Mundarija kirish I bob o’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik nazariy asoslar


O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishlf situatsion -- o’yinli metodlari



Download 420,75 Kb.
bet11/18
Sana21.07.2022
Hajmi420,75 Kb.
#833404
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Омадбек 2 к

Amaliy mashg’ulot
2.3. O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishlf situatsion -- o’yinli metodlari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’qitishning, faol shakllarini, bo’lajak mutaxassisni xaqiqiy faoliyatini, talabalarning o’quv tarbiya va ilmiy—tekshirish ishlarini tashkil qilishda, imitatsiya (taqlid) qilish, nazariy bilim va malakalardan kasbiy — amaliy bilim va ko’nikmalarga o’tishda imkoni boricha mustaqillik berishni nazarda tutadi.
Ma’lumki, faol o’qitishning ko’p turli —tuman ko’rinishdagi metodlari mavjud. Ular turli belgilari bo’yicha tasniflanadi. Talabalarni faollashtirish darajasi va ularning bilim egallash va tadqiqot (loyiha —konstruktorlik va hokazo) faoliyatlarida quyidagilar farqlanadi:
Faol o’qitishning imitatsion metodlari (ular o’z navbatida o’yinli — ishbilarmonlik o’yinlari, o’yinli loyihalashtirish va o’yinsiz muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, vaziyatli masalalarni yechish) — pedagogik usullar va mashg’ulot o’tkazishning maxsus shakllari. Bunday mashg’ulotlarda o’quv — tarbiyaviy va ilmiy tekshirish faoliyati talabalarning bo’lajak kasbiy amaliy faoliyatlariga taqlid qilish asosida quriladi.
Noimitatsion — bu metodlar haqiqiy kasbiy — amaliy vaziyatlar asosida tuziladi.
Oliy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyalarini rivojlantirishda eng samara,\i faol o’qitish metodlari quyidagilar hisoblanadi: o’yinli loyihalashtirish, muayyan vaziyatlarni tahlil qilish, muayyan ishlab chiqarish masalalari va muammolarini yechish, haqiqiy kurs va diplom loyihalari bajarish
O’yinli loyihal&sh^ asosan ob’ektni yaratilish va taqomillashtirish jarayoni imitatsiya qilinadi yoki qayta tiklanadi (masalan, ishlab chiqarishni tashkil etish, xo’jalik Hisobi mexanizmi, ijtimoiy — iqtisodiy munosabatlar va sh.k.). Talabalarning bilim olish va tadqiqot faoliyatlari bunda O’rganilayotgan ob’ektni bevosita jamoatchilik loyihalash xarakteriga ega bo’ladi. U funktsional — rolli va ob’ektni yaratilish va takomillashtirishning tiklanadigan mexanizmlari nuqtai — nazaridan amalga oshiriladi Bunday holat, odatda
muayyan ob’ektni o’rganishda kurs yoki diplom ishlarini bajarishda ishtirok etayotgan talabalarning maqsad va qiziqishlariga asoslangan bo’ladi
Mashg’ulotlarni o’yinli loyihalash ko’rinishida o’tkazish texnologiyalari turli—tuman bo’lishi mumkin, lekin ular asosida uchta asosiy element yotadi: 1) loyihani ishlab chiqish algoritmi; 2) ekspert baxolash mexanizmi yoki loyixani o’iin tarzida «xarakatda sinash»; 3) bo’lajak mutaxassislar — o’yinli loyixalash qatnashchilarini funktsional —rolli qiziqishlarini aniqlash mexanizmi. Bu elementlarning har biri bo’lajak ilmiy xodimni (loyixalovchini, konstruktorni) tayyorlashda muhyam rol o’ynaydi, Dastlabki ikki elementda ishtirok etish ular ishlab chiqarishda (fanda) innovatsion jarayonlarni tashkil qilishni o’rganishlariga sharoit yaratadi.
Ushbu o’qitish texnologiyalari bevosita ishlab chiqarishda (yoki ilmiy muassasada) amalga oshirilganda ayniqsa samaralidir. Qiziqishlarni muvofaqlashtirishga yeki xususiy maqsadlarni umumiyga keltirishga yo’naltirilgan oxirgi element, o’yinli loyixalashni xaqiqiy jarayonlarii modellashtirishga aylantiradi va bo’lajak mutaxassislar uchun katta axamiyatga ega, chunki loyixani «muassasalararo» kelipshsh va sinovdan o’tkazishga o’rgatish xususiyatiga xam ega.
Muayyan vaziyatli ishlab chiqariga masalalari (ilmiy muammolarni)ni xal qilish. Bu metod bo’lajak mutaxassisda masalani (muammoni) muayyan sharoitda aiiq belgilash va xal qilish maxoratini shakllanishiga yordam beradi. Vaziyatli ishlab chiqarish masalalari o’quv masala —mashg’ulotlaridan tubdan farq qiladi. Agar o’quv masalalarida har doim aniq belgilangan shart (nima berilgan) va talab (nimani aniqlash zarur) mavjud bo’lsa, vaziyatli ishlab chiqarish masalasida (ilmiy muammoda), odatda unisi ^am, bunisi xam yo’q- Bo’lajak mutaxassisga masalani yechish davomida, haqiqiy vaziyatdarda bo’lganidek, eng avvalo holatni o’rganish, muammo bormi va u nimadan iboratligini aniqlash zarur. Ya’ni asoslangan qarorga kelish uchun uning o’zi nima ma’lum va nimani aniqlash kerakligyani belg^1laydi, SHuning uchun bunday masalalarni xal qilish texnologiyasiga o’rgatish o’quv masala,\arini yechish texnologiyasiga o’rgatishdan ^ubdan farq qiladi. Ishlab chiqarish masalalarini (ilmiy muammolarni) o’ziga xos muxim tomonlari bor:

  1. odatda ishlab chiqarish masalasining asosida aniq ishlab chiqarish vaziyati yotadi va uni hal qilish maxsus kuzatishlar natijalari bilan mustaxdamlangan bo’lishi kerak;

2) ishlab chiqarish masalasida vaziyatning tavsifi, dastlabki qarashda unga hech qanday to’rri aloqasi yo’Xday ko’rinadigan, kirish omillariga ega bo’lishi
mumkin:
3) vaziyatli masala bir qiymatli yechimga ega bo’lmay, aniq sharoitda qabul qilsa bo’ladigan, uning optimal variantga turli yoki bir xil darajada yaqin bo’lgan bir necha varianti borligi faraz qilinadi. Ko’p variantlik bunday masalalarni hal qilish yana bir samarasiga ega, u ham bo’lsa — bo’lajak mutaxassisda ishlab chiqarish masalalarini (ilmiy muammoni) xal qilishning optimal variantini tanlash maxoratining shakllanish imkoniyatidir.
Bundan tashqari vaziyatli masala har doim ham oldindan ma’lum algoritmlardan foydalanib yechilmaydi. Bo’lajak mutaxassis bunday masalani o’zi (eki jamoa bilan birga) hal qilayotib, uni yechishning o’z algoritmini ishlab chiqishi kerak, chunki undan masalani oddiy yechishni emas balki muammoli vaziyatni tahlil qilishning ratsional usullarini va uni hal qilish yo’llarini aniqlash talab qilinadi. SHunday qilib, talabalarning bilish faoliyati bu holda ham tadqiqiy (loyihalash —konstruktorlik) xarakterga ega bo’ladi. Ammo ushbu narsa shundagina ama,\ga oshadiki, agar o’qituvchining faoliyat texnologiyasi quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lsa:
1} ishlab chiqarish mutaxassisi tomonidan bayon qilinishi mumkin bo’gan vaziyatli masala materiallarini talabalar tomonidan mustaqil tahlil qilishni (kompьyuterda yoki o’qitishning boshqa texnik vositalari yordamida) uyushtirishga;
2) taxlil natijalarini va uni xdl qilish bo’yicha ishlab chiqilgan xulosalar va mulohazalarni ishlab chiqarish mutaxassislari bilan muhokamasini tashkil qilishga. Bunday masalani hal qilish variantlarini ishlab chiqishning samarali metodi bo’lib baxs —munozaralar xizmat Qilishi mumkin. Baxs —munozara jarayonida talabalar bosh rolni bajarib, oliy o’quь yurti o’qituvchisiga esa quyidagilarni amalga oshirishnn nazarda tutuvchi muxim rol ajratiladi: fikrlar almashishini boshqarish, ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish va muxolif tomonning fikrini munozara qilish malakasini rivojlantirish, talabalarni aktiv fikrlash faoliyatiga undovchi, aytilayotgan muloxazalar, xulosalar va takliflarni asoslash, bilimlarni dolzarblashtirish, o’z fikrini bayon qilishgina emas, balki boshqalarni tinglashda maxoratini rivojlantirish, talabalar bildirgan fikrlardan
foydali axborotni olish va zarur xulosalar chiqarish, bo’lajak tadqiqotchilar (loyixachilar, konstruktorlar, texnologlar va b.) uchun juda zarur kasbiy sifatlarni shakllantirish. Munozaralarni o’tkazish shakllari turlicha bo’lishi mumkin: munozara — ma’ruza (bunda muayyan vaziyatlarni muxokamasi qo’shib olib beriladi), munozara —aqliy ishg’ol, turli anjumanlar, seminarlar va simpoziumlar ko’rinishidagi muno — zaralar.
Ishbilarmonlik o’yinlari bo’lajak mutaxassislarda, ilmiy ijodiy — faoliyatlari tajribasini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini kuchaytirish asosida ishbilarmonlik o’yin — larini o’tkazish, talabalarga ishlab chiqarishdan (ilmiy muassasalardan) turli kasbiy vaziyatlar imitatsiyasini ko’rish emas, balki ilmiy —ijodiy faoliyatda bevosita o’zlarini qatnashishlari uchun imkoniyat yaratadi. ishbilarmonlik o’yinalarining bir necha turlari mavjud:
1. Bo’lajak mutaxassislarni kasbin faolyayat ob’ektlarida tashkil qilingan ilmiy — texnik maktablaridagi mutaxassislar orasida funktsiyalarni dasturiy — rolli taqsimlanishi asosidagi ishbilarmonlik va evristik o’yinlar. masalan bu faoliyatlar ^uyidagicha bo’lishi mumkin:
• «masalalarni aniqlovchilar» — keyinchalik ishlashlari mo’ljallangan, ishlab chiqarishda ularni faol qidirish va aniqlash bilan band bo’lgan talabalar;
• «faollashtiruvchilar» — ijodiy jamoani o’ziga xos katalizatorlari jamiyatini bajaruvchilar. Ularning vazifasi ijodiy jamoani barcha a’zolarining faollashishi kerakli darajada ushlab turishni ta’minlashdan iborat;
• «g’oyalar generatorlari» — g’ayrioddiy fikr bildiruvchi va ilmiy muammoii yechilishiga olib keluvchi yo’lni taklif qiluvchi talabalar;
• «rezonatorlar» —g’oyalarni tug’ilishiga va ularni ijodiy yasamoaning boshqa a’zolari tomonidan qabul qilinishiga yordamlashuvchi talabalar;
• «nazoratchilar» — muammoni yechishning optimal varian — tini qayta ishlash va tanlash bilan band bo’lgan talabalar.
Talabalarni ilmiy —ijodiy faoliyatni bajarish va ilmiy —texnik maktabda yechadigan masalalarga tayyorligi bilan bog’liq ravishda ma’lum rollarni bajaruvchi «sun’iy intellekt» ning turli variantlari ishlab turishi mumkin. Masalan, ijod maktabida xal qilinadigan masalalar banki yaratilib borgan
sayin «izlovchilar» roli kompьyuterga berilishi mumkin. Agar kompьyuterga «nazoratchilar» roli berilsa yanada foydaliroq bo’ladi. O’qituvchi va rahbarning bu xoldagi pedagogik mahorati shunda namoyon bo’lishi zarurki, ta-\abalar yuqorida ko’rsatilgan rollarning funktsiyalarini mashinalarga, ya’ni dastur tuzuvchilarga berish ko’nikmalariga ega bo’lishsin va uning metodikasini o’zlashtirishsin.
Bir ixtisoslik bo’yicha mutaxassislashgan, lekin ilmiy — ijodiy xarakterdagi turli masalalarni hal qiluvchi yoki turli sohalarga ixtisoslashgan, lekin ilmiy — texnik faoliyatining muayyan faollik majburiyatlariga o’zlashtirayotgan bo’lajak ob’ektda o’tkazish maqsadga muvofiq.
Raxbarlar va o’Xituvchilar rollarni oldindan aniqlaydilar, masalan, agar o’yin konstruktorlik byurosining texnologiya — larini o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lsa; «raxbar», «bosh konstruktor», «ixtirochi», «onponent», «chizmachi», «tekshi — ruvchi», «nazoratchi» va b. Keyin ularning har birining faoliy vazifalari va ularning faoliyatlarini baholaydigan yo’riqnomalar tuzilib o’yin jarayonining har bir asosiy bosqichi bo’yicha dasturlar ish.\ab chiqiladi.
O’yinni o’tkazish jarayonida, talabalarning qaysi guruxi jamoaviy qobiliyatni yaxshi namoen qilganligini yoki u yoki bu rolni yaxshi bajarganligini aniqlashga imkon beruvchi bellashuv, musobaqa elementlari mavjud bo’lishi kerak.
Yakun yasashda «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar (olim, injener —texnik hodim yeki o’qituvchi) u yoki bu operatsiyaning bajarilish sifatiga, shuningdek, topshiriqning aossiy maqsadiga mos ravishda bu operatsiyada rol o’ynagan talabalarga baho beradi. SHu baxolar aosida butun guruxga, shuningdek alohida rollarni bajarganligi uchun ayrim talabalarga baholar chiqariladi.
Navbatdagi o’yinni o’tkazishda, talabalarning ishchi funktsiyalarini (rollarini) almashtirish zarur. Bu ularning har birini ilmiy—ijodiy maktablarda qatnashish jarayonida turli rollarda, «detal ishlab chiquvchi»dan tortib, to «rahbar»gacha, bo’lishga imkon beradi. Bu ishning amalga oshirilishi rahbarlar va o’qituvchilarga u yoki bu talaba ilmiy — texnika maktabi a’zosining u yoki bu rollarni bajarishga qobiliyatini aniqlashga imkon yaratadi.


  1. Download 420,75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish