Mundarija kirish 3 1-bob. Valyuta munosabatlari va kurs siyosatining nazariy asoslari 5


-BOB. MILLIY VALYUTA ALMASHUV KURSI BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY YO’LLARI



Download 1,26 Mb.
bet13/18
Sana23.02.2023
Hajmi1,26 Mb.
#914095
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Куср иши -валюта курси Дилмурод

3-BOB. MILLIY VALYUTA ALMASHUV KURSI BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING ASOSIY YO’LLARI




3.1. Milliy valyuta almashuv kursini barqarorlashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarning mohiyati


Bugungi kunda mamlakatimizda valyuta siyosatini liberallashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilib, mazkur jarayon iqtisodiyotda sof raqobat sharoitida bozor mexanizmlariga asoslangan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, valyuta siyosati sohasida qator muammolar mavjud bo‘lib, ular ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga valyuta siyosatini liberallashtirishgacha bo‘lgan davrdagi muammolar kirsa, valyuta siyosatini liberallashuvi sharoitida yuzaga chiqadigan muammolar ikkinchi guruhni tashkil etadi.
Dastlab birinchi guruh muammolariga to‘xtalib o‘tsak. Bunda valyuta siyosatini liberallashuvi natijasida keskin yumshagan hamda mutlaq bartaraf etilgan muammolarni ko‘rib chiqamiz.
So‘nggi yigirma yilda O‘zbekiston Respublikasida valyuta munosabatlari butkul izdan chiqdi. Xususan, asossiz ravishda, aniq belgilanmagan kurs rejimi orqali milliy valyuta va xorijiy valyutalar o‘rtasidagi kursning shakllantirilishi so‘mning keskin qadrsizlanishiga olib keldi. Shuningdek, valyutalar kursini belgilashda boshqariladigan usuldan foydalanilishi mamlakatga investitsiyalar kirimini past darajada saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatdagi jadal deval’vatsiya sharoitida xorijiy valyutadagi foyda normasining pasayib ketishi natijasida investorlar o‘z mablag‘larini boshqa mamlakatlar tomon yo‘naltirishga majbur bo‘lib keldilar.
Bizga ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risidagi” qonunning 3-moddasida Markaziy bankning Bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash kerakligi belgilab qo‘yilgan. Ammo, valyuta siyosatini liberallashuvigacha bo‘lgan davrda mazkur maqsadga erishilishida qator muammolarga duch kelindi. Jumladan, ushbu davrda milliy valyuta – so‘mning AQSh dollari va boshqa etakchi valyutalarga nisbatan real almashinuv kursining keskin o‘sishi kuzatildi. Xususan, 2017 yil 28 fevraldan 2017 yil 15 martgacha bo‘lgan qisqa davrda so‘mning AQSh dollariga nisbatan deval’vatsiyasi 2,8 foizni tashkil etdi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimizga kirib kelayotgan import tovarlari narxining qimmatlashuviga hamda investitsiya loyihalarini xorijiy valyuta manbalari hisobidan moliyalashtirish samaradorligining keskin pasayishiga olib keldi.
Liberallashuvgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda so‘mning xorijiy valyutalarga xususan, AQSh dollariga nisbatan almashinuvi Markaziy bank kursi, tijorat banklari kursi, parallel kurs (qora bozor) va birja kursi asosida amalga oshirildi. Bu borada yuzaga kelgan muammoning eng muhim jihati shunda bo‘ldiki, milliy valyutaning bu kabi faol deval’vatsiyasi nafaqat norasmiy bozorda balki, rasmiy valyuta birjasida ham kuzatildi. Fikrimizcha, valyuta siyosatini liberallashuvigacha so‘mning rasmiy va norasmiy kursiga ta’sir etuvchi omillar turlicha bo‘lib, asosiy muammo norasmiy valyuta bozorida yuzaga kelgan yuqori talab oqibatida vujudga keldi. Mazkur talab o‘z navbatida rasmiy valyuta bozoriga ta’sir o‘tkazdi.
Liberallashuvgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda so‘mning xorijiy valyutalarga xususan, AQSh dollariga nisbatan almashinuvi Markaziy bank kursi, tijorat banklari kursi, parallel kurs (qora bozor) va birja kursi asosida amalga oshirildi. Bu borada yuzaga kelgan muammoning eng muhim jihati shunda bo‘ldiki, milliy valyutaning bu kabi faol deval’vatsiyasi nafaqat norasmiy bozorda balki, rasmiy valyuta birjasida ham kuzatildi. Fikrimizcha, valyuta siyosatini liberallashuvigacha so‘mning rasmiy va norasmiy kursiga ta’sir etuvchi omillar turlicha bo‘lib, asosiy muammo norasmiy valyuta bozorida yuzaga kelgan yuqori talab oqibatida vujudga keldi. Mazkur talab o‘z navbatida rasmiy valyuta bozoriga ta’sir o‘tkazdi.
2017 yil sentyabrgacha bo‘lgan davrda so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashinuv kursining bu kabi jadal sur’atlarda o‘sishiga quyidagi omillarni asosiy sabab sifatida keltirib o‘tish mumkin:
Birinchidan, bu davrda so‘mning almashuv kursi rejimi aniq emas edi. “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunda esa, so‘mning erkin suzish rejimiga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, Markaziy bank tomonidan so‘mning boshqariladigan suzish rejimiga ega ekanligi ta’kidlanar, shuningdek, valyuta yo‘lakchasining quyi va yuqori chegaralari ko‘rsatilmas edi.
Ikkinchidan, valyuta munosabatlarini tartibga solishda hukumatning asosiy moliyaviy organi hisoblangan Markaziy bankning mamlakatdagi milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdagi vakolatsizligi yoki boshqa valyuta munosabatlarini nazorat qiluvchi organlar (Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi) bilan hamkorlikni hamjihatlikda olib bormaganligi valyuta munosabatlarini zaiflashuviga sabab bo‘ldi. Mazkur holat bugungi kunda ham eng ustuvor masala hisoblanadi.
Uchinchidan, chuqur bilim va yuqori salohiyatga ega bo‘lgan Markaziy bank va boshqa valyuta munosabatlarini nazorat qiluvchi hukumat organlari xodimlari ayni muammoni yechimiga qaratilgan real takliflar hamda yo‘nalish va strategiyalarni ishlab chiqishdan ko‘ra asossiz raqam va ko‘rsatkichlarni shakllantirishni afzal ko‘rib keldilar. Bu esa, valyuta munosabatlari ko‘rsatkichlarining istiqboldagi mo‘ljallarini noto‘g‘ri tasavvur etish va baholashga sabab bo‘ldi.
To‘rtinchidan, so‘mning norasmiy valyuta bozoridagi almashinuv kursiga asosiy ta’sir etuvchi omillardan biri bu – mamlakatimizda tovarlar importi bilan faol shug‘ullanuvchi tizimning shakllangani bo‘lib, mazkur tizimni tartibga solinmagani o‘z navbatida import tovarlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nisbatning keskin buzilishiga sabab bo‘ldi. Aynan mazkur tizim norasmiy valyuta bozoridagi talabni keskin tebrantiruvchi omilga aylandi.
Beshinchidan, strategik tovarlar va texnika-texnologiyalar importi uchun qilinadigan xorijiy valyutalarning sarfini samarali nazorat qilish mexanizmini mavjud emasligi. Bunda, asosiy muammo, import tovarlarining real va shartnomada ko‘rsatilgan qiymatlari orasidagi tafovutga teng miqdordagi xorijiy valyuta sarfining hisobga olinmagani.
Oltinchidan, valyuta siyosatini liberallashuvigacha mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalar importi bilan bog‘liq konvertatsiya jarayonlarining cho‘zilib ketishi natijasida, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mablag‘larini bankdan tashqari pul aylanmasiga yo‘naltirish orqali norasmiy valyuta bozoriga murojat qilgani holda mazkur bozordagi valyutaga bo‘lgan talabni muntazam oshirib keldi.
Yettinchidan, milliy valyutamiz so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashinuv kursini shakllantirishda AQSh dollaridan mo‘ljal valyuta sifatida foydalanilgani. Bu esa, AQSh dollariga parallel ravishda boshqa valyutalarning ham so‘mga nisbatan almashinuv kursining oshishiga sabab bo‘lgani.
Fikrimizcha, milliy valyutaning almashuv kursini keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik va Markaziy bank kurs siyosatining iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, so‘mning almashuv kursi rejimini aniq belgilab olish lozim.
Ikkinchidan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida valyuta munosabatlarini samarali nazorat qilish maqsadida Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi hamkorlikda valyuta siyosatini liberallashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqish va bosqichma - bosqich amalga oshirish.
Uchinchidan, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida davlat ulgurji savdo bazalari tizimini shakllantirish lozim. Bunga erishish uchun bojxonada import tovarlarining ustama savdo narxlari bazasini shakllantirish asosida import tovarlarga qo‘yiladigan ustama narxlar ustidan qat’iy davlat nazoratini o‘rnatish zarur.
To‘rtinchidan, so‘mning AQSh dollariga nisbatan real nominal almashuv kursini aniqlash va undan so‘ng mazkur kursning barqarorligini ta’minlash maqsadida AQSh dollarini sotish hajmini oshirish imkoniyatiga baho berish kerak.
Beshinchidan, xorijiy valyutalarga nisbatan talabni qisqartirish maqsadida bosqichma-bosqich tarzda O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lgan barcha tovarlarni import qilishni ta’qiqlash, ya’ni tarifsiz cheklovni qo‘llash zarur.
Oltinchidan, asosiy tashqi savdo hamkorlarimiz bo‘lgan Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy davlatlarining milliy valyutalariga nisbatan so‘mning real almashuv kursini oshishiga barham berish lozim.
Umuman olganda, shuni alohida ta’kidlash zarurki, bugungi kunda valyuta sohasini liberallashtirish sharoitida Markaziy bank va boshqa valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi hukumat organlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, valyuta bozorini rivojlantirish borasida ham qator muammolar mavjud. Xususan, hozirgi davrda valyuta bozorida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining majburiy sharti bo‘lib, tijorat banklari dilerlarining doimiy tarzda ishtirok etishi hisoblanadi. Bizning amaliyotda esa savdoning elektron tizimidan foydalanishga ruxsat etilmaydi Bu esa, dilerlarga ish joylaridan turib valyuta savdosini amalga oshi­rish imkonini bermaydi. Bu esa, valyuta birjasida savdolarni o‘tkazish jarayonini sezilarli darajada sekinlashishiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, rivojlanayotgan xorijiy davlatlarda milliy valyutaning almashuv kursi har kuni aniqlanadi va xo­rijiy valyutalarga bo‘lgan talab va taklifga asoslanadi. So‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi esa haftada bir marta aniqlanmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz valyuta bozorining ob’ekti sifatida faqat AQSh dollari va yevro xizmat qilmoqda. Boshqa likvidlgi nisbatan yuqori bo‘lgan valyutalar esa valyuta bozorida deyarli ishlatilmaydi. Bunga sabab O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sub’ektlarining valyuta zaxiralarining diversifikatsiyalanmaganligi va iqtisodiyotda bunday valyutalarga talabning pastligidir.
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sub’ektlarining valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasiga baho berish maqsadida ATB «Mikrokreditbank» joriy depozitlarining valyutaviy tarkibini tahlil qilamiz. Buning sababi shundaki, birinchidan, ATB «Mikrokreditbank»da respublika tijorat banklari umumiy aktivlarining salkam 10 foizi jamlangan; ikkinchidan, ATB «Mikrokreditbank»ning xorijiy valyu­tadagi depozit hisobraqamlarida rezidentlarning joriy hisobraqamlari qoldiqlarining asosiy qismi joylashgan. Ayni damda, AQSh dollarinng salmog‘i ko‘rsatkichi bilan boshqa valyutalarning salmog‘i ko‘rsatkichi o‘rtasida juda katta farq saqlanib qolmoqda. Bu esa, ATB «Mikrokreditbank» va uning mijozlarining valyuta zaxiralarini diversifikatsiya darajasini past ekanligidan, talab darajasida emasligidan dalolat beradi (7-rasm).
Rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2019 yil 1 yanvar holatiga ATB «Mikrokreditbank»ning xorijiy valyutadagi joriy depozitlari tarkibida AQSh dollaridagi joriy depozitlarning salmog‘i 76 foizni, yevroning salmog‘i 18 foizni, boshqa valyutalarning salmog‘i esa 6 foizni tashkil etgan. Bu holat respublikamiz xo‘jalik sub’ektlari­ valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasini oshirish nuqtai-nazaridan faol chora-tadbirlarni ko‘rish talab etiladi.


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish