimi. Kapillyarning arteial uchida bu bosim simob 
ustunining 35 millimetriga teng bo`lib, qon kapillyarning venoz uchiga yetguncha simob 
ustunining  25  millimetrigacha  pasayadi.  Qonning  gidrostatik  bosimi  kapillyardan 
tashqariga  qaratilgan.  Ikkinchi  kuch  –  qonning  onkotik  bosimi.  U  suvning  tomirda 
saqlanib turishini ta‘minlaydi. 30 mm simob ustuniga teng bo`lgan onkotik bosim deyerli 
o‘zgarmaydi. Suvning qondan tashqariga chiqishi va qaytib kapillyarga o‘tishi shu ikki 
nisbatga  bog‘liq:  kapillyarning  arteial  qismida  gidrostatik  bosim  onkotik  bosimdan  
yuqori – suv to‘qimaga o‘tadi; venoz qismida onkotik bosim gidrostatik bosimdan baland 
– suv qonga qaytadi. Shu tarzda qon va to‘qima suyuqligi o‘rtasida uzluksiz ravishda suv 
almashinuvi sodir bo`lib turadi. 


 
 
119 
 
     Qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari. Qonning faol reaksiyasini vodorod (H
+

va  gidroksil  (OH
-
) ionlarning miqdori belgilaydi. Bu reaksiyani vodorod ko‘rsatkichi  – 
pH  ifodalaydi.  Qonning  faol  reaksiyasi  g‘oyat  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki 
almashinuv jarayonlari faqat muayyan reaksiyadagina mo‘tadil o‘tadi. 
     Odamda  arterial qonning  pH  7,4  ga, vena  qonining  pH  esa karbonat  kislota ko‘proq 
bo`lganidan 7,35 ga teng. PH ning salgina (0,1-0,2 ga)  o‘zgarishlari  ham uzoq davom 
etishi  mumkin  emas.  Qonning  o‘zgargan  faol  reaksiyasi  tezda  tiklanmasa,  organizm 
halok  bo`ladi.  Qonga  ishqoriy  va  kislotali  tabiatga  ega  moddalar  uzluksiz  qo‘shilib 
turishiga qaramay, uning pH muqim saqlanadi. Bunga erishishning uchta  yo`li ma‘lum: 
1)  qonning  bufer  tizimlari  yordamida;  2)  CO
2
  ni    o‘pka  orqali  chiqarish  yo`li  bilan;  3) 
buyraklar  orqali  kislotalar  ajralishini  ko‘paytirish,  ishqoriy  moddalarni  saqlab  qolish 
yo`li bilan. 
     Qonning  pH  doimiyligiga  xavf  tug‘ilganda  birinnchi  galda  bufer  tizimlari  ishga 
tushadi.  Bunday  tizimlardan  qonda  to‘rtta:  karbonat,  fosfat,  plazma  oqsillari  va 
gemoglobin bufer tizimi. 
     Karbonat  bufer  tizimi  kuchsiz  karbonat  kislota  (H
2
CO
3
)  va  bu  kislotaning  kuchli 
asoslar  bilan  hosil  qilgan  tuzlaridan  (NaHCO
3
,    KHCO
3
)  iborat.  Qonda  karbonat 
kislotadan  kuchliroq  kislota  paydo  bo`lsa,  uning  anioni  natriy  yoki  kaliy  kationi  bilan 
birikib,  neytral  tuz  hosil  qiladi.  Vodorod  HCO
3
-
  anioni  bilan  karbonat  kislotani  hosil 
qiladi.  Eritrotsitlardagi  karboangidraza  fermenti  karbonat  kislotani  H
2
O  va  CO
2
  ga 
parchalanishini  ta‘minlaydi.  Karbonat  angidrid  o‘pka  orqali  atmosfera  havosiga 
chiqariladi. 
    Agar  qonga  ishqor  tushsa,  u  karbonat  kislota  bilan  birikib,  bikarbonat  va  suv  hosil 
qiladi. Bu mumtoz bufer tizimning ahamiyati shundaki, u qon reaksiyasini bir zumda asli 
holiga keltiradi. 
     Fosfat bufer tizimi bir asosli (NaH
2
PO
4
) va ikki asosli (Na
2
HPO
4
) fosfatlardan iborat. 
Dissotsiatsiyalanishi  qiyin  bo`lgan  bir  asosli  fosfat  kislota  xususiyatiga  ega,  ikki  asosli 
tuz  esa  –  kuchsiz  ishqor.  Qonga  tushgan  ishqorlar  NaH
2
PO

bilan,  kislotalar  esa  ikki 
asosli
 
fosfat bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada pH o‘zgarmay qolaveradi.  
     Amfoter  xususiyatlarga  ega  bo`lgan  plazma  oqsillari  kislotalar  bilan  ishqor  sifatida, 
ishqoriy  moddalar  bilan  kislota  sifatida  reaksiyaga  kirishib,  qonning  pH  doimiyligini 
saqlashda ishtirok etadi. 
     Ammo bu jarayonda gemoglobin bufer tizimi asosiy rol o‘ynaydi. Gemoglobin bufer 
tizimiga qonning bufer sig‘imining 75% to‘g‘ri keladi. Bu tizimni tiklangan gemoglobin 
(HHb) va gemoglobinning kaliyli tuzi (KHb) tashkil qiladi. Vodorod ionlarining miqdori 
H
2
CO
3
  hisobiga  ko‘payib  ketsa,  gemoglobinning  tuzi  kaliy  ajratadi.  HCO
3
-
  anioni  bu 
kaliy bilan birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodorod esa gemoglobin bilan birikib, deyerli  
dissotsiatsiyalanmaydigan  HHb  ga  aylanadi.  Natijada  vodorod  ionlari  bog‘lanadi  va 
qonning pH o‘zgarmaydi. 
     Buyraklarning  pH  doimiyligini  ta‘minlashdagi  roli  ajratuv  fiziologiyasiga 
bag‘ishlangan bobda ko‘riladi. 
     Qon  faol  reaksiyasining  doimiyligini  saqlovchi  kuchli  mexanizmlar  mavjudligiga 
qaramasdan, vodorod ko‘rsatkich ba‘zi fiziologik va patologik holatlarda o‘zgaradi. PH 
ning ishqoriy tomonga o‘zgarishi alkaloz, kislotalo tomonga o‘zgarishi atsidoz deyiladi. 
Bu ko‘rsatkich 7,0 gacha pasaysa va 7,8 dan ortsa, organizm juda tez halok bo`ladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish