Mavzu:Bolalarni parvarish qilish vazifasi tibbiyot hodimlarini o`rni.
Reja:
1.Bolalarni parvarish qilish .
2.Ona bolani parvarish qilishi.
3.Chaqaloq parvarishi asoslari va zaruriy muamolari .
Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan esa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish alohida o‘rin egallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi.
Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi.
Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday ekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.
Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya etiladi.
Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim.
Go‘dakning “jajji dorixona”sida nimalar bo‘lishi zarur?
Bular quyidagilar:
Asetomenofen (og‘riq qoldiruvchi suyuq dori). Bolalar uchun u paratsetamol bilan birga (isitma tushirish uchun) dorixonadan olinadi. Asosiy nomlari: Taylenol, Panadol;
Oq oddiy leykoplastr;
Spirtli paxta tamponlari;
Antibiotikli maz;
Dezinfeksiyalovchi suyuqlik (aptekalarda turli xili mavjud: Betadine, Hibiclens);
Steril leykoplastr;
Paxtali cho‘plar;
Steril bint;
Vodorod peroksidi;
Muz solingan paketchalar (doim muzlatgichda tursin, bola lat yeganda shikastlangan joyga qo‘yish uchun tayyor bo‘lib turadi);
Ipekakuana siropi (qustiradigan suyuqlik bo‘lib, bola tasodifan zaharlanganda vrach bilan maslahat qilgan holda qayt qildirish uchun qo‘llaniladi);
Pipetka, o‘lchov qoshiqcha (dori berishda o‘lchash uchun);
Burun tozalash uchun namokob suv (dorixonalarda mavjud – Sodium Hloride);
Uchi o‘tkir bo‘lmagan kichik qaychi (tirnoq olish uchun);
Kichik plastrlar;
Termometr;
Pinsset;
Glitserin svechalar (bola qornida gaz yig‘ilib, ichi qotganda foydalaniladi);
Bolalarni cho‘miltirish uchun giyohlar (masalan badanida issiqlik toshmalari bo‘lganida ittikanak – chereda bilan cho‘miltirish foyda beradi.)
Regidron (ich buzilishida qo‘llaniladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |