Mundarija Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanish holatini о‘rganish



Download 61,52 Kb.
bet1/13
Sana14.05.2023
Hajmi61,52 Kb.
#938543
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni bilish faoliyatini shakllantirish


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni bilish faoliyatini shakllantirish

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni bilish faoliyatini shakllantirish



Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………….3
I BOB. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatining rivojlanish holatini о‘rganish.
1.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar idrokining psixologik rivojlanish mazmuni..........................................................................................................................
1.2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish jarayonining tekshirish metodikasi…………………………………………………………………………….


II BOB. Maktabgacha tarbiya yoshidagi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatini rivojlantirish usullarini takomillashtirish (tavsiyalar berish).
2.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyatini turli faoliyatlarda rivojlantirish………………………………………………………………………….
2.2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning bilish jarayonining holatini о‘rganish natijalari……………………………………………………………………
Xulosa ………………………………………………………………………………..
Adabiyotlar rо‘yxati…………………………………………………………………
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-ma’naviy, ilm-fan va imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilayotgan keng ko’lamli islohotlar, yangilangan konstitutsiyaga kiritilgan o’zgarishlar, inklyuziv ta’lim to’g’risidagi moddalar kun tartibiga ko’ndalang qo’ymoqda.
Har tomonlama rivojlangan barkamol inson shaxsini shakllantirish davrimizning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Vatanimizning kelajagi bugungi yosh avlodning ilmiy saloxiyati, iste’dodi, mustaqil fikrlashiga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham bilimdon, keng dunyoqarashga ega barkamol va ma’naviy yetuk shaxslarni tarbiyalab yetishtirish vazifasi, davlatimiz siyosatining ustivor yо‘nalish darajasiga kо‘tarilgan.
Bizning ustivor siyosatimiz yosh avlodni aqlan teran, ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, har tomonlama rivojlangan komil, zukko inson qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi kunda alohida yordamga muxtoj bolalar va о‘smirlarga nisbatan g‘amxо‘rlik, ularning xuquqlarini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, ta’lim-tarbiya jarayonini bu bolalarning ehtiyojini va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish, sog‘lom jamiyatga tenglashtirish ishlari о‘ta dolzarb masalalardan biridir”.
О‘zbekiston Respublikasida alohida yordamga muxtoj bolalar va о‘smirlarning ta’lim mazmunini takomillashtirish masalalariga e’tibori davlat tomonidan ortib bormoqda. О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “О‘zbekistonda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonunda о‘z ifodasini topadi.
Alohida ta’limga muhtoj bolalarni ilk yoshdan tashhis qilish , ta’limga tayyorlash, psixologik, tibbiy–pedagogik yordamlarni kompleks yо‘naltirilgan holda sifatli tashkil etish, meyoriy–huquqiy hujjatlarni takomillashtirish,umumta’lim davlat standartlarini maxsus ta’limning barcha yо‘nalishlariga moslashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Xalqaro miqiyosda imkoniyati cheklangan bolalarga о‘z imkoniyat va qobilyati darajasida maxsus yoki umuta’lim muassasalarida ta’lim berish, sog‘lom tengdoshlari orasida integratsiyalash tajribalari О‘zbekistonda ham keng targ‘ibot qilib kelinmoqda. Nutq faqat inson uchun xos bо‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidar. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va gramatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi о‘z fikrini bayon etish uchun zarur bо‘lgan sо‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi.
Odam nutqi tushunarli va ma’noli bо‘lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tо‘g‘ri bо‘lishi kerak.

Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta sal’biy ta’sir kо‘rsatadi, uning faolligini pasaytiradi, og‘ir ruxiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Masalan, ayrim sо‘zlarning notо‘g‘ri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qо‘yishi bilan birga uni atrofdagilar bilan muomala qilishda qiynab qо‘yadi, u gapirganda о‘z fikrini tо‘la anglata olmaydi Olimlar nutq nuqsonini rivojlanmasligini turli aspektlarda tekshirib tadqiqot ishlarini olib borishgan. Gapirmaydigan bolalarga tashxis qо‘yish va ular bilan korreksion ish olib borishni tо‘g‘ri yо‘nalishini aniqlab beradi.


L.S.Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofizalogik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik kо‘p doimiy va xilma xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bо‘ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi xali tо‘liq о‘rganilmagan. Biroq, kelayotgan axborat oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik xolatiga mos ravishda bо‘lishini hisobga olish lozim, chunki xar qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv tizimi xolatiga salbiy ta’sir kо‘rsatish mumkin.
Klinik va psixologik-pedagogik tekishirishlar, bu gurux bolalarida bilish faoliyatining xarakterli kamchiliklari mavjudligini kо‘rsatdi. Bunday bolalarninig oliy psixik faoliyatlarini tekshirish jarayoni, ularda alohida gnozis, praksis kо‘rinishlarining о‘choqli yetishmovchili mavjudligini kо‘rsatdi. Bu neyropsixologik va elektro ensefalografik tarqiqotlarda tasdiqlangan. Xususan, geometrik shakllardan nusxa olishdagi, rasm chizishdagi о‘ziga xos qiyinchiliklar, kо‘ruv-fazoviy gnozisning shakllanmaganligini kо‘rsatadi.
Bu guruxdagi kо‘pgina bolalar umumiy motor kamchiligi bilan farq qiladilar, ular bir harakat turidan ikkinchisiga qiyinchilik bilan о‘tadilar. U yoki bu harakatli vazifalarni avtomatik tarzda bajara olmaydilar va hattoki oddiy ritmlarni ham amalga oshirolmaydilar. Umumiy va oral praksisning buzilishi, bunday bolalr uchun xarakterdidir.
Kо‘rsatilgan buzilishlar odatda fonematik idorok buzilishi bilan uyg‘unlashadi.
Bunday bolalarda hissiy-irodaviy sohaning shakllanmaganligi aqliy ish qobiliyatining pastligi, hissiy labillik, gohida harakat qо‘zg‘aluvchanligi, yuqori affektiv qо‘zg‘alish, kо‘pincha telbanamo qiliqlar va eyforiya turi bо‘yicha kо‘tarinki kayfiyat ustunligi holati bilan birgalikda namoyon bо‘ladi.
Ularning ayrimlari uchun aksincha, yuqori darajadagi tormozlanganlik, ishonchsizlik, sustlik, mustaqil emaslik xarakterlidir. Bu bolalr odatda lanj, tashshabbussiz, kam harakat bо‘ladilar. Ularning faoliyati samarasiz xarakterga egadir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmasligi masalasi yuzasidan R.YE. Levina, V.K.Orfinskaya, S.A.Kovshikov va boshqalar nutq rivojlanishini turli yо‘nalishlarda aniqlab korreksion ishlar olib borish usullarini kо‘rsatganlar.
N.N.Traugott nutqni rivojlantirishni tashkil etish; R.YE. Levina “Gapirmaydigan bolalar nutqini о‘rganish”; G.I. Jarenkova esa “Nutqning tо‘liq rivojlanmasligida grammatik tushunchalarning egallashdagi qiyinchiliklarni aniqlaganlar.
Nutqning tо‘liq rivojlanmasligi muammosi yuzasidan. О‘zbekiston Respublikasida L.R. Mо‘minova “Maktabgacha tarbiya yoshidagi maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda korreksion- pedagok ishlar sistemasini ishlab chiqqanlar(1991y); “Nutqning fonetik va fonematik tomonidan buzilishi va uni bartaraf etish yо‘llari” yuzasidan M.Y. Ayupova (1992y); “Nutqning rivojlanmasligini sabablarini ikki tillilik blingivizm” natijasi ekanligini о‘z tadqiqotlarida YE.A.Babayeva kо‘rsatib bergan. 1991 yilda I.G.Veretennikova «Tovushlar talaffuzini buzilishi» natijasida grammatik komponentlarini rivojlanmaganligini va kamchiliklarni korreksion ish yо‘llarini olib borilishi haqida ilmiy izlanishlar olib borganlar.
X.M.Pо‘latova (1994) о‘z tadqiqot ishlarida “Nutqning tо‘liq rivojlanmasligining sababini lug‘at boyligini rivojlanmasligini aniqlab lug‘at faoliyatini faollashtirish usullari” ni asoslab berganlar. Psixologiya fanida olimlar bilish faoliyatini о‘rganishga xissa qо‘shganlar. «Maxsus psixologiya» fanida Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilish faoliyati keng о‘rganilmagan va tadqiqot ishlari olib borilmagan. Maxsus adabiyotlarni yetarli darajada emasligi tadqiqot mavzuimizning dolzarbligini bildiradi.

Download 61,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish