Mundarija kirish I bob o’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatishning pedagogik nazariy asoslar



Download 420,75 Kb.
bet17/18
Sana21.07.2022
Hajmi420,75 Kb.
#833404
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Омадбек 2 к

Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Ijodkorlik faoliyati uch asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi. Bular o’quvchilarning biror bir xaqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog’liq evristik va muammoli ta’limdir. Evristik ta’lim esa o’quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirish va ilmiy asoslangan faoliyatni tashkil etish bilan bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Muammoli vaziyatlar yaratish orqali o’quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o’rgatib borildi. Bu borada ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv o’z samarasini berdi. “Aqliy hujum”, “Klaster” jadvali tuzish, she’riy topishmoqlar asosida tashkil etilgan “O’yla, izla, top” o’yin-darslari bunga misol bo’la oladi.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda dialog darslar, munozaralar, bahs-suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolarni hal etish darslari, ixtirochilik, modellashtirish, badiiy-texnik ijodkorlik, ramzlar ijod qilish, kashfiyotlar qilish, insholar yozish, solnomalar tuzish shular jumlasidandir. O’quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil etish shakl va metodlari xilma-xil bo’lib, an’anaviy dars shakllariga qaraganda ta’limga texnologik yondashuv asosida innovatsion metodlarni qo’llash samarali kechadi.
SHu bilan birga o’yinlar vositasida shaxsni emotsional - hissiy, intellektual hamda axloqiy rivojlanishida qulay imkoniyatlar mavjud bo’lib, bular ishbop o’yinlar, rolli o’yinlar, didaktik o’yinlar, kopьyuterli o’yinlar tarzida amalga oshadi. Tadqiqot davomida ular tarkibiga amalga oshirilgan intellektual-ijodiy o’yinlar, ishbop o’yinlar katta imkoniyatlarga ega ekanligini namoyon etdi.
Boshlang’ich ta’limda ijodiy faoliyatni tashkil etishning eng qulay shakli o’yinlar bo’lib, bular ishbop o’yinlar, didaktik o’yinlar, rolli o’yinlar hamda kompьyuterli o’yinlar, intellektual o’yinlar bo’lib, bular bir tomondan muayyan nostandart vazifalar bilan bog’liq holda haqiqiy faoliyat yuritsalar, ikkinchi tomondan bu faoliyat ma’suliyatni his etgan holda vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar.

Xulosa
“Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda kreativlikka asoslangan mantiqiy tafakkurni shakllantirish ularning ichki mustaqilligiga e’tibor qaratish va bosqichma-bosqich rivojlantirib borish zarurligi haqidagi g’oyaga tayanish lozim. Tadqiqot ob’ekti bilan bog’liqlikda “boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish” deganda “o’quvchilarni turli o’quv topshiriqlarini bajarishi, vaziyatlarni hal etishda noodatiy yondashuvni tarkib toptirish, yangi g’oya va nuqtai nazarlarni erkin ifoda etish, fikrning egiluvchanligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon tushuniladi”, degan xulosaga kelindi.

  2. Tahlil natijalari asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativligini ob’ektiv o’rganish uchun quyidagi tarkibiy qismlar mavjud bo’lishi lozimligi belgilandi: kognitiv-kreativ (kreativ fikrlash va tasavvur), motivatsion-shaxsiy (bilishga ehtiyoj, mustaqillik va tanqidiylik), emotsional (ekspressivlik) va faoliyatga doir (ijodiy faollik, qat’iylik va tirishqoqlik).

  3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish tuzilmasi ko’plab komponentlardan iborat dinamik tizimi sifatida talqin qilindi. Mazkur tizim o’quv faoliyati jarayonida rivojlanib, qayta tashkillanib boradi. Har bir tarkibiy qism ularning o’zaro aloqadorligini ochib berishga xizmat qiluvchi o’zining mazmuniga ega. SHuningdek mazkur tuzilma boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirishga kreativ muhit va psixologik-pedagogik hamkorlik katta ta’sir ko’rsatishini ham ko’rsatib beradi.

  4. Tahlillar asosida o’quvchilarda kreativlikni rivojlantirishda gender yondashuvni tatbiq etishning quyidagi o’ziga xosliklari aniqlashtirildi: demokratlik; tabiat bilan uyg’unlik; vaqt me’yorlariga rioya qilish. Boshlang’ich sinf o’quvchilari kreativligining tuzilmasiga asosan, o’g’il va qiz bolalarda kreativlikn rivojlantirishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari kreativlikning emotsional va motivatsion-shaxsiy komponentlari qiz bolalarda ko’proq namoyon bo’lishini ko’rsatdi.

  5. Tadqiqot jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarida san’at pedagogikasi asosida kreativlikni rivojlantirish modeli ishlab chiqildi. Modelda tajriba-sinov ishlarining maqsadi, metodologik yondashuvlar, tamoyillar, vazifalar, kreativlikni rivojlantirish dasturi, pedagogik shart-sharoitlari, mezonlar va darajalar aniq belgilab berildi.

  6. “San’at vositasida o’quvchilarda kreativlikni rivojlantirish sirlari” dasturida o’quvchilarda san’atga qiziqishni shakllantirishga imkon beruvchi didaktik o’yinlar va mashqlar tizimi taqdim etildi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativlikni rivojlantirish san’at pedagogikasining maxsus metodlari orqali amalga oshirildi. San’at pedagogikasi vositalari sifatida maxsus jihozlar (bolalar musiqa asboblari), proektsion (filьmlar va kliplar), musiqiy saylanma tanlab olindi.

  7. Tadqiqot natijalari o’qituvchilarni kreativ faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda quyidagi texnologik bosqichlarga asoslanish lozimligini ko’rsatdi: motivatsiyani faollashtirish; ijodiy muhitni yaratish; ijodiy tavsifdagi o’quv-kasbiy vazifalarni qo’llashda tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslanish; refleksiya; texnik va metodik ta’minotni yaratish; tayyorlovning barcha bosqichlarida kreativ salohiyatni rivojlantirishning o’ziga xosliklarini hisobga olish.



Download 420,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish