Mundarija Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanish holatini о‘rganish


I BOB. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanish xolatini о‘rganish



Download 61,52 Kb.
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi61,52 Kb.
#938543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni bilish faoliyatini shakllantirish

I BOB. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanish xolatini о‘rganish
1.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar idrokining psixologik rivojlanish mazmuni.
Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur xayol kabi jarayonlar kirib insoning bolalikdan rivojlanishi mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatlarda rivojlanib boradi.Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yо‘naltirilgan tusdaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning kо‘plab ta’sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadair fikr yuritadi, о‘ylaydi. Ongning bu xossasisini uning diqqat kabi xususiyati bilan о‘zaro bog‘liq deb hisoblashadi. Diqqat bilish jarayonlaridan farqli о‘laroq, о‘zining alohida mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jо‘shqin jixatidir. Diqqat individning hissiy aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yо‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Diqqat sezgi , xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bо‘lishi mumkin.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nixoyatda beqaror bо‘lishi bilan harakterlanadi. Masalan, bolaga yangi о‘yinchoq bersangiz о‘yinchoqni juda qiziqib kо‘ra boshlaydi, lekin ayni shu paytda yana bir boshqa о‘yinchoqni kо‘rsatilsa, birinchi о‘yinchoqni tashlab ikkinchiga talpinadi. Bu yoshdagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda xali tormozlanish protseslarining kuchsizligi bilan bog‘liqdir. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g‘oyat beqaror bо‘lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog‘liqdir. Bog‘cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida kun sayin paydo bо‘ladigan yangi-yangi qiziqishlar о‘yin faoliyatining xilma -xil bо‘la borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta- sekin takomillashtirib boradi.
Bola xotirasining nutqning о‘sishi juda katta axamiyatga ega . Bu davrda bola narsa va xodisalarni faqat bevosita kо‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali idrok qila oladigan bо‘ladi. Bundan tashqari ham ular kattalardan sо‘rab, bilib olish, eshitish orqali ham, о‘z xotiralarini boyitadilar. Kichik yoshdagi bolalar dastavval mexanik ravishda ya’ni , ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning о‘ziga xos jixti bor. Birinchidan bolalarda turmush tajribasi juda oz bо‘ladi, ular kо‘p narsani xali mutlaqo bilmaydilar, lekin xayotda tо‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya’ni, juda egiluvchanligi kattalarnikidan xam ustunroq bо‘ladi. Ana shu sababli bolalarga mexanik esda olib qolish xech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlanana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi о‘zlari yoqtirgan xikoyalarning ayrim qahramonlarini yaxshi kо‘radilar, ba’zilarini yomon kо‘radilar. Umuman hikoyalarning mazmuni bolalarga ta’sir qilib ularda ma’lum tuyg‘u- xissiyotlarni uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.
Bolalar xotirasini rivojlanishida kattalarning nutqi bolalar bilan bо‘ladigan muloqati katta rol о‘ynaydi. Xotirani rivojlanishi bog‘cha yoshidagi bolalarda ularning ta’lim- tarbiyasida amalga oshiriladi.
Tafakkur bolaning bog‘cha yoshidagi davridan juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining anchagina kо‘payishi, ikkinchidan bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi о‘sgan bо‘lishi, uchinchidan esa, bog‘chada harakatlar qilish imkoniyatiga ega bо‘lishidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar о‘zlaring mustaqil harakatlari davomida atrofidagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va nihoyat umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda xar xil soxalarga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining shakillanayotganligidan darak beradi. Shuning uchun bolalarning savollariga doimo axamiyat bilan qarash kerak. Bola о‘z savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar savoliga axamiyat brmasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalarning hamma savollarigi javob berish qiyin, chunki ular о‘zlari xali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va hodisalar xaqida xam savol beraveradilar.
Odatda har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmasdan, biron narsadan taajublanish,hayron qolish natijasida hosil bо‘ladi. Juda kо‘p ota- onalar va ayrim tarbiyachilarga ortiqcharoq savol bersalar, ularni “kо‘p maxmadona bо‘ma”, Sen bunday gaplarni qayerdan о‘rganding” – deb jerkib tashlaydilar.
Bolalar beradiga savollarning juda qiziq bо‘lishiga bir necha sabablar bor. – Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalao , tevarak – atrofdagi narsa va xodisalarni qanday bо‘lsa, shandayligicha yani yaxlit xolda xuddi rasmdagidek aks ettiradilar.

  • Ikkinchidan ularda katta odamlardagidek idrok qiladigan narsa va hodisalarni chuqur analiz va sintez qilish xususiyati xali о‘smagan bо‘ladi.

  • Uchinchidan ularda turli tabiat va jamiyat xodisalarga doir ilmiy tushunchalar xali tarkib topmagan bо‘ladi.

  • Tо‘rtinchidan, ularning turmush tajribalari juda oz bо‘ladi.Bog‘cha yoshidagi bolalarning beradigan savollridan ular tafakkurining konkret obrazli xarakterga ekanligi ham kо‘rinib turadi.Masalan, bolalar quydagi savollarni berishadi: “Bulutlar nega yuradi?, Osmon katta –mi? yoki yer katta-mi?.

  • Ayrim bolalar xaddan tashqar kо‘p savollar beradilar. Boshqa bolalar esa xech qachon savol bermaydilar.

Nutqiy buzilish va psixik rivojlanishning boshqa tomonlari о‘rtasidagi bog‘liqliq tafakkurning о‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Bolalar о‘z yoshiga mos fikrlash operatsiyalarini egallab olishni umumiy tо‘la shart-sharoitlarga ega bо‘lib turib, ularda sо‘z mantiqiy tafakkur rivojlanishi ortda qoladi va bunday bolalar maxsus о‘qitishsiz analiz-sintez, taqqoslash va umumlashtirishni egallashda qiyinchilikka duch keladilar. Umumiy jismoniy xolsizlanish va lokomoter (harakatlanish) vazifalari sust rivojlanishi bilan birga harakatlarining rivojlanishida ba’zi bir ortda qolishlar ham ularga xosdir. Bular harakatni boshqarish yomonligi, meyorli harakatlarni bajarishda ishonchsizligi, bajarish tezligi va chaqqonligining pasayishi bilan ifoda etiladi. Eng katta qiyinchiliklar sо‘z kо‘rsatmalari bо‘yicha harakatlarni bajarishda aniqlanadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо‘rsatkichlarida ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni qoldirib ketadilar.
Nonutqiy jarayonlarni tо‘g‘ri baxolash maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar atipik rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о‘rnini tо‘ldirishi imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Bolalarda bilish faoliyatlarini rivojlanishi tevarak-atrof, kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va narsalarni bilish, о‘rganish orqali ularning idroklari rivojlana boradi.
Idrok –inson analizatori yoki analizatorlar sistemasiga bevosita ta’sir etuvchi narsa va hodisalarning butunligicha yoki ularning turli xususiyatlari о‘zaro aloqasining shakllanish jarayonidir.
Idrok turli sezgilar asosida shakllanadi.
Psixologiyada idrok quyidagilarga ajratiladi: kо‘ruv, eshituv, taktil, tam bilish va hid bilish sezgilari kabilar.
Idrokning barcha turlarida harakatlagish sezgirligi muhim о‘rin tutadi, biroq bularni inson kо‘pincha idrok etmaydi. Idrok etishda nutq katta rol о‘ynaydi.
Narsa va hodisalarning sо‘zlar bilan ta’riflanishi ular orasidagi mavjud о‘zaro aloqa ta’minlanishini abstrakqiyasi va umumlashtirilishi idrok etayotganlarning mazmunini ochishga yordam beradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining ilgarilanganligidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga harakatlarning tо‘g‘ri va tо‘la aks etishiga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar о‘ziga xos hususiyatlargsha ega bо‘lib, ularda nutqning rivojlanmasligi natijasida eshituv va nutq zonalarining zararlanishi natijasida idrok rivojlanishi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda sust rivojlanadi. Ular atrof muhitdagi narsa va hodisalarni kо‘ra biladilar, ularni farqini, ulardagi о‘zgarishlarni bilsalarda nutq orqali tushuntira bera olishda qiynaladilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda kо‘ruv idroqi о‘ziga xos xususiyatga ega. Kо‘rish analizatorlari atrof olam haqidagi turli xil axborotlarni olishga yordam beradi. Eksperimental psixologshik usullarning ishlab chiqqanligi tegishli ahamiyat kasb etadi. Kо‘rish orqali idrok etish juda murakkab ish bо‘lib bu jarayonda kо‘pgina qо‘zg‘atuvchilar kо‘zga о‘z tasirini kо‘rsatadi. Idrok etishda analiz qanchalik aniq bо‘lsa, sezish shunchalik tо‘la, kuchli, aniq bо‘lib, ular qо‘zg‘atuvchilarda defferensial aks ettiriladi.



Download 61,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish