Temur Malik otga qamchi bosdi (Mirmuhsin. Temur Malik).
아버지는 맛있다며 밥 한 그릇을 다 비우셨습니다. (박인식, tv동화 행복한 세상, 164 bet)
Otam bamaza deb bir kosa ovqatni bo’shatdilar.
Berilgan jumlaning aktual bo‘laklarga bo‘linishiga e’tibor beraylik. Bu o‘rinda, agar kimning otga qamchi bosganligi nazarda tutilayotgan bo‘lsa, Temur Malik so‘zi jumlaning yadrosi hisoblanadi va otga so‘zi jumlaning asosi sanaladi. Temur Malikning nimaga qamchi urganligini aniqlash kommunikativ muhit tomonidan talab qilinganda esa otga so‘zi jumlaning yadrosi, Temur Malik so‘zi-asosi vazifasini bajaradi. Bord-yu Temur Malikning nima qilganligi xabar markazini tashkil etgan bo‘lsa, u holda qamchi bosdi so‘zi yadro, Temur Malik esa asos funksiyasida keladi.
Koreys tilidagi misolni tahlil qiladigan bo’lsak, kim ovqatni yeganligiga mantitqiy ur’gu berilayotgan bo’lsa 아버지는 (otam) so’zi gapning yadrosi 밥 (ovqat) so’zi esa gapning asosi sanaladi. Otamning (아버지는) nimani yeganligi nazarda tutilayotgan bo’lsa, u holda 밥 (ovqat) so’zi jumlaning yadrosi, 아버지는 (otam) so’zi esa asosi vazifasini bajaradi. Agar otamning nima qilganligi gapning markazida bo’lsa, unda 비우셨습니다 (bo‘shatdilar) so’zi yadro, 아버지는 (otam) so’zi esa asos vazifasida keladi.
Ko‘rinadiki, Vilen Matezius tomonidan ilmiy asoslangan gapning aktual bo‘laklari nazariyasi asosan ikki termin – jumlaning asosi va jumlaning yadrosi orqali ish ko‘radi. V.Mtezius o‘zining dastlabki tadqiqotlarida jumlaning asosi termini o‘rniga “tema” terminidan ham foydalangan. Lekin hozirgi tilshunoslikda “asos” o‘rnida “tema”, “yadro” o‘rnida esa “rema” terminlari keng qo‘llanilmoqda. Bunda tema xabarning so‘zlovchiga ham, tinglovchiga ham avvaldan, hech bo‘lmaganda, nutq jarayonida ma’lum bo‘lgan qismini, rema esa xabarning markazini tashkil etishi nazarda tutiladi.
Gapning aktual bo‘laklari nazariyasi V.Matezius ta’limoti asosida rus tilshunosligida ham mukammal talqin etildi. Bunda olimlardan K.Krushelnitskaya, I.Raspopov, V.Gak kabilarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Rus tilshunosligida esa gapning aktual bo‘lagi tahlilida qo‘llanilgan terminlar “данное” va “новое” kabi yangi terminlar bilan almashtirildi1. Biroq hozirgi paytda “tema” va “rema” terminlari ko‘proq qo‘llanilmoqda.
So‘ngi yillarda bu sohada rus tilshunosi N.Slusareva ko‘proq tadqiqot ishlari olib bormoqda. Ingliz tilshunosligida esa M.Hellidening ilmiy kuzatishlari diqqatga sazovordir2.
Gapning aktual bo‘laklarini belgilashda jumla tarkibida qo‘llanilayotgan ayrim so‘zlar ham ahamiyat kasb etadi. Bunday so‘zlar, xususan, remani belgilashda alaohida o‘rin tutadi. Masalan:
Bu yigit Hafizadan ikki-uch yil avval maktabni tamomlagan (Mirmuhsin.
Umid).
Do'stlaringiz bilan baham: |