Mundarija kirish 1 bob. “O'tgan kunlar'' romanida milliy qadriyatlarning badiiy


II BOB. DRAMATIZM VA FOJEAVIYLIK ASOSIY XUSUSIYaT SIFATIDA



Download 0,62 Mb.
bet11/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#452529
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
O\'tkan kunlar

II BOB. DRAMATIZM VA FOJEAVIYLIK ASOSIY XUSUSIYaT SIFATIDA


1.

2.1 “SAROB” VA “UFQ” ROMANLARIDA BOSH QAHRAMONLARNING RUHIY HOLATI TASVIRI


“Sevgi uchburchagi”ning talqinini qaysi davr romanlari misolida olmaylik, uning muammo ekanligi sabablari jamiyat va shaxs, muhit va sharoit tufayli yuzaga kelganligini kuzatamiz. Yetuk badiiy asarning markazida inson va uning ichki olami tasviri masalasi turishi tabiiy. Buyuk iste’dod sohiblaridan biri Abdulla Qahhorning “Sarob” romanida ham ushbu masala bo’y ko’rsatgan. Inson qalbi dialektikasi yozuvchi va shoirlarni, umuman, ijod ahlini doimo o’ziga tortib keladi.
Hotam Umurovning ta’kidlashicha: “O’zbek romanchiligida birinchi bor Abdulla Qahhorning “Sarob” romanida psixologizmning analitik printsipi yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu printsipda “voqealar tafsiloti”ning tasviriga nisbatan “histuyg’ular tafsiloti” tasviri birinchi planga chiqadi”24. Romanda bosh qahramonning ruhiy holati, tadriji, uning o’zgarishi, fikru o’ylarning turfa maromda kechishi, kechinmalarning serko’lamliligi kuzatiladi.
Abdulla Qahhor “Sarob” romanida asosiy diqqatini qahramonning o’z shaxsidagi qarama-qarshi fikrlar jangiga, his-tuyg’ular kurashiga qaratadi. Qahramon qalbi kurashi dialektikasining ochilishi – o’sha qahramonni tug’dirgan va o’stirgan muhit ko’p qirrali panoramasining realistik tasviriga olib keladi2.
Yozuvchi Saidiy va Munisxon obrazlari orqali o’z xudbinligi, meshchanligi, muhabbatda beqarorligi bilan qismati fojeali tugallangan kishilarni tasvirlaydi.
Romanda sevgi ko’pburchagining quyidagi ko’rinishi mavjud deyish mumkin:

Saidiy Munisxon

Murodxo’ja domlaning qizi Soraxon Muxtorxon
Rus tanqidchisi N.G.CHernishevskiy “Psixologik tasvir turli ko’rinishlarga ega mumkinligining quyidagi formalarini ko’rsatgan edi:

  1. Bir yozuvchini xarakterning qirralari ko’proq qiziqtiradi;

  2. Ikkinchisini – ijtimoiy munosabatlar va maishiy to’qnashuvlarning xarakterlarga ta’siri;

  3. Uchinchisini – hislar bilan faoliyat o’rtasidagi aloqa;

  4. To’rtinchisini – ehtiroslar tahlili;

  5. ... qalb dialektikasi qiziqtiradi.

Yuqorida aytilganidek, A.Qahhorni “Sarob” romanida avvalo Saidiy va Munisxonlarning qalb dialektikasi qiziqtirgan. Masalan, ular ilk marta universitetda uchrashadilar hamda qalblarida muhabbat paydo bo’ladi. Biroq ular ulg’aygan muhit, keyin esa ularni o’rab turgan atrof-muhit tufayli muhabbatlari barbod bo’ladi.
Saidiy universitetda o’qirkan, atrofdagilarni mensimaydi, go’yo unda qobiliyat boru boshqalar unga hasad qiladilar. Saidiy shuhratparast bo’lib boradi. Uning “Qalandar” hikoyasi jurnalda nashr etilganda, o’zini juda boshqacha his qiladi. Go’yo hamma shu hikoya haqida so’zlashayotgandek, “s” tovushi yo’q so’zlar ham qulog’iga “Saidiy” bo’lib eshitiladi. Uning atrofidagi Abbosxon, Salimxon, Murodxo’ja domlalar Saidiyning qobiliyatini maqtab, uni ko’kka ko’taradilar. Xudbinlik, o’zim bo’lay falsafasi Saidiyni hayotda katta maqsaddan, ezgu niyatdan mahrum qiladi. Munisxonni sevib qolgandagina hayoti ma’no kasb etganday bo’ladi, biroq, unga erishish niyati ham xudbinona edi. Munisxonning e’tiborini qozonish uchun, unga munosib bo’lish uchun Saidiy mashhur yozuvchi bo’lishi kerak edi. Ana shu yo’lda qattiq harakat qiladi, lekin omadi kelmaydi, buni o’zidan ko’rmay hayotdan, mavjud tuzumdan norozi bo’ladi. Saidiy xudbinligidan foydalangan bir guruh millatchilar uni o’z davralariga tortadilar. Adabiyot olamiga kirolmagan Saidiy “Qalandar” va “Olamning yosh choqlari” degan hikoyalaridan nariga o’tolmaydi. Uningcha: “Endi kuni-tuni kitob o’qish, o’rganish kerak emas, faqat ulug’larning ko’ziga tez-tez ko’rinib tursa kifoya. Buni esa ko’proq shisha osonlashtiradi. O’z o’rnida bo’shatilgan ikki juft shisha unga yigirma juft kitobdan ortiqroq foyda yetkazar edi”. U Abbosxon bergan syujet va mavzularni asar qilib yozib beradi. Saidiy chinakam yozuvchi bo’lishni emas, zodagonlarcha hayot kechirishni o’ylaydi: “amerikalik mashhur muharrir singari har kuni bir ustunlik narsa yozib, yiliga o’n ikki ming oltin maosh oladi; turli mamlakatlardan frank, dollar, rupiyalar kelib turadi; shundan so’ng bu serg’ovg’a, seraziyat shahardan ketib, SHimoliy Amerika adibi Toro singari tabiat quchog’iga kiradi; vodiyning eng bahavo, eng go’zal yeriga solgan qasrida o’tirib, xotini Ariadianning royalda qilgan mashqiga quloq berar ekan, butun vodiy va undagi o’tlab yurgan qo’yqo’zilar, yilqilar, tog’ yon bag’irlarida o’sgan pista, archa, ko’m-ko’k o’lanlar va ularning orasidan ilonizi bo’lib oqqan ariq va ariqchalar ko’rinib turadi. Uning qasri orqasida yer yuzidagi hamma mevalardan topiladigan katta bog’ bo’ladi. Saidiy oltinning kuchi bilan bu bog’da nilufar gullari, xurmo va apelьsin daraxtlari o’stiradi”.
Saidiyning shuhratparastlik va xudbinlik tuyg’ulari uni to’g’ri yo’ldan og’diradi, farovon hayot uchun mehnat va qobiliyat bilan emas, manfaatparastlik nuqtai nazaridan harakat qiladi. SHu maqsadda Murodxo’ja domlaning qiziga uylanadi. Saidiyning meshchanlik g’oyalari puch ekanini toboro anglaydi, o’z hayotidan ko’ngli to’lmaydi. Saidiyni Munisxon bilan qayta ko’rishuvi ham fojeadan saqlab qololmaydi. U o’z joniga qasd qiladi.
Munisxon bolalikdan badavlat xonadonda o’sgan, to’kin va farovon hayotni ko’rgan, shuning zaminida meshchanlik, buyumparastlik, molparastlik uning olamiga singib ketgan. Yozuvchi buning dalili sifatida uning bolalikdagi hovli, joy va otasi bilan o’zlarining magazinlariga borishi tasvirini keltiradi: “U kichkina qizcha edi. U o’sgan bahorning kunlari uzun, u o’sgan bog’larning gullari boshqacha ochilar edi. U o’sgan bog’ tinch, xoli, asalarilarning g’o’ng’illashi, hovuzga oqayotgan suvning shildirashi, qushlarning sayrashigina uning sukunatini buzar edi. Bog’ning o’rtasida – hovuz bo’yiga solingan shohona shiyponning oldiga borgani Munisxondan boshqa hech kimning haddi yo’q”. Munisxonni otasi bolaligidan erka, tantiq, xudbin qilib o’stiradi: “Munisxon har zamon otasi bilan izvoshga tushib o’zlarining magazinlariga boradi. Uzundan uzoq ketgan magazinning ichida otasi bilan aylanib yurib charchaydi. Otasining har qadamda allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so’zlashuvlaridan zerikadi. Keyin otasining brilliant ko’zli uzuk taqqan barmog’idan ushlab “ketamiz” deb tortadi. SHunday bo’lsa ham otasi Maskov yoki boshqa shaharga safarga ketganda izvoshga tushib magazinga borishni sog’inardi”.
Ana shunday sharoitda o’sgan Munisxon takabbur, dimog’dor, o’zini boshqalardan yuqori tutadigan bo’ladi. Otasi unga yevropacha ta’lim bergan. Munisxon royalь chaladi, chet tilini oz-moz bo’lsa ham biladi, fikrlarini erkin, bemalol bildira oladi. Hatto hayot, turmush qurish masalalarida ham akasi bilan tortinmay bahs qila oladi. Saidiy bilan ham barcha narsalar haqida bemalol gaplasha oladi. Munisxon haqidagi quyidagi fikrlar e’tiborli: “...Munisxon ham Saidiy kabi o’z shaxsiyatini hamma narsaning markaziga qo’yadi-yu, butun kurrai zamin o’z shaxsi tevaragida aylanishini istaydi. Uning qat’iy e’tiqodi yo’q, shuning uchun u hayotning ma’nosini huzur-halovat ichida rohat farog’atda yashashda deb biladi”25.
Munisxon Saidiy bilan sevishib yuradi-yu, biroq turmush qurish masalasida boshqacha yo’l tutadi. Yaxshi yashashni faqat moddiy farovonlikda deb biladigan Munisxon Saidiyni hech qachon o’ziga teng ko’rmaydi. Garchi Murodxonni

dastlab “Muxtorxon erkakka o’xshamaydi. Muxtorxon sergap”, deb baholasa-da, unga turmushga chiqishini o’ylaydi: “Ikki kundan so’ng onasidan Muxtorxonning boyligini eshitib, xayol surdi. Muxtorxon chinakam erkak bo’ladi. U qasr singari bir bino soladi. Buning orqasida kichkina bog’cha – istirohat va xayol surish o’rni bo’ladi. Bog’chaning o’rtasidagi marmardan ishlangan hovuzda oltin baliqlar suzib yuradi. SHabada esganda daraxtlardan muzika tovushi chiqadi. Bu bog’ning atrofi baland devorlar bilan o’ralgan bo’ladi”. Uning ko’ziga xatto Muxtorxonning yoshi o’tganligi ham ko’rinmaydi.
Bu o’ylarning hammasi sarob bo’lib chiqadi. CHunki manfaat va g’araz asosiga qurilgan Munisxon va Muxtorxonning zaif oilasi tez orada yakson bo’ladi. Munisxon Murodxondan kutgan narsalariga erisha olmay, buning alamiga boshqa ko’chalarga kirib ketadi. U hayotda go’yo boshi berk ko’chaga kirib qolganday edi va buning ilojisini Saidiyda ko’radi. Biroq, Saidiy ham Munisxonni qutqaradigan ahvolda emas edi. Turmushi buzilib, hayotda bir qadar qoqilgan Munisxon Saidiy bilan suhbatda hamon sir boy bermaydi. Lekin Munisxon ilgarigiday hayo, iboli qiz emas, uning fe’l-atvorida erkaklarni o’ziga chaqiradigan hatti-harakati, muomalasi bor. Munisxon o’zining xatolari, pushaymonlari oqibatida joniga qasd qiladi.
Adabiyotshunos Damin To’raev o’z tadqiqotlarida quyidagilarni e’tirof etgan edi: “A.Qahhor esa, A.Qodiriy, CHo’lpon, S.Ayniy, H.SHamslar singari originallikni yorqin namoyon etib, o’z romanlariga quyma shakl va mazmun baxsh etib, o’z dunyoqarashi, voqelikni o’ziga xos idrok qilishi, qoloqlikni o’z ta’bi yolqinlari bilan kuydira olishi, mehnatkash xalq turmushi taraqqiyotini nozik did va o’tkir zehn bilan usti yaltiroq va ichdan chirib borayotgan salbiy muhit tasvirida bera bilishdan iborat estetik kontseptsiyasi – bularning barchasi A.Qahhorga xos badiiy mushohada yuritish va tasvir yaratish uslubini namoyish etadi. Buning yorqin ko’rinishi “Sarob”da ham, “Qo’shchinor chiroqlari”da ham bo’rtib turadi.
1964 yilda yaratilgan Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasining ikkinchi kitobi “Hijron kunlari”da “sevgi uchburchagi”ning paydo bo’lish omili urush hamda
inson xarakteri ekanligini ko’ramiz. Ikromjon – Tursunboy, Inoyat oqsoqol – Nizomjon va A’zamjon, Ummatali – Azizxon. Taniqli adabiyotshunos

I.G’afurovning yozishicha, trilogiyada uch o’g’ilning, uch otaning taqdiri birinchi planga chiqarib yoritiladi. Boshqa barcha qahramonlar taqdiri, voqealar yechimi u yoki bu darajada ana shu uchburchak markaz bilan mustahkam bog’langan. Asarda bir nechta sevgi uchburchaklari yoki ko’pburchaklari bor. Azizxon Lutfinosoni yaxshi ko’radi, biroq uni uyidagilar boshqa birovga berayotganlarida u qizni olib qochadi. Bu o’rinda muammoning bosh sababi urf-odatlar va oilalarning o’zaro munosabatlari masalasidir.

Bu muammoning oqibati Lutfinisoning akasi Akbarali o’z singlisini o’ldirishi bilan yakunlanadi. Azizxonday yigit va Lutfinisoday pok qizning muhabbatlari urfodatlar, johillik oqibatida fojeali tugaydi.


34

Nizomjon va Dildor, Nizomjonning akasi A’zamjonlar o’rtasidagi sevgi yana bir uchburchakni paydo qiladi. Tursunboy va Zebi, Nizomjonlar ham yana bir uchburchakni tashkil qiladi.
Nizomjon va Dildor sinfdosh bo’lib, yigit Dildorni pinhona sevib yuradi. Unga sevgisini zo’rg’a bildiradi. SHundan ham Nizomjonning sevgisi pok ekanini, dili to’g’ri ekanini anglash mumkin. Dildor ham Nizomjonning tuyg’ulariga befarq bo’lolmaydi. Biroq, Nizomjonning urushga ketgan akasi A’zamjon uyga qaytadiyu, Dildor uni boshqalar qatori kutib olgani chiqqanda hissiyotlari o’zgaradi. Nizomjon qirga ishlagani chiqib ketib yigirma kunlarda uyiga qaytadi. Bu vaqtda
A’zamjon Dildorni yo’ldan urgan edi. Yozuvchi Dildorning A’zamjonga ko’rinishi va tashqi qiyofasiga uchganini quyidagicha keltiradi: “Qora qosh, ko’krakdor, xushbichim bu yigit Dildorning ham hushini o’g’irlagan edi. Ayniqsa, A’zamjon harbiy formada juda alomat ko’rinardi. Dildor A’zamjonni ko’rdi-yu, Nizomjon ko’ziga bir yosh bola, go’dak bo’lib ko’rindi-qo’ydi”26.
Ayollar psixologiyasida mavjud holatga ko’ra, ayollar dadil, mard, kuchli erkaklarni ma’qul ko’radilar. Yana shunisi ham borki, o’z ideali haqida o’ylaganida o’zidan kattaroq yoshdagi yigitni tasavvur qiladilar.
Bu o’rinda Dildorni yengiltak qiz deb ayblash mumkinday ko’rinsa-da, lekin voqealar rivojida uning yomonliklar qilgani yoki axloqsizligini biror o’rinda

uchratmaymiz. Nizomjonni sevib yurib, so’ng A’zamjonni sevib qolganini uning xarakterida qat’iyatsizlik borligi bilan izohlash mumkin, ikkinchi tomondan u yoshlik mayllariga berilib xato ish qilib qo’yadi. Dugonasi Asrora uni tergaganida: “A’zamjonni yaxshi ko’rib qoldim. U frontdan kelgan kundan beri telba bo’lib yuribman. Ko’zimga undan boshqa hech narsa ko’rinmaydi.
- Nizom-chi? – dedi Asrora.
Dildor yerga qaradi”27.
Dildor A’zamjonga turmushga chiqadi. A’zamjon yana urushga ketgach, biroz vaqtdan keyin uning o’lgani xaqida xat keladi. Nizomjonni otasi Inoyat oqsoqol Dildorga uylanishga undaydi. O’g’li bu gapga unamagach, chol uni haydab yuboradi. Nizomjon o’z uyidan cho’lga bosh olib chiqib ketadi. U yerda ilgari Tursunboyni sevgan Zebixonni uchratadi. Tursunboy urushdan qochgan, to’qayda yashirinib yurgan yigit. Zebixon sevgan yigitining qochoqligidan iztirob tortadi.
Nizomjon va Zebixonlarning qalbidagi dardlari ularni yaqinlashtiradi. Tursunboy o’z sevgan qizini begona yigit bilan ko’rar ekan, dilida g’azab qaynasada, lekin uning to’qayda yashab yurgani tufayli hayvonsifat bo’lib ketgani va qalbida insoniy hech narsa qolmaganini anglaymiz. Zebi Nizomjonga choy tutganda Tursunboy quyidagi holatga tushadi: “Tursunboy tamshandi. SHo’r ko’lmak ichaverib Tursunboy choy ta’mini unutayozgan edi. SHu topda unga Zebidan ko’ra qo’lidagi qumg’on a’lo tuyulib ketdi”28.
Aytishlaricha, insonning irodasi u boshdan kechiradigan murakkab vaziyatlarda sinaladi. “Zebidan ko’ra qumg’onni afzal ko’rish” Tursunboy xarakteriga juda mos. CHunki u irodasiz, qo’rqoqligi tufayli urushdan qochadi, hatto Zebiga bo’lgan sevgisi ham unga mardlik bag’ishlamagan edi. Tursunboy – Zebi – Nizomjon uchburchagidagi muammo Tursunboyning o’limi bilan yakunlanadi.

Nizomjon, Dildor va A’zamjon uchburchagi esa akaning urushda o’lmay qolgani bilan ijobiy yakunlanadi. Barcha gaplarni Dildorning xatidan bilgan
A’zamjon ukasidan xat orqali kechirim so’raydi.
Yozuvchi asar markaziga sevishganlarning hayotini qo’yib tasvirlar ekan, inson taqdirining naqadar murakkabligi va irodasining, muhabbatining, toqatining, odamiyligining sinalishini yoritib beradi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish