Mundarija kirish I bob o’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik nazariy asoslar


III BOB BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KREAKTIV FIKRLASHGA O’RGATISHDA MEDIA TA’LIMDAN FOYDALANISH BO’YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH



Download 420,75 Kb.
bet14/18
Sana21.07.2022
Hajmi420,75 Kb.
#833404
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Омадбек 2 к

III BOB BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KREAKTIV FIKRLASHGA O’RGATISHDA MEDIA TA’LIMDAN FOYDALANISH BO’YICHA TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH
3.1. Tajriba-sinov ishlari mazmuni va taxlili

Zamonaviy dunyoni ommaviy axborot vositalari – mediasiz tasavvur etish qiyin. Media – bosma nashr, matbuot, televidenie, kinematograf, radio, ovoz yozish va Internet tizimini o‘z ichiga oladi. Oxirgi yarim asrda inson hayotida media asosiy o‘rinni tuta boshladi. Bugungi kunga kelib insonlar mediasiz hayotlarini tasavvur qila olmay qoldilar. Bunday sharoitda media ta’lim berish har qachongidan muhimroq ahamiyat kasb etadi.


Hozirgi paytda Media ta’limning nimaligi, maqsadi va vazifalari keng miqyosda o‘rganilmoqda, salmoqli natijalarga erishilgan. “Wikipedia”
elektron qomusida berilishicha, Media ta’lim – ommaviy axborot vositalari – matbuot, televidenie, radio, kinematografiya, Internetni o‘rganishdir. Bu boradagi bilimlar nafaqat soha uchun kadrlarni yetkazib berish uchun, balki axborot texnologiyalariga murojaat etadigan har bir insonda mediasavodxonlik – mediamatnlarni tahlil etish, baholash va yaratish ko‘nikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari turli manbaalarda meidia ta’limga quyidagicha ta’rif beriladi:
“Media ta’lim – global axboraot sharoitida shaxsni media (OAV) tomonidan tarqatilayotgan axborotlarni tanlash, saralash, tanqidiy tahlil qilish va tanqidiy baholashga doir nazariy bilimlar majmui bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim turlaridan biri” [3, 59-b.].
“Media ta’lim – media savodxonlikka oid ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan va mediadan foydalanishda ijodiy yondashuv va xavfsizlik bialn bog‘liq bo‘lgan turli jihatlarni hamda axborotni tanqidiy qabul qilish ko‘nikmalarini qamrab oluvchi ongli pedagogik jarayon. Talim jarayoni odatda maktabda o‘tadi, ota-onalar ham o‘z farzandlari uchun mediapedagog vazifasini bajaradilar” [2, 134-b.].
“Global miqyosda barcha tashkilotlar Media ta’lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, u ham media savodxonlik hamda axborot savodxonligini o‘z ichiga oladi” [1, 16-b.].
Media ta’lim – asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradigan, oddiy
yo‘nalishlardagi media axborot tilini o‘rganishga ko‘maklashadigan, talabalar
badiiy salohiyatining o‘sishiga va rivojlanishiga hissa qo‘shadigan,
mediamatnlarni qabul qilish, o‘rganish va malakali tahlil etish ko‘nikmasini
shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonidir [5, 10-b.].
Pedagogikada kreativlik deganda insonning “ijodga qobiliyatliligi” tushuniladi va intellektning rivojlanish darajasi bilan aloqadorlikda tahlil qilinadi. Jumladan, A.Arifjanova oliy ta’lim muassasalari pedagoglari tarkibining kreativ salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liqlikda kreativlik tushunchasining mohiyatini quyidagi tarzda bayon etgan: “maqbul imkoniyatlarni safarbar etish orqali, shaxsni muammoni qabul qilish, yangi, noodatiy mahsulni yaratish qobiliyati” [84]. G.Ibragimovaning fikricha, kreativlik – shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog’liq ko’nikmalar majmui sifatida namoyon bo’ladi. Kreativlik o’z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko’ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi[84].
Ijodkorlik individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o’ylab topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal etish qobiliyatidir. U yangi g’oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo’lib hisoblanadi.
O’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish nazaridan ijod –bolalarning xohish-istaklari, ehtiyojlari hamda ularga ta’lim-tarbiya berish maqsad va vazifalariga mos qulay ta’lim muhitini tashkil etishga doir yaratuvchanlik va izlanishli-tadqiqotchilikka doir faoliyatdir.
Ijodkorlik individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o’ylab topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal etish qobiliyatidir. U yangi g’oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Milliy entsiklopediyasida ijodkorlik tushunchasiga ijodkor ishi, ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik[187; 177-b.] tarzida qisqa ta’rif berilgan.
Pedagogik entsiklopedik lug’atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi” [85; 286-b.], deb izoh berilgan. Mazkur lug’atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida ta’rif berilmagan.
Falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda “ijodkorlik” original, takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi sifatida e’tirof etiladi.
Kreativ pedagogika yoki kreativlikka asoslangan pedagogika deganda istalgan o’quv fani doirasida qo’llash mumkin bo’lgan ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik bilimlar sohasi tushuniladi. Pedagogikada mazkur yondashuv doirasida o’quv materiali o’zlashtirish ob’ekti emas, qo’shimcha materiallarda bayon etilgan evristik metod va usullar bilan tanishmasdan imkoni mavjud bo’lmagan evristik maqsadga erishish vositasi sifatida tushuniladi.
1.1.1-jadval
Ijod, kreativlik va kreativ qobiliyatlarni o’rganishga doir yondashuvlar tahlili

Yondashuv

O’ziga xosliklari

Imkoniyatlari

Kamchiliklari

Psixometrik (J.Gilford, Ye.Torrens, K.Urban va boshqalar)

Ijodiy salohiyat genetiklik bilan aloqadorlikda aniqlashtirilgan va standart testlar bilan o’lchangan

Kreativ qobiliyatlar diagnostikasi

Faqat ijodiy fikrlash tashxis etilgan, kreativlikning boshqa tarkibiy asoslari testda hisobga olinmagan

Jarayonli-faoliyatli (Z.Nishonova, Ye.Vard, V.Davыdov va boshqalar)

Ijod – o’z-o’zini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat: maqsad motivlar bilan mos keladi. Asosini ijodiy faollik tashkil etadi

Ijodiy jarayon va natijasini o’rganish; ijodkor shaxs faoliyat sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi

“Ijodiy qobiliyat” tushunchasi izohlovchi tavsifdagi tamoyil sifatida talqin qilinadi, ijod mexanizmi keng o’rganilmagan

Ijtimoiy-madaniy (D.Vollas, L.Vыgotskiy,
X. Grubber va boshqalar)

Madaniyat – kreativlikning yagona determinanti. Ijtimoiy-madaniy muhit kreativlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan talqin qilingan

Kreativlik ijtimoiy aloqalar, atrof-muhit bilan o’zaro harakat orqali o’rganiladi

Turli ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri ijodiy qobiliyatlarni baholash mezoni sifatida talqin qilingan

SHaxsiy-motivatsion (T.Ambayl,
A.Maslou va boshqalar.)



SHaxsiy o’sish motivatsiyasi, o’z-o’zini namoyon etish – ijodning asosi.



SHaxsni chuqur o’rganish, o’z-o’zini namoyon etishga alohida urg’u berish, ichki ijodiy motivatsiya

Atrof-muhit va ijodkorlikni rivojlantirish mexanizmini hisobga olmasdan ijodkor shaxsiga katta e’tibor qaratadi

1.1.1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, kreativlikni tavsiflashga doir metodologik yondashuvlar xilma-xil bo’lib, biz tadqiqotimiz uchun quyidagi yondashuvlarni asos sifatida oldik:



  • tizimli;

  • shaxsiy-faoliyatga yo’naltirilgan;

  • kompetentsiyaviy;

  • madaniyatshunoslikka doir.

Ma’lumki, bugungi kunda zamonaviy pedagogika fani metodologiyasi pedagogik jarayonga yaxlit hodisa sifatida qarash, uni bir tizimda joylashuvchi alohida tarkibiy qismlar birligi tarzida tushunishni talab etadi.
Ijodga o’rgatish dasturining amalga oshirilshii eng avvalo o’quv jarayonida o’tishi kerak. Buning uchun yaratuvchan — konstruktiv o’qitish g’oyalarini unga faol singdirish zarur. Muammoli ma’ruzalar yordamida talabalarni tadqiqotli kasbiy faoliyatlarini modellashtirish mumkin. Muammoli xarakterdagi seminarlar yordamida esa mutaxassislar bilan ijtimoiy munosabatlarga va tashxisli muloqotlarga kirishish maxorati rivojlanti riladi.
Oliy o’quv yurtida ma’ruza talabalar va o’qituvchilar uchun .muxim holda bo’lib, dasrlikdagi materialni qayta bayon qilishdan iborat bo’lmasligi kerak. Unda fikrlar, g’oyalar va qarashlarning eng muammoli tomonlari haqida ma’lumotlar berilishi kerak. Faqat noma'ьlum narani o’rgatish zarur. Ma’ruzachi yangalikni qidirib topishi, xech bo’lmaganda bayon qilish, yangi metodik ishlanmasini, o’z kontseptsiyasini berishi lozim.
Ma’ruzada bayon qilinayotgan mavzu bo’yicha talabalar olib borishi ko’zda tutilgan ilmiy —tadqiqot ishlarining va mustaqil ishlarning tamoyillari va usullari qarab chiqilishi kerak, chunki mutaxassis tayyorlash sifati talabalarning o’quv jarayonidagi faolligi bilan bevosita bog’liq. Bu faollik ilmiy ishlarga qiziqish, taklif qilinayotgan o’quv materiallariga ijodiy yondoshishi bilan mustaxkam aloqador bo’lib, o’qituvchining ishi bilan ham bevosita bog’langan. Bu ishning muvaffaqiyati uning talabalarda qiziqish uyg’otish, ularni mustaqil ishlash va fikrlashga majbur barcha usullardan, muammoli ma’ruza yaxshi imkoniyat bera oladi.
Bunday ma’ruzaning negizi bo’lib asosiy tashkilotlar va muassasalardagi ishlab chiqarish va amaliy vaziyatlarni ijtimoiy modellashtirish xizmat qilishi mumkin. Bu talabalarga o’zlarining kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida jarayonning predmet va ijtimoiy jabxalarini ko’rishga imkon yaratadi: ular kelajakda faoliyat olib borishi mumkin bo’lgan tayanch tashkilotlarga (ilmiy, ta’limiy va boshqa muassasalarga) xarakterli bo’lgan munosabatlar tizimi bilan tanishtiradi.
Bundan tashqari ular ani^ muhandislik masalalarini yechishning hayotiy amaliyot sharoitini yaratadi va o’quvchini tayanch ishlab chiqarish korxonasining mutaxassislari bilan o’zaro
aloqalarini ta’minlaydi.
Mustaqil fikrlash, murakkab dinamik vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilish malakasi - zamonaviy barkamol o’qituvchining xarakterli qirrasi. Fikrlash jarayonlarining pedagogik vaziflarni hal qilishga doimiy yo’nalganligi, aynan bir xil bilim komplekslarini dolzarblashtirish, o’qituvchining kasbiy xulq-atvor va faoliyat taktikasi va strategiyasi uning tafakkuriga o’ziga xos xarakter baxsh etadi, boshqa kasblar uchun xos bo’lmagan fikrlashni shallantiradi.
O’quvchilarida ko’rishni istagan sifatlarni o’z hayot tarzi bilan o’zida mustahkamlab borish, toliqmaslik va loqayd bo’lmaslik, o’z ishiga muhabbatli bo’lish, o’z kasbiy-kreativ salohiyatini doimiy oshirib borish zarur.
SHaxsning kasbiy-kreativ salohiyatiga to’xtalib, aytish mumkinki, u egallangan va mustaqil ishlangan maxsus bilim, ko’nikma va malakalar, sifatlar, kasbiy tajriba va xulq normalari, o’qituvchi kasbida muvaffaqiyat bilan ishlashni ta’minlaydigan harakatga qodirlik bilan belgilanadi. Asosiysi, bu salohiyat mahoratli o’qituvchi shaxsi o’z oldida turgan vazifalarni hal qilishda namoyon etadigan kreativ tashabbus darajasi ham kiradi.
Yosh mutaxassisning rivojlanishining natijasi mahoratli o’qituvchi o’z-o’zini kreativ realizatsiyalashi sanaladi. O’qituvchi shaxsining tiklanish bosqichlari: o’z-o’zini belgilash, o’z-o’zini ifoda eti shva o’z-o’zini realizatsiyalash farqlanadi.
Pedagogik mehnat natijasida kasbiy, kreativ va shaxsiy rivojlanishning bir necha bosqichi ta’kidlanadi: boshlovchi o’qituvchi, yosh pedagog, kompetent pedagog, tajribali pedagog-ekspert, mukammal pedagog.
Boshlovchi o’qituvchi uchun tashqi qoidalar, namunalar va tavsiyalarga yo’naltirilgan xalq-atvor xos.Sababi ish tajribasi katta emasligi va muvaffaqiyatsizlik yoki xatoga yo’l qo’yishdan cho’chish.
Yosh o’qituvchi, ta’lim-tarbiya jarayonining muhim tavsiflarini ikkinchi darajalilaridan farqlashda qiyinchilikka duch kelib, real pedagogik bosqichni tashkil etadigan, uni psixologik-pedagogik tahlilga tortadigan komponentlarni ajratishga urinadi.
Keyin mustaqil tashkil etilganlik va o’z faoliyatini rejalashtirish bosqichi kechadi. Bunda o’qituvchi kreativ va nooatiy vaziyatlarni eplay oladi - pedagogik kompetentlik davri.
5-8 yildan keyinoq tajribali pedagog kasbiy mahorat davriga o’tadi, unga uning uchun pedagogik reallikni yaxlit va tizimli ajratish, pedagogik amaliyotning jiddiy elementlarini farqlash malakasi xos.
Pedagog-ekspert, o’n yildan ortiq amaliyot tajribasiga ega, o’z faoliyatida pedagogik vaziyatni hal etishda intuitsiyaga ishonadi. Ijtimoiy-psixologik motivlar ierarxiyasini qurib, xalqni belgilaydi.
Mahoratli o’qituvchining farqli qirrasi bilimlar yetarli emasligini, malakalari nomukammalligini, individual-kreativ darajada ta’sir ko’rsatish metod va usullarining cheklanganligini doimiy his qilish va ularni pedagogik ta’sirni tashkil etish vaqtida o’z kreativ individualligiga muvofiqlashtirish sanaladi.

Download 420,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish