Miryoqub
Noyib to’raning xotini Maryam
Adabiyotshunoslar fikricha, asardagi eng murakkab obrazlardan biri Miryoqubdir. U roman davomida o’zini o’zi idora qila oladigan, fikrli, uzoqni ko’zlab keyin qadam bosadigan, o’z-o’zini tahlil va taftish etadigan odam sifatida taassurot qoldiradi. Akbarali mingboshi qanchalar salbiy tasvirlangan bo’lsa, uning aksi o’laroq Miryoqub hatti-harakatlari va tafakkuridagi o’zgarishlar shunchalar ijobiy tus berishga harakat qilingan, biroq u atrof muhitning ta’siridan ham chiqib ketaolmaydi. Xotinbozlik ko’chasiga ham istasa istamasa kirib qolaveradi. Poshshaxon bilan munosabatlarini Miryoqubning ikkinchi “men”i so’roq savol qilarkan, ushbu tafsilotlardan ko’proq “tashabbus” Poshshaxondan chiqqanligi va Miryoqubning erkaklarga xos qiziqish bilan unga qaraganligi hamda kelgusida Poshshaxonga uylanib mingboshidan tegadigan merosga ega bo’lmoqchiligi ayon bo’ladi. Zunnunning nayranglari vositasida noyib to’raning xotiniga ilakishadi. Mingboshini olib borgan ishratxonada Mariya Ostrova bilan tanishib qolgach esa uning ongu shuurida o’zgarish ro’y beradi. Ushbu obrazda dinamika borligi, u ayni vaqtda shakllanib kelayotgan jadidlarning vakili sifatida tasvirlangani adabiyotshunoslikda aytib o’tilgan. Miryoqub uylangan, xotini va ikki bolasi bor, biroq ular bilan munosabati qay tarzda ekani kam tasvirlangan. Maryam (Mariya Ostrova) bilan ketishdan oldingi xotini bilan suhbatda ayolning eriga e’tirozsiz bo’ysunishi, munglig’, mushtipar ekanini ko’ramiz. Miryoqub o’zining iflos, fahsh ishlarini noto’g’ri, gunohligini ham biladi. SHu bois ham ketish oldidan uxlab yotgan bolalarini o’pmoqchi bo’ladi-yu, biroq lablarini ko’rpa ustigagina bosadi. Ammo inson qalbi bir-biriga qarama-qarshi ziddiyatlarga boy. Unsiz yig’lagancha Miryoqubning xotini ichkari eshikni yoparkan (erining buyrug’iga muvofiq), uyining mehmonxonasiga kirib olgan tungi mehmon Poshshaxonga ro’baro’ keladi. Ertalab uning oldidan chiqib Maryamning qoshiga borib, u bilan uzoq o’lkalarga jo’nab ketadi. Poezdda jadid SHarafiddin Xo’jaev bilan uchrashib uning ruhiyati va tafakkurida yangi olam ochiladi.
Miryoqub va uning atrofidagi ayollardan tashkil topgan sevgi beshburchagining muammosi hal etilmay qolgan, bizningcha. CHunki taxminlarga ko’ra “Kunduz” romani yozilgan va agar yozilgan bo’lganda unda Miryoqub chin ma’nodagi jadid ziyoli bo’lib shakllanadi. Uning ayollarga munosabati qanday bo’lgan bo’lishini taxminan aytish mumkinki, uning jadid bilan suhbati asnosida yurtiga qaytgach, bolalarining tarbiyasini mana shu rus ayoli (Mariya Ostrova)ga topshirishi ta’kidlangan edi. Mavjud bo’lmagan asar haqida esa biror to’liq fikr aytish albatta, mumkin emas.
Miryoqub beshburchagidan kelib chiqadigan asosiy mohiyat shundaki, yozuvchi o’sha davr muhitining buzuqligini Miryoqub obrazida ko’rsatib beradi, ya’ni jamiyatdagi ma’naviy buzilishlar juda ham urchib ketganki, o’zini o’zi idora qilaoladigan, aqlli Miryoqubni ham bu salbiy illatlar chetlab o’tolmaydi.
Tarixiy romanlardan biri Oybekning “Qutlug’ qon” asarida ham o’ziga xos sevgi ko’pburchagi mavjud. Oybek ham ustoz yozuvchilar A.Qodiriy va CHo’lpon romanlaridagi kabi o’tmish mavzusi, sharq ayollari erki mavzusiga murjaat qiladi. Yozuvchi uchun jamiyatdagi adolatsizlik, haqsizlikni ko’rsatishga qahramonlar o’rtasidagi konfliktlarning bo’lishi, ziddiyatlarning keskinlashishi qo’l keladi.
“Qutlug’ qon” romanidagi “sevgi uchburchagi” quyidagi shaklni hosil qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |