Mundarija kirish 3 1-bob. Valyuta munosabatlari va kurs siyosatining nazariy asoslari 5


Valyuta operatsiyalarida almashuv kursi turlari



Download 1,26 Mb.
bet3/18
Sana23.02.2023
Hajmi1,26 Mb.
#914095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Куср иши -валюта курси Дилмурод

1.2. Valyuta operatsiyalarida almashuv kursi turlari


Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyoti sharoitida halqaro valyuta munosabatlari bozor va davlat tomonidan tartibga solinadi. Valyuta bozorida valyutalarning talab va taklifi hamda ular kurslarining nisbati shakllanadi. Valyuta bozorida bu qonunlarning raqobat sharoitidadi ta’siri valyutalarning nisbiy tengligining halqaro moliya oqimlarining tovarlar, xizmatlar, kapital va kreditlar xarakati bilan bog’liq bo’lgan jahon xo’jaligi extiyojlariga mos kelishini ta’minlaydi.


Valyuta kursi - bu valyuta bozoridagi chet el valyutasiga ega bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqadi.
Valyuta kursi - bu bir mamlakatning pul birligini oldi-sotdi bitimida qatnashishida boshqa bir mamlakat pul birligida namoyon bo’lishini ko’rsatuvchi qiymat hisoblanadi. Bu baho (qiymat) erkin bozor sharoitida ma’lum bir valyutaga bo’lgan talab va taklifning nisbatidan kelib chiqib o’rnatiladi. Yoki hukumatning, ya’ni davlat banki hisoblanmish Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi. Biroq, odatda valyutalarni qiymatini etakchi boshqarayotgan moliya-kredit organlarining o’zaro ta’siri natijasi erkin bozorda kurslarni ko’tarilishi yoki tushib ketishidan qochishga intilishda aniqlanadi. Kurslarning bunday tashkil topish shaklini ba’zi vaqtlarda «qora suzish» deb nomlashadi. Bunday nomlanishga sabab, agar etakchi boshqaruvchi moliya-kredit institutlari kurslarning keskin tebranishini oldini olmasalar, ular o’zlarining majburiyatlarini bajara olmaslik xavfiga ega bo’lar edi. Aynan shuning uchun ularga belgilangan tarzdagi vakolat berilgan.
O’zaro taqqoslash natijasi bo’lganligi sababli, mana shu talab va taklifga ta’sir etuvchi omillar valyuta kursining holatini belgilaydi.
Joriy operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyani joriy etilishi natijasida to’lov balansi defitsiti miqdorining o’sishini oldini olish uchun milliy valyutaning real almashuv kursini barqaror tarzda ushlab turish talab etiladi.
1-jadval
Valyuta kurslari tasnifi8

Tasnif belgilari

Valyuta kursi turlari

Qisqacha tavsifi

Muddat nuqtai-nazaridan

Spot kurs

Kelishuvga erishilgan paytdan boshlab, ikki kundan ortiq bo’lmagan vaqt mobaynida valyutalar ayirboshlanadigan kurs

Forvard kurs

Kelishuvga erishilgach, uch kundan ortiq muddatda valyutalar ayirboshlanadigan kurs

Iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini baholash va iqtisodiy dasturlashda foydalanilishiga ko’ra

Nominal valyuta kursi

Milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligidagi bahosi talab va taklif asosida aniqlangan kurs
En = Cf / Cd ,
Bu erda:
En-nominal valyuta kursi;
Cf - xorijiy valyuta;
Cd - milliy valyuta

Real valyuta kursi

Valyutalari kotirovka qilinayotgan ikki mamlakatdagi baholar o’zgarishini hisobga olib, qayta hisoblangan nominal valyuta kursi
Er = En x (Pf/Pd),
Bu erda: Er- real valyuta
kursi,
Pf-xorijiy mamlakatdagi baholar indeksi;
Pd – Ichki baholar indeksi.

Valyuta kurslari o’zgarishining erkinlik darajasiga ko’ra

Qat’iy belgilangan valyuta kursi

Milliy valyutalar o’rtasidagi rasman o’rnatilgan nisbatning vaqtinchalik 2,25 foizdan oshmagan miqdorda tebranishiga ruxsat beriladi

Chegaralangan egiluvchan valyuta kursi

Milliy valyutalar o’rtasidagi rasman o’rnatilgan nisbatning belgilangan qoidaga muvofiq katta bo’lmagan miqdorda tebranishiga ruxsat beriladi

Suzuvchi valyuta kursi

Talab va taklif ta’sirida erkin o’zgaradigan almashuv kursi bo’lib, ma’lum sharoitlarda davlat valyuta interventsiyasi orqali unga ta’sir o’tkazishi mumkin

Xarid quvvati paritetiga nisbatan

Yuqori baholangan kurs

Paritetdan yuqori o’rnatilgan rasmiy kurs

Past baholangan kurs

Paritetdan past o’rnatilgan rasmiy kurs

Paritet kursi

Ikki mamlakatning bir turdagi tovar va xizmatlarining ular milliy valyutalaridagi qiymatlari nisbati ko’rinishida aniqlanadigan kurs

Real almashuv kursi nominal valyuta kursidan farqli ravishda, valyutalari kotirovka qilinayotgan ikki mamlakatdagi baholar o’zgarishini ham hisobga oladi (1-jadvalga qarang).


Valyuta kursi siyosatini tanlash faqat belgilangan va erkin suzuvchi kurslar o’rtasida oddiy tanlash emas, balki turli egiluvchanlik darajasiga ega bo’lgan ehtimoliy variantlar diapazoni, deb qarash to’g’riroq bo’ladi.
Valyuta kursining turli rejimlaridan foydalanish tajribasi shuni ko’rsatadiki, agar tanlab olingan strategiya real shakllanayotgan iqtisodiy ahvolga javob bermasa, unda u iqtisodiy qiyinchiliklarni yanada murakkablashtiradi. Masalan, iqtisodiyoti nisbatan yopiq mamlakatlar katta davlat byudjeti defitsitiga ega bo’lsalar, u holda ularning belgilangan valyuta kursini qo’llab-quvvatlash strategiyasi noreal bo’ladi, chunki, u qisqa vaqt ichida mamlakatdan xorijiy valyuta zaxiralarini yirik miqdorda chiqib ketishiga olib keladi.
Valyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: “spot” kurs, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, “autrayt” kursi, “Spot” kurs – bu, naqdli (kassa) shartnomasining kursidir. U “spot” shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat.
“Spot” kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo’lishi mumkin. Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani amalga oshirish paytiga sotib olish qobiliyatini ko’rsatadi.
Ba’zi davlatlar valyutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga qaramasdan valyuta nazorati sharoitida oddiy tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda, asosan tovar hamda xizmatlar importida valyuta va “spot” kurslari bir xilda qo’llanilishi mumkin.
Forvardli kurs – bu, muddatli valyuta shartnomalari kursidir. U kelgusida ma’lum bir sanaga valyutani etkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bahosidan iboratdir. Bunda muddatli valyuta operatsiyasining kursi uning ijrosi ma’lum bir muddat o’tganidan so’ng amalga oshsa ham shartnoma tuzilish paytida qayd etiladi.
Amaliyotda forvard kursi “spot” kursiga yaqin bo’lsada, spot kursdan u mukofot yoki diskontning miqdoriga farq qiladi. Masalan, forvard kursi valyutalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalarini, foiz stavkalaridagi farqlarni hisobga olishi lozim. Bu omillar forvard kursini “spot” kursidan jiddiy og’ishiga olib kelishi mumkin.
“Autrayt” kursi – bu, mukofot va diskont usuli yordamida aniqlanadigan muddatli shartnoma kursidir.
Kross-kurs – bu, ikki valyuta o’rtasidagi kursni uchinchi valyuta orqali aniqlash usuli yordamida topilgan kursdir. Yuqorida zikr etilgan barcha kurs turlari bo’yicha masala ushbu darslikning 5-mavzusida batafsil ko’riladi.
Valyuta kurslarida sotuvchi va sotib oluvchi kurslari kotirovka usullariga qarab belgilanadi. Masalan, 1 AQSh dollari 100,75 yoki 100,85 Yapon yenasi kotirovkasini olsak, Yaponiyada bu to’g’ri kotirovkadir va 100,75 sotib oluvchi kursi, 100,85 esa sotuvchi kursi bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, to’g’ri kotirovkada banklar past kursda sotib oladilar va yuqori kursda sotadilar.
Agar yuqorida ko’rib chiqilgan 1 AQSh dollari 100,75 yoki 100,85 Yapon yenasi kotirovkasi Nyu-Yorkda bo’lsa, unda bu kotirovka teskari kotirovka bo’ladi va endi 100,75 sotish, 100,85 esa sotib olish kursi bo’ladi. Chunki, teskari kotirovkada milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi emas, balki bir birlik milliy valyutaga qancha miqdorda xorijiy valyuta to’g’ri kelishini tushunish kerak. Shu sababli teskari kotirovkada banklar past kursda sotadilar va yuqori kursda sotib oladilar, boshqacha qilib aytganda bir birlik milliy valyutaga kam miqdorda xorijiy valyuta sotadilar va ko’p xorijiy valyuta sotib oladilar.
Amaliyotda bir kotirovka turini boshqa kotirovka turiga aylantirish mumkin. Buning uchun 1 sonini ushbu kotirovkaga bo’lish kerak. Masalan, 1AQSh dollari 108,55 yoki 108,65 Yapon yenasi Yaponiyada to’g’ri kotirovka. Agar, 1 / 108,55 (100 yena uchun 0,9212 AQSh dollari) va 1 / 108,65 (100 yena uchun 0,9203 AQSh dollari) arifmetik hisob-kitoblarni bajarsak, 100 Yapon yenasi 0,9203 yoki 0,9212 AQSh dollariga teng ekanligini topamiz. Bu endi Yaponiyada teskari kotirovka bo’ladi va Yaponiyadagi banklar uchun 0,9203 sotish, 0,9212 esa sotib olish kurslari bo’ladi.
Xalqaro valyuta savdosida standart birliklarga teng summalar sotiladi va sotib olinadi. Sotilayotgan yoki sotib olinayotgan valyuta savdo qilinayotgan valyuta deb ataladi. Savdo qilinayotgan valyutani baholash uchun ishlatiladigan valyuta esa kotirovka valyutasi deb ataladi.
Odatda valyuta kursini belgilashda xorijiy valyuta savdo qilinayotgan valyuta, mahalliy valyuta esa kotirovka valyutasi sifatida bo’ladi. Bunday kotirovka to’g’ri kotirovka deb ataladi: ma’lum bir miqdordagi xorijiy valyutaning bahosi milliy valyutaning o’zgaruvchan birliklarida ifodalanadi (2-jadvalga qarang).

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish