Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo’yicha jami 3 ta ilmiy ish nashr etilgan, jumladan 1 ta ilmiy jurnalda 2 ta chop etilgan. Impakt faktorli xorijiy ilmiy jurnallarda 9 ta maqola chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, dissertatsiyaning xajmi 107 betni tashkil etadi.
I BOB O’QUVCHILARNI MAKTAB SHAROITIDA IJODKORLIKKA O’RGATISHNING PEDAGOGIK NAZARIY ASOSLARI
1.1. O’quvchilarni maktab sharoitida ijodkorlikka o’rgatish – ijtimoiy pedagogik muammo sifatida
. Bizning mustaqil O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan joy egallashga intilar ekan, buning uchun jamiyatimiz ijtimoiy iqtisodiy xayotida ro’y berayotgan ulkan ijobiy o’zgarishlarning o’rni beqiyos.Jumladan, ta’lim soxasida xam keskin o’zgarishlar yuz berdiki, raqobatbardosh kadrlar tayyorlamasdan turib, iqtisodiy rivojlangan davlatni qurib bo’lmas edi.
SHu bilan bog’liq holda kasbiy ta’lim bizning mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida, shunday darajaga ko’tarilishi kerakki, bunda u juda jadallik bilan mamlakatda va xorijda ilmiy —texnik va iqtisodiy rivojni hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlay olsin.
"...XXI asr tsivilizatsiyasiga yo’l boshlovchi ilmiy— texnika jarayoni kimda— kim o’zining intellektual imkoniyatlarini — taxlil qilish, sintezlash, baholash, shuningdek moslanuvchan aqliy va ijodiy qobiliyatlarini boshqalarga nisbatan yaxshi rivojlantira olsa o’shanga ish va mansab in’om etadi...” — bu deyarli 30 yil avval yozilgan bashoratli satrlar, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qo’iilayottan talablarni juda aniq belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan ta’lim muassasalarining barcha turlarida, jumladan kasb xunar kolejlarida ham, o’quv —metodik adabiyotlarni, moddiy —texnik bazani, professor —o’qituvchilar tarkibini, mutaxassislar tayyorlash strukturasini yangilashga qaratilgan qayta qurish boshlandi. Lekin strukturani yangilash bilan bir qatorda ta’lim jarayonini mazmunan yangilashni ham qo’shib olib borish zarur. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy xayotidagi o’zgarishlar mutaxasisilarning yangi avlodi egallashi zarur bo’lgan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarga yangi—yangi talablarni keltirib chiqarmoqda. Bu birinchidan ilmiy bilimlarni ko’p talab qiladigan texnologiyalarni keng tarqalishiga taalluqli bo’lsa, ikkinchidan, ishni tashkil qilishdagi o’zgarishlar va o’qitish jarayonnning natijalariga tegishlidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, o’quv —tarbiya jarayonining barcha tomonlariga aloqador bo’lgan strategik maqsad va vazifalardan tortib, to aniq dasturlar majmuasigacha, inson omiliga juda katta ahamiyat berilgan. Unda ta’lim xizmatlarini iste’molchisi va ishlab chiqaruvchisi bo’lgan shaxs kadrlar tayorlash tizimining bosh sub’ekti deb qaraladi. Ta’lim xizmatlarining sifati va samaradorligi esa o’z navbatida ijodiy yondoshuvchi, ya’ni shaxsni o’zining ijodiy fikrlashini rivojlantirish darajasiga bog’liq .
Uzoq vaqtlar davomida ijod — bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat, u har kimga xam berilmaydi, — deb xisoblanib kelingan. Tajribali pedagog —psixologlarning ilmiy —tadqiqot ishlarining taxlili shuni ko’rsatdiki, ijodiy qobiliyatga hamma ham ega ekan, lekin uning namoyon bo’lishi, ro’yobga chiqishi real hayotiy sharoitga va individning psixologik holatiga bog’liq ekan.
Har qanday yangi narsa va yangi jarayonlar yangi g’oyadan boshlanadi. Bizning xayotimizdagi har qanday predmet, hox u oziq —ovqat bo’lsin, xox u kiyim — kechak, bino, kitob, ko’zoynak, stol, qog’oz, xarakatlanish vositasi, aloqa, dori va boshqalar bo’lsin, inson ta’sirida, uning ijodi natijasida yaratilgan va namoyon bo’lgan. Inson yaratgan barcha narsalar qachonlardir bir vaqtlar mavjud bo’lmaganligining sababi, u narsa noma’lum bo’lganligida. Noma’lumni ma’lum qilish — bu ijodiy jarayon. Ijodiy muammolar bilan inson butun hayoti davomida to’qnashadi, lekin xar doim xam ularni ijodiy darajada xal qilavermaydi. Xo’sh, ijodiy darajaning o’zi nima? Bu anglash uchun o’ta murakkab bo’lib ko’ringan masalani oddiy xal qilinishidir. Ko’pincha bunday yechimlarni o’ta zukko, ixtiroviy yechimlar deyiladi. Yangilik yaratish jarayonining o’ta ajablanarliligi shundaki, murakkab yangilik yaratish oson emas, sodda yangilik yaratish esa esa —o’ta murakkab, ya’ni xar qanday yangilik xam ijod mahsuloti bo’lavermaydi. Bundan qat’iy nazar ixtiroviy masalalarni xal qilish va fikrlash nazariyalarini o’rganish bo’yicha to’plangan tajribalarni tahlil qilish ijodiy fikrlarning asosiy printsiplarini ishlab chiqish va ijodiy fikrlashga o’rgatishning psixolog —pedagogik usullarini yaratishga imkon beradi. Rivojlangan ijodiy fikrlarsiz esa insoniyat XXI asrda yashay olmaydi.
Xorijiy mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlandiki «...birinchi ' kurs talabalarining fakat 25% gina mantiqiy fikrlash uchun zarur hisoblangan ko’nikmalarga ega ekanlar » [3|. Mutaxassislarning o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash tizimidagi ko’p yillik faoliyatlari O’zbekistonda bu ko’rsatkich yana ham pastligidan darak bermoqda. Xolbuki kasb xunar kollejlari talabalaridan o’z o’qishini mustaqil tashkil qila olish hamda bilim olish maxoratlariga ega bo’lishlik talab qilinadi. Buning sababi o’quv materialini o’zlashtirish xisobiga olingan bilimlar, hozirgi davrda axborotlarning juda tez ko’payishi natijasida yuz berayotgan «axborot portlashi» davrida, tez eskirib, o’z axamiyatini qisqa muddatda yo’qotib bormoqda. Masalan, bugungi kunda 100% axamiyatga ega bo’lgan bilimlarning 20 — 25 yildan so’ng ko’pi bilan 10—15% gina o’z salohiyatini saqlab qoladi, SHundan xulosa qilish mumkinki, mutaxassis o’z kasbiy vazifalarini malakali bajara olishi uchun uzluksiz ravishda o’z bilimlarini yangilab borishi shart. SHunday sharoitda unga rivojlangan mustaqil va mantiqiy fikrlash, vaziyatni to’g’ri baholay olish, to’g’ri qarorga kelish qobiliyati juda zarur bo’ladi,
Zamonaviy ta’lim tizimida ijodiy fikrlashni rivojlantirishning o’ta muximligini zng kamida ikkita asosiy sabablari bor.
Birinchidan, kasb xunar kolejlaridagi o’quv jarayonining haqiqiy hayot talablaridan ajralib qolganligi, berilayotgan «tayyor» umumiy va kasbiy bilimlarning xayot amaliyotiga mos kelmasligi talabalarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini susayishiga sabab bo’ldi. Va buning oqibatida olingan bilimlarning sifati pasaydi. Bu bilimlarning o’zlari ham ko’pincha ma’lumot xarakteriga ega bo’lib, o’zlashtirishning reproduktiv darajasigagina taalluqli bo’lib qolmoqda, Vaholanki, hayot «...fanlarni kognitiv o’zlashtirish bilan chegaralanmaslikni talab qiladi. Yangi pedagogik va didaktik yondashuvlarga va ularning rivojlanishiga sharoit yaratish zarur. CHunki, aynan, shular kommunikatsiyaga, ijodiy va tanqidiy taxlil, mustaqil fikrlash (mualliflar tomonidan belgilangan) va ko’p madaniyatli mazmunda jamoatchilik mexnati bilan, qachonki ijod xam an’anaviy yoki milliy bilim va ko’nikmalarni zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan uyg’unlashuviga asoslanganida, munosib malakalarni egallashga, bilimdonlik va qobiliyatlilikni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadilar».
Ikkinchidan, o’zbek xalqiga xos mentalitet—kattalarni irodasiga bo’ysunish, o’qituvchi o’rgatgan narsaga so’zsiz ishonch hosil qilish, hayotiy masalalarni hal qilishda samarasiz bo’lsada, eng oson yo’l tanlash, amaliy ziddiyatlarni mumkin qadar chetlab o’tish kabi qator qonimizga singib ketgan odatlarimiz ko’p hollarda ijodiy fikrlashni cheklanib qolishiga sabab bo’lmoqda. Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. SHunga qaramasdan talabalarning mustaqil ijodiy fikrlashlari qoniqarli holatda deb bo’lmaydi. O’quvchilarni yuqori ijodiy fikrlashga o’rgatish ularni kelajakda o’z soxasida katta muvofaqqiyatga erishishi uchun va foydali ixtirolar yaratishi uchun turtki bo’ladi. Ammo o’quvchilarda yuqoridagi ijodiy fikrlash kabi ko’nikmalarni xosil kilish uchun pedagoglarimizdan yuqori bilim ,malaka va tajriba maxorat talab etiladi. Ijod bu - o’z-o’zini ishtiyoqini uyg’otuvchi va o’zini-o’zi nazorat qilishni talab qiluvchi og’ir aqliy mehnatning natijasidir. U yetarli darajada tushunish uchun murakkab va sirli: hech kim “ijod” nimaligini va qanday qilib oddiy tashkil etuvchilardan shunday ajoyib narsalar yaratilishini aniq aytib bera olmaydi. Ijodiy fikrlash - yangi yaratuvchan konstruktiv g’oyalarni intellekt, intuitsiya va ijodiy tasavvur yordamida qayta ishlash va ro’yobga xiqarish jarayonidir.
Agar ijodiy fikrlash faqat kundalik masalalarni hal qilishni turli ko’rinishlaridan biri bo’lsa, demak uning bilimlarni barcha sohalarida qo’llaniladigan asosiy tamoyillari ham bo’lishi shart.
Ijodiy fikrlash eng avvalo bu, tanqidiy fikrlash kabi mustaqil fikrlashdir. Fikrlash mustaqil bo’lgandagina u ijodiy fikrlash bo’la oladi. Hech kim birov uchun ijodiy fikrlab bera olmaydi. O’quv jarayonida o’quvilar uchun mustaqil fikrlash va o’ta murakkab masalalarni ham mustaqil hal qilishga imkoniyat yaratishi zarur.
O’quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish o’zlashtirilgan bilimlarning ularning ongida mustaxkam o’rnashib qolishida xam muhim rolь o’ynaydi. O’quvchilarga berilayotgan bilimlar zamonaviy metodlar, interfaol metodlar kompyuter texnologiyalari va turli ko’rgazmali materiallar orqali qo’llanilsa bilim berish samarali bo’lishi maqsadga muvofiq. SHuning uchun ham pedagog o’zining shaxsiy, kasbiy mahoratidan kelib chikkan holda, o’quvchilar ongida mavjud bo’lgan, bilimlarga bog’lash, hayotiy misollar keltirish orqali bilimlarni yetkazish yanada samaraliroq hisoblanadi. O’quvchilarda kelajakka bo’lgan ishonchni uyg’otish,ularni zamon bilan hamnafas fikrlashga o’rgatish,xayotiy yo’llarda uchrashi mumkun bo’lgan turli muammolar qarshisida maqbul yechimni topa bilishi uchun xam ijodiy fikrlay olish qobiliyati qo’l keladi.
Kasb-hunar kollejlarida umumkasbiy va ixtisoslik o’quv predmetlarini o’qitishda interaktiv metodlar o’quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy texnologiyasi bo’la oladi.
Bizga ma’lum bo’lgan barcha mod dalar va bilimlar o’z vaqtida kimdir tomonidan yaratilgan. Masalan, nisbiylik nazariyasini o’rganayotganda biz buyuk Eynshteyn tomonidan yaratilgan bilimlardan foydalanamiz. Xuddi shuningdek, qolgan barcha buyuk va oddiy kashfiyot va ixtirolar — g’ildirak, poyafzal, video o’yinlari, avtomobillar, suvning formulasi N2O va Amerikani kashf etish kabilar — inson tomonidan yaratilgan bilimlardan iborat.
O’qitishga an’anaviy yondoshuvda «tayyor» bilimlarni uzatib berish modeli asosiy o’rin egallagan. Bilim insondan insonga, suvni bir idishdan ikkinchi idishga quygandek uzatiladi. SHiddat bilan o’zgaruvchi hozirgi zamon jamiyatida esa bunday yondoshuvni qo’llab bo’lmaydi. O’zgarishlarga moslashuvchan bo’lish uchun asosiy va hayotiy zarur talab sifatida o’qishga qobiliyat xizmat qiladi. Ya’ni, bunda o’qishga tayangan, ta’lim jarayonining markaziga talabani qo’yadigan ta’lim modeli namoyon bo’ladi. Ushbu modelda bilim dinamik ko’rinishga, mazmun nuqtai nazaridan o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega tushunchadir. Biz barchamiz noldan boshlashimiz va g’iddirakni qaytadan ixtiro qilishimiz kerak, deb o’ylash, turgan gapki haddan tashqari sodda o’ylashdir. Biz yangi bilimlarni yaratish uchun ilgari kimdir yaratgan bilimlarga tayanamiz,
Har safar biz yangi tushunchalar va g’oyalar bilan tanishganimizda yangi bilimlar xosil kilamiz. Hozirgana olingan axborot o’zimizning xususiy ichki bilimlarimiz strukturasini yaratish uchun foydalaniladi. (Bilimlar strukturalari atamasi bu texnik atamaga o’xshash bo’lib, kognitiv psixologlar tomonidan har birimizda mavjud bo’lgan turli — tuman predmetlar va hodisalar to’g’risidagi barcha o’zaro bog’langan tasavvurlarni tavsiflash uchun foydalaniladi). Bilim — bu aniq shaxsga tegishli bo’lgan "tushunish holatidir". Bu biz boshqa odam bilan qilgan muloqotimiz jarayonida baxam ko’rishimiz mumkin bo’lgan narsadir. Biz o’zimizda mavjud bo’lgan bilimlardan yangi axborotni anglash uchun foydalanamiz. Shunday qilib bilimlarni egallash faol psixologik jarayondir. Har bir inson yangi g’oyalarni oldindan ma’lum g’oyalar bilan bog’laydigan «bilimlarni kengayuvchi strukturasi» ni quradi. SHuning uchun bilim har doim shaxs bilan' bog’langan va qandaydir bir ma’noda noyobdir. Bu bilimlar strukturalari yoki sxemalari — bizning olam tabiati haqidagi shaxsiy tasavvurlarimizdir, Ularni boshqa sxemalar bilan birlashtirib biz yangi bilimlarni xosil kilamiz. «Endi bilimlar insonga tashqaridan beriladigan narsaning akslantirilishi deb qaralmaydi; bu individual konstruktsiya bo’lib, unga inson bilim elementlari va tajribani qandaydir tashkillanuvchi sxema bilan solishtirish orqali ma’no beradi»[11].
Psixologiya akademik fan sifatida paydo bo’lgan 100 yildan ortiq muddat davomida fikrlash jarayonini o’rganish bilan shug’ullanganiga qaramay, kognitiv psixologiya, ya’ni psixologiyaning fikrlash tabiati va bilimlarni o’rganish sohasi, keyingi 30 yil davomida ilmiy psixologiyada haqiqatdan xam hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Uning namoyondalari masalalarni xal qilishda, mulohaza yuritishda va qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan texnika va strategiyalarni o’rganish vazifasini o’z oldilariga qo’yadilar. Bundan tashkari bu qobiliyatlarni intellektga qanday bog’liqligi masalasi ham ularni qiziqtiradi. Fikrlash jarayoniga bunday jiddiy qiziqish, psixologiyaning «kognitiv jarayonlarga o’rgatish» deb nom olgan yangi soxasini paydo bo’lishiga olib keldi, Uning vazifasi — insonlarga o’z fikrlash qobiliyatlarini yaxshilashga yordam berish uchun inson fikrlashi jarayonlari va mexanizmlari xaqidagi biz to’plagan bilimlarni qo’llash imkonlarini topishdan iborat. Bu sohada to’plangan bilimlar, xaritalarni o’qishni xarbiy malakalardan tortib, to qulay va tushunishga oson bo’lgan kompьyuter dasturlarini ishlab chiqishgacha bo’lgan jarayonda amaliy masalalarni xal qilishda qo’llana boshlandi.
Zamonaviy tadqiqotlar ta’kidlashicha, fikrlash aqliy qobiliyatlarga bog’liq emas va murakkab muammolarni hal qilish zarurati ta’sirida rivojlanmaydi. Intellekt bilan fikrlash orasidagi bog’liqlik mashina bilan uning haydovchisi orasidagi bog’liqlikka o’xshash: yuqori quvvatli mashinani uquvsizlik bilan, kamtarona avtomobilni esa mohirlik bilan boshqarish mumkin, Quvvat mashinaning saloxiyati bo’lganidek, intellekt — aqlning saloxiyatidir. Lekin mashinaning harakatlari esa boshqaruvchining moxirligiga bog’liq. Fikrlashni ketma —ket bosqichlar seriyasi sifatida amalga oshiriluvchi axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonidan iborat, deb tasavvur kilish mumknn.
Inson miyasining sig’imi juda hayron qolarli darajada. «Hatgo, agar insonning bosh miyasidagi 10—15 milliard neyronlarning xar biri faqat ikkitagina — aktiv va passiv holatlarda bo’la olsagina, bunda Miyaning sig’imi 210 milliard marta ortadi. Bu sonni yozish uchun, agar sekundiga bitta raqam tezligi bilan yoziladigan bo’lsa, 90 yil talab qilinar edi».
Ushbu hisoblarga binoan har birimiz juda katta rivojlantirilmagan zaxira salohiyatga ega ekanmiz. Inson miyasi hozirgi insoniyat tarixi boshlanganidan buyon sezilarli o’zgarshplarga duchor bo’lgani yo’q, lekin shu davr davomida, bu ajoyib organ yordamida odamlar o’zga sayyoralarga sayohat qilish va insonning o’rtacha umri davomiyligini ikki martadan oshiqroq uzaytirishga imkon beruvchi ilg’or texnologiyalarni yaratishni uddaladilar. O’zgargan narsa esa faqatgina «miyaga kelib tushadigan axborot va uni qayta ishlash»dir. Insonni aynan o’qish va fikrlash qobiliyati dunyoni o’zgartirdi
XX asr boshlarida psixologlar fikrlash inson ongida qator obrazlarni kombinatsiyalash yo’li bilan ro’y beradi, deb tushunar edilar. Keyinchalik boshqa psixologlar fikrlash —bu so’zlari ovoz chiqarib aytilmaydigan, o’z —o’zi bilan gaplashishga o’xshash «ichki nutq», degan gipotezani ilgari surdilar. Biz ko’p hollarda, fikrlashimiz jarayonida, nimalar bo’layotganligini butunlay yoki deyarli anglamaymiz. Alьbert Eynshteyn o’zining o’ta murakkab masalalarni xal qilish kobiliyatlarini ko’pincha, har doim tasavvur yordamiga murojaat qilishidan, - deb bilar edi, SHaxsiy tasavvurdan foydalanishning yorqin misoli sifatida kimyogar Kekule bilan ro’y bergan xodisani keltirish mumkin. Kekule, agar u benzol molekulasini tuzilishini aniqlay olsa, organik kimyo soxasida eng muxim kashfiyotlardan birining muallifi bo’lishini bilardi. Unga kimyoviy birikmalar molekulalarining katta qismi atomlarning uzun zanjiridan iboratligi va benzol molekulasining tuzilishi boshqacha bo’lishi kerakligi ayon edi. Kekule o’z oldida turgan masalani yechishga harakat qilib, tasavvurida mumkin bo’lgan turli ko’z oldi manzaralarni yarata boshladi. Bu unga to’g’ri javobni topishda yordam berishi mumkin edi va nihoyat, u dunyodagi eng buyuk kashfiyot muallifiga aylandi.
Hozirgi vaqtda keng tarqalgan, inson fikrlashini tushunishga yo’naltirilgan yondashuv, fikrlash jarayonlarini kompьyuterlarning ishlash printsiplariga o’xshash tarzda modellashtirishdan iborat. Psixologlar va ularning yondashuvlari ma’qul bo’lgan boshqa olimlar (muxandislar, tilshunoslar, tibbiyot sohasi mutaxassislari) foydalangan yo’llardan biri, kandaydir masalani yechishda xisoblash mashinasida bo’lib o’tadigan jaraenlar va operatsiyalar inson fikrlashini imitatsiya qiluvchi holatlarni yaratishdan iborat.
Odamlarni qanday fikrlayotganligini bilish uchun, ular qandaydir bir masalani yechayottanlarida hayoliga kelgan barcha narsalarni ovoz chiqarib aytishni so’rash kerak . Bunda tajriba o’tkazuvchilar «ovoz chiqarib fikrlash bayonnomasi»ni tuzadilar. Bayonnoma sinaluvchining masalani xal qilish ustida ishlayotgan vaqtida nimalar qilayotganligini bildiruvchi o’z ogzidan so’zma —so’z olingan szuvdan iborat bo’ladi. Fikrlash bayonnomasi fikrlash jarayonlarini tushunish uchun xam, ularni takomillashtirish uchun ham foydali bo’lar ekan. Matematikani o’qitish sohasida ko’zga ko’ringan Tomas Gudning aniqlashicha, o’quvchilar matematikani o’rganishda materialni yaxshi o’zlashtirishlari uchun o’qituvchilar biron bir masala ustida ular bilan birga ishlayotganda yechish jarayonini ovoz chiqarib gapirib o’tkazishlari zarur. Pedagoglar ovoz chiqarib fikr yuritayotganida «axborotni qayta ishlash strukturasini va fikrlash usulini...» namoyish qiladilar, «...va bunda o’quvchilar yashiringan bog’lanishlarni yaxshi tushunishlari mumkin». Fikrlashni yaxshilash yo’llaridan biri — mutaxassislarning fikrlash bayonnomalarini taxlil kilish va keyin ularga o’xshab o’zlarining fikrlash jarayonlarini modellashtirishdan iborat.
Tadqiqotlar aniqlashlaricha, modellashtirishning bu usullari yangi o’rganuvchilarning fikrlash jarayonlarini rivojlantirish uchun juda sroydali hisoblanadi. SHuningdek shaxsiy fikrlash yozuvlarini o’rganish, o’zining bo’sh joylarini masalan, axborotni qandaydir bir turlari bilan ishlashga qobiliyat yetishmasligi yoki boshqa kamchiliklarni ko’rish uchun xam foydali. Ovoz chiqarib fikrlashni amalda qo’llab, odamlar aniq tizim bo’yicha oldinga ham ketib qolmay va asossiz bashorat bilan ham shug’ullanmay ishlashga o’rganadilar. Fikrlashni verballashtirish jarayoni fikr yurituvchiga u tanlagan strategiyani baholashga va muloqot qilish malakalarini rivojlantirishga imkon beradi. Bu uslubiyotlar fanlar bo’yicha kurslarni o’zlashtirishda ham foydali, chunki ular o’quvchilar e’tiborini o’zlarining fikriy gushunchalariga va o’rganayotgan faniga jalb qiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |