1.3. Ijodiy fikrlashning o’ziga hos xususiyatlari.
Ijod (kreativlik, inglizcha sgeativity — yaratuvchanlik) — bu ta’riflash murakkab bo’lgan so’z. Agar inson qandaydir bir g’ayrioddiy va shu bilan bir vaqtda ahamiyatli va foydali narsa yaratgan bo’lsa biz "bu ijod" deymiz. SHunday qilib ijod jarayon sifatida emas, balki uning oqibati orqali aniqlanadi.
Ijod tushunchasining yagona ta’rifi yo’qligi shu bilan bogliqki, odamlar "g’ayrioddiy", "yaxshi" va "foydali" deb nimani atash mumkinligi haqida yagona fikrga ega emaslar, shu sababli bu tushunchalar juda nisbiy bo’lib, unga qaysi nuqtai nazardan qarashingizga bog’liq. SHu sababli nima uchun ijod tutqich bermaydigan, sirpanib chiqib ketadigan muhokama predmeti ekanligini oson tushunish mumkin. Biron bir g’oya yoki qandaydir bir faoliyat natijasi ijodiy deb e’tirof qilinishi uchun avvalam bor, uni atrofidagilar g’ayrioddiy, yaxshi va foydali, - deb tan olishlari zarur. Yana shuni ta’kidlyash zarurki, ijod tushunchasida vaqtlar o’tgan sayin muhim o’zgarishlar ro’y bermoqda. Masalan, bizning zamonamizda eng, monumental hisoblanuvchi Yerning aylanishi haqidagi tushuncha o’z vaqtida axmoqona fikr, — deyilgan edi.
Gardner ijodga bergan ta’rifida yana bir shartni qo’shdi. U ijodiy inson albatta uzluksiz ravishda ijodiy masalalarni hal qilishi va ijod mahsulotlarini yaratishi shart deb hisoblaydi. Bu qo’shimcha shart ijodiy jarayondagi "omad" tushunchasini siqib chikaradi, chunki uzluksiz natija hisoblanayotganda favqulodda va juda kam bajaradigan harakatlar e’tiborga olinmasligi kerak. Lekin biz qaysi ta’rifni tanlab olmaylik, baribir barchamiz ijodga ehtiyoj sezamiz va u yoki bu darajada ijod qilamiz. Ijodiy faoliyat bizning kundalik hayotimizni jozibaliroq qiladi: fan va san’atni ijodsiz tasavvur qilib bo’lmaydi; ijodsiz matematika va boshqa fanlar taraqqiyotini tasavvur qilish mumkin emas. Biz har doim murakkab fikrni ifodalaganimizda yoki oq kog’ozni matn bilan qoraytirganimizda ijod qilamiz. Agar biz shu ishni samarali va g’ayrioddiy tarzda udallay olsak, bizni rosmona ijod kishisi, — deb atash mumkin.
Hozirgi zamon psixologlari shunday xulosaga kelishdiki, Eynshteyn, Mariya Kyuri va Motsart kabi ijodiy gigantlarda "hech qanday g’ayritabiiylik" mavjud bo’lmay, ularniyag ijodini kundalik oddiy jarayonning davomi deb qarash mumkin, Vaysberg har doim ijodni oddiy hodisa, — deb qarashni himoya qilar edi. Bunga misol tariqasida
u temir va simlardan yasalgan abstrakt skulьpturalari bilan mashhur bo’lgan rassom Aleksandr Kalьder (1898 — 1976) ning tarjimai holini keltiradi. Yoshligida Kalьder simlardan o’z singlisiga bezaklar yasagan. Uning ota — onasi rassomlar bo’lib, farzandalariga san’at darsini o’tar va bola yoshligidan otasi yaratgan haykallar va onasining chizgan rasmlari bilan qurshalgan edi. U abstraktsionist vaqti — vaqti bilan mashhur o’z ishlarida "kuchli" sof ranglar va abstrakt kashtalardan foydalangan rassom Pit Mondrianning ustaxonasida ko’p bo’lib turar edi. SHuning uchun rassom tomonidan shu bolalikning barcha hayotiy taasurotlari yorqin abstrakt konstruktsiyalarda o’z ifodasini topganligi hech qanday kutilmagan hodisa emas. Kalьder ijodida turli ta’sirlarning uyg’unlashuvn o’z aksini topdi. Vaysbergning so’zlariga qaraganda shunday bo’lishini uning tarjimai holidagi faktlarga bir qator ko’z yugurtiriboq oldindan aytish mumkin edi.
O’rtachadan yuqoriroq intellekt sohibi va ba’zi bir ma’lum ko’nikmalarni egallagan har bir inson hatto buyuk asar ham yaratishi mumkin degan fikrni, shuningdek, Xeyes ham tarafdori edi. U- ijodiy va ijodiy bo’lmagan odamlarni ajartuvchi qandaydir kognitiv qobiliyatlar yo’q, — deb ta’kidlzr edi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib bizning ko’pchiligimiz ijod uchun zarur barcha narsalarga ega ekanmiz; ijodiy fikrlash ancha sodda jarayonlardan foydalanadi. Biz barchamiz "shox asar"lar yarata olamiz. Faqat buni qanday qilinishini o’rganishimiz kerak.
Ijodiy jarayonda biz ko’p ham biror narsani isbot qilishga harakat qilavermaymiz, balki barcha imkoniyatlarimizdan foydalanib, muammoning yechimini ilgarilatishga urinamiz va faqat yangi g’oyaga kelgandan so’ng uni haqiqiyligini va ahamiyatliligini isbotlashga kirishamiz.
Ijodiy fikrlash "sakrab" birorta yangi holatni egallashga va keyin tanlab olingan natijani anglashga imkon beradi.
Gipotezalar, farazlar yoki igvotariqa g’oyalardan foydalanib keskin ijodiy sakrashni amalga oshirish mumkin. Ayrim hollarda axborot taqchilligida biz yetishmayotgan tafsilotlarni o’ylab topishga majburmiz. Ijodiy fikrlash jarayonida farazlar va taxminlarni ilgari surish axborotlar olishga va g’oyalarni paydo bo’lishiga yangi yo’llar ochadi.
Fakat axborotlarni tahlil qilishgina, yangi g’oyalarni paydo bo’lishi uchun yetarli emas. Bunda aql, foydalanishga oddindan tayyor qilib qo’yilgan, ya’ni eski g’oyalarnigina ko’rishi mumkin. SHuning uchun farazlarni ilgari surish san’atini rivojlantirish zarur. Ularning diapazoni yetarli darajada keng ya’ni to’la asoslangan tasdiq (gipotezalardagi kabi)dan tortib to ko’p hollarda, hatto, to’g’riga o’xshashlikka da’vo xam qila olmaydigan mantiqsiz farazlargacha bo’lishi mumkin.
Mantiqsiz g’oya muammoga boshqa tomondan nigoh tashlashga imkon beradi. U yangi yo’llarni taklif qilmaydi, lekin eski va toptalgan yo’llardan chiqaradi,
IjodiY fikrlashdan foydalanib "sakraganda" biz fikrlashimizdagi ikki xolatni birlashtiruvchi "so’qmoq" ochamiz. Biz mashaqqatli, sekin va ko’p mehnat talab qiluvchi ma’lum faktlarni tanlashdan voz kechish bilan, go’yo o’z fikrlarimizdan ilgarilab ketganday bo’lamiz.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qo’yilgan vazifalardan kelib chikqan xolda talabalarni ijodiy fikrlashga o’rgatish muammosi ta’lim jarayonining o’z yechimini kutayottan eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi.
Xo’sh, ijodiy fikrlash o’zi nima? Uning fikrlashning boshqa turlari bilan munosabati, ular orasida tutgan o’rni va mavqei qanday?
Yer yuzidagi eng murakkab va noyob mavjudot — bu insondir. Yashash qonunlari uni atrof olamni o’zgartira borib, ko’nikib qolingan hayotni ta’minlash uchun uzluksiz fikrlash va ijod qilishga majburlaydi. Insonni fikrlash va ijod jarayonlari yetarli darajada rang —barang va murakkab bo’lib, tor ma’noda uni barcha xossalarini va qonuiiyatlarini aniq tavsiflash qiyin. SHu sababli ijodiy fikrlashning aniq ilmiy ta’rifi bugunga qadar mavjud emas. SHuning uchun bo’lsa kerak, fikrlash nazariyasining ko’zga ko’ringan namoyondalari ham fikrlashning bu noyob turini mahsuldor yoki intuitiv fikrlash bilan bir o’ringa qo’yib qo’yadilar, Fikrimizning dalili sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
«Ijodiy (mahsuldor) fikrlash tarixi va muammosi yetarli darajada aniq ifodaga ega emas. Ismi eslatilishi bilan «mahsuldor fikrlshn» atamasi yodga tushuvchi Vertgeymer ham bu muammoni zarur aniqlik bilan ayta olmadi»
[Ya.Ponomarev]
«...«Tanqidiy» deb aytilgan nom mos kelmaydigan fikrlashning uchunchi turi ijodny yoki intuitiv fikrlashdan iborat».
Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, ularning mualliflaridan biri ijodiy fikrlash bilan maxsuldor fikrlash, ikkinchisi esa ijodiy fikrlash bilan intuitiv fikrlash oralariga tenglik alomatini qo’ymoqdalar.
To’g’ri, ijodiy fikrlashning mazkur fikrlash turlari bilan umumiylik va o’xshashlik tomonlari anchagina, lekin bu, bizningcha, ular orasiga tenglik belgisini ko’yish uchun yetarli asos bo’la olmaydi, Agar biz bunday holni to’g’ri deb e’tirof etadigan bo’lsak, u xolda ijodiy fikrlash bilan yanada ko’prok, umumiyligi bo’lgan tanqidiy fikrlash bilan xam chalkashtirib yuborishga majbur bo’lar edik. Holbuki «ijodiy fikrlash» atamasining o’ziyoq fikrlashni bu turini aloxida xususiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Ijodiy fikrlash bir qancha tomonlari bilan tanqidiy fikrlashga yaqin. SHunga ko’ra Devid Klusterning maqolasidagi tanqidiy fikrlash haqida bildirgan qimmatli fikrlaridan moslashtirib foydalanish mumkin.
Birinchidan, tanqidiy fikrlashga o’xshash ijodiy fikrlash atamasi juda xam ko’p turli parametrlar (mahorat, faoliyat turlari va hokazo) ni o’z ichiga olganligi uchun uning aniq ta’rifini berish oson emas.
Maxsus adabiyotlarda bu atamaning ta’riflari ko’p uchraydi, lekin ular ayrim hollarda bir — birlariga mos kelmasalar, ko’pchilik hollarda uning mazmuni va moxiyatini to’la qamrab ola olmaydilar. Holbuki bu ta’rifni barchaga (maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan tortib, to universitet o’qituvchilarigacha) birday tushunarli bo’lishi kerak.
Dastlab ijodiy fikrlash deb nomlab bo’lmaydigan, aqliy faoliyatning ayrim turlarini ko’rib chiqaylik. Oddiy eslab qolishni ijodiy fikrlash emas, deb aytsak bu fikrni barcha e’tirof etsa kerak. Eslab qolish muxim fikrlash operatsiyasi bo’lib, usiz o’quv jarayonini tasavvur qilib bo’lmaydi. Lekin bu aqliy faoliyat ijodiy fikrlashdan butunlay fark qiladi, Masalan, kompьyuterni xotirasi, inson xotirasiga nisbatan juda kuchli, lekin barchamiz tushunamizki, uni esda saqlab qolish qobiliyatini fikrlash deb bo’lmaydi. To’g’ri, o’rta va oliy maktab o’qituvchilarining ko’pchiligi xali xam eskichasiga xotirani xar qanday fikrlashdan yuqori qo’yib imtixon va nazorat ishlarida o’quvchi va talabalarni faqat esda saqlab qolish qobiliyatlarinigina tekshirib keladilar, lekin ijodiy va tanqidiy fikrlash tarafdorlari mo’ljalni aqliy faoliyatning murakkabroq tomonlariga oladilar.
Murakkab g’oyalarni tushunishni ham, hatto usiz o’quv jarayonini tasavvur qilib bo’lmasada, ijodiy fikrlash deb bo’lmaydi. Tushunish — bu murakkab fikrlash jarayoni, ayniqsa, o’rganilayotgan material oson bo’lmaganda. Masalan, fizikaning nisbiylik nazariyasi ustida bosh qotirayotgan talabaning miyasida murakkab intellektual jarayon kechadi, lekin uni hali
ijodiy fikrlash — deb atab bo’lmaydi. CHunki, biz birovlar tomonidan ilgari surilgan g’oyani tushunish uchun mehnat qilayotganimizda, hali bu birlamchi bosqichda, o’z fikrlashimiz faollashmagan: faqat kimdir birov tomonidan bizga qadar yaratilgan narsani qabul qilayotgan bo’lamiz. Ijodiy fikrlash esa yangi, tushunib yetilgan g’oyalar tekshirilib, baholanib, rivojlantirilib va amalda qo’llanilib yangi g’oya yoki mahsulot yaratilgandagina yuz beradi.
Dalillarni eslab qolish va g’oyalarni tushunish ijodiy fikrlash uchun zarur boshlang’ich shartlar xisoblansalarda ularning o’zlari va hatto birgalikda olinganda ham ijodiy fikrlashni tashkil qilmaydilar.
Fikrimizcha, yaqin bo’lishiga qaramay, ijodiy deb atab bo’lmaydigan fikrlashning yana bir turi — intuitiv fikrlashdir. Sportchining, rassomning, musiqachining miyasi ham o’ta murakkab ishni bajaradi, lekin ularning o’zlari (albatta gap yangi o’rganuvchilar haqida ketmayotgan bo’lsa) buni hatto sezmaydilar ham. Odatda bunday fikrlash jarayonlari anglanmagan holda qoladi. SHu sababga ko’ra ijodiy masalalarni yechishda intuitsiyani hal qiluvchi ahamiyatta ega deb qaraydigan maxsus oqim ham paydo bo’lgan. Bu oqimning nomi intuitivizm deyilib, uning ta’limotida ijodiy jarayonda amaliyotning roli, mehnat yoki umuman qandaydir faoliyat, jumladan fikrlash faoliyatining o’zi ham inkor qilinadi. Intuitivizm kashfiyotni o’z —o’zidan yuz beradigan hodisa deb tushuntiradi. Holbuki ko’p buyuk olimlarning kuzatishlaricha anglab yetilmagan ish, agarda uning oldidan uzoq vaqt ongli ish bajarilmagan bo’lsa, hech qanday natijaga olib kelmasligini e’tirof etganlar. Bunga Gelьmgolьts, Puankare va boshqalar misol bo’lishi mumkin.
Bu olimlarning ijod masalalariga oid mulohazalari, tabiiyki, birinchisining fizika va fiziologiya, ikkinchisining esa matematika sohalaridagi munozaraga o’rin qoldirmaydigan yutuqlari bilan mustahkamlangan. Gelьmgolьts ham, Puankare ham o’z ijodiy jarayonlarini maxsus kuzatib quyidagi xulosaga kelganlar: murakkab masalani unga kirishilgan soatdayoq hal qilish mumkin emas, muammo ustida ishlash jarayoni bir tekis bormaydi, aksincha sakrab —sakrab o’tadi. Uzoq vaqt davom etgan natijasiz mehnat davri, dam olish davrlari bilan almashadi, shundan so’ng hal qiluvchi g’oya birdaniga miyaga urilishi mumkin, SHunday hodisalar fanda ko’p marta kuzatilgan. Masalan, ularning dastlabkisi qadimgi dunyo yunoniston olimi Arximed bilan yuz bergani ko’pchilikka ma’lum. Jismlarning solishtirma og’irliklari haqidagi masalani u yozuv stolida emas, vannada cho’milayotib yechgan. Buyuk rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davriy sistemasi jadvalini tuzish vaqtida uch kechayu—uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so’ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko’rgan. SHunda u tushida ayon bo’lgan jadvalni uyqudan uyg’onib bir parcha kog’ozga ko’chirib qo’ygan. Yana bir shunga o’hshash voqeaga mashxur o’zbek adibi Oybek ijodida ham duch kelish mumkun. Oybek o’zining Navoiy asarini yozishga kirishib, tarixiy ma’lumotlarni taxlil qiladi, ammo o’sha davr manzaralarini xech ko’z oldiga keltira olmaydi. Kunlarning birida Oybek domla tasavvur qila olmayotgan manzaralarini tushida ko’radi va uni o’zining asarida bayon qiladi.
Fikrlash nazariyasi borasida qilingan ishlar yana ijodiy jarayonni bir necha bosqichlardan (ko’p hollarda uchtadan to’rttagacha) iborat deb xulosa chiqaradi. Turli mulliflar tomonidan taklif qilingan bu bosqichlar, asosan, tafsilotlari tomonidangina farqlanib, umumiy ko’rinishda ularni taxminan quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Birinchi boskich (ongli ish) — tayyorgarlik — yangi g’oyani yalt etib paydo bo’lishidan oldin bajariladigan aloxida faoliyat holati.
Ikinchi bosqich (anglab yetilmagan ish) — pishib —etilish muammoni yechish ustida bajariladigan anglanmagan ish, yo’naltiruvchi g’oyaning inkubatsion davri.
Uchinchi boskich (anglanmagan holatni —anglangan holatga aylanishi) — ilhomlanish - anglanmagan ish natijasida ong doirasiga kashfiyot g’oyasining dastlabki — gipotetik holda tushishi.
To’rtinchi boskich (ongli ish) — g’oyani rivojlantirish, uni oxirgi ko’rinintda rasmiylashtirish va tekshirish.
Yuqorida aytilganlardan ijodiy fikrlashning intuitiv fikrlashdan farqi bir muncha oydinlashadi. Xo’sh, unda ijodiy fikrlashni fikrlashning boshqa turlari bilan o’xshashligi ham bormi?
Ijodiy fikrlash eng avvalo bu, tanqidiy fikrlash kabi mustaqil fikrlashdir. Fikrlash mustaqil bo’lgandagina u ijodiy fikrlash bo’la oladi. Hech kim birov uchun ijodiy fikrlab bera olmaydi. O’quv jarayonida talabalar uchun mustaqil fikrlash va o’ta murakkab masalalarni ham mustaqil hal qilishga imkoniyat yaratish zarur.
Ikkinchidan, olingan axborot ijodiy fikrlash uchun boshlanshch nuqta bo’lib, aslo oxirgi bekat vazifasini o’tamasligi zarur. Boshqacha aytganda ijodiy fikrlash axborot, dalillarni olishdan boshlanadi. Yangi bilimlar ijodiy fikrlash uchun intilishni paydo qiladi. Ba’zida aytiladigan «Bo’sh kalla bilan o’ylab bo’lmaydi»,— degan ibora shu yerda juda o’rinli. CHunki o’ylash uchun kallada biror narsa bo’lishi shart. Ijodiy fikrlashdek, murakkab fikr yuritish uchun dalillar, g’oyalar, mavzular, nazarnyalar, ma’lumotlaridan iborat tog’dek «xom ashyo»ni qayta ishlash zarur.
Uchinchidan, ijodiy fikrlash masalani qo’yish va yechiladigan muammoni aniqlashtirishdan boshlanadi.
Braziyalik pedagog Daereo Freyre an’anaviy «jamlovchi» ta’limdan — o’quvchilar real, hayotdan olingan muammolar bilan shug’ullanadigan «muammoli — qo’yuvchan» ta’limga o’tish lozim deb hisoblaydi. Agar o’kuvchilar muammolarni o’zlari qo’yib, ularni o’z hayot tajribasidan kelib chiqqan holda yechsalar, o’qish jarayoni yanada muvaffaqiyatli kechadi,— deb hisoblaydi u. Freyre ayniksa, o’quv jarayonida shaxsning erkin fikrlashiga to’sqinlik muammolariga juda katta e’tibor qaratadi. U to’g’ri tashkil qilingan ta’lim o’quvchilarni erkin fikrlashlari yo’lida uchraydigan tusiqlardan halos qilishi mumkin,— deb ishonadi va shunga ko’ra uning ta’lim kontseptsiyasi «ozod qiluvchi, erkinlik beruvchi pedagogika» — deb ataladi.
SHunday pedagogikagina bugungi kun talabiga to’la javob bera olishi va unga iloji boricha tezrok o’tish zarurligi haqida Prezident I.A Karimov shunday degan edi: «O’qituvchi — .o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
Ijodiy fikrlashning yana bir qancha tanqidiy fikrlashga o’xshash tomonlari mavjud, ularni bu yerda batafsil gapirib o’tirishni imkoniyati ham, zaruriyati ham yo’q. Masalan, fikrlashning har ikkala turi ham ishontiruvchi dalillar (argumentlar) keltirish usuliga intiladi. Kontrargumentlar yordamida argumentatsiyani yanada kuchaytiradi. Yoki har ikkala fikrlash ham ijtimoiy fikrlash sanalanadi. Har qanday fikr boshqalar bilan baxam ko’rib, fikrlashilgandagina u tekshiriladi va sinaladi. SHu jumladan, ijodiy fikr ham. Qachonki biz boshqalar bilan munozara qilganimizda, birga o’qib, muhokama qilganimizda, e’tiroz bildirganimizda, fikr almashganimizdagina o’z xususiy nuqtai nazarimizni aniqlashtiramiz va chuqurlashtiramiz. Faylasuf Xanna Argendt «mukammallikka faqat kimningdir ishtirokida erishish mumkin», — deb bildirgan fikrini shu yerda eslash o’rinli bo’ladi. SHu sababli ham ijodiy munozara, ilmiy seminar va ilmiy kengash atamalari hayotimizga kirib kelgan. O’quv jarayonida esa talabalarni ijodiy fikrlashlarini rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan o’qituvchi uz mashgulotlarida juft —juft bo’lib ishlash, kichik guruhlarda ishlash, debat va munozara usullaridan foydalanishni, albatga, nazarda tutishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |