Logopedik ta’sir tamoyillari va metodlari
Reja:
1. Logopediyaning asosiy maqsadi
2. Tovushlarni talaffuz qilish usullari
Ma’lumki, logopediyaning asosiy maqsadi turli xil nutq faoliyati:
Og’zaki, vozma nutqdagi kamchiliklarni, mustaqil gapirish jarayonida,
o ‘yinIarda, o ‘qishda, jamiyat ishlarida va hokazolardagi talaffuz
nuqsonlarini bartaraf etish, to ‘g ‘rilash, yo‘qotishdir.
Logopedik ta ’sir o ‘tkazish mohiyat e'tibori bilan olganda maxsus
pedagogik sistemalar yordamida yangi ko‘nikmalarni tarbiyalash,
notog‘ri ko’nikmalami oldiniga bo‘g ‘ib, keyin yo‘qotib yuborishdan
iboratdir.
Logopedik ta’sirning asosiy vositasi - talaffuz kamchiliklarini
bartaraf etishning maxsus usullarini qo‘llash, y a’ni to ‘g ‘ri tuzilgan nutq
mashqlari kompleksi va artikulyatsion gimnastikadan foydalanishdir.
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish ishi 4 bosqichda
olib boriladi: 1) tayyorlov davri, 2) tovushlar talaffuzini y o ‘lga qo‘yish
(tovushlar postanovkasi), 3) tovushlarning oson, ya’ni o ‘z-o‘zidan
talaffuz etiladigan bo'lishiga erishish - avtomatizatsiyasi,
4)almashtiriladigan tovushlarni bir-biridan farq qilish, tovushlar
differensiyasi.Tayyorlov davri har doim o ‘tkazilishi shart emas. Ba’zi
hollarda birgina oddiy mashq bilan tovushning o ‘z-o‘zidan talaffuz
etiladigan bo‘lishiga erishish mumkin. Biroq ko‘p hollarda tovushni
qo‘yish uchun bir qator tayyorlov ishlarini o ‘tkazish zarur. Masalan til
tagidagi yuganchaning kalta boTishi tufayli bola “r” tovushini to ‘g‘ri
talaffuz etmasa, til uchini tepaga ko‘tara olmasa, yuganchani bir qator
artikulyatsion mashqlar yordamida o ‘z holiga keltirish,cho‘zish
mumkin.Tayyorlov bosqichida artikulyatsion apparatning
harakatchanligini yaxshilash, nafasni mashq qilish, taqlidchanlikni
rivojlantirish va keyingi bosqichlarda zarur bo‘ladigan boshqa
ko'nikmalarni tarbiyalash zarur.
Agar kishi talaffuzida kamchiliklar boTsa, eng avval noto‘g ‘ri
talaffuz etiladigan tovushni to ‘g ‘ri talaffuz etishga o ‘rgatish, ya’ni
tovush talaffuzini yo'lga qocyish, uning postanovkasi ustida ish olib
boriladi,
O‘rganilgan yangi tovushni bo‘g’in , socz, gaplarda, she’rlarda va
umuman nutq faoliyatida to ‘g‘ri qo‘llashga o crgatish - tovushning
avtomatizatsiyasidir.
Yangi o ‘rganilgan tovushni boshqa o’xshash tovushlardan ajrata
bilishga o'rgatish - differensiatsiya to ‘rtinchi bosqich sifatida
o'tkaziladi.
Tovushlarni turli xil usullar yordamida to’g ‘ri talaffuz qilishga
o'rgatish mumkin.
1. Taqlid usuli. Bunda logoped oynaga qarab kerak 1 i bo'lgan
tovush artikulatsiyasini aniq qilib koTsatadi, tovushni talaffuz etadi.
Logopat esa uning harakatlariga taqlid qilish yo'li bilan tovush
talaffuzini o ‘rganib boradi.
2. Ocxshash tovushni talaffuz ettirib turib, mexanik usuldan
ham foydalanish.
Logopat bola to'g^ri talaffuz qila oladigan o 4xshash tovushni nutq
apparati organlarining holatini tegishli asbob (shpatel, logopedik
zondlar) yordamida o ‘zgartiradi. Agar bolaga masalan, tck” tovushini
to‘g ‘ri talaffuz etishini o ‘rgatmoqchi bo‘lsak biz unga ta - ta - ta kabi
bo’g’inlarn i takrorlash vazifasini beramiz. Bunda til uchi pastki
tishlarga tegib turishi kerak. Bola shu bo‘g ‘inlami talaffuz etayotgan
vaqtda logoped shpatel yoki zond yordamida til uchini asta bosib, tilni
og‘iz ichkarirogliga itaradi. Bunda asta sekin ta - tya - kya - ka - ka
kabi tovushlar chiqadi. Shuningdek “d” tovushining talaffuzidan
foydalanib “g” tovushini, “s” tovushidan foydalanib “x” tovushi
talaffuzini yo‘lga qo'yish mumkin.
3. Aralash usul. Bu usul taqlid mexanik usulni va tushuntirish
ishlarini o ‘z ichiga oladi. Masalan, “s” tovush talaffuzi
oTgatilayotganda logoped til, tish, lablar qanday holatda bo'lishi
kerakligini bolaga tushuntiradi. Bola bunga tushunsa ham, lekin
ixtiyoriy harakat malakasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli tilni kerakli
holatga keltira olmaydi, “tili kelishmaydi” . Bunda biz shpatel bilan
yordam beramiz.
Tovushlar avtomatizatsiyasini o ‘tkazishda dastlabki bosqichlarda
sodda yopiq bo4g in lar, socng ochiq, keyin esa murakkabroq brg‘in
bo‘lishi mumkin. Lekin bolaning yoshiga, talaffuzidagi kamchiligining
harakteriga qarab, mashq muddati har xil bo‘lishi mumkin,
Logopedik mashg‘ulotlar bir haftada kamida uch marta
o'tkazilishi kerak.Logopedik mashg‘ulotlar uchun material tanlashda
oddiydan murakkabga o ‘tish prinsipiga asoslanish zarur. Bunda logoped
fonetik talablarni doimo hisobga olib borishi kerak. Eng oldin talaffuz
fonetik jihatdan oson tovush o ‘rganiladi. Differensiatsiya bosqichida
eng avval artikulatsiya jihatidan bir-biridan uzoq tovushlar, so‘ngra
yaqin, o ‘xshash tovushlar ustida ish olib boriladi.
Tovushlar avtomatizatsiyasi o ‘tkazishda dastlabki bosqichlarda
sodda yopiq bo‘g ‘inlar, so‘ng ochiq, keyin esa murakkabroq bo‘g ‘inlar
beriladi. Ularning talaffuzi o'zlashtirilgandan so'ng sodda so'zlar,
gaplar talaffuziga ochiladi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |