Ertasiga mashinada idoraga keldik (O.Husanov. Taqilmagan uzuk).
우리 병원 차로 편안하게 오파리에 갈 수 있을 겁니다. (“별이 된 도깨비 누나”, 김정환, 146 bet)
Biz kasalxona mashinasida Opariga borishimiz mumkin.
Berilgan jumlalarda Ertasiga so‘zi mustaqil semantik funksiyada kelib, ish harakatning bajarilish vaqtini aniqlamoqda. Mashina va koreys tilidagi misolda 차 (mashina) so‘zlari esa vosita ma’nosini ifodalovchi sintaktik funksiyani bajarishi uchun –da va -로 (-da) affiksi ko‘magiga muhtojdir. Idora va 오파리 (atoqli ot) so‘zlari ish harakati qaratilgan makon (ob’yekt) sintaktik funksiyasini bajarish uchun –ga va -에 (-ga) affikslariga qaramdir. Ma’no jihatdan esa, albatta, -da, -ga yoki -로, -에 qo‘shimchalarini mashina, idora, 차, 오파리 so‘zlari bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘zning ma’nosi masalasi va grammatik mazmuni bilan, asosan, leksikologiya, morfologiya shug‘ullansa, uning funksiyasi muammosini sintaksis tekshiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, til belgilari nutq oqimiga kiritilgach, biror bir sintaktik yoki semantik vazifada kelishi shart. Ularning o‘zaro munosabati doirasida esa qaysidir bir belgi funksional faollik darajasiga ko‘tarilib, bir yo‘la ikki-uch semantik, sintaktik yoki grammatik vazifani bajarsa, ayrimlari yolg‘iz bir funksiyada qo‘llaniladi 1 . Boshqacha aytganda, til belgilariga til nuqtai nazaridan qaraganimizda biz ularda umumiylik, noaniqlik, nofaollik sifatlarini ko‘ramiz, nutq nuqtai nazaridan qaraganimizda esa, har birining aniqlik va faollik darajasiga ko‘tarilib, konkret maqsad ifodasi uchun ishlatilganligini kuzatamiz2. Til bilan nutqning bir-biri bilan qarama-qarshi tomonlari mavjud bo‘lsa-da, ular biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Hatto jonli nutqqa (tovush ishtirokidagi nutqqa) ega bo‘lmagan kishilarda ham u imo-ishora orqali ifoda
1 Qarang: Арутюнова Н.Д. Предложение и его смысл. –М., 1967.-С.329.
2 Qarang: Шутова Е.И. Вопросы теории синтаксиса. –М., 1984. -С. 35.
qilinadi. So‘z muammosi paradigmatika tushunchasi nuqtai nazaridan morfologiyada o‘rganilsa, sintagmatika nuqtai nazaridan sintaksisda o‘rganilmog‘i lozim. Bunga ayniqsa koreys va o‘zbek tillarida ko‘proq zarurat seziladi. Chunki koreys va o‘zbek tillarida sintaktik qurilmalar shakli so‘z shakllarining yasalishi va tuzilishida qatnashuvchi elementlarning ketma-ket joylashishi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Hind-evropa tillarida esa aksincha, so‘z shakllarining yasalishi va tuzilishida ishtirok etuvchi elementlar ketma-ketligi sintaktik qurilmalar doirasidagina o‘z ifodasini topadi1.
O‘zbek hamda koreys tillar sintaksisi bir so‘z bilan ikkinchisining munosabatini vujudga keltiruvchi bog‘lovchi vazifasidagi maxsus morfologik elementlari bilan ham Hind-evropa tillari sintaksisidan keskin farq qiladi. Koreys va o‘zbek tillarida ko‘p hollarda so‘zlarning sintaktik munosabati yordamchi morfologik elementlar ko‘magisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rnatiladi. Shuning uchun so‘zlarning sintaktik yoki semantik vazni ham turli omillarga ko‘ra belgilanadi. Masalan, fe’l oldidan qo‘llanilgan so‘z alohida ahamiyat kasb etadi va mazmuni salmog‘i bilan boshqa so‘zlardan ajralib turadi.
Bizningcha, koreys va o‘zbek tillarida ana shu fe’l oldidan qo‘llanilayotgan so‘z aksariyat hollarda mantiqiy urg‘u oladi va gapning aktual bo‘laklaridan biri rema vazifasida keladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |