Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. O’zbek romanchiligining taraqqiyot tadriji haqida so’z yuritilganda uning tarixiy ildizlari qadimiy qissalarga borib taqalishi ta’kidlanadi. Darhaqiqat, yirik epik asar romanning shakllanish zamini kichik epik asarlar ekani aniqroq. Xoh kichik, xoh katta epik asar bo’lsa-da, adabiyot uchun muhabbat mavzusi qadimiy va abadiy mavzulardan hisoblanadi. Shu bois “haqiqiy roman xalqning o’tmishi va buguniga tegishli dolzarb voqealarni, real ziddiyatlarni aks ettiradi. Hayotning taraqqiyot bosqichlaridagi murakkab masalalarini tahlil qiladi”1. Muhabbat masalasi esa ziddiyatlarsiz, to’siq va kurashlarsiz hal bo’lmaydi. O’zbek adiblaridan Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat, Mirmuhsin, Odil Yoqubov, Asqad Muxtor, Pirimqul Qodirov asarlari jahon romanchiligining oltinchi maktabi bo’lgan o’zbek romanchiligining barkamol namunalaridir. SHuningdek, Said Ahmad, O’tkir Hoshimov, SHukur Xolmirzaev, Erkin A’zam, Ahmad A’zam, SHoyim Bo’taev, Zulfiya Qurolboy qizi, Abduqayum Yo’ldoshevlarning romanlari ham o’zbek nasrining taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
XX asr boshlarida yaratilgan romanlarda o’zbek xalqining o’tmishi qalamga olinadi. Insonning baxtli bo’lishi uning qanday jamiyatda yashayotganligiga bog’liqligi Abdulla Qodiriy, CHo’lpon, Oybek romanlarida tasvirlanadi. Ta’kidlash o’rinliki, jamiyat ongli insonlar majmuidan iborat. Inson esa o’zini avvalo, o’z uyida, oilasida baxtli his qiladi.
Jadid adiblarning asarlarida chorizm istibdodi va uning siyosati natijasida yuzaga kelgan oqibatlar, mahalliy hukmdorlarning o’zaro urushlarining xalqqa keltirgan kulfatlari tasvirlanishi bilan birga o’zbek xotin-qizlarining huquqsizligi, insoniy tuyg’ularning poymol etilishi masalasi ham ko’tariladi. Romanlar markazida inson baxti masalasi turar ekan, chinakam oilaviy baxt muhabbat
zaminiga qurilishi kerakligiga urg’u beriladi. Bunday baxtga erishish yo’lida asar qahramonlari hayotning ziddiyatli tomonlariga duch keladilar, o’z muhabbatlari yo’lida kurashadilar. SHu kurashlarda qahramonlar o’z maqsadlari, manfaatlari nuqtai nazaridan harakatlanadilar. Natijada, “sevgi uchburchagi” hosil bo’ladi.
Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” asari romanning badiiy barkamol namunasi bo’lib, u tom ma’nodagi milliy o’zbek romani deb e’tirof etilgan. Yozuvchi sharq adabiyotiga xos realistik qarashni bu romanida mujassamlashtira bildi. U tanlagan hayot materiali va uning tasviri – Otabek bilan Kumush muhabbatlarining fojiasida butun bir xalq fojiasi aks etdi. Fojia orqali esa adib muhim inqilobiy fikrni o’rtaga tashladi2. “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, CHo’lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Qutlug’ qon”, S.Ayniyning “Qullar” romanlarida o’tmishdagi ijtimoiy muhit va eski urf-odatlar, qoloqlik, jaholat tufayli inson baxti toptalgani tasvirlansa, “Sarob”da yangilangan jamiyatda o’z yo’lidan yanglishgan, xudparast va shuhratparast kishilarning taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Asr boshlarida yaratilgan romanlarda tarixiy davr aks ettirilgani va unda sevgi masalasi “qizil ip” bo’lib o’tgani adabiyotshunoslikda e’tirof etilgan. Ma’naviy uyg’onish samarasi odamlarning o’zligini anglash, milliy g’urur, oriyat, avlodajdodlarimiz o’tmishidan faxrlanish, kelajak har kimning o’z qo’lida, mehnatida va ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatning ma’naviy va intellektual salohiyatini, odamlarning aqliy va ruhiy madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir.
Chunki olamni shu paytgacha aytib kelganimizdek, go’zallik emas, ma’naviyat va ezgulik asraydi. Uni komil inson yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo’lda samarali ijod qilmoqdalar. Bu borada H.Sulton, E.A’zamov,
A.Ibodinov, Shoyim Bo’taev, Normurod Norqobilov va boshqalarning ijodi katta rol o’ynayapti.
Romanlarda mavzu va g’oya, xarakter, konflikt, syujet va kompozitsiya masalalari o’rganilgan bo’lsa-da, adabiyotshunoslik lug’atlari, ilmiy tanqidiy maqola, monografiya va boshqa kitoblarda “sevgi uchburchagi” atamasi qo’llanilishiga duch kelmadik. Bu atamaning joriylanishi zaruriyatdir. Romanchiligimizning turli taraqqiyot bosqichlarida yaratilgan romanlarda “sevgi uchburchagi” aksariyat mavjud. CHunki sevgi liniyasidagi “uchinchi odam” asardagi dramatizmni va fojeaviylikni yuzaga keltiruvchi omildir. SHuning uchun ham ushbu masalaning adabiyotshunoslikda o’rganilishi dolzarb hisoblanadi.
Kurs ishi tarixi. O’zbek adabiyotshunosligida “sevgi uchburchagi” monografik planda, alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan bo’lsa ham, roman mavzusi, tipik xarakter, obraz yaratish mahorati, syujet va kompozitsiya tuzishda yozuvchining mahorati kabi masalalar Izzat Sulton3, Ozod
SHarafiddinov4, Matyoqub Qo’shjonov5, Bahodir Sarimsoqov6, Abdug’afur
Rasulov7, Umarali Normatov8, Dilmurod Quronov9, Xotam Umurov10, Qozoqboy
Yo’ldoshev11, Rahmon Qo’chqor12, Ulug’bek Hamdam11 kabilarning adabiyotshunoslikka oid kitob va tadqiqotlarida o’z aksini topgan.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. O’zbek adabiyotshunosligida romanlar mavzusi va badiiy xususiyatlari ilgari adabiyotshunoslar tomonidan turli talqinlarda o’rganilgan. Biroq, “sevgi uchburchagi” atamasi mazkur ishda ilk marta
qo’llanilmoqda. Uning ta’rifi va mazmun mohiyati ishda tavsiflab beriladi. XX asr romanchiligining har o’n yilligida adabiyot maydonida paydo bo’lgan yetuk asarlar va zamonaviy adabiyotdagi romanlar misolida tahlil qilinadi. Ulardagi “sevgi uchburchagi” o’zaro qiyoslanadi. Bu esa ishning ilmiy yangiligini belgilaydi.
Kurs ishiishning metodologik asosi va metodlari. Tadqiqot ishini yaratishda jahon va o’zbek adabiyotshunosligining ilmiy nazariy tamoyillariga tayanildi. Qiyosiy-tipologik va estetik tahlil metodlaridan foydalanildi.
Kurs ishiishining joriylanishi. “O’zbek romanchiligida “sevgi uchburchagi”ning badiiy talqini” nomli mazkur Kurs ishiish mavzusi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti “O’zbek adabiyoti” kafedrasida muhokama etilib, tasdiqlangan hamda mazkur kafedraning 2014 yil, aprelь oyi 4-yig’ilishida ichki himoyadan o’tkazilgan, ish ijobiy baholangan, ochiq himoyaga tavsiya etilgan.
Kurs ishiishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishiish kirish, har biri ikkitadan faslga ajratilgan uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |