Mundarija kirish 3 1-bob. Valyuta munosabatlari va kurs siyosatining nazariy asoslari 5


-BOB. VALYUTA KURSIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TAHLILI



Download 1,26 Mb.
bet6/18
Sana23.02.2023
Hajmi1,26 Mb.
#914095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Куср иши -валюта курси Дилмурод

2-BOB. VALYUTA KURSIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR TAHLILI




2.1 Milliy valyuta – so’mning almashuv kursi dinamikasi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlili


So’mning nominal almashuv kursi Respublika valyuta birjasidagi xorijiy valyutalarga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin valyuta savdosi asosida aniqlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 22 iyundagi №263 sonli “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi va 2001 yil 10 iyuldagi №294 “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi qarorlariga asosan, respublikamiz ichki valyuta bozoridagi barcha operatsiyalar talab va taklif asosida aniqlanadigan valyuta kursi bo’yicha amalga oshirilishi belgilandi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, respublikamiz valyuta birjasining asosiy ijobiy yutuqlaridan biri bu 2008 yildan boshlab Evroni Respublika valyuta birjasida oldi-sotdi ob’ektiga aylantirilganligidir. 2008 yilga qadar Respublika valyuta birjasida faqat bitta valyuta – AQSh dollari oldi-sotdi qilinar edi.
Valyuta kursi – bu xorijiy valyuta bahosining milliy valyuta birliklarida ifodalangan narxidir.12 Respublikamizda valyuta kursi xorijiy valyutasiga berilayotgan milliy valyuta miqdori bilan belgilanadi.
Valyuta kursi – xalqaro savdo, kredit va kapital xarakatlarida; milliy va jahon bozorlari narxlarini taqqoslashda; banklar va firmalarni valyutadagi xisob varaqlarini qayta baholaganda ishlatiladi. Valyuta kursi shakllanishiga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi, bular:
– Mamlakat iqtisodiyotidagi inflyatsiya darajasi. Mamlakatdagi inflyatsiya darajasi (boshqa omillar o’zgarmas bo’lganda) qanchalik yuqori bo’lsa milliy valyuta qadri shunchalik past bo’ladi, va aksincha, inflyatsiya naqadar kamayib borsa milliy valyuta qadri shu qadar oshib boradi;
– To’lov balansi holati. Ijobiy qoldiqga ega to’lov balansi milliy valyuta kursining oshishiga zamin yaratsa, uning passiv bo’lishi aksincha valyuta kursi tushishiga olib keladi;
– Foiz darajalari o’rtasidagi farq. Buning ta’siri ikkita hol bilan izohlanadi: birinchidan, mamlakatdagi foiz darajalarining o’sishi shu davlatga qisqa muddatli kapitallar xarakatini yuzaga keltirishi mumkin; ikkinchidan, foiz darajalari to’g’ridan – to’g’ri valyuta bozorlariga va ssuda kapitallari bozoriga ta’sir ko’rsatadi.
– Valyuta bozorlari faoliyati va chayqovchilik bilan bog’liq valyuta operatsiyalari. Agarda, biror – bir valyuta kursi tusha boshlasa, u holda banklar va boshqa korxona – firmalar ushbu valyutadagi aktivlarini tezroq sotishga va o’zlarining ushbu valyutadagi pozitsiyalarini yopishga xarakat qilishadi. Bu xarakat, o’zi shundoq ham kursi pasayotgan valyutani ahvolini yanada yomonlashuviga olib kelishi mumkin;
– Milliy valyutaga jahon va milliy bozorlarda ishonch darajasini o’zgarishi. U davlatning iqtisodiy va siyosiy holati bilan aniqlanadi. Chunki, valyuta dilerlari biror – bir valyuta bilan operatsiya qilishdan oldin ushbu valyuta mamlakatining kelgusidagi o’zgarishlari dinamikasini hisobga olgan holda xulosa qiladi va keyingina operatsiyani amalga oshiradi;
– Mamlakatda yuritiladigan valyuta siyosati ham bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Milliy valyuta kursining shakllanishi ko’p omilli jarayon hisoblangani bois, unga ta’sir qiluvchi monetar omillar xususida so’z yuritamiz.
Milliy valyutaning almashuv kursiga ta’sir qiluvchi muhim monetar omillardan biri inflyatsiya hisoblanadi. Inflyatsiya darajasining oshishi ayniqsa, talab inflyatsiyasining kuchayishi tovarlar va xizmatlar baholarining o’sishiga olib keladi. Buning natijasida milliy valyutaning tovarlar va xizmatlarga nisbatan qadrsizlanishi yuz beradi. Inflyatsiyaning milliy valyutaning almashuv kursiga ta’sirining ikkinchi jihati to’lov balansi bilan bog’liq bo’lib, inflyatsiyaning kuchayishi natijasida tovarlarning bahosi oshib, ularni eksport qilish qiyinlashadi. Natijada eksport tushumi kamayadi va milliy valyuta almashuv kursining pasayish xavfi yuzaga keladi.
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining o’zgarishi muomaladagi pul massasining o’zgarishiga olib keladi. Bu esa, muomaladagi pul massasining asosiy qismini tijorat banklarining kredit emissiyasi natijasida yuzaga kelishi bilan izohlanadi.
Milliy valyutaning almashuv kursiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan yana biri mamlakat tashqi qarzining darajasi hisoblanadi. Tashqi qarzning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshishi to’lov balansi holatining yomonlashishiga olib keladi. Chunki bunda xorijiy valyutalar taklifining kamayishi yuz beradi.
5–jadval ma’lumotlari ko’rsatishicha, inflyatsiya darajasining so’nggi yillarda barqarorlashtirishga muvaffaq bo’linganligi so’mning almashuv kursiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining xulosasiga ko’ra, inflyatsiyaning yillik darajasi 10 foizdan oshmasa, u makroiqtisodiy o’sish sur’atlariga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash, hamda majburiy zaxira stavkalarining tahlil qilingan davr mobaynida pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganligi so’mdagi pul massasining oshishiga va so’mning devalvatsiyasi uchun sharoitni yuzaga kelishiga olib keladi.
2018-yildan boshlab so‘mning real almashuv kursi asosiy savdo hamkorlari valyutalariga nisbatan o‘rtacha 31,5 foizga mustahkamlandi. Ushbu holat tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikning pasayishiga hamda ko‘pincha savdo balansining manfiy saldosi oshishiga olib keladi, deyiladi Moliya vazirligi hisobotida. Rubl kursi so‘mning real kursiga nisbatan qadrsizlanishi natijasida Rossiya bilan savdoning manfiy saldosi 2,4 barobarga oshib, 3,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Moliya vazirligi O‘zbekistonning 2021 yildagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, jumladan, so‘mning real va nominal almashuv kursiga oid sharhini e’lon qildi.
Nominal almashuv kursi — davlat valyutasining boshqa valyutadagi qiymati yoki valyutani ayirboshlash mumkin bo‘lgan joriy kurs. Real samarali almashuv kursi (REER) — asosiy savdo-hamkor mamlakatlar valyutalariga nisbatan nominal almashuv kurslarini ham, tegishli mamlakatlardagi narxlar darajasining nisbatini ham hisobga oluvchi indeksdir.
So‘mning real almashuv kursi
2018−2021 yillarda so‘mning real samarali almashuv kursi asosiy savdo-hamkorlar valyutalariga nisbatan (2018 yil yanvarga nisbatan) o‘rtacha 31,5 foizga mustahkamlandi. Bu, o‘z navbatida, milliy ishlab chiqaruvchilarning asosiy savdo hamkor davlatlar ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Xususan, 2018−2021 yillarda so‘mning real almashuv kursi (2018 yil yanvarga nisbatan) Rossiya rubliga nisbatan 25,9 foizga mustahkamlandi. Natijada Rossiya bilan savdo balansining manfiy saldosi 2,4 martaga oshib, 1,4 mlrd dollardan 3,4 mlrd dollargacha yetdi. Shuningdek, deyarli barcha tovar va xizmat guruhlarida import hajmi ko‘payib borgan bo‘lsa, eksportda to‘qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarining o‘sish tendensiyasi kuzatilib, boshqa turdagi mahsulotlar bo‘yicha pasayish kuzatilgan. Shu bilan birga, savdo balansining manfiy saldosi yuzaga kelishiga energotashuvchilar eksportining keskin tushishi ham sabab bo‘lgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari importi 2018 yilga nisbatan qariyb ikki baravar oshdi, bu ko‘rsatkich oziq-ovqat eksportidan qariyb 2 barobar ko‘pdir.13



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish