1-maruza Mavzu: O’ymalarga ishlov berish va ko’tarmalarni tiklash. Pardozlash ishlari



Download 494,27 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi494,27 Kb.
#706550
Bog'liq
1-maruza


1-maruza
Mavzu:O’ymalarga ishlov berish va ko’tarmalarni tiklash.Pardozlash ishlari.
Yo’l mintaqasini tayorlash
Joylarda yo‘l o‘qining holati (trassa) qidirish ishlarini olib borish jarayonida o‘rganiladi va mustahkamlanadi. Ammo qidirish ishlarini olib borish vaqtidan yo‘lni qurishgacha ma’lum vaqt o‘tadi, yo’lni qurish uchun foidalanishga ajratilgan er maydonining sharoiti o‘zgarishi, ayrim hol- larda trassaning holatini ko‘rsatuvchi belgilar buzilishi mumkin. SHuning uchun kurilish ishlari boshlanguncha joylar- dagi yo‘l holatini qaytadan aniqlashtirish va mustahkam- langan trassani (2.12- rasm) tiklash kerak bo‘ladi.

Trassa - bu yo‘lni geometrik o‘qining joylardagi hola- tini belgilovchi chiziq. Trassa ko‘tarmali joylarda er yuzidan baland, o‘ymali joylarda - undan pastda bo‘lishi mumkin. Trassani belgilash bo‘lajak yo‘l poyi yaqinida joylashtiril- gan reperlar yordamida amalga oshiriladi (reperlar - doimiy, belgisi ma’lum bo‘lgan nukta o‘rniga mustahkamlangan bo‘ladi). SHuning uchun ko‘p hollarda aytiladigan va yoziladigan, yo‘ldagi trassani fazoviy xayoliy chiziq bilan belgilash noto‘g‘ri hisoblanadi.


Avtomobil yo‘lini qurish topshirilgan quruvchi tashki- lot-podryadchi o‘zining tarkibida hamma yo‘lning qurilish uzunligida geodeziya belgilash ishlarini olib boruvchi geode- ziya xizmatini tashkil qiladi.
Ishning boshlanishiga 10 kundan ko‘p bo‘lganda tashki- lotchi-byurtmachi hamma kerakli loyiha hujjatlarini va tayanch to‘rini bildiruvchi geodeziya ma’lumotlarini, ya’ni joylarda qidirish ishlari olib borilganda aniqlangan, hamma reperlar
va kordinatalari ma’lum bo‘lgan nuqgalarni (tayanch punktlar) tashkilotchi-podryadchiga topshiradi. Tashkilotchi-byurtmachi o‘zining geodeziya xizmati kuchlari yordamida joylardagi tayanch to‘rlarni tiklaydi va quruvchi tashkilotning geodeziya xizma- tiga beradi. Trassani tiklash joylarda inshotning asosiy o‘qlarini belgilash, shuningdek, yo‘l poyi va yo‘l inshotlari- ning hamma o‘qlari va nuqtalarini tiklash va mustahkamlash bilan birgalikda tayanch to‘rlarni rivojlantirishdan iborat. Hamma nuqtalarni saqlash uchun qurilish ishlarini olib bor- guncha ularni joylarga mahkamlanadi. To‘gri yo‘l bo‘laklarida mustahkamlash bir xil loyiha bo‘laklari chegarasida bajari- ladi.
Burilish burchagini uchida (BU) amaldagi burchak uchidan 0,5 m masofada, uning bissektirisasi davomida, ustunlarni ko‘mish bilan o‘rnatib mustahkamlanadi. Bu ustunlarga egri- ning burchagi, radiusi, tangensi va bissektrisasi yoziladi.
Tog‘ jinslarida, trassadagi va ko‘chirilgan chiziqlardagi nuqtaning o‘rni tog‘ jinsiga ikkita bir birini kesuvchi ariqcha bilan belgilanadi. Nuqtalar toshlar bilan belgilanadi, yozuv- lar yuvilmaydigan bo‘yoq bilan tog‘ jinsiga yoki yirik toshga uyib yoziladi. Nuktaning balandligi rel’efga bog‘liq bo‘lgan har 1000-2000 m oralikda o‘rnatiladigan reperlar bilan belgilanadi. Bundan tashqari boshqa avtomobil yoki temir yo‘li kesishadigan yo‘l bo‘laklarida, sun’iy inshotlar oldida, daryolarning kesishishida (ikkala qirg‘oqda), katta ko‘tarmalar- da (balandligi 5 m dan katta) va chuqur o‘ymalarda (chuqurligi 5 m dan ko‘p) reperlar albatta o‘rnatiladi. Reperlar yo‘ldan chetga o‘rnatiladi, uncha chuqur bo‘lmagan ariqcha qazilib konus holida tuprok bilan ko‘miladi. Reper sifatida binolarning asosi, ko‘priklarning qozig‘i, yirik toshlar va tog‘ jinslaridan foydalanish mumkin.
Trassani mustahkamlashdan tashqari, qurilish ishlarini olib borish uchun tasdiqlangan loyihaga asosan qo‘shimcha bo‘lishlar o‘tkaziladi, amaldagi rep Yerlarning balandligi tekshiriladi, shuningdek, qo‘shimcha reperlar o‘rnatiladi.
Trassani tiklashda joylarda rezerv va karerlar har xil ishlab chiqarish va yo‘l-transport xizmatini joylashtirish uchun ajratilgan qo‘shimcha er bo‘laklari mustahkamlanadi. Bu ishlarni bajarish vaqtida er bo‘lagining chegarasi borozdalar, simyog‘ochlar, ingichka prosekalar, ayrim daraxtlardagi belgi- lar bilan belgilanadi.
Vaqginchalik va doimiy foydalanish uchun erni ajratish tabiatni qo‘riqlashni hisobga olib, kerakmas erni ishlatib, qishloq ho‘jalik erlari va tabiat resurslarini ratsional hisobga olib o‘tkaziladi.
Mustahkamlangan yo‘l mintaqasi ajratilgan er rejasi sifatida mustahkamlash jurnaliga yozilib rasmiylashtirila- di va kerakli tashkilotlarda tasdiqlanadi. Agar belgilangan doimiy mintaqa atrofida bino va inshotlar bo‘lsa, unda ularning o‘rnini, tuzilmasini va holatini tavsiflovchi qo‘shimcha chizmalar chiziladi.
Buzilishi kerak bo‘ladigan bog‘lar, qishloq hujalik ekin- lari va boshqalarga yerdan foydalanuvchi bilan birgalikda da- lolatnoma tuziladi.
Ishni olib borish uchun kerak bo‘ladigan va doimiy ajra- tilgan mintaqadan katta bo‘lgan vaqtincha ajratilgan hudud: yo‘l uchun ajratilgan erning tasnifi va bahosiga, qo‘llaniladigan mashinani turiga, ish usuli va quriladigan yo‘l poyining har ikki tomoniga gruntlar va materiallarni olib kelish uchun yo‘lakchalarga, yo‘l bo‘yicha harakatning texno- logik to‘xtatilishiga (sementbeton va asfaltbetonni qotishi va b), shuningdek, qurilayotgan sun’iy inshotlar joyiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
Yo’lga ajratilgan mintaqani tozalash
Yo’lni joylashtirish uchun ajratilgan er mintaqasi o‘r- monlardan, mayda o‘tlardan, to‘nkalardan va yirik toshlardan tozalanadi. Agar bu mintaqani atrofida binolar, aloqa yoki elektruzatgich simlari, erosti muhandislik inshotlari bo‘lsa, unda loyihada kursatilgan echimga mos ravishda qayta- dan quriladi yoki boshqa joyga ko‘chiriladi.
Yo’lmintaqasini tozalash bo‘yicha uni o‘rmondan tozalash eng qiyin ish hisoblanadi. O‘rmon o‘simliklari qurilishda va sanoatda ishlatiladigan qimmatbaho tabiiy mahsulot hisoblanadi. O‘rmonni tozalashda yog‘ochni yilning har qanday vaktida olish mumkin, ammo yog‘ochning sifati uni qishda kesganda yaxshi bo‘ladi. Bu vaqtda grunt yo‘llaridan yurish engil, transport vositasi bilan kam yuklangan va yo‘lni qurish ishlarini bajarish uchun kerakli ishchilarga talab kam bo‘ladi SHuning uchun yo‘l mintaqasini tozalash ishlarini qish vaqtlarida bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqa tomondan qish vaqtlaridagi ishlarda to‘nkalar olinmaydi, chunki ular faqat yoz oylarida ko‘poriladi. Daraxtlarni kesish benzomotor yoki elektr arra bilan kesiladi. Benzomotor arralar o‘zining dvigateliga ega, elektrligi elektrstansiya va kabelni talab qiladi.
Daraxtlarni kesishdan avval ishning xavfsizligini ta’- minlash uchun mayda va pastda joylashgan shoxlarni olish kerak.
Kesilgan daraxtlarni mayda shoxlardan tozalanadi va oraliq omborga oborib daraxtlarni o‘ram qilish uchun gsit va lebedkali traktor bilan tashiladi. Daraxtlarni tashish vosi- tasiga yuklash uchun greyferi bor kranlardan, jag‘li ishchi organli buldozerlar va maxsus daraxt ortuvchi moslamadan foydalaniladi. Daraxtlardan tozalanadigan yo‘l mintaqasi- ning chizmasi 2.13-rasmda berilgan.
YOz oylarida, daraxtlar kam bo‘lgan joylarda o‘rmonni ke- sish buldozersiz olib boriladi, avval daraxtning ildizi kesiladi, keyin agdargichni ko‘tarish bilan daraxtga tiraladi va ildizlari bilan birgalikda yiqitiladi.
Ko‘pincha yoz oylarida, buldozer, to‘nka oluvchi yoki port- latish yordamida to‘nkalar olinadi. Olingan to‘nkalar va mayda shoxchalar (kesilgandagi qoldiqlar) bir joyga yigiladi va yonginga qarshi xavfsizlikka rioya qilib yondiriladi. To‘nkalar olingandan yoki daraxat ag‘darilgandan qolgan chukurchalar grunt bilan to‘ldiriladi va zichlashtiriladi. Ko‘tarma asosi- ning hamma yuzasi tekislanadi.

Butalar buldozer yoki butakeskich (uning miqdori kam bo‘lganda) yordamida olib tashlanadi. Ayrim hollarda buta- larni olish uchun korchevatel-yig‘uvchidan foydalaniladi.


Butalarni butakeskich bilan kesish yilning hamma vaq- tida bajariladi, lekin bu ish uchun eng yaxshi vaqt qish fas- lida hisoblanadi, butalarning ildizi va tanasi muzlagan tup- roqqa mustahkamlangani uchun yaxshi bo‘ladi. Bunday sharoitda butakeskichning pichogi yogochli o‘simlikni bir o‘tishda yaxshs kesadi. Kesish bahor oyining boshida, qor kam bo‘lganda, er hali erimaganda ham yaxshi olib boriladi. Bahorgi-yozgi davrda butakeskichning pichog‘i gruntga chuqur botib ketadi va ishns og‘irlashtiradi
YOz oylarida tanasining diametri 4 sm dan 15 sm gacha bo‘l- gan daraxtlar: osina, olxa, qayin va oqqayinlarni butakeskich bir o‘tishda to‘liq (95% gacha) kesadi, mayda butalarni - faqat 60-65%ga, bir qism butalarni traktor gusenitsasi va butakeskichning o‘zi ezib yuboradi. Qolgan butani butakeskich
kesishi uchun avvalgi joydan qaytadan, fakat qarama-qarshi yunalish bilan o‘tadi. Butakeskichning ish unumdorligini oshirish uchun doimo uning pichog‘ini o‘tkirlab borish kerak. Kesilgan butalarni traktorlar va buta yig‘uvchi bilan bir erga val holida yig‘iladi.
Yo’lmintakasida uchrovchi mayda toshlar (hajmi 1 m3 gacha) buldozer bilan uning tashkarisiga chiqariladi, yiriklari (hajmi 1 m3 dan katta) portlatish yo‘li bilan maydalanadi, keyin buldozer bilan chetga chiqarib tashlanadi.
Yo’lmintaqasini daraxtlardan tozalash bo‘yicha ishlar odatda ikkita yo‘l bo‘lagida olib boriladi. Tozalangan min- taqani kengligi bo‘yicha teng ikki bo‘laka bo‘linadi. Ishning havfsizligi va frontini ta’minlash maqsadida «yo‘lak»ni taxminan 50 m surish bilan tashkil qilinadi. Bu «yo‘lak»- larda hamma kerakli texnologik jarayonlar: butalarni olish, daraxtni ag‘darish, to‘nkani ko‘chirish, chuqurchani ko‘mish va taorlangan mintaqani tekislash ketma-ket bajariladi.
O‘simlik qatlamini ko‘chirib olish
Yo‘l uchun ajratilgan hosilli tuproq (o‘simlik) qatlami hamma maydonlardan olinadi va keyinchalik qayta ishlatish uchun ajratilgan mintaqadan tashqariga yotqiziladi. Olinadi- gan hosilli tuproq qatlami qalinligi (o‘rtacha 20-25 sm) yerdan foydalanuvchi bilan dastlabki kelishilgan holda loyihada aniqlashtiriladi. O’simlik grunti yo‘l poyi yon qiyaligini mustahkamlash, ajratuvchi tasmaga yoyish, tiklanayotgan yoki kam hosil beruvchi qishloq ho‘jalik erlarining rekultivatsiyasi uchun ishlatiladi.
Ish buldozer yoki skreper yordamida bajariladi. Buldo- zerni ishlatganda gruntlarni kesishda yo‘l o‘qiga burchak os- tida yoki yo‘l mintaqasiga nisbatan mashinani bo‘ylama yoki ko‘ndalang harakatlantirib olib boriladi (2.14-rasm). Grunt chiqindisi yo‘lga ajratilgan mintaqani chetiga keyingi ish- larga xalaqit bermaydigan qilib chiqariladi.
Yo‘l mintaqasining kengligi, suriladigan tuproq qat- lami qalinligi va qo‘llanilayotgan buldezerning kuchiga Oi liq holda ish har xil chizma asosida olib boriladi.
ir o‘tishda buldozer suradigan gruntning hajmi iii dargich o‘lchamiga va gruntning xossasiga bog‘liq bo‘ladi:
bu yerda I - buldozer ag‘dargichi uzunligi, m, N - buldozer agdargichini balandligi, m; K - grunt xossasiga bog‘liq ko*(|)(|)itsient.
I runt o‘simlik qatlamini kesish va surish bo‘yicha buldozerning ish unimdoligibu yerda T— smena davomiyligi, soat; q - birssiklda surila- digan grunt hajmi, m3; Ks - gruntni surishda uni yo‘qotishni hnsobga oluvchi koeffitsient; K, - ko‘tarilish yoki qiyalikning borligini hisobga oluvchi koeffitsient (Kg‘=0,5 ko‘tarilish 150 % bulganda, K, -2,25 qiyalik 150%o bo‘lganda); Kv - vaqgdan foidalanish koeffitsienti; t - birssiklga sarf qilingan vaqt, soat, Kr - gruntni bo‘shatish koeffitsienti (KR>1).
Skreperlar bilan o‘simlikli gruntlarni kesish bo‘ylama harakatlanib ketma-ket o‘tish bilan bajariladi. Bitta skreper bilan suriladigan grunt hajmi skreper kovshining sig‘imiga va uning tulishiga bog‘liq bo‘ladi.
Skreperning ish unumdorligi

bu yerda T - smena davomiyligi, soat; qc - skreper cho‘mi- chining sig‘imi, m3; Kt - kovushni to‘ldirish koeffitsienti; Kv - vaqgdan foydalanish koeffitsienti; tc - birssiklga sarf qilingan vaqt, soat; KR - gruntni bo‘shatish koeffitsienti.

O’simlik grunti vaqtinchalik ag‘dargichga yotqiziladi yoki maqsulot beruvchi tuproq qatlami sifatida ishatiladigan jonga birdan yuboriladi. Vaqtinchalik ag‘dargichlar yo‘lga ajratilgan hududni chetiga yoki shu maqsadda ajratilgan mahsus maydonlarga joylashtiriladi. Erning rekultivatsiya- si mahsulot beradigan qatlamda qurilish jarayonida qisman buzilgan yoki umuman buzilgan joylarda foydalaniladi. upday joylarga, birinchi galda vaqtinchalik yo‘llar egallagan joilar, yo‘l mashinalarining to‘xtab turadigan joylari, i runtli, qumli yoki shag‘alli karerlar, yon rezervlar kiradi.
Yerlarni tiklash ishlari ikki bosqichda olib boriladi: gexnik va biologik. Birinchi bosqich buzilgan hududlarni tar- tiOga keltirishdan iborat: maydonlarni tekislash va reja- lashtirish, qiyalikni kamaytirish; mahsuldor qatlamni yoyish Ikkinchi bosqichda to‘g‘ri qayta ishlashni tashkil qilib, tuproq qatlamini kultivatsiyalab va ma’lum qayta ekish bilan erning mahsuldorligi va strukturasi tiklanadi. Ikkinchi bosqichdagi ishlarni yerdan foydalanuvchilarning uzlari bajarishadi.
Tiklanayotgan erning chegaraviy qiyaligi, mahsuldor tup- roqli qatlamning minimal qalinligi, shamol va suv eroziyasi- ga qarshi mustahkamlashni kerakligi, suvni olib ketishni tashkil qilish, qirg‘oqlarni tiklash talablari er maydonla- rini keyinchalik foydalanish maqsadiga mos ravishda aniqlanadi. Erlar, odatda har xil qishloq hujalik ekinlari urmonlar ekish va suv havzalari uchun m^ljallangan bo‘ladi.
Yo‘l poyini qurish uchun belgilash ishlari
Vaqtinchalik yo‘lga ajratilgan maydon tozalangandan va o‘simlik qatlami olingandan so‘ng, yo‘l poyini qurish bo‘yicha ishlar boshlanishidan avval geodezik asosdagi punktlarni belgilovchi belgilar saqlanganligi tekshiriladi.
Yo‘l poyini belgilash: joylarga kelajakdagi ko‘tarmani ko‘ndalang o‘lchamlarini (asosining chegarasini) va o‘ymalar- ning yuqori qoshini aniqlovchi asosiy nuqtalarni joyning qiyaligi, olinadigan o‘simlik qatlamining qalinligi va yon

ariqlar va rezervlarning joylashishini hisobga olib tushi- rish va mustahkamlashdan iborat. Bu chegaralar avtogreydyerda kesiladigan chiqurcha (2.15-rasm) yoki har 25-50 m da qoqila- digan qoziq bilan belgilanadi.
Belgilash loyihaviy materiallar va ishchi chizmalarga qarab bajariladi, unda kelajakda quriladigan yo‘ldagi ko‘tarma va o‘ymaning namunaviy ko‘ndalang kesimi, har bir piketning ishchi belgisi bilan kundalang kesimi keltirilgan bo‘ladi.
Egrilarda belgilash ishlari birmuncha murakkabroqdir. Tiklangan trassa - mustahkamlangan nuqta egrining boshi va oxiri, trassa yo‘nalishini kesuvchi - burchak uchiga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlarga asosan, kelajakdagi yo‘l poyi o‘qi bo‘yicha oraliq nuqtalarni geodezik bo‘lish kerak bo‘ladi.

Egrini belgilash trassa bo‘linganidan so‘ng egrining o‘rta- siga qarab olib boriladi. Belgilashda har bir egri chiziqli bo‘lakni avval ularning yo‘l o‘qida joylashgan nuqtalarining egridagi o‘rni aniqlanadi. Bu nuqtalarda egriga o‘tkazilgan normal yo‘nalishi aniqlanadi, undan so‘ng har bir normal buyicha yo’l o‘qidan berilgan joydagi yo‘l poyi ko‘ndalang ke- simidagi hamma nuqtalar holati aniqlanadi.


Aylana va o‘tuvchi egrini ochiq, engil o‘tuvchi joylarda belgilash to‘g‘ri burchakli kordinat usuli bilan bajariladi (bekik joyda - burchak va xorda). Ochiq joylarda, o‘zoqni o‘lchagichlarni ishlatish qulay bo‘lganda, polyar kordinat bi- lan nuqtalarni egrini boshi va ohirini belgilashda qo‘shuv usulidan foydalanib olib boriladi. Tor joylarda davom etuvchi xorda usulidan foydalaniladi. Egrini radiusi kichik bo‘lganda - aylanma egrining markazidan polyar kordinat o‘tkaziladi.
Belgilashda yo‘l tuzilmasi ko‘ndalang kesimining oxirgi ko‘rinishi hisobga olinadi.
Mukammal turdagi qoplamali yo’llarda yo‘l to‘shamasini tagigacha avval quriladigan yo‘l poyining kengligi yo‘l polot- nosining loyihaviy kengligiga qaraganda yon qiyalikning qiyaligi 1 t qiymatni hisobga olib V-A qiymatga katta bo‘ladi, bunda ko‘tarma qoshini pasaytirish yo‘l to‘shamasini ostiga teng bo‘ladi. Ko‘tarmaning yuqorisidagi kengligi 2.16- rasmda ko‘rsatilgan.

w h
Uymalarni belgilashda yo‘l to‘shamasi qalinligining irr qoshi belgilash-dan ayirib tashlab hisobga olinadi.

Hamma kerakli nuqtalar qoziklar bilan mahkamlanadi. Qoziqlarga suvda yuvilmaydigan bo‘yoq bilan piket va plyus, ko‘tarma va o‘ymaning belgisi yoziladi. Piketaj ko‘rsatilmagan bo‘laklarda yoki ular mashina bilan buzilgan joylarda, nuqtalar reperlar yordamida qo‘yiladi. Qoziqlar er mashina- lari yoki avtomashinalar bilan bosilib ketish xavfi borligi uchun ishchi hududdan tashqarida qo‘shimcha qoziqlar o‘rnatiladi, ular bosilgan qoziqlardagi nuqtalarni tiklashga yordam beradi.


Yo’lpoyi yon qiyaligi (ko‘tarma asosi va o‘ymaning qoshi) chegarasini belgilash (2.17 va 2.18-rasmlar) har bir kesimda joylardagi hamma asosiy singan joylarda alohida qilinadi. Qoyatoshlarda yo‘l poyi yon qiyaligining chegarasini belgilash quyidagi ifodadan aniqlanadi:

bu yerda - gorizontal bo‘yicha ko‘tarma o‘qidan yon qiyalik- ning osti tomonidan asosgacha masofa; l» - o‘shanday, yon qiya- likni yuqorisidan; - gorizontal bo‘yicha o‘ymadan yon qiyalik- ni asosi qoshigacha masofa; '• - o‘shanday, yon qiyalikning yuqori qoshigacha.



Ko‘tarmasining balandligi 1,5 m gacha bo‘gan yo‘llarda o‘qi bo‘yicha piket va ko‘tarmaning balandligini ko‘rsatuvchi qoziqlar qoqiladi, bo‘lajak ko‘tarmaning yuzini bildiruvchi, yoniga yuqo- risiga ko‘ndalang kesimli plankali vexa qo‘yiladi. Katta balandlikdagi ko‘tarmalarda o‘q bo‘yicha faqg qoziq qoqib chega- ralanadi. Tog‘ yon bag‘irlarida ko‘ndalang kesimni ko‘tarmaning asosini aniqlash bilan belgilash teodolit, nazoratchi shablon, sathi va reyka ishlatib aniqlanadi. Uymalarni belgilash


joylarda yo‘l o‘kini aniqlashni talab qilmasdan, qiyalik lekalasidan foydalanib, o‘ymani yuqori qoshini aniqlashni talab qiladi.O‘ymani belgilash joylarda faqat yo‘l o‘qini belgilashdan iborat bo‘lmasdan, qiyalik chizg‘ichidan foydalanib o‘ymani yukori qoshini aniqlashni talab qiladi. CHuqurligi katta o‘ymali yo‘l bo‘laklari uchun er mashinalari bilan ularni qazishda, yon ariqchalarning qoshi chizig‘i bo‘yicha belgili qoziqlar o‘rnatiladi. Suv olib ketuvchi ariqlar va tog‘ yonbagri ariqlarini belgilash ularning o‘qi bo‘yicha qoziq- larni o‘rnatish, ularga berilgan nuqtada ariqni chuqurligini, ariqdan tashqaridagi qoziqqa - uning kengligini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ishni olib borishda ariqning o‘lchami va yuzasi shablonlar bilan nazorat qlinadi.
Qurilish uchun yo‘lga vaqginchalik ajratilgan mintaqani mustahkamlash yo‘l poyi elementlarini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Doimiy ajratilgan mintaqa, odatda, vaqtinchalik ajratilgan polasani ichida bo‘ladi, shuning uchun uning chegarasi yo‘l poyini pardozlash ishi to‘liq tugagandan va vaqtinchalik pod’ezd yo‘llarini tugatgandan so‘ng mustahkamlanadi. Erni ajratish me’yori IKN 60-2011 da belgilangan. Yo’lqurilish ishlarini bajarish uchun har bir aniq joy bo‘laklaridagi yo‘l poyining o‘lchamlariga bog‘liq yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqani qisqartirishga harakat qilinadi. Uni ko‘tarma asosining kengligiga va o‘ymaning o‘lchamlariga qarab, yon va banket oldi ariqlarga, banket, shuningdek, vaqginchalik pod’ezd yo‘llarining joylashishiga qarab belgilanadi. Vaqginchalik va doimiy foydalanish uchun erni ajratish tabiatni qo‘riqlash, kishloq ho‘jalik erlaridan unumli foydalanib va tabiatni, tabiiy resurslarni hisobga olib amalga oshiriladi. Vaqginchalik va doimiy mustahkamlangan yo‘l mintaqasini ajratilgan er rejasi shaklida mustahkamlash jurnali bilan rasmiylashti- riladi, keyin kerakli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Agar vaktinchalik yo‘l mintaqasi atrofida har xil bino va inshotlar bo‘lsa, ularni ko‘chirishni avtomobil yo‘llari lo-
yihasining ma’lumotlari smetasi va chizmasi asosida rasmiy- lashtiriladi. Kuchirish yoki tugatilishi kerak bo‘lgan bog‘larga, qishloq ho‘jalik ekinlariga buyurtmachi bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi.
Vaqtinchalik va doimiy ajratilgan joylarning chegarasi oraligida, qurilish tugatilgandan so‘ng yerdan foydalanuvchiga yo‘lga ajratilgan hududni rasmiylashtirishda tuzilgan dalo- latnomada kayd etilgan holatda kaytariladi.
Nazorat savollari
Joylarda ishni belgilashda yo‘l poyining qanday elementlari mustahkamlanadi?
O‘simlik qatlamini olish uchun qanday mashinalardan foydalaniladi va bu grunt keyinchalik qanday ishlatiladi?
Trassani tiklash ishlari.
Yo’lmintaqasini tozalash.
Trassani mustahkamlash ishlari.
Avtomobil yo‘llarining o‘qini mustahkamlash chizmasi.
O‘simlik qavatini olish.
Ko‘tarmani qurishda «belgilash» ishlarida nimalar qilinadi?
O‘ymani qurishda «belgilash» ishlari.
Yo’lmintaqasini tozalash ishlari.
Yo’lpoyining geometrik parametrlari nazorati.
Ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaligi nazorati.
Yo‘l poyining suv-issiqlik tartnbnni boshqarish
uchun iishotlar turlari va ularni qurish usullari
Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi uning suv-is- siqlik tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘l poyida yo‘l bo‘yicha harakatni chegaralash yoki bekitishga olib keluvchi, muddatidan avval yuz beradigan deformatsiya va buzilishlar bo‘lmasligi kerak.
Suv-issiqlik tartibi, deb yo’l poyining qar xil nuqga- larida yil davomida xarorat va namlikni qonuniy o‘zgarishiga aytiladi. Suv-issiqlik rejimi faqat yo‘l-iqlim qududining qususiyatlariga qarab ajratilmasdan, yo‘lning joylarda joylashish sharoitiga, yo‘l poyi tuzilmasiga (ko‘tarmada yoki o‘ymada), atmosfera yog‘inlari tasnifiga, muzlash chuqurligi va boshqa omillarga qarab farqlanadi.
Agar bu o‘zgarishlar yo‘l poyi o‘zining mustahkamligi va turg‘unligini yo‘qotadigan chegaradan tashqariga chiqib ketsa, birinchi galda uni namlanishdan va haroratning tez o‘zgarishidan saqlovchi inshot qurish kerak.
Umumiy holda yo‘l poyining namlanish turlari 2.19- rasmda keltirilgan.

Atmosfera suvlari yomgir va erigan qor ko‘rinishida tekis va kerakli darajada suv o‘tkazmaydigan qoplama ustidan yo‘l yoqasiga, keyin yon qiyaliklardan - yon ariqlarga oqadi. YOg‘inlar jadal bo‘lganda oquvchi suvlar yo‘l yoqasini va qiyaligini yuvi- shi, ariqlardan goshishi, ularni yuvib yo‘l poyig‘a singishi,


ularni namlashi mumkin. Bo‘ylama qiyaligi bo‘lgan yo‘llarda oqimning ta’siri kuchayadi va yo‘l to‘shamasi chetida yo‘l yoqasi- ning yuvilishi, ulardan suv oqib o‘tgan joyida ko‘tarmaning yuvilishi ro‘y beradi. Yo’lpoyini saqlash uchun uning yuzasi va yo‘l yoqasi mustahkamlanadi, suv qochiruvchi ariqlar kovlanadi, har xil suv qochiruvchi inshotlar quriladi. O‘ymalarda atrof joylardan oqib keluvchi suv, yo‘l yoqasini yuvib surilish hosil qilishi mumkin. Suvni o‘ymaga kirishini to‘sish kerak va uni tog‘ yon bag‘ri arig‘i va suv qochiruvchi ariq bilan olib ketish lozim. Grunt suvlari er yuziga yaqin joylashganda yo‘l poyi gruntini namlaydi va uning sathini pasaytirish uchun drenaj qurish kerak bo‘ladi.
Qish vaqtlarida grunt g‘ovakligini to‘ldiruvchi suv muzla- ganida hajmini oshiradi va yo‘l poyini kengaytiradi. Yo‘l poyining alohida ko‘p kengayishi, suv va grunt chegarasida grunt suvlari harorat gradienti va yuza tortish kuchlari ta’si- rida kapillyarlardan ko‘tarilib, yo‘l poyining yuqori qismida gruntni o‘ta namlaydi va muzlashida hajmini kengaytiradi, yo‘l poyi muzlashdan ko‘pchiganda, bahorda uning buzilishi ro‘y beradi.
Yo‘l poyi gruntini muzlashdan ko‘pchishi yoki hajmining ruxsat berilgandan oshishi yo‘l to‘shamasining buzilishiga (pucheniya) olib keladi. Grunt suvlarining kapillyarlar orqali ko‘tarilishida har doim ham sathini pasaytirish bilan yo‘l poyini o‘ta namlanishdan saqlash mumkin emas. Bunda yo‘l poyining muzlash chuqurligida turg‘un gruntlar qo‘llaniladi. Agar qandaydir sabab bilan bunday muzlashga turgun yo‘l poyini yuqori qismini yaratish mumkin bo‘lmasa, unda issiqlik o‘tkazmaydigan asosning qo‘shimcha qatlami va yo‘l poyida kapillyarlarni to‘suvchi qatlam qo‘llanadi. Yo‘l poyiga yuqori kismidan kiruvchi suvni qochirish uchun asosning qo‘shimcha qatlami drenajlovchi, unga keluvchi suvni yutib yo‘ldan chetga olib ketuvchi ko‘rinishida quriladi. Oqim miqdori keragidan oritiqcha bo‘lsa uni drenaj quvurlari sis- temasi bilan olib ketiladi. Bunday suvni olib ketish usuli yo‘l poyini muzlash chuqurligida joylashgan yuza yotuvchi dre- naj, deb ataladi, u grunt suvlarini ushlab qoluvchi va olib ke- tuvchi, muzlash sathidan pastda yotuvchi chuqur drenajdan farq qiladi.
Janubiy hududlarda yo‘l poyining yuqori qismi gruntini namlanishi suv o‘tkazmaydigan yo‘l to‘shamasining pastki yuza- sida kondensatsiyalanadigan bug‘ holatidagi suv biln namlani- shidan bo‘ladi.
Yo‘l to‘shamasini kapillyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan namlanishdan saqlash va yo‘l poyi turg‘unligini ta’min- lash uchun unga bug va suv o‘tkazmaydigan qatlam kuriladi. Or- ganik material bilan ishlangan yoki sintetik materal ko‘ri- nishidagi qatlamlar suvni kapillyarlar orqali ko‘tarilishiga va yo‘l poyini yuqori qatlamida va yo‘l to‘shamasida yigili- shiga qarshilik qiladi.
Tog‘li hududlarda yo‘llarni yuqoridan keluvchi sellar (grunt va toshli suv oqimlari), qor uyumlari, suv oqimlari bosadi. Erosti suvlari yon qiyaliklarni ko‘chirib qolmasdan, yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasi bilan birgalikda gruntning katga massasini hosil qiladi. Doimo muzlaydigan tumanlarda yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasini buzuvchi muzlashlar hosil bo‘ladi. Te- kis va uncha baland bo‘lmagan joylarda yog‘in mikdori ko‘p bo‘lganda, quvurlarni olib ketish, ko‘priklarning buzilishi va uning oldida yo‘l poyi yuvilishi mumkin. Yo‘l poyining bun- day buzilishiga qarshi turish maxsus inshotlarni (selni yo‘- nalturuvchi, oqimni bo‘luvchi, ko‘chkiga qarshi, muz surilishiga qarshi va boshqa inshotlar) qurish bilan amalga oshiriladi.
Suv qochirish uchun har xil inshotlarning kompleksi umumiy «yo‘ldan suv qochiruvchi» nomi bilan ataladi, ular ikki guruhga - quruvchi va doimiyga bo‘linadilar.
Birinchi guruhga yo‘l poyini qurish davrida uni namlash- dan saqlovchi inshotlar va tadbirlar kiradi. Uymalar, ariq- lar va boshqa inshotlarni tepadan qiyalik bo‘yicha suv pastga oqib ketishi va ish joyida ushlanib qolmasligini ta’minlab quriladi. Agar kuchli grunt suvlarining oqimi 6] lsa drenaj sistemasi yoki iglofiltrlar bilan suvni yutuvchi himoya kerak buladi. Bu ishlarni ishni tashkillashtirish loyihasida ko‘zda tutiladi.
Ikkinchi guruhga hamma suv qochiruvchi inshotlar: yuza suvlarini olib ketuvchi suv qochiruvchi ariqlar va lotoklar, grunt suvlarini pasaytirish uchun chuqur drenajlar, grunt suvlarini ushlab qolish uchun drenajlar, drenajlovchi, bug‘ va suv o‘tkazmaydigan, issiqlik o‘tkazmaydigan kapillyar to‘suvchi va muzlashga mustahkam qatlamlar kiradi.
Ayrim suv qochiruvchi inshotlar yo‘l poyining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Bunga yuza suv qochiruvchi inshotlar- ning hammasi, ushlab qoluvchi va chukurlikdagi drenajlar, bug‘ va suv o‘tkazmaydigan, kapillar to‘suvchi katlamlar kiradi.
Suv qochiruvchi inshotlar asosan quritish va yo‘l to‘shamasining suv-issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljal- langan bo‘lib, ular yo‘l poyini qurib bo‘lgandan so‘ng yo‘l to‘shamasini yotqizishda kuriladi. Ularga drenaj va issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek, qumli drenajli qatlamni quritish uchun drenajlar kiradi.
YUza suvini qochirishni ta’minlash
Yo’lpoyini qurishda asosiy masala - yo‘lga oqib keluvchi suvni qabul qiluvchi inshotlar qatori ko‘rinishida yuza suv qochiruvchi sistemani yaratish va ularni yaqin suv havzalariga olib borish hisoblanadi. YUza suv qochiruvchi sistema tarki- biga o‘ymalardagi va balandligi 1,5 m gacha bo‘lgan ko‘tarmalar bo‘ylab qurilgan yon ariqlar, yon tomonda qazilgan rezervlar, o‘ymalarda tog‘ yon bagri ariqlari, botqoqlikni quritish uchun ariqchalar, suvni yo‘ldan olib qochib suv havzasiga quyuvchi ariqlar, tog yo‘llaridagi lotoklar va boshqalar kiradi. Ayrim suv qochiruvchi inshotlar yo‘l poyini qurishgacha ishni bosh- lashi kerak. SHuning uchun ko‘tarmani qurish rezerv va ariqlarni qazishdan boshlanadi. O‘ymani o‘yishdan avval tog‘ yon bagri ariqlari qaziladi, ko‘chkili tog‘ yon bagri va botqoqlik quritiladi.
Nishabligi 1:1,5, ayrim hollarda 1:2 bo‘lgan yon ariqlarga, 5%o dan kam bo‘lmagan bo‘ylama qiyalik beriladi. Tekis joy- larda ayrim yo‘l bo‘lagida bo‘ylama qiyalikni 3%o gacha kamay- tirish mumkin. YOn lotoklar va ariqlarning chuqurligi yon qiyaligi 1:3 bo‘lganda, 0,5 m dan oshmasligi kerak.
Ariqlarni qazish bo‘yicha ish jarayonlari kuyidagilardan iborat. Joylarda ariq o‘qi vexa bilan belgilanadi, keyin av- togreyder bilan chegaralangan chuqurcha (borozda) o‘tkaziladi va buldozer bilan ko‘ndalang kesiladi, gruntni ko‘tarmaga suri- ladi yoki atrofga yoyiladi. YOn qiyalikni tekislash va unga aniq shakl berish ishlari avtogreyder bilan bajariladi. Katta bo‘ylama kiyalik (20%o) bo‘lganda, ariqlarda sekin-asta o‘t o‘sa boshlaydi. Engil eriydigan gruntlarda tubi va yon devorlari mustahkamlanadi. Qishlok ho‘jaligi uchun foydalanilmaydi- gan erlarda yo‘llarni qurishda ko‘tarma yon rezerv gruntidan quriladi. Rezervning tubiga ko‘tarma tomondan qiyalik beri- ladi. Agar rezervning kengligi katta bulsa, undan suvni qochirish uchun ariqcha kovlanadi. Ayrim hollarda rezervning kengligi 6 m dan katta bo‘lganda ularni tubiga qiyaligi rezerv uqiga qaratilgan ko‘ndalang kesim beriladi.
O‘ymalar ko‘tarmaga o‘tgan joyda yoki suv havzasiga yaqin kelganda ariqlar chetga chiqariladi. Ko‘tarmaning yon qiyaligini yuvilib ketishdan saqlash, undan suvni oqizish uchun yig‘ma be- ton lotoklar qilib yon qiyalikka joylashtiriladi.
Bo‘ylama qiyalik 20-3 0%o dan katga bo‘lganda, ayniqsa, en- gil eriydigan gruntlarda ariqlar mustahkamlanadi. Ariqlarni yon qiyaligi va tubi o‘lchami 40x40x12 sm bo‘lgan be- ton plitalar bilan yopiladi. Plitalar gruntning ustiga qo‘yiladi. Agar ariqning qiyaligi 30%o dan katta bo‘lsa, plitani suv yuvishini oldini olish uchun ularning qalinligi 10-12 sm yoki 5-20 mm o‘lchamli shag‘al bo‘lgan mayda chaqiq tosh qatlami ustiga yotqiziladi, ular orasidagi choklarga bitum mastikasi yokissement eritmasi quyiladi. Togli tumanlarda, toshli gruntlarda yon ariq o‘rniga toshdan yoki taor beton buyumlaridan lotoklar yotqiziladi (2.20 rasm).
Bo‘ylama kesimda botiq egrili joylarda va T-SH darajali yo‘l bulaklarida yo‘l yoqasini va yo‘l poyi yon qiyaligini tez oquvchi suvning yuvishidan saqlash uchun lotoklar qurish ko‘zda tutiladi. Bu lotoklar suvni yig‘ish va yo‘l yoqasi tagidagi reshetkali va quyuvchi quvurli yoki lotok bo‘yicha yon qiyalikka ko‘tarma ostigacha suv qabul qiluvchi quduqlarga olib borish uchun xizmat qiladi. Suv yiguvchi quvurlar va lotoklar orasidagi masofa loyihada hisob bilan aniqlashtiriladi.
Yigma elementlardan iborat tuzilmani avtomobil yoki traktorli kran bilan montaj qilinadi. Qo‘lda montaj ishla- rini olib borishda teleskopli beton lotoklaridan foydala- nish maksadga muvofiqdir (2.20-rasm). Ularning zvenosi bir- birining ichiga kirgani uchun choklarini berkitish va boshqa usullar bilan mustahkamlashni talab qilmasa ham avfzal- likka ega. Bunday teleskopli lotoklar yuvilishga va ko‘chishga karshi mustahkamdir.
Ko‘tarma ostida yerda lotokning surilib ketmasligi uchun beton tirgovich qilinadi. YOn ariqlarda qiyaligi katta bo‘lgan yo’l bo‘laklarida, ariqni ko‘ndalang kesimiga mos keluvchi, tez oqizuvchi turidagi yig‘ma beton lotoklar qilinadi. Lotoklar kran orqali mayda vdeben yoki shag‘al ustiga qo‘yiladi.
Tog‘ yon bag‘ri ariqlari avtogreyder yoki buldozer bilan yotqiziladi va grunt val-banket ko‘rinishida o‘yma tomonga su- riladi. Tog‘li tikka qiyaliklarda vdebenli va tog‘ jinslarida, tog‘ yon bag‘ri ariqlari bo‘ylab gruntni portlatish usuli bilan yumshatiladi.
Portlatish bilan gruntni bo‘shatgandan so‘ng uni ariq va banket hosil qilish uchun buldozer bilan suriladi.
Ariqlarni mustahkamlash bo‘yicha qimmat va mehnat talab qiladigan ishlardan qochish maqsadida suyuq karbamid va fur- furol smolasi ishlatiladi. Kam bog‘lash hususiyatiga ega bo‘lgan bu smolalar bilan 3-4 sm chuqurlikda gruntni qayta ishlanadi. Ariqlar tubi va yon qiyaligi smolaning shimilishi tufayli katta buylama qiyalikdagi yo‘l bo‘laklarida ham yuvilmaydi.
Ish texnologiyasi avtogreyder bilan tubi va yon qiyaligini yaxshilab tekislash, avtogduranatorni shlangasi orqali ariqning yuzasiga mustahkamlaydigan materialni uning zaharliligini hisobga oluvchi tadbirlarni qo‘llab sepishdan iborat
YUza suv qochiruvchining hamma tizimini uni kuchli yomgir bo‘lganda tekshirib kuriladi. Suv turib qoladigan yoki yuvila- digan joylar belgilanadi va to‘g‘rilanadi.
Uymalardan o‘tuvchi yo‘lning ayrim bo‘laklarida, ularning chuqurligi g‘runt suvlaridan past bo‘lganda, suvli katlamni ke- sib o‘tish kerak bo‘ladi.
Agar kerakli chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, suvli qatlamdan suv yon qiyalikdan o‘ymaga oqadi, natijada yon qiyalikning surilishga va yo‘l poyi va to‘shamasining o‘ta namlanishiga olib keladi.
Bu suvlarni to‘suvchi drenajlar bilan ushlab qolinadi va yig‘iladi. Bunday drenajni o‘ymani qurguncha qurish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Grunt suvlari sathini pasaytirish va tuxtatish uchun drenajlarni qurish
Suvli qatlamni yotish satihiga bog‘liq ravishda o‘ymaning yon qiyaligida drenajlar shunday joylashtiriladiki, unda yon qiyalik buzilmasligi lozim.
Drenajning tuzilmasi - geotekistilga o‘ralgan, grunt chaqiq toshga yoki shagal yostiqchaga kran yordamida yotqiziladigan drenaj quvuridan iborat (2.21-rasm).

O‘ymaning yon qiyalik tomonidan suvli qatlamning qalin- ligiga drenaj transheyasiga gilli gruntni qatlamlab yotqizib suv o‘tkazmaydigan devor ko‘rinishida ekran hosil qilinadi, qolgan qismi qum bilan to‘ldiriladi. Drenajning bu qismi yuzasiga plastiklik soni 27 dan katta bo‘lgan yuvilgan gildan suv o‘tkazmaydigan qatlam yotqiziladi va ustidan joylardagi grunt bilan yopiladi.


Drenaj uchun sopol, asbotsement, plastmassali, qumsiz g‘o- vakli beton quvurlar qo‘llaniladi. Kuvurni ichki diametri 50-300 mm, uzunligi ularning turi va massasiga bogliq bo‘ladi.
Quvurga suvning kelishi uchun ularga suv qabul qiluvchi teshiklar, kesiklar qilinadi yoki quvur zvenolarining oralig‘idagi tutashish bilan chegaralanadi. Transheyaga yotqizilgan quvurlarning tutashgan joylari filtrli mato (geotekistil) bilan o‘raladi yoki halqali polimer mufta bi- lan birlashtiriladi. Avvaldan geotekistil bilan o‘ralgan va ariqqa barabanga o‘ralgan plastmassali perforirlangan quvurlarni qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi, ular ariqqa barabanni aylantirish bilan yotqiziladi.
Drenajning bo‘ylama chizig‘ining hamma siniq joylarida rejada va tug‘ri yo‘l bo‘lagida 60-80 m oralatib ko‘rish quduqlari o‘rnatiladi. Quduqlarni o‘rnatishdan maqsad - tiqin va kuvurda suvni normal oqishiga xalakit beradigan joyni aniqlashni en- gillapggirishdan iborat. Quvurlar diametri taxminan 1 m bo‘lgan yig‘ma temir beton halqalardan (2.22-rasm) qilinadi. Quduqning yuqorisida cho‘yan qopqoq bilan yopiladigan og‘zi buladi.
Grunt suvlarini olib ketish uchun drenajlarni qurish bo‘yicha texnologiya quyidagi jarayonlardan iborat: buldozer yoki avtogreyder bilan bo‘lajak drenaj yo‘lakchasida o‘simlik qatlamini olish; transheya qazuvchi ekskavator (transheya chuqur va turg‘un bo‘lmagan gruntlar bo‘lganda mustahkamlagichlar o‘rnatish kerak) bilan transheya qazilganda suv bosishini oldini olish uchun drenaj suv chiqaradigan joyidan boshlab transheya qazish, gilli ekran o‘rnatish; tutash joylarini filtrli mato bilan o‘rab yoki chaqilgan tosh to‘kib quvurni urnatish; quvurning yotishi to‘g‘riligini tekshirish; notekis jolarini to‘g‘rilash; filtrlovchi qum bilan yopish; zichlash bilan gilli qatlam yotqizish; zichlash bilan joylardagi gruntni yotqizish; drenaj o‘tkazilgan yuza bo‘yicha o‘simlik qatlamini yotqizish; kuzatish qudug‘ini qurish.

Yo‘l poyi tagida grunt suvlari sathi bo‘lganda va gruntlar kapillyar suvlar bilan namlansa, yo‘l poyi joylashgan joyda grunt suvlari sathini pasaytirish uchun chuqur drenaj qurish kerak bo‘ladi.


Drenaj chizig‘i yo‘l hududidan tashqarida suv qochiruvchi yon ariq tagida joylashtiriladi. Har taraflama qidirish ishlari, tadqiqotlar va texnik-iqtisodiy hisoblar bilan chuqur drenajni o‘tkazish kerakligi asoslanadi.
CHuqur drenajlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yo‘l poyi tagidagi grunt suvlari sathini pasaytirilgan grunt suvlari sathidan kapillyar suvlar yo‘l to‘shamasiga etib chiqmasligini ta’minlashdan iborat (2.23 rasm).


Kapillyar ko‘tarilishning balandligi har xil gruntlar uchun turlicha bo‘ladi. Drenaj quvurlarini 2,5-3 m chuqurlikka yotqizish kerak, shundan «chuqur drenaj» nomi ham kelib chiqqan va uni kurishda qiyinchilik yuzaga keladi. Boshqa ishlarda suv to‘suvchi drenajlarni qurish bo‘yicha farqi yo‘q Ishning o‘ziga xosligi, ya’ni yon ariq tagidagi drenaj- larni qurilgan yo‘l poyida qurish kerakligi tor sharoitda qurish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Transheyalarning devori tikka qilib transheya qazuvchi ekskavator (2.24-rasm) yoki orqa lapatali ekskavator bilan qaziladi.
2.24-rasm. Drenaj quvurlarini yotqizish
uchun transheya qazish
Grunt yo‘lga ajratilgan mintaqadan gashqariga olib borib tashlanadi, keyin usha ekskavator bilan transheyani inventar mustahkamlagichini o‘rnatiladi.
Qurilish ishlarida, keng mikdorda, bilan suvni so‘ruvchi va pasaytiruvchi asbob-nina filtr bilan grunt suvlari sathi vaqtincha pasaytiriladi (2.25-rasm). Avval ninafiltrning sistemasi bilan grunt suvlari sathi pasaytiriladi, keyin transheya qaziladi.
Keyingi hamma ishlar suv pasaytiruvchi asbobsiz baja- riladigandek bajariladi. Drenajni yotqizish va transheyani ko‘mish bo‘yicha ish tamom bo‘lganida ninali filtr ekskavator bilan olinadi.
Suv o‘tkazmaydigan va kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish
Yo‘l II va III tur namlanishdagi joylarda joylashganda, bug‘ xolatdagi va kapillyar suvlarning ko‘tarilishi hisobidan yo‘l poyining yuqori qismi va yo‘l to‘shamasining namlani- shini kamaytirish maqsadida suv o‘tkazmaydigan qatlam yotqiziladi. Ular hisobiy grunt va yuza suvlari sathidan ko‘tarmani qoshigacha bo‘lgan masofa etarli bo‘lmaganda, yo‘l to‘shamasini tagini me’yorda saqlab turish uchun kerak bo‘ladi.
Suv-bug o‘tkazmaydigan qatlamlar yo‘l poyining hamma kenligi yoki materialni iqtisod qilish maqsadida har bir tomonidan 0,5 m uzaytirib qatnov qismi kengligi bo‘yicha yotqiziladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlamlar namlikning har qanday ko‘rinishini yo‘l to‘shamasiga o‘tishini to‘xtatadi.
Balandligi 1 m dan kam ko‘tarmalarda, o‘simlik qatlami olingandan so‘ng grunt suvlarining ko‘tarilishini oldini olish uchun joylardagi gruntlarni 5 - 10 sm chuqurlikda yumshatish, unga 2-3 l/m“ organk bog‘lovchi material qo‘yish freza bilan bir marta o‘tib aralashtirish yoki ikki-uch marta avtogreyd yerda o‘tish va avval engil katok, keyin og‘ir katok bilan zichlash orqali suv o‘tkazmaydigan qatlam qurish mumkin. Boglovchi material sifatida gudron, qovushqoqligi 25/40 bo‘lgan suyuk bitum, neft, emulsiya, sanoat chikindilari - stirol mahsulotlari, kayta ishlatilgan yog, flyus, smola regeneratsiyasi va boshkalarni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘zbekiston sharoitida suv-bug‘ o‘tkazmaydigan qatlam ko‘tarmaning balandligi 1 m dan ko‘p bo‘lganda, ko‘tarmaning qoshidan (2.26-rasm) 0,6-0,8 m chuqurlikda yotqiziladi.
Qatlamning bunday chuqurlikda joylashtirilishi, yuqorida yotgan gruntlar muzlashining oldinioladi.
Joylardagi gruntlarni qayta ishlashdan tashqari, korxo- nadan taor olib kelingan bitumomineral aralashmasi yoki gidroizoldan qalinligi 3-3,4 sm suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Hozirgi vaqga eng yaxshi echim - yuqori bosimli polietilen, polivinilxlorid va poliizbutanli sintetik plenkani yotqizishdir. Polimer plenka polotnisining keng- ligi 2,4 dan 12 m gacha va qalinligi 0,1 dan 2 mm gacha bo‘ladi. Kengligi qancha katta bo‘lsa, polotnoni svarkalash yoki kley- lashga shuncha kam mehnat sarf bo‘ladi va sifati yaxshilanadi. Plenkani kalinligi qancha katga bo‘lsa. U shuncha ishonchlidir.

Taorgarlik ishlariga plenka polotnosini taorlash, ular- ni chokini svarkalash yoki kleylash kiradi. Taorlangan polotno tekislangan yo‘l poyini ustiga erkin holda tortmasdan yotqiziladi. YOtqizilgan maydon shunday bo‘lishi kerakka, smena


davomida hamma polotnoni grunt bilan yopish mumkin bo‘lsin. Tekislangan grunt chetiga yoki yo‘l yoqasiga avtomobil-samosval tukkan grunt yoki drenajlovchi material to‘pi buldozer bilan plenkaning ustida yoyiladi. Buldozer plenkani buzmaslik uchun «o‘zidan» usuli bilan gruntni suradi. Sintetik plenkani qo‘llab suv o‘tkazmaydigan katlamni qurish bo‘yicha ishchi jarayonlar quyidagilardan iborat: yo‘l poyini zichlash va tekislash, sintetik plyonkani yozish, muhofazalovchi qatlam uchun gruntni olib kelish, gruntni plyonkaga surish, gruntni zichlash va yo‘l to‘shamasini keyingi qatlamini qurish.
Suv o‘tkazmaydigan qatlam sifatida, gruntni yuqori qismida, qobiqli suv o‘kazmaydigan materialdan yoki sintetik plenkadan qatlam qurish usuli qo‘llaniladi (2.27-rasm).
Suv-bug o‘tkazmaydigan qatlam o‘rniga shu maqsadda kapillyar to‘suvchi qatlam qurish mumkin. Kapillyar to‘suvchi qatlamlar (2.28-rasm) ko‘tarmalarda qoshidan hisoblab 1 m chuqurlikda hamma kengligi bo‘yicha joylashtiriladi. Bu qatlamlarning maqsadi - kapillyar suvlar ko‘tarilishining oldini olish.
Kapillyar to‘suvchi qatlamlar o‘zida kapillyar suvlarning ko‘tarilishiga qarshilik qiladigan yirik shag‘al, chaqilgan tosh yoki shlakli (o‘lchami 5-10 mm dan katga) asosiy qatlamdan iborat. Kapillyar to‘suvchi qatlamlarni sho‘rxak gruntlarda qurilgan ko‘tarmalarda qurish muhim ahamiyatga ega. Kapillyar to‘suvchi qatlamlar ustiga va ostiga botqoqlanishga qarish qatlam quriladi.
Botqoqlanishga qarshi qatlamlar (2.30-rasm) shlaklardan, toza tosh maydasidan (0-5 mm), asbest sanoati chiqindilaridan va chirimaydigan materiallardan quriladi. Botkoqlanishga qarshi qatlamning qalinligi 3-5 sm qabul qilinadi. Toza shag‘alli qumda kapillyar ko‘tarilish balandligi 5 sm dan oshmaydi.
Download 494,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish