Tayanch tushunchalar:
1. Sinektika metodi (amerikalik olim U.GordЬn tomonidan 1960 yili taklif qilingan} talabalarga muammolarni, uning tashkil qiluvchi elementlarini shakllantirishni o’rganishga, izlashning bosh maqsadini ajratishga, turli—tuman xarakterdagi masalalar yechimlarining o’xshashlarini qidirishga imkon beradi. Ushbularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: to’g’ri (muayyan masalaga o’xshash masalalar qanday yechiladi), shaxsiy (muayyan masalada berilgan ob’ekt obraziga kirishga xarakat qilish va shu nuqtai nazardan mulohaza yuritishga urinib ko’rish), simvolik (ikki jumla orqali masalaning mohiyatini obrazli aniql^nishini berish), fantastik (bu masa>\ani ertak qahramonlari qanday yechgan bo’lar edilar). Bunda bo’lajak mutaxassislarda sinektik fikrlash qobiliyati shakllanadi: abstraktsiyalash mohiyati, muzokara predmetidan hayoliy ajrala olish, hayollarga, fantaziyalarga moyillik, o’zgalarni eshitiig maxorati, hamkasb tomonidan aytilgan g’oyalarga chidamli munosabatda bo’lish, oddiydan kayrioddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish odati, o’xshatishlardan moxirlik bilan foydalana olish.
Texnik yechimlarning morfologik taxlili va sintezi metodi (shvetsiyalik astrofizik TSvikki tomonidan taklif qilingan). Ko’rilayotgan texnik sistemaga mos bir necha tuzilmaviy yoki funktsional xusussiyatlarini ajratish asosida, ularning xar biriga muayyan alternativlar ro’yhatini tuzib, morfologik quti yoki matritsa dob nomlangan jadvalga solinadi, va turli variantlarni kombinatsiyalagan holda masalaning yangi yechimlari aniqlanadi. Bu metod orqali bo’lajak mutaxasislar texnik masalalar yechimlarining barcha mumkin bo’lgan elementlarini kombinatsiyalashga o’rganadilar. Mazkur metod Quyidagi tamoyilga asoslangan: texnik xarakterdagi ijodiy masalalarni xal qilishda koordinata o’qlari yordamida ob’ektning bosh xarakterist-ikalarini ajratib, keyin har bir koordinata o’qiga barcha mumkin bo’lgan variantlarni yozib chiqadilar. U variantlarga quyidagilar kiradi:
• Masalani aniq ifodalash. Yangicha ifodalashga xarakat qilish. Ikkinchi darajali va o’xshash masalalarni aniqlash. Ulardan asosiylarini ajratish.
• Mavjud yechimlarning kamchiliklarini, ularning asosiy tamoyillarini, yangi taklyaflarni sanab ko’rsatish.
• Fantastik, biologik, iqtisodiy, molekulyar va boshqa analogiyalarni belgilash.
• Matematik, gidravlik, elektron, mexanik va boshqa modellarni qurish (ular g’oyani analoglarga nisbatan yaxshiroq ifodalaydi).
3. Funktsional — qiymat taxlil metodi (FQT)— texnik ob’ektlarni texnik —iqtisodiy tadqiqotlash metodi. Bu metod iste’molchilik xususiyatlari va bu xususiyatlarni ta’minlash uchun qilinadigan sarf —xarajat orasidagi mutansoblikni optimallashtirishga xizmat qiladi. Metodning moxiyati ob’ektga u bajaradigan funktsiyalar majmuasi va iste’molchi talablari nuqtai nazaridan qarashdan iborat. U iqtisodiy samarali va murakkab misollar turkumini hal qilishga imkon beradi.
Bo’lajak mutaxasislar va konstruktorlarni (texnologlarni) bu metodga oliy o’quv yurtidanoq o’rgatish zarur. Bu, ular oliy o’quv yurtini tamomlaganlaridan so’ng faoliyat yuritadigan illshy tashkilotlarga mahsulotlar
konstruktsiyalarini, ularni tayerlash texnologiyalarini, yangi imkoniyatlarni aniqlash xisobiga ishlab chiqarish va ekspluatatsiyani tashknl qilishni hamda ortiqcha sarf — harajatlar paydo bo’lish sabablarini bartaraf qilishnining muayayan yo’llarini aniqlashtirishga imkon beradi. Gap shundaki FQT nuqtai — nazaridan maxsulot tayerlash uchun qilinadigan barcha harajatlar foydali, foydasiz va ortiqcha turlariga bo’linishi mumkii. Oxirgilar yaqqol ko’rinib turgan yoki yashirin yo’qotishlardan iborat.
4. Ixtiroviy masalalarni yechish algoritmi (IMEA) va Ixtiroviy masalalarni yechish nazariyasi (IMEN) metodlari (G.S.Alьtshuller va uning i-\miy maktabi tomonidan ishlab chiqilgan), Bu metodlzr barchamizga ma’lum bo’lgan «sinash va xatoliklar» metodi va uning barcha modifikatsiyalaridan sezilarli farq qiladi. Ko’r —ko’rona qidirishlar o’rniga ular texnik tizimlarning rivojlanish qonuniyatlariga bo’ysundirilgan, mantiqiy operatsiyalar tizimi ustiga quriladi.
5. «Aqliy ishg’ol» (AI) metodi guruh bo’lib ishlashda ko’p sonli g’oyalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. U talabalarni turli g’oyalarni aytish orqali o’quv jaraenida faol qatnashishlariga imkoniyat yaratadi. Aqliy ishg’ol guruh ishini faollashtirishning qimmatli usuli ekanligining sababi shundaki, bir xil g’oyalar guruxning barcha qatnashchilarini birday qamrab oladi va bu metodni qo’llash jarayonida yolg’iz ishlab bo’lmaydi.
AI asosida aniq fikr yotadi: g’oyalar generatsiyalash jarayonini ularni baholash jarayonidan ajratish zarur. Masala muxokama qilinayo'1tanda ko’pchilik insonlar, ustilaridan 'kulish, xato qilish, rahbarlarni salbiy munosabatlaridan va shu kabilardan havfsirab dadil, kushlmagan g’oyalarni bildirishga botinmaydilar. Agar bunday g’oyalar bildirilganda ham ko’p hollarda uni muhokamani boshqa qatnashchilar yo’q qiluvchi tanqid ostiga oladilar, natijada g’oyalar yaratiliboq o’ladi. A.Osborn g’oyalar generatsiyalashni taiqid man qilingan va aksincha har bir g’oya, u hatto xazil tarzidagi yoki noto’g’ri bo’lsa ham, har tomonlama rag’batlantiriladigan sharoitda olib borishni taklif qildi. Buning uchun 6 —8 —ta g’oyalar generatorlari bo’lmish insonlardan iborat kichik, imkoni boricha har xil soha mutaxassislaridan tashkil topgan gurux ajratiladi. Bu guruhga rahbar qo’shilmaydi va generatsiyalash jarayonini erkin sharoitda olib boriladi, Bildirilgan g’oyalar magnitofonga yoki qo’lyozma tarzida yoziladi. Olingan material baxolash va istiqbolli g’oyalarni tanlab olish uchun ekspertlar guruhiga beriladi.
«fantazer»lar guruxi uchun qulay sharoitlar yaratilsa yarim soatlik ishg’ol davomida 50 — 100 g’oyalarni yaratib, keyin bir nechta «ma’nodan holi bo’lmagan»lari tanlab olinadi. «Jamoa ilhomi» cho’qqiga ko’tarilgan daqiqalarda o’ziga xos jo’shqinlik paydo bo’lib g’oyalar xuddi beixtiyor oqib kelayotganday bo’ladi, aniq bo’lmagan fikrlar otilib chiqadi va bildiriladi, xar xil farazlar qilinadi. Aynan, shunday g’oyalar AIning eng qimmatli mahsuloti hisoblanadi. «Fikrlar sel bo’lib oqadi. guruh «ijodiy maxsulot beradigan» xolatga keladi. Masalan, ikkita simni qanday qilib tez va mustahkam ulash mumkin, degan masala Hal qilinmoqda. Kimdir «Ikka.\a simni tishlar bilan qattiq qisish kerak, vassalom», —deb qichqiradi. Bu dastlabki qarashda mantiqqa ega emasday ko’ringan g’oya simlarii sovuq payvandlashga imkon beruvchi, tishli qisqichlar yaratishga asos bo’ldi..» [28].
AI ning falsafiy asosi —freydizmdir. Z.Freydning fikricha mantiqsiz va irratsional g’oyalar ongning yupqa va
mustaxkam bo’lmagan qatlamini teshib otilib chiqadi. Oddiy fikrlash ong tomonidan nazorat qilinadi, u bizni mantiqsiz fikrlardan saqlaydi va juda ko’p narsalarni man qiladi. Lekin xar bir ixtiro bu mumkin va mumkinmaslik to’g’risidagi o’rganib qolingan tasavvurlarni yengib o’tishdir. SHuning uchun ongning kuchli tazyiqidan ozod qilingan aqlgina kutilmagan g’oyalarni berishi mumkin.
AI dan turli ko’rinishlarda foydalanish mumkin, masalan, qandaydir —bir mavzuni muxokama qilish, yangi masala bilan tanishtirish yoki qandaydir ixtieriy muammoni xal qilish uchun.
Uning asosida yotuvchi qoidalar quyidagilardir:
• barcha aytiladigan g’oyalar bir — birlariga nisbatan tengkuchli va tengqimmatli;
• berilayottan g’oyalarga nisbatan tanqid yo’qligi;
• g’oya bilan tanishtirlayotganda so’zlovchini bo’lmaslik;
• so’zga chiquvchilarga nisbatan baxolashning yo’tushgi.
6. «Delьfi» metodi — taklif qilinayotgan alьternativlar seriyasidan eng yaxshisini tanlashg’a yordam beradi. Buning uchun guruxning a’zolaridan ma’lum ketma — ketlikda har bir alьternativga baxo berish talab qilinadi. Masalan, statistik metodlar yordamida defektlarning beshta sabablari aniqlangan. Ularning qaysi birini bosh sabab deb atash mumkin? Muhokama qatnashchilari dastlab muammolarni barcha sabablarini muximlik darajalari bo’yicha ajratadilar. Har bir qatnashchi o’zi eng asosiy deb xisoblagan alьgernativni birinchi, ikkinchi va xokazo deb hisoblaganini oxirgi beshinchi o’ringa qo’yadi.
7.«Qora quti» metodi. Bu metod asosida muammoni hal qilish aniq vaziyatlarni tahlil qilish orqali amalga oshirish yotadi. Bu vaziyatlar shunday qilib tanlanadiki ularni taxlil qilish davomida xar bir qatnashchi beixtiyor defektlarni paydo bo’lish masalalariga tegib o’tsin. Bunga qatnashchilar maxsus, maqsadga yo’naltirilgan savollar orqali rag’batlantiriladi. Masalan, «Bunday vaziyat nimag’a olib kelishi mumkin?», yoki «Bu holda mexanizmlar qanchalik barqaror ishlaydi?» va hokazo. «Qora quti» metodining moxiyati shundaki, defektlarning paydo bo’lish sabablari aylanma yo’l bilan aniqlanganday bo’ladi. Bunda odamlarning ijodiy tashabbuskorligiga yo’l ochiladi.
8. Kundaliklar metodi. Sifat guruxi a’zolarining har biriga yon daftarchalar tarqatiladi. Ushbu daftarchaga muhokama qilinaetgan muammoga oid haftaning har bir kunida paydo
bo’lgan g’oyalari yozib boriladi. Ko’pincha barcha qatnashchilarning yozuvlari guruh boshlig’i tomonidan taxlil qilinib, keyinchalik tayyorlangan material oxyargi yig’ilishda muhokama qilinadi. Bu metod shunisi bilan ahamiyatliki, birinchidan, paydo bo’lgan g’oya yoki muayyan ixtirochilik taklifi jamoatchilik gurux taklifi xususiyatini oladi; ikkinchidan, barcha noaniq va turli —tuman nuqtai ~ nazardan iborat joylari guruh majlisiga qadar oydinlashtiriladi, boshqacha bo’lishi mumkin emas, deb keskin shaklda bildirilgan fikrlar tekislanadi. Muhokamaga odatda, «o’rtachalashtirilgan» fikr olib chiqiladi.
9. 6 — 6 metodi: sifat guruhinig 6 tadan kam bo’lmagan a’zolari 6 minut davomida gurux, oldida turgan muammoni yechishga yordam berishi kerak bo’lgan aniq g’oyalarni o’ylab topishga harakat qiladilar. Har bir qatnapli alog^ida varaqqa o’z mulohazalarini yozadi. Bu ixcham shaklda amalga oshiriladi, masalan: jipslikning buzilishi, materialning parchalanishi, texnologayaga amal qilinmaganligi va hokazo. SHundan so’ng guruxda barcha tayyorlangan ro’yxatlarning muhokamasi tashkil qilinadi. Muhokama jarayonida xatoligi aniq ko’rinib turgan fikrlar chiqarib yuboriladi, munozaralilari aniqlashtiriladi, barcha qolganlari ma’lum belgilari bo’yicha guruxdashtiriladi. Vazifa bir nechta eng muxim alьternativlarni tanlab olishdan iborat, bunda ularning soni munozara qatnashchilari sonidan kam bo’lish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |