Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish Reja



Download 93,47 Kb.
bet1/13
Sana14.05.2020
Hajmi93,47 Kb.
#51380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo


Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish
Reja:


  1. Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishning mazmuni.

  2. Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishning vazifalari.

Dastuming tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarning atrof-muhit haqidagi tasawurlarini hosil qilishga ahamiyat berilgan. Bolalarni atrof-muhit bilan tanishishida olgan taassurotlari bola faoliyatiga, nutqiga katta ta’sir etadi.

Bog‘chaga kelgan bolalarni atrof-muhitdan olgan tasawurlari juda tor bo‘ladi. Bu bilimlaming torligi, bir xilligi va ba’zida noto‘g‘ri tasawur qilishlari bolaning rivojlanish faoliyatiga va nutqining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun dasturga «Atrof-muhit bilan tanishtirish» bo‘limi kiritilgan.

Bu bo'limning asosiy vazifalari: bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish, tevarak-atrof haqidagi birinchi tasawurlarini rivojlantirib borish, ularni o‘rab turgan narsalar bilan tanishtirish, jonli va jonsiz tabiatda bo‘ladigan hodisalar bilan tanishtirish, hodisa va narsalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘Ianishni ko'ra bilishga o'rgatish, oddiy elementar tushunchalar hosil qilishga o‘rgatish, bolada kuzatuvchanlikni o'stirish, nutqini rivojlantirishlar kiradi.

Atrof-muhit bilan tanishtirishga: bizni o‘rab olgan predmetlar dunyosi, tabiiy boyliklar, ijtimoiy hayot hodisalari haqida elementar tushunchalar berish kiradi.

Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari atrof-muhit bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bir-birini to‘ldirib turadi. Shuning uchun mavzular bir- biriga o‘xshab ketadi. Lekin har bir bo'lim o'zining asosiy vazifalarini bajaradi va hal etadi.

Kichik guruhdagi bolalarni atrof-muhit haqidagi tasawurlarini kengaytirib, tabiatdagi jonli va jonsiz tabiat hodisalari bilan tanishtirish, narsa va predmetlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, ularni nima deb atashni bilish, boshqa har xil guruhdagi predmetlar orasida bir predmetni nomi bo'yicha ajrata bilish, har bir narsani nima uchun kerakligini bilish, tabiatdagi narsalami kuzatish, diqqat bilan kattalaming nutqini eshitish va tushunish, kitoblardagi rasmlami ko‘rish va ifodalab berish, pedagoglami ismini bilish, bog'cha va turar joyini bilish, odam yuz qismlarini va ularni nima vazifani bajarishni bilish, hayotdagi bo‘layotgan hodisalami kuzatish bo'yicha ishlar olib boriladi.

Mavzular o‘rta guruhda murakkablashib boradi. Bolalarni atrof- muhitdagi tasawurini kengaytirish, jonli va jonsiz tabiat, narsa va hodisalar kuzatish va ko‘rganlarini gapirib berish, ota-onalarini va boshqalarining kasbini bilish, tabiatdagi hodisalaming o‘zaro bog‘liqligini ko'rishga o‘rgatish, turar joyini, bog'chadagi joylashgan joyini mo‘ljal qila olish, fasllami belgilari bo‘yicha bilish, predmetlarni nima uchun kerakligini bilish, kiyimlaming qismlarini ajrata bilishga o‘rgatiladi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o'yinlardan foydalaniladi. Didaktik o'yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanliklarini o‘sishiga yordam beradi, turli aqliy jarayonlami faollashtiradi.

Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal etiladi. Bolalar o‘simliklaming xususiyatlari va sifatlari, ularning tuzilishi va ehtiyojlari, rivojlanishning asosiy bosqichlari, o‘stirish usullari, o‘simlik hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko‘rinishi, harakat qilish usullari, hayot tarzlari haqida tasawurga ega bo'ladilar. Bolalar o'simlik va hayvonlami parvarish qilar ekanlar, shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar. Bolalarning tarbiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bolalarning imkoniyatlari hamda o‘rab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida guruhning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi va bolalarning qobiliyatlari ma’lum sistema hamda izchillikda o‘stiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig‘ilib boradi. Mashg'ulotlar ularning bilimlarini aniqlash va bir tizimga solish imkonini beradi.

Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metodlar mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko‘ra tanlanadi.

Mashg'ulotlaming bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlami ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o‘tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi.

Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi — bilimlami umumlashtirish hamda sistemaga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Mehnat va o‘yinlarda bolalar egallagan bilimlarini amalda qo‘llaydilar. Barcha guruhlarda mashg‘ulotlarga qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o‘tkaziladi.

Ekskursiya bolalami tabiat bilan tanishtiruvchi mashg'ulotlar turidan biridir. Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini, mavsumiy o'zgarishlami tabiiy sharoitda kuzatishi, insonning hayot talablariga muvofiq tabiatni qanday o'zgartirayotganini va tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko‘rish mumkin.

Ekskursiya mashg‘ulotlaming afzalligi yana shundaki, unda bolalar o'simlik va hayvonlami ular yashaydigan muhitda ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ekskursiya bolalarga tabiatda mavjud bo'lgan o'zaro aloqalar haqida dastlabki dunyoqarash tasawurlarini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.

Tabiatning go'zalligi bolalarda chuqur hissiyotlar uyg'otadi, o‘chmas taassurot qoldiradi, estetik hissiyotlaming o'sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga muhabbat shakllantiriladi.

Mazmunga ko‘ra ekskursiyalami shartli tarzda ikki turga bo'linadi: tabiatshunoslik bog1, o'rmon, daryo, o'tloq va shu kabilarga, shuningdek, hayvonot bog‘i, botanika bog‘iga (bular turli mavsumda o‘tkaziladi) ekskursiyalar; qishloq xo'jalik obyektlari — dala, parrandachilik fabrikasi, bog‘, ekinzor va shu kabilarga kattalaming mehnati bilan tanishish maqsadida uyushtiriladigan ekskursiyalar.

Bolalami tabiat bilan tanishtirish uchun sayrlardan keng foydalaniladi. Sayrlar vaqtida tarbiyachi bolalar tasavvurining tajribalaridan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o‘tkaziladigan kuzatishdir. U predmet yoki hodisaga faol ta’sir etishni, ularni qo'yilgan vazifaga muvofiq o'zgartirishni nazarda tutadi. Bu o'zgartirishda bolalar faol ishtirok etadilar.

Og'zaki usullardan foydalanish bir qator vazifalami hal etadi. So‘z yordamida kuzatishlar va tabiatdagi mehnat jarayonida egallangan, bolalarga ma’lum bo'lgan tabiat hodisalari va hayvonlar hamda o‘simliklar hayotiga tegishli faktlar haqidagi bilimlar konkretlashadi, to'ldiriladi, aniqlanadi.

Og'zaki usullar yo‘li bilan bolalar yangi hodisalar va tabiat predmetlari

haqidagi bilimlarni egallaydilar. Bunday hollarda og'zaki usulni ko‘rgazmali metod bilan qo‘shish, rasmlardan, diafllm va kinofilmlardan foydalanish zarur.

Og'zaki usul tabiatda mavjud bo'lgan aloqa va bog‘liqliklarni chuqurroq tushunishga, anglashga yordam beradi.

Ko‘rsatmali usullar. O‘qitishning ko'rsatmali usullari bolalarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Atrof-muhitdagi narsa va hodisalar hamda ularning turli-tuman modellari (turli xildagi ko‘rsatma-qo‘llanmalar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. Bundan o‘qitishda keng foydalaniladi.





Download 93,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish