4. Ontologik qonun va kategoriyalarning falsafiy tahlili



Download 26,57 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2021
Hajmi26,57 Kb.
#70471
  1   2
Bog'liq
семинар ишланма[2]


4.Ontologik qonun va kategoriyalarning

falsafiy tahlili

Reja:


1.Borliq tushunchasining tahlili.

2. Borliq shakllari va darajalari.

3.Falsafada substansiya va materiya tushunchalari.

4.Harakat - materiyaning yashash sharti.

5. Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari.

Adabiyotlar: A3;A4;A5;A8;A7; Q1;Q15;Q16;Q23.;Q12; Q28. ; Q17.

1. Borliqqa munosabat masalasida panteizm, gilozoizim kabi yondoshuvlar mavjud. Ularni xarakterlang hamda dualizm, monizm va plyuralizmdan farqini kо‘rsating.

2. Xudo tushunchasi ruh tushunchasidan kelib chiqgan, shundan keyin ruh Xudoning irodasi sifatida qabul qilina boshlandi. Insonning ruhi va Xudo genetik tarzda bir-biri bilan bog‘liq deb e’tirof qilish mumkinmi?

3. Siz hozirgi davr san’at asarlarida ( kino teatr, musiqa, rassomchilik) idealistik falsafa g‘oyalari bilan bog‘liq holatlarni aniqlay olasizmi?

4. Materialistik nuqtai nazardan ruh haqidagi diniy tasavvurlarni qanday baholash mumkin?

5. Materializmni inkor qilish mumkinmi? Agar mumkin bо‘lsa asoslang ( bu masalada Leybnits, Berkli ta’limoti va energetizm ta’limotini о‘rganing)

6. Materialistik nuqtai nazardan inson barhayotligini ta’kidlash individning barhayotligini ta’qidlash bilan barobar. Biroq adabiyotlarda insoniyatning barhayotligiga ishonish lozim degan fikr shakllangan, zero uning yо‘qolishi haqidagi g‘oya pessimistikdir va u odamlarni kelajakka ishonchi va umidini sо‘ndiradi. Qaysi fikrga qо‘shilasiz? Biz hammamiz о‘lim haqligini bilamiz, lekin bu bilan о‘z hayotimizga nisbatan pessimistik ruh shakllanmaydiku?

7. Ehtimol ontologik boshqa dunyoda inson ongi va aqlidan keskin farq qiluvchi qandydir g‘ayri nogeotsentrik tizimlar mavjuddir. Biroq bunday dunyolarda murakkab dissipativ tizimlarni tashkil qilish uchun, antientrop jarayonlarda amal qilinadigan qonunlarga bо‘ysunish lozim. Balki materiyaning о‘z-о‘zidan tashkillashuvi u yerda boshqacha kechar, va u yerning aql egalari о‘zlariga mos antrop tamoyillarga rioya qilishar? Hozirgi zamon fani bu savollarga javob ber olmayapti. Bu masalaga oid sizning fikringiz qanday?

8. Qadimgi davrda Eleylik Zenon harakatning yо‘qligini isbotlovchi aporiyalarni ilgari suradi. Ulardan biri “Yoy” haqidagi aporiya bо‘lib, unda uchayotgan yoy о‘zining uchishi jarayonida makonda muayyan joyga ega bо‘ladi, boshqacha aytganda shu joyda tinchlanadi, demak shu davrda u hamma vaqt tinch holda bо‘ladi, ya’ni harakatlanmaydi! Harakatning yuqorida keltirilgan ziddiyatli xarakterini hisobga olib, Zenon taklif etayotgan ziddiyatga aniqlik kiriting.

9. Borliq va yо‘qlik dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bо‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yо‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bо‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yо‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan narsalar) о‘zligini yо‘qotgan holda «yо‘qlik» atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yо‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Bu tо‘g‘ri fikrmi yoki notо‘g‘ri? asoslang.




Download 26,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish