Mundarija kirish I bob o’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik nazariy asoslar



Download 420,75 Kb.
bet7/18
Sana21.07.2022
Hajmi420,75 Kb.
#833404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Омадбек 2 к

I bob bo’yicha xulosalar.
Biz yuqorida ijodiy fikrlash bilan tanqidiy fikrlashni bir —birlariga o’xshashlik va farqli tomonlari haqida juda batafsil fikr yuritdik. Buning asosiy sababi tanqidiy fikrlashga butun dunyoda katga e’tibor berilib, uni har tomonlama va to’la o’rganilayotganligida bo’lib, biz esa ijodiy fikrlashni tahlil qilishda uning ta’siri va ahamiyati katta bo’lganligini hisobga oldik. Lekin bu, juda o’rinli bir savolni keltirib chiqarishi ham tabiiy: «Bu fikrlashlarning farqlanadigan tomonlari ham bormi o’zi, bo’lsa ular orasidagi asosiy farq nimadan iborat?». Qo’yilgan savolga bizningcha quyidagicha javob berish mumkin: tanqidiy fikrlash pirovard natijada qaror qabul qilish bilan nihoyasiga yetsa, ijodiy fikrlash moddiy yoki ma’naviy yangilik yaratish bilan yakunlanadi.

II BOB O’QUVCHILARNI MAKTAB SHAROITIDA IJODKORLIKKA O’RGATISHNING PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI


2.1. O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik – psixologik jixatlari.

XV asr o’rtalarida (kitob chop etish ixtiro qilingan vaqtlarda) Yevropada har yili 1000 ga yaqin yangi kitoblar paydo bo’lar edi. XVIII asrning boshlarida yangi yaratilgan , ilmiy asarlarning soni yuztadan ortmas edi. XX asr o’rtalarida 120000 tagacha yangi kitoblar nashr qilindi, Bugungi kunda butun dunyoda har yili 60 million bosma varaq ilmiy va texnik adabiyotlar nashr qilinadi. Internet tarmog’ida esa bundanda ko’p ma’lumotlar chop etiladi. Hatto, har bir yangi kitob yoki vertual olamdagi ma’lumotlar bizni bilimlarimizni to’la ma’noda ko’paytiradi, deb tasdiqlab bo’lmasada, keskin ortayotgan ushbu maxsulotlarning hajmi inson bilimlarini muayyan chegarada sezilarli o’sishini xarakterlaydi.


1 - rasm. Ilmiy axborot xajmining vaqt bo’yicha o’zgarishi


1 - insoniyat tomonidan jamlangan to’la ilmiy axborot;
2 - ilmiy axborotning yillik o’sishi;
3 - aloxida olingan insonning axborotyai o’zlashtirshya imkoniyatlari.

Rasmdan ko’rinadiki XX asrning boshiga kelib ilmiy bilimlarning hajmi, insonning alohida olingan axborotni o’zlashtirish imkoniyatlaridan ortib ketdi. XIX asr oxiridayoq, odamlarning hech biri butun hayoti davomida, insoniyat bir yilda oladigan ma’lumotlarni o’zlashtira olmaydigan xolat yuzaga kelgan edi.


Mavjud mexnat taqsimoti tizimida va unga mos kasbiy ta’lim differentsiatsiyasida, o’quv materialini o’zlashtirish natijasida olingan ixtisoslashtirilgan bilimlar o’z ahamiyatini tez yo’qotadi. Bundan tabiiy ravishda kelib chiqadiki mutaxassis o’z kasbiy vazifalarini malakali bajara olishi uchun, o’z bilimlarini, masalan: malaka oshirish, kasbiy qayta tayyorlanish va hokazo yo’li bilan uzluksiz yangilab borishi earur. Olingan bilimlardan samarali foydalanish vaqti tez kamaymoqda.
Keyingi rasmda hozirgi kunlarda o’zlashtirilgan o’quv materialini vaqtga bog’liq raiishda dolzarbligining o’zgarishi tasvirlangan. Ko’rinib turibdiki, kasbiy qayta tayyorlash (sanoatda va iqtisodietda) jarayonida olingan bilimlarning dolzarbligi maktab va institutda olingan bilimlarga nisbatan tezroq yo’qolar ekan.
2- rasm. O’zlashtirilgan o’quv materialining dolzarbligini vaqt bo’yicha o’zgarishi:
1- umumga’lim maktabida olingan bilimlar dolzarbligi;
2 - oliy maktabda olingan bilimlar dolzarbligi;
3 - kasbiy qayta tayerlashda olingan bilimlar dolzarbligi
4- bilimlar dolzarbligining ordinatasi; pasayish.
5- bilimlar foydaliligining o’rtacha vaqtini baholash

Rasmdan ko’rinib turibdiki kasbiy qayta tayyorlashda olingan bilimlardan foydalanishning o’rtacha vaqti 7 yilga teng, umumta’lim va oliy maktablarda olingan bilimlarniki esa mos ravishda, taxminan, ikki va to’rt marotaba yuqori. Oliy maktabda olingan bilimlarning har 10 yidda yarmi o’z qiymatini yo’qotadi, ya’ni har yili ularning dolzarbligi 5 foizga kamayadi.


O’qish jarayoning asosiy sharti borliq dunyodan axborot olishdan iborat. Sezgi organlariga axborot optik, akustik, badan sezgisi, termik, eshitish va ta’m bilish qo’zg’atuvchilari shaklida kelib tushadi. Sezgi organlarining quvvati deyilganda, bu a’zolar vaqt birligi ichida sensor xotiraga uzatishi mumkin bo’lgan axborot maksumumi tushuniladi. Frank (G’gap1s) optik kanalning quvvatiga 107 bayt/s ga qadar, akustik kanalnikini 1,5 106 bayt/s atrofida taktil (faqat qo’llar) nikini 0,2 10b bayt/s deb belgilagan.
Qolgan kanallarning quvvati juda kam bo’lib, 10 bilan 100 bayt/s oralig’ida yotadi.
Organogrammaning chap tomonida, pertseptsiya va appertseptsiya jarayonlarini o’ziga qamrab oluvchi, qabul qilish jarayoni keltirilgan.

Axborot psixologiyasida pertseptsiya bilan sezgi organlarining inervatsiyasi ya’ni sezgi organlari tomonidan qabul qilish va qo’zg’alishni ko’chirish belgilangan. Ma’noli qo’zg’alishni qisqa vaqtli xotiraga uzatish appertseptsiya deyiladi.


Appertseptsiya barcha qabul qilingan pertseptsiyalangan axborotdan uning anglangan qismini tanlab olinadi. Inson ruxiyatining bu xususiyati axborot psixologiyasi atamalarida "norasmiy akkomodatsiya" deb ataladi. Buni misol bilan tasvirlaymiz.
Qandaydir bir odamlar guruxida umumiy tartibsiz gap yuritilmoqda. Erkak o’zining o’ng tomonida o’tirgan hamkasbi V ga xushmuomalalik bilan murojaat qiladi. Vaholanki uni chap tomonida o’tirgan ayol S ning qilayotgan hikoyasi ko’proq qiziqtiradi. Erkak bir vaqtning o’zida kallasini burmagan holda ayol S ning gaplarini qabul qilishi va hamkasbi V bilan muhokama qilayotgan avzuni davom ettirishni uddalaydi. SHunday qilib har ikkala suhbat pertseptsiyalanadi, faqat ularning birigina appertseptsiyalanadi.
Norasmiy akkomadatsiyada tafsilotning barcha nozik tomonlari faqat ahamyatlisini anglab yetish uchun qabul qilinmaydi. SHunday qilib, appertseptsiyani muayyan usul bilan tanlab olingan axborotni anglagan holda qabul qilish kabi talqin qilish mumkin. Axborotni klassifikatsiyalash va tanlash, uning "muhimligi va mazmunliligi" mezonlariga moslik asosida olib boriladi.
Bunda muayyan odamning shaxsiy xususiyatlariga, uning oldingi bilimlari va tajribasiga, e’tiqodiga emotsional holatiga va boshqalarga bog’liq ravishda mezon mazmuni o’zgarishi mumkin.
Tadqiqotchi Grem Uolles talantli olimlar uchrashuvidagi hayotiy holatlarini o’rganib, masalani yechish jarayoni o’ziga birqancha bosqichlarni qamrab oladi, degan xulosaga kelgan. Ularning:
Birinchisi tayyorgarlik bosqichi, yoki tanishishdan iborat bo’lib, bunda masalaning mohiyati, kutilgan maqsad va mavjud o’zgarishlar tushunib yetiladi.
Ikkinchisi — ishlab chiqish bosqichibunda masalaning fazosini belgilagan xolda uni xal qilishning turli yo’llari aniqlanadi.
Uchinch bosqich baxolash- bunda masalani xal qilishning turli yo’llari baxolanib, ularning eng ma’quli tanlab olinadi.
To’rtinchi bosqich inkubatsion davr deyiladi va biz bu haqida batafsilroq to’xtalamiz.
Siz bilan shunday voqea sodir bo’lganmi: ko’p soatlar davomida biror masalani xal qilish ustida natijasiz bosh qotirsangiz — u, lekin qandaydir bir vaqtga xayolingiz chalg’ishi bilan, masalaning yechimi miyangizga o’z—o’zidan kelgan. Aynan shu narsa inkubatsiya davri deyiladi, Inkubatsiya — anglanilishi qiyin tushuncha. SHu sababli Nobelь mukofoti laureati psixolog Gerbert Saymonning bu xaqda bergan tushuntirishini misol tariqasida keltiramiz:
Biz qandaydir bir masalani hal qilish ustida ishlayotganimizda, imkonyayatlari cheklangan qisqa muddatli xotiramizda saqlanayotgan nisbatan kam holdagi tushunchalarga tayanamiz. Biz qachonki masala ustida bosh qotirishni to’xtatsak qisqa muddatli yoki operativ xotirada saqlanayotgan axborot tez unutiladi.
Agar bu axborot kerakli yechimini topish uchun maxsulot bermaydigan bo’lsa, undan qutulish hatto foydali omil bo’lishi mumkin. Buning ishonarli isboti sifatida xammamizga yaxshi tanish bo’lgan xolatni keltirish mumkin. Qachon biz kishini ismini eslashga xarakat qilsak va u tilimizni uchida turgan bo’lsayu, lekyan xech eslashni ilojini topmasak, u holda natijasiz o’ylashga to’xtashimiz bilanok, u o’z—o’zidai bizning xotiramizga qalqib chiqadi.
Masala yechimining birdan kelish hodisasini insayt (porlash) deb ataladi. Buni miyada lampochkani birdan yonishiga o’xshatish mumkin. Insayt, harakatlarni mujassamlashtirish davridan keyin, ya’ni odam miyasida qo’yilgan muammoni bir nechta yechish yo’llari paydo bo’lganidan so’ng kuzatiladi.
Odam xotirasida saqlanayotgan axborotlar bir —birlari bilan o’zaro kirishib o’rgimchak uyasiga o’xshash to’rni xosil qiladi. Qachon, kimningdir miyasiga kutilmaganda yangi g’oya kelsa (insayt), demak u bir joydan ikkinchi joyga avval birlashmagan tugunlarni birlashishidan xosil bo’ladi (inkubatsion davr)
Psixologlar "biror narsa to’g’risida o’ylash" yoki "biror narsani xotirlash jarayonlarini” faollashtirishni tarqalishi, deb ataydilar. Kengroq bilimlar to’riga ega bo’lgan odamlarda faollashtirishni tarqalish sohasi ham kattaroq bo’ladi. Zich kirishgan bilimlar to’rini hosil qilishning eng yaxshi usuli — o’zaro bog’langan bilimlarga ega bo’lishdir. Aniq sohadagi bilimlar aloxida ahamiyatga ega. Agar siz talabalaringizni fanda ijodiy qobiliyatlarini namoyon qila olishini hoxlasangiz, ular muayyan sohada bilimlarni egallashlari, siz esa ularni masalani hal qilishi uchun zarur axborot olishlariga imkoniyatni ta’minlashingiz zarur. Yangi g’oya yaratish uchun aynan, bilimlarning zich kirishgan to’ri kerak, kam bilimlar, yangi goya yaratish uchun yetarli bo’lmagan fikrlarga olib keladi. Xotirada saqlanayotgan axborotlardan foydalanish qobiliyati, xatto, o’rgatilgan narsalardan tashqariga chiqib ham ijod qilish imkonini beradi,
Masalalarni hal qilish bo’yicha mutaxassislar, masalaning keng fazosida yechimini qidirish qanchalik samarali ekanligini yaxshi biladilar. Agar sizda biron bir savol bo’yicha bilimlar to’ri yaxshi rivojlayagan bo’lsa, demak sizdagi turli mavzular orasida ko’p bog’lanishlar mavjud; xotirlashning va zarur axborot tanlashning ko’p usullarini qo’llay bilasiz.
Fikrlash jarayonida emotsyayalar, sezgilar va intuitsiya ham muxim o’rin egalaydi. Fikrlashning maqsadi bizning ongimizda dunyoni shunday o’zgartirishdan iboratki, keyin emotsiyalarni samarali qo’llash mumkin bo’lsin. Axir, pirovard natijada, qaror qabul qilish bosqichida, aynan, emotsiya rolь o’ynaydida
Eng asosiy masala qachon emotsiya va sezgilarga erk berishni bilishda.
Qabul qilish metodlarini takomillashtirib, paydo bo’lgan holatga alьternativ nuqtai — nazarlarni kiritib va mezonlar sifatida qadr — qimmat va sezgilardan foydalanib juda yaxshi natijalar olish mumkin. Qabul qilishdan farqli ravishda mantiq sezgilarga ta’sir qila olmaydi. Masalan, siz qandaydir bir kechada juda xushmuomala odam bilan tanishdingiz. Keyin kimdir u odam "sotqin" bo’lsa kerak deb taxmin qilsin. Albatta, u odamning yangicha idroki sizni unga munosabatingizni o’zgartirishi mumkin.
Siz o’z talabalaringizni fikrlash ko’nikmalariga o’rgatayotib, emotsiyalarni yoddan chiqarmay, bu jarayonda emotsiya va sezgilarga o’z o’rinlarini egallashga imkon berishingiz zarur. Emotsiya va sezgilar fikrlash jarayonida asosiy rolь o’ynaydi. Ularni fikrlash jarayonidan chiqarib yubormay, kerakli vaqtda ulardan foydalana bilish juda muhim.
Ijodni ham uchta tushunchalar orqali ta’riflash mumkin, bular: sinergiya va nntuitsiyadir.
Sezgirlik — bu bizning sezgilarimizdan, bizning "tashqi dunega ochiladigan darcha"mizdan foydalanishdir. Biz ular yordamida sezamiz, hidlaymiz, ta’m tatib ko’ramiz.
Baribir bizning ko’pchiligimiz odatda e’tibor bermaydigan narsalarni ijodiy shaxslar sezadi va eslab qoladi.
Bunday insonning belgilaridan biri shuki, u faqat masalaning yechimigagina emas, balki uni qo’yilipshga ham ijodiy yondoshadi.
Quyidagi boshqotirmani yechishga harakat qiling.
4 —rasmdagi vilkaning tishlarini sanang. Ular siz sanaganingiz sari yo’qolib boradilar, shunday emasmi? Bu figura oddiy hayotda mavjud emas, u rassomning shunday tasavvuri mevasidir. Uni o’ylab chiqayotib rassom rasmdagi mavjud detallarni yaxshi ma’lum narsalar sifatida sezgan, lekin shu bilan birga bir vaqtda g’ayrioddiylikni ham unutmagan. Ehtimol bu ko’rish orqali idrok qilishning o’tkirlashgan sezgirligi misolidir.
Sinergiya — bu birinchi qarashda qo’shib bo’lmaydigan ko’rinadigan narsalarni bir butun, hamda foydali va ishlaydigan qilib birlashtirishdir. Agar siz bilimlarni turli sohalariga tegishli bo’lgan ikki g’oyani yangi mazmunda muvaffaqiyatli ishlay boshlaydigan qilib birlashtira olsangiz demak siz sinergiyaga ko’rgazmali misolni namoyish qilgan bo’lasiz, Sinergiyaga misollarni yuqorida keltirilgan Kalьderning qisqa biografiyasidan ham topish mumkin. CHunki u simlar bilan ishlashdagi o’z bilimlarini yorqin ranglar va abstrakt rasmlar bilan uyg’unlashtirib hayratlantiruvchi konstuktsiyalar yarata olgan.
Gordon o’z vaqtida masalalarni qo’yish va yechishga ijodiy yondashish maqsadida turli kasb egalarini bir joyga to’planshi taklif qilgan edi. Turli g’oyalarni uyg’unlashtirishni uddalay olishlik uchun ko’p va keng malakalar va ko’nikmalar sohibi bo’lish kerak. Gumanitar ta’limning foydasiga oid argumentlardan biri, uning keng bilimlar berishidir.
Bu esa o’z navbatida dunyoga turli burchaklar orqali qarash va bilimlarni turli sohalarida ahamiyatli fikrlar bildirishga imkon yaratadi.
Ion Eyxning guvohlik beripshcha, Iogann Rutenber, oldindan ma’lum, lekii bir—biri bilan bog’lanmagan ikki g’oyani — vino ishlab chiqarishda foydalaniladigan press va tanga ishlab chiqaradigan shtampni birlashtirib kitob bosish stanogini yaratish mumkinligini o’ylab topgan. Tanga shtampining vazifasi kichik buyumda izini qoldirishdan iborat. Vino pressining vazifasi esa uzumdan sharbatni siqib olish, ya’ni aksincha, katta yuzalarga bosim berishdan iborat. Bir kuni Gutenberg shtampni press ostiga joylashtirib, shunday yo’l bilan kog’ozga iz qoldirish mumkunligini aniqladi. Bu sodda, lekin orginal kombinatsiya bosish stanogiga aylandi va ko’plab kitoblarni keng ommaga yetib bora oladigan qilnb, dunyoni sezilarli o’zgartnrdi.
Ijodning baquvvat harakatlantiruvchi kuchi — bu kugilmagan va rejalashtirilmagan kashfiyotga olib keladi. Mashhur olimlarning tarjimai hollarida, ularning kerakli yechimni intuitiv ravishda topgan holatlari ko’p uchraydi, Dastlabki qarashda bu yechimlar odatda ko’nikib qolingan ma’noga mos kelmaganday bo’lib ham ko’rinishi mumkin. SHuni ham unutmaslik kerakki, agar hamma narsani intuitsiya orqali tushuntiriladigan bo’lsa, olimlarga nisbatan adolatsizlikka yo’l qo’yilgan bo’ladi. To’g’ri, yangi ajoyib dori uni tashkil etuvchi moddaldrni tasodifiy siljishi natijasida olindi. Lekin faqat tajribali olimgina bu tasodifiylikni o’ziga yarasha baholay olgan bo’lar edi. Agar uning o’rnida qerakli bilimlarga ega bo’lmagan odam bo’lganida edi, u tajribani xato deb e’lon qilib, uni esdan chiqargan bo’lar edi. Intuitsiyaning ijod jarayonida muhim rolь o’ynashi shubhasiz, lekin shuningdek u maqsadga intilish va mehnatsevarlik bilan mustahkamlanishi zarurligi ham hech qanday shubha tutdirmasligi kerak. Albatta, ilmiy kashfiyotni sof intuitiv ravishda qilish mumkin, lekin bunday baxtli "tasodiflar"ni laboratoriyalarda butun kunu—tun davomida bajarilgan mashaqqatli mehnatdan keyin ro’y berish ehtimoli kattarok. Fikrlash jarayonida intuitsiya muhim rol o’ynaydi, lekin intuitsiya to’g’ri yechimni ham ko’rsatadi, -deb o’ylash va undan umid qilib, faqat kutib o’tirish yaramaydi. Intuitsiya ba’zi hollarda pand berishi ham mumkin, lekin u emotsiya va sezgilar bilan bir qatorda fikrlashning ajratib bo’lmaydigan qismidir.
Mantiq fikrlashning eng muxim elementi xisoblanadi. Bu taajubnalarli emas, chunki maktabda asosan reaktiv fikrlashga urg’u beriladi. Ushbu holat oliy o’quv yurtida ham davom etadi, ya’ni talabadan oldindan rejalashtirilgan sharoitga mos ravishda reaktsiya qilish talab etiladi. Ko’z oldingizda turgan narsaga siz qanday munosabatda bo’lasiz? SHunday qilib, masalani hal qilish uchun barcha axborot to’la berildi. Boshqotirmaning qismlari sizning qo’lingizda. Javobni ochish uchun siz mantiqiy mulohazani qo’llaysiz.
Tanqidiy fikrlash to’la bo’lmasa ham, ko’prok darajada mantiqqa asoslanadi. SHuningdek muzokaralar va ikki tomonning xar qanday qarama — qarshiliklari xam. Mantiq yordamida biz bir xolatdan ikkinchisi tomon harakat qilamiz. Tashqaridan axborot kirmaydi, biz ilgariga faqat mavjud ma’lumotlar asosida siljiymiz (deduktiv mantiq).
Haqiqiylik darajasini aniqlashga qaratilgan bizni birinchi tekshiruvimiz — biror narsani xaqiqiy borliq bilan solishtirishdir.
Xulosalarni mavjud ma’lumotlar (argumentlar zanjiri) asosida to’g’riligini tekshirish navbatdagi qadam hisoblanadi.
Jazo odamlarni jinoyat qilishdan tiyib turadi. SHuning uchun, agar biz jinoyatlar sonini kamaytirmokchi bo’lsak, u holda jazodan foydalanishimiz kerak.
Dastlab jazo odamlarni jinoyatdan tiyib turadi deyilgan tasdiqni haqiqiyligiga ishonch hosil qilish zarur. Bunday deb faraz qilish aqldan xam emasday ko’ringani bilan u noto’g’ri bo’lib chiqishi mumkin (axir jinoyatchilar, bizni tuta olmaydilar deb umid qiladilarda).
Keyin, agar biz birinchi tasdiq bilan kelishsak, endi undan qandaydir bir xulosa kelib chiqish yoki chiqmasligini aniqlashimiz kerak. Agar "kerak" so’zini hech qanday tasdig’i yo’q bo’lib, lekin jazo so’zi qatnashishi shart bo’lsa, bu xolda "mumkin" so’zidan foydalangan afzalroq. Bundan tashqari jazo darajasini, jinoyat turini, jinoyat oqibatini va boshqalarni o’rganib chiqish zarur
Har doim savol qo’yish zarur: bu xulosa dastlabki ma’lumotlardan kelib chiqadimi?
Mana bu savol yanada muximroq: Dastlabki ma’lumotlardan shu xulosa chiqishi shartmi?(u qanday tasdiqlanadi ?)
Mantiqiy dalil kutilayotgan natijaga bog’liq bo’ladi. Agar biz "shunday narsani kutish mumkin" degan ibora bilan kifoyalansak, u holda faraz natija bo’lib xisoblanadi.
Olimlar, oddiy ma’lumotli kishilar ham o’z g’oyalarini xar doim mantiqiy bayon qilishga xarakat qiladilar. Xatto, agar ilmiy kashfiyot sof tasodifiy ravishda qilingan bo’lsada, u baribir mantiqiy bayon qilinishi kerak. Aks holda u qabul qilinmaydi.
Bizga u yoki bu xulosaga qanday kelinganligini bilishimiz zarur, ya’ni biz mazkur natijaga olib kelgan fikrlashni qanday yo’ldan borgailigini kuzatishni hohlaymiz.
Aynan shuning uchun biz mantiqqa katta e’tibor beramiz. Faraz qilaylik, siz yarim tunda mehmonxonada uyg’ondingiz va xojatga bormoqchisiz. Lekin siz tanish bo’lmagan xonada chiroq kalitini topa olmayapsiz. Siz, agar men devor bo’ylab borsam, albatta, xojatxonaga kiradigan eshikni topaman, degan qarorga kelasiz. Xatto, agar siz qandaydir boshqa eshikni topsangiz ham uning yonida, albatta, kalit bo’ladi va siz chiroqni yoqishingiz mumkin, Bu odatdagi mantiqiy muloxazalardir. Lekin, agar siz krovat yonidagi tungi chiroqni yoqsangiz, siz xojatxonani hech qanday mantiqiy farazlarsiz topasiz. Mulohazalar yordamida eshikni topish — bu mantiq. O’z oldidagi zshikni ko’rish imkoniyati — bu tafakkurdir.
Ayrim xollarda mantiq tafakkurni takomillashtirish uchun zarur. SHunday ham bo’ladiki a’lo darajadagi idrok mantiqiy mulohazalarga ehtiyojni minimumga keltiradi.
Idrok — bu, bizni o’rab turuvchi dunyoni ko’rishimizdir.
Odatda qabul qilinuvchi obrazlar tilning so’zlariga yoki matematik simvollarga aylantiriladi. Keyin biz qandaydir xulosaga kelish uchun, tilshunoslikda va matematikada mavjud mantiqiy qoidalarni qo’llaymiz.
Donishmandlik ham idrokka asoslangan. Donishmandlik — bu ko’p mavjud yoki kelajakda paydo bo’ladigan narsalarni qabul qilishdir.
Donishmandlik ularga turli tomondan nigoh tashlashga yordam beradi.
Siz talabalaringizga shunday savollarni o’zlariga berishga o’rgatishingiz kerak:
Men amal qilayotgan qarashlar kengligi qay darajada? Bu muammoga yana qaysi tomondan nigoh tashlash mumkin?
Qabul qilish qobiliyatining ikkita asosiy jabhalari — bu kenglik va egiluvchanlikdir. Egiluvchanlik bu bitta muammoga turli nuqtai — nazardai qarash qobiliyatidir,
Misol keltiramiz:
Bir kosib zorlanibdi; “Qanday yaramas sotuvchilar bozori — hamma yalang oyoqshyuribdi”. Ikkinchisi esa quvongan holda “qanday yaxshi bozor hech kimning oyoq kiyimi yo’q.”
Biz ko’pincha ro’y berishi kerak, — deb mantiqiy dalilga nisbatan aytilgan iborani, haqiqatda mantiqqa emas, balki tasavvur yoki axborot yetishmasligiga moslanganligini unutib qo’yamiz.
Tarixiy bir voqea:
Bir odam chiroyli xrustal vaza turgan xonaga kiradi. (Xona yopiq. Hech kim unga kira olmaydi. Xonada derazalar yoki hech qanday ti rqishlar yo’q) 10 daqiqadan so’ng u xonadan chiqad va vazani singan holda topadilar. Vazani sindirganini inkor qiladi, Lekin undan boshqa odam buni kilishi mumkin emas.
Ulьtratovush ta’sirida shishani qizishi mumkinligini eslash uchun ijodiy tasavvur yoki axborotga ega bo’lish zarur. SHu fikr hayolimizga kelishi bilanoq biz albatta o’sha odam sindirgan bo’lishi kerak, deb tasdiqlay olmaymiz. Jinoiy ishlar bo’yicha yaxshi advokatlar amaliyotda bu usuldan doim foydalanadilar.
Odamlar ko’p ovqat yeb, ham semirib, ham kasallanadilar. Agar biz oziq — ovqat narxini ko’tarsak, uni kamroq sotib oladalar. Agar ular kamroq, ovqat sotib olsalar, ko’proq sog’lomlashadilar.
Agar ijodiy tasavvur muammoni yechimini alьternativ variantlarini taklif qilmaganida biz yuqoridagi dalillar zanjiri mantiqini qabul qilishimiz mumkin edi.
Extimol odamlar ovqatni kamroq sotib olishmas, lekin unda boshqa narsalarni xarid qilish uchun kam pul qoladi.
Odamlar ovqatga ilgari qancha sarflagan bo’lsalar, arzon va sifati past ovqatlar sotib olish hisobiga shuncha sarflashar, lekin pirovard natijada bu narsa ularning sog’lig’iga yanada yomon ta’sir qilishi mumkin.
Haqiqiy hayotdan olingan holatlarda mantiqiy bo’lib ko’ringan dalillar zanjiri, ko’pincha (xar doim emas) alьternativ imkoniyatlarni ko’ra olmaslikka asoslangan bo’ladi.
SHu kabi hech qanday kamchiligi yo’qday bo’lib ko’ringan dalillarning mantiqiy zanjirini buzishning eng yaxshi usuli - alьternativ tushuntirishni taklif qilishdir.
O’tgan tun biz yerga yaqinlashayotgan olovni ko’rdik. Harbiylar bu rayonda tunda birorta ham havo kemasi bo’lmagan, deb tasdiqlashmoqda. Demak, bu faqat uchar likopcha bo’lishi mumknn. Lekin u kontrabandachining qora dori tashiyotgan va radarlar topib olmaslngi uchui mumkin qadar pastroq uchayotgan samolyotn bo’lishi ham mumkun.
Agar siz tangani qattiq sirtga tashlasangiz u qirrasi bilan turib qolishi amri —mahol. Demak, chikka tomoni bilan tushmasa, pukka tomoni bilan tushishi aniq. Mantiq alьternativlar soni chegaralangan joyda eng yaxshi ishlaydi. Agar barcha imkoniyatlar chiqarilsa, demak qolgani to’g’ri bo’ladi. Baxtga qarshi biz imkoniyatlarning chegaralangan doirasi mavjud — deb gapirishni juda yaxshi ko’ramiz, holbuki u faqat bizning bilimlarimiz va tasavvurlarimiz bilan chegaralangan bo’ladi.
Rivojlangan tasavvur ijodiy fikrlashning eng muhim elementlaridan biridir. Fan, texnika, san’at tarixi, qo’yingki butun madaniyat tarixi • - bu insoniyat ijodiy tasavvurining tarixidir. Fikrimizning dalili sifatida kislorodni birinchi kashf etgan olim D.Pristlining so’zlarini keltiramiz.
«Eng topqir va nozik eksperimentatorlar, ya’ni o’zlarining ijodiy tasavvuriga to’la erk beruvchilargina eng uzoq tushunchalar orasidagi bog’lanishnn izlab topa oladilar. Hatto bu solishtirishlar qo’pol va hayoliy bo’lsada, ular buyuk va muhim kashfietlar uchun baxtli tasodifni keltirishlari mumkin. Bunga mulohazali, sustkash va aqlga ega bo’lgan shaxslar hech qachon o’ylab yeta olmadilar.
Ha, ijodiy tasavvurini yaxshi mashq qildirgan inson, undan mahrum bo’lgan odamlar hech qachon bosh qotirmaydigan narsalar ustida o’ylanishi mumkin. Lekin aniqlanmagan, noma’lum sohada hayoliy fikrning oddiy, erkin parvozi emas, balki boshqariluvchi parvozi zarur. Fantaziyani boshqarish -yaxshi uyushtirilgan fikrlash sifatlaridan biridir.
Hayol surish (voobrajenie) bu haqiqiy va haqiqiy bo’lmagan yangi ob’ektlar obrazlarini yaratish qobiliyatidir. Uning uch darajasi mavjud
1) inson tomonidan ilgari qabul qilingan yangi (o’zgartirilgan) ob’ektning obrazini yaratish (masalan: barcha mevalar va sabzavotlar o’sadigan daraxt);
2) odam o’zi shaxsan idrok qilmagan, lekin u haqda dastlabki ma’lumotlarga ega bo’lgan ob’ektning yangi (qurilib bitkazilgan) obrazini yaratish (masalan: vaznsizlik, magnit to’foni, shisha yomg’ir);
3) butunlay mavjud bo’lmagan va u haqda boshlang’ich ma’lumotlar xam yo’q bo’lgan yangi (sintezlangan) ob’ekt obrazini yaratish (misollar: o’zga sayyoradan kelgan mavjudod, gazsimon o’simlik, qattiq aks —sado, jonli xid, odamning ichida yil fasllarining o’zgarishi).
Ijodiy fikrlashni, boshqa har qanday faoliyat kabi ijtimoiy ma’nosidan ajralmas holda qarash zarur, bilish jarayonlariga oid adabiyotlarda aynan shu narsa, ko’pincha e’tibordan chetda qoldiriladi.
Amabayl o’z xamkasblari bilan birga ijodiy qobiliyatlarni ko’tarishi yeki pasaytirishi mumkin bo’lgan tashqi muxit omillarini va ijtimoiy omillarni o’rgangan. Olimlar, baxtta qarshi, shunday xulosalarga keldilar maktabda yoki ishda bo’lib o’tuvchi voqealarning aksariyati ijodni rivojlanishiga turtki bo’la olmas ekan. Ularning aniqashlaricha ijodiy shaxslar o’z ishlariga sevimli mashg’ulot, deb qarar ekanlar. Bu odamlar o’z maqsadlariga erishish yo’lida, bilishga chanqoqlik va hoxish ta’sirida ko’p soatlab ishlaydilar. Ijod bilan shug’ullanuvchi odamlar, odatda tirishqoq mehnatkashdirlar. Ishtiyoqning bunday turi ichki ishtiyoq deyiladi, chunki u individning o’zidan chiqadi va aksincha, odatda maktabda va ishda taklif qilinadigan ishtiyoq tashqi ishtiyoq deyiladi, u o’zgalardan rag’bat (yaxshi baho va pul vadasi) ko’rinishida chiqadi. Amabayl va uning xamkasblarining fikricha, insonni ijodga eng yaxshi tarzda tortish uchun, uning atrofida ichki ishtiyoqini maksimal darajada ko’taruvchi xolatni yaratish kerak.
Biz quyida ichki ishtiyoqning odatda kamaytiruvchi 6 sharoitni keltiramiz;
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, akademik ta’lim muxiti, ko’pincha, kiritilgan yangiliklarga nisbatan o’zini muxolifona tutadi. Mualliflarning aytishlaricha, ijodiyot xalokatga olib boruvchi tendentsiya universitetlarda olimlarga grantlar tarqatishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Sinalmagan g’oyalarni o’rganilishini moliyalashtirish haqidagi iltimoslar, ko’pincha chetga suriladi. SHunday qilib, ijodning doimiy yo’ldoshihisoblanuvchi havf—xatar, hatto ijodiy urinishlar birinchi navbatda qo’llab quvvatlanishi kerak bo’lgan joylarda ham qatgiq to’siqqa uchraydi.
Oliy o’quv yurtlarining ko’pchiligida va deyarli barcha ish o’rinlarida faqat tashqi ishtiyoq ishlaydi, ya’ni talabalarga o’qituvchilar reyting ballari qo’yadilar, ishchilarga esa ish haqlari to’lanadi. Albatta, tashqi o’yg’otuvchilardan, hatto ular tanlov va ijodiy faoliyatni chegaralasalar ham to’la qutilishning imkoni yo’q. Bundan qat’iy nazar oliy o’quv yurtida va ishda tashqi muxitni shunday tashkil qilish kerakki, toki u ijodining namoyon bo’lishiga sharoit yaratish va urg’uni tashqi ishtiyoqdan ichki ishtiyoqqa ko’chishi uchun xizmat qilsin. Lekin, bunda shuni xam e’tiborga olish zarurki, tashqi muhitdagi bu o’zgarishlardan tashqari insonning ijodiy salohiyatini ko’tarish uchun yana ma’lum ko’nikmalar xam kerak. Muayyan sohada zarur bo’ladigan bilimlar va texnik ko’nikmalarni egallamay turib, qobiliyatli olim, buyuk yozuvchi yoki talantli rassom bo’lib yetishish mumkin emas .
SHuningdek, tashqi muhit omillari ham juda muhim. Maktabda, kollejda oliy o’quv yurtida va o’huv yurtidan tashqarida olingan yaxshi ta’lim, erkin assotsiatsiyalar, har taraflama fikrlash yoki yangi g’oyalarga asos beradi. Ijod qilish uchun miyani fikrlar va bilimlar bilan to’ldirish zarur. Amabaylning yuqorida ko’rsatilgan ishidan quyidagi xulosalarni qilish mumkin: o’zingizda o’qishga bo’lgan muxabbatni o’stiring, ijod uchun o’zingizni rag’batlantiring, o’rganish uchun o’zlashtirish va imtihon topshirishga yengil bo’lgan ixtisoslikni emas, yangi bilimlar olishga imkon beradiganini tanlang.
Ijod bu o’z —o’zini ishtiyoqini o’yg’otuvchi va o’zini o’zi nazorat qilishni talab qiluvchi og’ir aqliy mehnatning natijasidir. U yetarli darajada tushunish uchun murakkab va sirli: hech kim "ijod" nimaligini va qanday qilib oddiy tashkil etuvchilardan shunday ajoyib narsalar yaratilishini aniq aytib bera olmaydi.
Barcha buyuk ixtirochilar o’z oldilaryaga masala qo’yinshing katta ustalari edilar. Ular muammolarni hech kim ko’rmaydigan joydan topar edilar. Masalan, tabiiy gaz turganda, odamlarga elektrni nima keragi bor? Yoki ot qo’shilgan aravalar turganda qaerdadir motorli qutilarda yurishimizga ne hojat?
Deyarli gap bir ijodiy faoliyat, maqsadga erishish uchun, zarur, ilgari noma’lum bo’lgan, relevant axborotni aniqlash yo’llarini o’z orqasidan ergashtiriladi. Odatda biz ijod tushunchasini san’at va fan bilan bog’laymiz, vaxolanki u oddiy hayotda ham, o’z mablag’larini oyning oxirigacha yetadigan qilib taqsimlashdan tortib, to o’qituvchining o’z vaqtida topshirilmagan amaliyot bo’yicha hisobotni yoki kurs ishini qabul qilishga qanday majburlashigacha, kerak va muxim.
Agar ijodiy fikrlash faqat kundalik masalalarni hal qilishni turli ko’rinishlaridan biri bo’lsa, demak uning bilimlarni barcha sohalarida qo’llanadigan asosiy tamoyillari ham bo’lishi shart. Raqqos, olim, o’qituvchi va yozuvchi o’z ijodida har doim bir xil jarayonlardan foydalanadimi yoki har bir ayrim vazifa uchun o’ziga xos usul qo’llaniladimi ? Yaqqol ko’rinib turgan farqlarga qaramay, ularning barchalariga, o’z masalalarini hal qilish uchun, g’oyalar generatsiyalashga va "masala fazosini" tadqiq qilishga to’g’ri keladi. Dastlabki xolatdan maqsadga olib keluvchi barcha mumkin bo’lgan maqsadlar va yo’llar, aynan shu atama yordamida aniqlangan. Fink, Uard va Smitlar masalani hal qilish jarayonini g’oyalar generatsiyalash va ularni tadqiqot qilishdan iborat ikki fazali modelini yaratdilar. Ijodiy yechimni kuta olish uchun ijodiy shaxslar chindan ham o’z ishlariga qiziqqan va g’oyaga sodiq bo’lishlari shart. Levin masala ustida ishlashga bo’lgan xohishni «shaxsiy majburiyatlar qabul qilish» deb atagan . Bunda ishtiyoq — mehnatsevarlik, sarflangan vaqt va barcha mumkin bo’lgan variantlarni o’rganishga xohish orasidagi yaqin bog’liqlik sifatida tushuniladi.
Yechimlarni baxolash ham ijodiy akt sanaladi, chunki bu bosqichda odam to’g’ri yechim olindimi, yo’qmi, shuni aniqlashi kerak . Samarali baxolash, yangi va yanada yangi g’oyalarini generatsiyalash va ularni tadqiqot qilishning berk zanjirini uzish uchun zarur. Uning ichida masalani hal qilayotgan odam ham bo’lishi mumkin. Ijodga masalani hal qilish sifatida qarash, bu jarayonga bilishning boshqa darajalarini ham jalb qiladi. Muammo doirasini muvaffaqiyat bilan o’rganish uchun odam uning eng muhim jabhalarini sezish va eslab qolish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki ijodii fikrlash ko’p bosqichli jarayon ekan. U o’zicha masalani qo’yish, bu masalada aynan, nima muximligini va uni yechishning yangi yo’lini topishgan.
Ijodiy fikrlash — yangi yaratuvchan—konstruktiv (ayrim hollarda mantiq chegarasidan chiquvchi) g’oyalarni intellekt, intuyatsiya va ijodiy tasavvur yordamida generatsiyalash va ro’yobga chiqarish jarayonidir.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qo’yilgan vazifalardan kelib chikqan xolda talabalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish muammosi oliy ta’limning o’z yechimini kutayottan eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi.
Xo’sh, ijodiy fikrlash o’zi nima? Uning fikrlashning boshqa turlari bilan munosabati, ular orasida tutgan o’rni va mavqei qanday?
Yer yuzidagi eng murakkab va noyob mavjudot — bu insondir, Yashash qonunlari uni atrof olamni o’zgartira borib, ko’nikib qolingan hayotni ta’minlash uchun uzluksiz fikrlash va ijod qilishga majburlaydi. Insonni fikrlash va ijod jarayonlari yetarli darajada rang —barang va murakkab bo’lib, tor ma’noda uni barcha xossalarini va qonuniyatlarini aniq tavsiflash qiyin. SHu sababli ijodiy fikrlashning aniq ilmiy ta’rifi bugunga qadar mavjud emas. SHuning uchun bo’lsa kerak, fikrlash nazariyasining ko’zga kuringan namoyondalari ham fikrlakgaing bu noyob turini mahsuldor yoki intuitiv fikrlash bilan bir o’ringa qo’yib qo’yadilar, Fikrimizning dalili sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
«Ijodiy (mahsuldor) fikrlash tarixi va muammosi yetarli darajada ani% ifodaga ega emas. Ismn eslatilishi bilan «ma^suldor fikrlshn» atamasi yodga tushuvchi Vertgeymer $am bu muammoni zarur aniqlik bilan ayta olmadi» [Ya.Ponomarev]

Download 420,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish