8-Modul. Muzeyli animatsiyani tashkil etish. Reja: 1. Tarixiy rekonstruksiya tushunchasi, uning maqsad va vazifalari. 2. Xalqaro amaliyotda tarixiy rekonstruksiyaning turlari. 3. Muzeylarda animatsiya. 4. Muzeylarga ekskursiya.
1. Tarixiy rekonstruksiya tushunchasi, uning maqsad va vazifalari Turistik xizmatlar, sayohat va safarlar dasturi individual yoki jamoaviy turistlarning bilim olish, sport, tibbiyot va boshqa maqsadlar uchun mijozning ehtiyojlariga mos keladigan ravishda tashkil qilinadi.
Animatsion tur – individual va guruhlarning maqsadlarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan turistik safardir. Animatsiyani tashkil etish – ekskursiya dasturiga kiritilgan tadbirlar jamlanmasidir. Ular asosan individual va guruhlar uchun karnavallar, festivallar, tarixiy rekonstruksialar, bayramlar va boshqa voqealar shaklida bo’lishi mumkin. Individual va guruhli turistlar istagidan kelib chiqqan holda animatsion dasturlar sport tadbirlaridan tortib, restorandagi ko’ngilochar tadbirlargacha bo’lishi mumkin.
Turistik agentliklar turistlarning istagiga qarab, har qanday turdagi dasturlarni taqdim etishlari mumkin. Bu hatto tarixiy rekonstruksiya bo’lsa ham.
Tarixiy rekonstruksiya – bu tarixiyda bo’lib moddiy va ma'naviy madaniyatni arxeologik tadqiqotlar, yozma manbalar asosida qaytadan tiklash, yaratishdir.
Tarixiy rekonstruksiyada ilmiy tajribalar, tekshirishlar, masalani o'rganish muhim rol o’ynaydi.
Tarixiy voqealarni qayta tiklash, ishtirokchilar uchun shunchaki qiziqarli bo’lib qolmasdan, balki tomoshabinlarning o’zi qiziqtirgan ob’yektlari bo’yicha “jonli” real voqealarga guvoh bo’lish imkonini beradi. Ushbu yo’nalish G'arbiy Evropada davlatlarida ancha mashhur hisoblanadi. Bu hududda qurilgan vaqtidan buyon saqlanib kelinayotgan o’nlab “ochiq osmon ostidagi muzeylar” mavjud. Bu yo’nalishdagi mashhur sohalarda biri - o'tmishdagi harbiy san’atni o’rganish va amalda qo'llash uchun musobaqalar tashkil etishdir. Ushbu musobaqalar qoidalari va harbiy san’at asosi tarixiy manbalardan olinadi hamda voqea-hodisalarning tiklanishiga xizmat qiladi. Ishtirokchilarning kuchlarini baholash uchun sport musobaqalari o'tkaziladi.
Tarixiy rekonstruksiyaning eng mashhur davrlari:
- O'rta asrlar, "Vikinglar davri" (VII-XI asrlar);
- XII-XIII asrlar;
- XIV-XV asrlar;
- Uyg'onish davri (XV-XVI asrlar);
- Napoleon urushlari;
- Birinchi jahon urushi;
- Ikkinchi jahon urushi.
Bu davrlar tarix davrlari o'rtasidagi xarakterli farqlarni aks ettiruvchi shartli bo'linishdir. Har bir davrlar bo’lgan voqealar vaqti va hududlari jihatidan farqlanadi.