Mundarija kirish 1 bob. “O'tgan kunlar'' romanida milliy qadriyatlarning badiiy


-YILLAR ROMANCHILIGIDA “UCHINCHI ODAM” MASALASI



Download 0,62 Mb.
bet12/19
Sana18.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#452529
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
O\'tkan kunlar

2.2 80-YILLAR ROMANCHILIGIDA “UCHINCHI ODAM” MASALASI


O’ktam Usmonovning “Girdob” romani 1975-1978 yillarda yozilgan bo’lib, unda ilm kishisi Aziz Qosimov, uning xotini Saltanat va Saltanatning maktabdoshi
Yo’ldosh uchlikni tashkil qiladi.

Aziz



Saltanat Yo’ldosh


Aziz Saltanatga uylangan, ilmiy ish qilayotgan mutaxassis. Oila moddiy tomondan u qadar baquvvat emas. Saltanat bolalikdan o’ziga to’q oilada o’sgan.
Kamtargina hayoti, kamxarj ro’zg’ori uning ko’ziga nursiz bo’lib ko’rinadi. Oiladagi yetishmovchiliklar tufayli Saltanat eri bilan ko’p janjallashadi. Molparastlik va to’kin hayotga intilish, hamda boshqa erkakning e’tiborini tortganlikdan zavqlanish hislari Saltanatni xiyonat ko’chasiga olib kiradi. Yo’ldosh Saltanatlarning uyiga bilintirmay telefon tushirib berganda Saltanat u haqda: “Men hali sizdan ko’p qarzdorman” degani nimasi? Nahotki, telefonni Yo’ldosh qo’ydirgan bo’lsa? Nahotki? Mana shunaqangi xufyona gaplashib, ezmalanib yurish niyatida-ya! Tushungni suvga ayt! Ko’nglingning ko’chasiga seni!.. Endi u kishi bilan pichir-pichir don olishib, o’ynash bo’lib yurishim kerak! Voy, ahmog’ey!..” Garchi Saltanat dastlab o’zini o’zi muhokama qilsa-da, Yo’ldosh bilan uchrashgach, fikrlari to’zib, tuyg’ulari o’zgarib ketaveradi.
Yozuvchi Saltanat xarakterini yoritishda psixologik tasvirga keng o’rin beradi. Saltanatning eriga bo’lgan xiyonatini anglashi, qo’rquvga tushishi va shuning barobarida Yo’ldoshning e’tiborini tortganligi haqidagi o’ylari uni kemirib yuboradi. Lekin har gal eri va Yo’ldoshni solishtirar ekan, negadir Yo’ldoshga bo’lgan mayli ustunlik qilaveradi.
Xose Ortega de Gassetning fikricha: “Ayol erkakka mehr qo’yishi uchun dastlab e’tibor berishi zarur. Bu e’tibor muayyan insonga alohida qiziqish bilan qarashdan iborat bo’lib natijada mazkur siymo umumiy darajadan ajratib olinadi va ma’lum maqomga yuksaladi. Bunday xayrixohlik muhabbat bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq emas, biroq unga bevosita zamin yaratadi”29.
Bolalik chog’larida Yo’ldoshni mensimagan, uning e’tiboriga javob qaytarmagan Saltanat turmushga chiqqandan keyin Aziz bilan qo’l uchida tirikchilik qilayotganida maktabdoshini o’ziga to’q, badavlat, kuchli, chiroyli ko’rgani uchun ayolda unga nisbatan qiziqish uyg’ongani tabiiy. Yo’ldoshdagi ehtiroslar ham Saltanatga birda yoqib, birda cho’chitishi ham ayol qalbidagi birbiriga zid kechinmalar natijasidir.
Romanning ayrim o’rinlarida Azizning ilmiy ishi va paxta navi yaratish bo’yicha tajribalariga shu qadar berilganidan Saltanatdagi ruhiy o’zgarish, muomalasining ham yumshoqlashganiga unchalik e’tibor bermaganligiga yozuvchi diqqatni tortadi. Ehtimol, mana shu omillar ham Saltanatning tubanlik sari ketishga sabab bo’lgandir. Saltanat dastlab Yo’ldosh bilan bo’lgan uchrashuvlarining eri bilib qolishidan qo’rqib, erini sinchiklab so’roqlayveradi, yoki ayrim vaqtlarda u o’ta quvnoq bo’lib qoladi. Aziz ana shu jihatlarga ham e’tibor qilmaydi. Hatto SHorasulning ziyofatiga borganlarida Yo’ldosh Saltanatga tikilaverganiga ham mastlikda bir-ikki og’iz gap gapiradi-yu, ertasiga bo’lsa yana o’zini ayblaydi.

Aslida Aziz o’ta to’g’ri, halol yigit bo’lib, atrofdagilarga ham shunday qarardi, u xotinidan shubha qilishni-da xayoliga keltirmagan. Saltanat esa o’z xiyonatlaridan ruhan ezilib ketib, Azizga yig’lab, undan kechirim so’raydi. Aziz bunday haqorat va sharmandagarchiliklarni ko’tarolmay uydan chiqib ketadi. Institutdagi va oilasidagi asabbuzarliklar Azizni yurak xurujiga ro’baro’ qiladi. U kasalxonada o’ziga kelganda yonida Saltanat bor edi.
Yozuvchi kitobxonga xulosani o’zi chiqarishni havola etgan. Aziz tabiatan birovga ozor bermaydigan, kamtar, haqso’z, shafqatli inson edi. SHu xususiyatlar uni Saltanatni kechirishga yordam beradi.
O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani XX asrning 80-yillarida yaratilgan bo’lib, kitobxonlar iliq qarshi olganlar. Mazkur asarda SHaxsning tafakkuri va taqdiri qay davrda bo’lmasin, uning o’ziga, ayni paytda tevarakdagilarga ham bog’liqligi haqida hikoya qilinadi.

Romanda yuzlab qahramonlarning – turli davr kishilarining taqdirlari, hayot yo’li va ruhiy kechinmalari badiiy aks ettirilgan. SHu bois “sevgi uchburchagi”ning bir necha turlari, shakllarining borligini kuzatish mumkin. Ularni umumlashtiradigan jihat shundaki, barchasining zamirida agar urush bo’lmaganda bunday bo’lmasdi, degan g’oya bo’y ko’rsatadi. Urush tugaganiga necha yillar bo’lgan bo’lsa ham Muzaffar va Munavvarning baxtlari qaro bo’ladi. CHunki urush vaqtida Muzaffarning onasi Ra’no Umar zakunchi bilan qochib ketganda bolani Munavvarning onasi Bashorat emizgan. Demak, Muzaffar Munavvarga deyarli aka bo’lib qolgan. Lekin Munavvar yosh ekanida oila boshqa joyga ko’chib ketganlari uchun yoshlar bunday o’tmishdan bexabar bo’lishadi. Ularning muhabbatlariga to’siq bo’lgan narsa urush, o’tmish emasmi? Qaysidir ma’noda bu taqdirlarning birlashmaganiga urush sababchi. Urushni ramziy ma’noda uchburchakning bir burchagi deb olish mumkin.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish