7-rasm. ATB «Mikrokreditbank»ning xorijiy valyutadagi joriy depozitlari tarkibi, 2019yil 1 yanvar holatiga, foizda29 Respublikamizda muddatli valyuta bozorini rivojlantirishning birlamchi huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsada, hamon o‘z echimini topmagan bir qator muammolar mavjud. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) Derivativlar vositasida valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalarini huquqiy jihatdan cheklab qo‘yilganligi.
Yangi tahrirdagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq vakolatli banklar bilan ularning mijozlari o‘rtasida valyuta bozorining hosila instrumentlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar faqat joriy valyuta operatsiyalari bilan bog‘lik bo‘lgan shartnomalar mavjud bo‘lgandagina o‘tkazilishi mumkin.
2) Respublikamizda valyutaviy derivativlar bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi alohida me’yoriy hujjat mavjud emas. Amaldagi me’yoriy xujjatlarda esa, derivativlar vositasidagi operatsiyalarni qo‘llash sohasi, amalga oshirish tartibi o‘zining aniq ifodasini topmagan.
Derivativlar vositasidagi operatsiyalarni rivojlantirish spot operatsiyalari bozorini etarli darajada likvidli bulishini taqozo etadi. Markaziy bankning spot bozoriga haddan ziyod faollik bilan aralashuvi muddatli valyuta bozorining rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Respublikamiz iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan xorijiy valyutadagi kreditlarning 95 foizdan ortiq qismi xorijiy banklarning O‘zbekiston hukumatining kafolati asosida jalb qilingan kreditlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa, respublikamiz banklarining xorijiy valyutalarda uzoq muddatli kreditlar berish amaliyotining takomillashmaganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, respublikamiz banklari va xo‘jalik sub’ektlarining xorijiy valyutalarda yozilgan qimmatii qog‘ozlarga qilingan investitsiyalari mavjud emas.
Mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirilishi doirasida 2017 yil 5 sentyabrdan so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan keskin deval’vatsiya qilinishi natijasida mamlakat miqyosida inflatsiya sur’atlari jadallashdi va 14,4 foizni tashkil etdi. Bunday sharoitda inflatsiyani jilovlash zarur va bunga inflatsiyaviy targetlash rejimini samarali qo‘llagan holda erishish maqsadga muvofiqdir.
Valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish iqtisodiyotda narxlar o‘zgarishini samarali nazorat qilishni ta’minlashga qaratilgan pul-kredit siyosatining yangi tamoyil va mexanizmlarini qo‘llashni taqozo etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan Markaziy bankning o‘rta muddatli istiqbolda inflatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish taklifi qo‘llab-quvvatlangani ham shunday sa’y-harakatlardan.
Fikrimizcha, yaqin istiqbolda valyuta tizimini liberallashtirish iqtisodiyot uchun ayrim muammolar tug‘dirishi, jumladan, inflatsiya oshishiga olib kelishi mumkin, lekin giperinflatsiyaga sabab bo‘lmaydi. Ijobiy jihat shuki, moliyaviy borada davlat boshqaruvi kamayadi va xususiy sektor rivoji uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.