Dunyo manzarasida borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliqni har qanday voqelik EGA bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin



Download 26,27 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi26,27 Kb.
#348182
Bog'liq
Jumayev Shavkat 201-Gurux Talabasi


Dunyo manzarasida borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliqni har qanday voqelik ega bo‘ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.

Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Shu ma’noda bo‘shliq materiyaning alohida holati hisoblanadi. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q.

Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. Shu ma’noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.

Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning obyektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obyektning nusxasi, ideal obraz bo‘lib qoladi.

Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni uning butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Borliq – olamdagi barcha moddiy va ideal, obyektiv va subyektiv tarzdagi mavjud narsa va hodisalarni ifodalovchi falsafiy kategoriyadir. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, shakllari, xususiyatlari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.

Borliq kategoriyasining falsafiy mohiyati quyidagi jihatlari bilan tavsiflanadi:

1.Borliqning doimiy va abadiy mavjudligi, undagi narsalar va hodisalar esa o‘tkinchiligi;

2. Borliqning yagonaligi, birligi, bir butunligidir;

3. Borliqning doimiy o‘zgarish va rivojlanishdaligi;

4. Borliq moddiylik va ma’naviylikning birligidir.

Borliq yagona bir butunlik sifatida o‘zining mavjudlik shakllariga ko‘ra xilma-xildir. Hozirgi falsafiy adabiyotlarda borliq shakllarini bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan quyidagi sohalarga ajratilgan:

1.Insondan, uning ongidan tashqarida obyektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan buyumlar, hodisalar, jarayonlardan iborat real moddiy borliq;

2.Inson, uning ruhiyati va ongi bilan bog‘liq subyektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan his-tuyg‘ular, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, bilimlar tarzidagi ideal ma’naviy borliq.

Shu bilan birga, ularning har biri o‘z navbatida yana bir qancha shakllarga bo‘linadi. Moddiy borliqning quyidagi konkret shakllarini ajratish mumkin: tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ijtimoiy borliq yoki jamiyat moddiy borlig‘i. Ma’naviy borliq esa inson ongi bilan bog‘liq barcha ma’naviy hodisalar: his-tuyg‘ular, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma’naviy hayotidir. Shu jihatdan ma’naviy borliqning quyidagi ikki ko‘rinishi farq qilinadi: 1.Individuallashgan ma’naviy borliq; 2. Obyektivlashgan ma’naviy borliq.

Ma’naviylikning bu ikki ko‘rinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Individuallashgan ma’naviy borliqning tashuvchisi – bu individ ongi va ruhiyatidir. Konkret kishining his-tuyg‘ulari, ichki ruhiy kechinmalari, orzu-istaklari, xotirasi, taassurotlari, fikrlari, hayollari, qarashlari, g‘oyalari, individual ongosti va ongsizlik jarayonlari – bular barchasi individuallashgan ma’naviy borliqning elementlaridir. Ularni asosan psixologiya fani o‘rganadi va bu xususda hali o‘rganilmagan mavzular talaygina.

Obyektivlashgan ma’naviy borliq – bu individ ongida paydo bo‘lgan g‘oyalar, qarashlar, fikrlar undan tashqariga chiqib obyektivlashuvi, reallashuvi, moddiylashuvidir, ya’ni ular individual ongdan tashqarida, obyektiv tarzda mavjud bo‘ladi. Obyektivlashgan ma’naviylik tabiiy va sun’iy tillar materiallarida, ijtimoiy ong va uning shakllarida, masalan, muayyan ilmiy, adabiyot va san’at asarlarida, madaniyat obidalarida ifodalangan g‘oyalar, qarashlar, nazariya va ta’limot shakllarida tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, takomillashib boradi va asrlar osha insoniyatga xizmat qilib, saqlanib turadi. Obyektivlashgan ma’naviylikning yaqqol ifodasi – bu til(nutq)dir, chunki til – reallashgan ongdir. Tilda ong mahsuli – fikr moddiylashadi. Insoniyat yaratgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklari, kitoblar, formulalar, loyihalar, modellar, ranglar, kuylar, notalar, raqslar – barcha-barchasi ma’naviylikning obyektivlashgan ko‘rinishidir.

Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. YA’ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.

1) tabiat borlig‘i. U mufassallashtiriladi va o‘z navbatida ,birlamchi tabiat borlig‘i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i)ga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari dir.

Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi.

Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat.

Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda obyektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini topgan. Ikkinchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, lo‘nda qilib aytganda, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir;

2) inson borlig‘i. Bunda tahlilga qulaylik yaratish uchun insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi.

Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi va barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta’minlash zarur.
Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi;

3) ma’naviy borliq. U individuallashgan ma’naviy borliq va obyektiv (noindividual) ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra (darvoqe, u birdan-bir yondashuv emas), ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyoning borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.

Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya’ni o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab yetishi, ya’ni o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos markazidir.

Individual ong o‘zining o‘limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo‘ljallari, maqsadlari, g‘oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda erkin harakatlanadi;

4) ijtimoiy borliq. U ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning o‘z borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. Shunday qilib, u boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.

Inson taraqqiyotining ilk bosqichlarida, odam tabiatdan endigina ajralib chiqqan kezlarda juda nochor hayot kechirgan, u tabiat kuchlariga qaram bo‘lgan, tabiatning tayyor mahsulotlarini iste’mol qilib kun kechirgan. Keyinchalik mehnat tufayli, mehnat qurollari yasash, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish asosida kishilik jamiyati paydo bo‘ladi va rivojlanadi.



Farobiyning fikricha, «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashadilar va natijada inson jamoasi vujudga keldi Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko‘ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo‘lsa-da, ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda quyida so‘z yuritiladi.
Download 26,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish