2.2. Roman tarjimasida murojaatga oid so‘zlarning aks etilishi
Til xalq, millat ruhining betakror ko‘zgusidir. Har bir tilda o‘sha millatning dunyoqarashi, ruhiyati, o‘zligi aks etadi. Bunday tildagi jozibadorlikni esa tarjimada tilda aks ettirish tarjimonning zimmisiga yanayam og‘ir vazifani yuklaydi.Tarjima jarayonida tarjimon son-sanoqsiz amaliy qiyinchiliklarga duch keladiki, bu hol, tarjimaning ijodiy faoliyat ekanligi tufayli, tarjimonlar har bir muammoli holat yechimiga ijodiy yondashishi talab qilinadi. Ammo to‘la-to‘kis adekvatlikka erishish uchun birgina mahorat va iste’dod bilan bog‘liqijodkorlikning o‘zi kifoya qilmaydi. Asliyat ruhini imkon qadar to‘g‘ri va to‘la aks ettiradigan tarjima matni yaratish uchun tarjimon ham iste’dodli badiiy so‘z ustasi, ham iste’dodli tarjimashunos olim bo‘lishi kerak.Tilning lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi va fonetik tuzilishi uning barcha sohiblari uchun umumiy bo‘lsa-da, har bir shaxs fikrini o‘ziga xos tarzda ifoda etishi bilan ajralib turadi. Badiiy asar personajlari turli-tuman sharoit va muhitlarda yashab faoliyat ko‘rsatishlari tufayli ularning umumxalq tili imkoniyatlaridan foydalanishlarida sezilarli farq ko‘zga tashlanadi. Har bir personaj o‘z ilmi va saviyasi, dunyoqarashi, ijtimoiy sharoiti va nutq muhiti, kasb-kori doirasida so‘zlaydi, fikr-mulohaza yuritadi.
Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyati – nutq jarayonida keng qo‘llaniladigan, o‘zaro aloqa-aralashuvga xizmat qiladigan, so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan, o‘zida turlicha konnotativ ma’nolarni – semantik “ohanglarni” tashiydigan o‘tkir, ta’sirchan vositadir.
So‘zlovchi murojaat birliklari (shakllari, ifodalari) orqali tinglovchining diqqat-e’tiborini o ‘ziga jalb etadi, qaratadi hamda biror narsaga undaydi. Murojaat shakllari tinglovchiga nisbatan yaqinlik, samimiylik, hurmat-ehtirom, ishonch, mehr-muhabbat, ta’kidlash, ogohlantirish, minnatdorchilik, mamnunlik, erkalash, g‘azab kabi ruhiyat bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni ifoda etadi.
Murojaat ijtimoiy-mantiqiy hodisa bo‘lib, murojaat shakli nutqda til birliklarining faol harakatida yuzaga chiqadi. Murojaat shaklining keng o‘rganilgan shakli an’anaviy tilshunoslikda undalma deb belgilanadi va tahlil etiladi.
Murojaat shakli fikr yuritish bilan, tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy –mantiqiy hodisa sifatida sotsial lingvistikaning ob’ektidir. Undalma esa tilning mexanizmini o‘rganuvchi tilshunoslikning ob’ekti sanaladi. Bu har ikki soha aslida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Ma’lumki, “undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildiradi. Undalma IIshaxsgaqaratilganbo‘ladi. Undalmaningasosiy vazifasi nutqqa, aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortishdir. Bu xususiyat undalmaning dialogik nutq uchun xarakterli ekanini ko‘rsatadi”58.
Haqiqatan ham, undalma nutq qaratilgan II shaxsni ko‘rsatadi, uning diqqatini tortadi va shuning uchun ham dialogik nutqqa xos. Murojaat ifodalovchi so‘z ham mohiyatan shunday – grammatik aspektda yondashilsa, u undalmaga to‘la mos tushadi. Lekin mazmunan murojaat ob’ktini ifodalovchi so‘z, murojaat shakli sifatida, so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsnigina emas, har qanday obyektni ifodalaydi. Murojaat shaklining nutqdagi reallashuvi IIshaxsbilanbog‘lanadi. Biroq murojaat orqali uzatiladigan, anglatiladigan xabar–ma’lumot, fikr dastlab murojaat kiluvchi sub’ekt ongida hukm sifatida shakllanadi (aytsammi-aytmasammi), yuqorida aytib o‘tilganidek, bu holat nutqda bevosita reallashmaydi, murojaatning faqat ikkinchi bosqichi nutqda o‘z ifodasini topadi, reallashadi.59
2017-yil 8-9 iyun kunlari Xelsenki universitetida bo‘lib o‘tgan INAR xalqaro konferensiyasida sharq va g‘arb tillarida murojaat shakllarining turli xilmuammolariga bag‘ishlangan 30 ga yaqin ilmiy ma’ruzalarning taqdim etilishi mazkur masala hozirgi kunda zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbek tilshunosligida murojaat shakllarining lingvistik tadqiqiga doir qator tadqiqotlar mavjud. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Xolida Imamova60o‘zining “Turk tilida hurmat kategoriyasi” tadqiqoti doirasida turk tilidagi murojaat shakllarining turli xususiyatlarini o‘rganadi.
Tarjimashunoslik aspektida murojaat shakllari tarjimasiga doir ba’zi masalalar S.I.Vlaxov va S.P.Florin, B.M.Tarasov, L.S.Bizikoyeva, G.A.Nabiullina, L.Kamarova kabilarning ilmiy tadqiqotlarida yoritilgan. Yuqoridagi ilmiy izlanishlarda, asosan, rus va ingliz tillaridagi materiallar tadqiqotga tortilgan.
Bolgar tarjimashunoslari S.I.Vlaxov va S.P.Florinlar Болгар “Непереводимое в переводе” monografiyasida murojaat so‘zlarning tarjimasi haqida barcha tillar uchun mos umumiy tavsif berib o‘tishadi. Ular murojaat so‘zlarni tarjima qilinishiga ko‘ra quyidagi mavzuviy guruhlarga ajratadilar:
–umumiy hurmatni ifodalovchi murojaatlar;
–jamiyatdagi o‘rni va ijtimoy kelib chiqishiga ko‘ra qo‘llanadigan murojaatlar;
–qarindoshlik va boshqa yaqinlik rishtalariga ko‘ra aytiladigan murojaatlar ;
–uzual (odatiy) murojaatlar;
–hissiy ekspressivlikni ifodalovchi murojaatlar;
–jonzotlarga nisbatan qo ‘llanadigan chaqiruv va murojaatlar61.
Hindiston ko‘p millatli, ko‘p elatli davlar. Bu holat, albatta til va adabiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Binobarin, lisoniy hamjamiyatdagi turli nutqiy vaziyatlar ham badiiy asarlarda o‘z aksini topadi. Hindiy tilida yozilgan badiiy asarlardagi personajlar nutqida shevalarning faol qo‘llanishi kuzatiladi. Hindiston tillari, sheva va lahjalari bir-biridan tubdan farqlanadi. Tillarning bir qismi hind-yevropa til oilasiga mansub. Shunga ko‘ra badiiy asarlarda beriladigan leksik qatlamni tarjimada berish har doim ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Tarjimonlar nafaqat hindiy tilini mukammal bilishi, balki Hindiston tillari va shevlaridan ham xabardor bo‘lishi muhim hisoblanadi62.
Hindshunos va urdushunos olim Safarmo Tolibi “Pokiston urdusidagi nutqiy etiket”63 nomli tadqiqotida Pokiston xalqini uch yirik tabaqaga tasniflagan. Ular: zodagonlar; diniy ulamolar; ishchi, hunarmand hamda dehqonlar qatlami. Mazkur qatlamlarni tasniflashda kishi ajdodlarining jamiyatda tutgan o‘rni, egallab turgan mavqeyi, shuningdek, muloqot vaziyati asosiy omillar bo‘lib hisoblanadi. Tabiiyki, ana shu omillardan kelib chiqqan holda, murojaat shakllari ham o‘zgarib boradi.
Ahmedova Nargiza o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida kishilarga qaratilgan murojaat vositalarini semantik jihatidan quyidagi turlarga ajratgan:
–joy nomi bilan bog‘liq murojaat birliklari;
–kishilarning millati bilan bog‘liq murojaat birliklari;
–kishilarning bajarayotgan vazifasi, amal-mansabi, kasb-hunari bilan bog‘liq murojaat birliklari;
–kishilarning qarindoshlik munosabati bilan bog‘liq murojaat birliklari;
–kishilarning yoshi bilan bog‘liq murojaat birliklari;
–kishilarning ismi-familaysi bilan bog‘liq murojaat birliklari;
–diniy tushunchalarni ifodalovchi murojaat birliklari va boshqalar.64
Kishi ismlarining eng birinchi vazifasi insonlarning birini ikkinchisidan farqlash, ajratib turishdir. O‘zaro muloqot jarayonida kommunikatlar ba’zan tinglovchiga uning ismi bilan murojaat qiladilar:
مالتی نے چھینپئے ہوئی کہا "تم کورنے فلسفی ہو مہتا ! سچ !"(١٢٧)
“– E, Mehta –e ! Siznng faylasuflaringizga ham qoyil qolmadim, rostini aytsam! – dedi Moltiy, uyalib. (115)
“Малтисмутилась. – Выскверныйфилософ, Мехта! Право!” (123)
Berilgan misolda so‘zlovchi suhbatdoshiga ismi bilan murojaat qilmoqda. Bu esa hamma uchun tushunarli bo‘lgan murojaat shakli hisoblanadi. Ism tarjimasi u qadar murakkabliklarni yuzaga keltirmaydi. Faqat chet tildagi tovushlarni ona tilga moslashtirilsa bo‘ldi. O‘zbek tiliga tarjima qilinganda tarjimon tinglovchining ismini yoniga “e” undalmasini ham qo‘shgan. Bu esa ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan.
مالتی نے مہتا کی طرف رحم سے دیکھ کر کہا محتاجی بڑا نہ مانیں تو بتادوں .(گ. ٩١)
“Miss Moltiy Mehtaga kinoyasimon qarab:
– Agar mister Mehtaning ko‘ngillariga kelmasa, aytib berardim, - dedi.” (Қ. 84)
“ –Если уважаемый профессор не обидится, я скажу, что я думаю по этому поводу, – ответила мисс Малти, снисходительно взглянув на Мехту.”(Ж. 91)
Keltirilgan misolda ham muloqot jarayonida tinglovchining ismi bilan murojaat etilganini ko‘rishimiz mumkin. Biroq asliyatda ism yoniga “ جی” yuklamasi ham qo‘shilgan. Yuklama faqat murajaatga oid bo‘lib, kishi ismidan so‘ng ishlatiladi. “Hurmatli”, “muhtaram” kabi lug‘aviy ma’nolarga ega. Murojaatni bunday shakli faqat hind-urdu tillariga xosdir. Shuning uchun tarjimon o‘z tarjimasida “mister” so‘zini qo‘shdi. Garchi, “mister” asli inglizcha so‘z bo‘lsa ham hind-urdu tillarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Mohir tarjimon o‘zbek kitobxoniga tushunarli bo‘lgan bu tillarga xos murojaat so‘zidan foydalandi. Bu esa tarjimani muvaffaqqiyatli chiqishiga xizmat qilgan. Ammo, rus tilidagi tarjimada ism butunlay tushirib qoldirib uni o‘rniga “уважаемыйпрофессор” deb so‘z birikma shaklida bergan. Tarjimon bu yerda konteksdan kelib chiqib tarjima qilganligini guvohi bo‘lamiz.
Fikr almashish davomida so‘zlovchining tinglovchiga uning kasb-hunari, amal-mansabi, unvoni kabilar bilan ham murojaat qilishi, umuman, insonning kasb-hunari, amal mansabi, bajarayotgan vazifasiga ishora qiluvchi murojaat birliklari tilshunoslikda identifikativ (aynan o‘xshatish, tenglashtirish) nominatsiya deb yuritiladi.65
شخصی باتوں کی تنقید نہ کیجیے ایڈیڑصاحب!(گ. ٨٨)
“–Shaxsiy masalalarga o‘tib tanqid qilmang, muhtaram muharrir!” (Қ. 82)
“–Не приходите на киритику отдельных личностей, редактор-сахиб, - сказал рае-сахеб…(Ж.88)
Asliyatdagi “ایڈیڑصاحب” ni so‘zma so‘z tarjima qilinganda, “janob muharrir” degan ma’noni anglatadi. “صاحب” murojaatga oid so‘z bo‘lib, “sohib”, “janob”, “xo‘jayin” kabi ma’nolarga ega. Tarjimon o‘z tarjimasida ijodiy yondashib “janob” so‘zining o‘rniga o‘zbek tilida hurmat ma’nosini ifodalovchi “muhtaram” so‘zini ishlatgan. Aynan mana shu jihat o‘zbek kitobxonlaridan so‘zlovchi o‘z tinglovchisa qanchalik hurmat qilishini ko‘rsatib beradi.Rus tilida esa “сахиб” so‘zi transliteratsiya usuli bilan tarjima qilingan.
Inson bir-biriga murojaat qilarkan, u yoki bu darajada o‘sha o‘zi murojaat qilayotgan insonga nisbatan o‘z munosabatini, qarashlarini aks ettiradi. Muloyimlik, mehr-muhabbat bilan qilingan murojaat bor hamda g‘azab, jaxl bilan yoki yana shunga o‘xshash kechinmalar bilan qilingan murojaat usullari mavjuddir. Bunday murojaatlar insonlarni yaxshilikka yoki yomonlikka chorlaydilar.
Har bir xalq tilida hurmat ma’nolarini ifodalovchi murojaat so‘zlari mavjud. Ularni odatda, kelib chiqishi yuqori bo‘lgan, yuqori mansabdor shaxslarga yoki yoshi ulug‘ insonlarga nisbatan ishlatilinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “Hazrat”, “begoyim”, “bekach” “xonim” va boshqalar bularga misol bo‘la oladi.
مرزانے ہاتھ جوڑکر کہا "حضور اس قصیدے میں تو آپ کی تعارف کی گئی ہے "(گ. ١١٢)
“–Taqsir, bu qasida sizga atalgan! – dedi Mirzo Xurshid, qo‘l qovushtirib.“(Қ. 103)
“–Ваше высочество! – сложив на груди руки в знак полной покорности, обратился к нему Мирза Хуршед. – Но ведь эта хвалебная ода написана в вашу честь!”(Ж. 111)
Urdutilidaberilganushbumisoldagi “ حضور” murojaatdaishlatiladidanushbuso‘zham “janob” deganlug‘aviyma’nogaega. Biroq, uniso‘zlovchihammaganisbatanishlataolmaydi. Chunki, bu martabasi juda yuqori bo‘lgan insonlarga ehtirom sifatida ishlatilinadi. Bizga ma’lum, Pokiston va Hindistonda insonlarni ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan tabaqalarga (kasta) ajratish mavjud. Bu esa o‘z navbatida nutq jarayoniga ham ta’sir qiladi. Berilgan misolimizda ushbu murojaatga oid so‘z ham “past” tabaqa vakilini o‘zidan “yuqori” tabaqa vakiligi nisbatan ishlatilinadi. Jamiyatning bunday bo‘lishini esa o‘zbek kitobxonlariga tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Tarjimon asliyatdagi ma’nodan uzoqlashmasligi kerak va u mahorat bilan tarjimada bundayin murojaatga oid so‘zni o‘zbek tilidagi “taqsir” so‘ziga almashtirgan. Natijada, ma’no ham saqlandi, o‘zbek kitobxonlariga ham tushunarsiz holat yuzaga kelmadi. Rus tilida esa bu so‘z “вашевысочество”ga almashtirilgan. Bu hurmatning eng yuqori ko‘rinishi bo‘lib “hazrati oliylari” degan ma’noni beradi. Rus tilidagi tarjima ham to‘laqonli ma’noni aks ettira olgan.
مسٹر کھنّا نے پوچھا " فلوسضروں کی صورت میں کیا خاص بات ہوتی ہے' دیوی جی ؟"(گ. ٩١)
“ – Xo‘sh, devijiy, faylasuflarning peshonasida alohida belgi bo‘lar ekanmi?” (Қ. 84)
“ – А что, разве на лицах философов написано нечто особенное, благодаря чему их можно отличить от других людей, уважаемая Малти? – спросил ее Кханна.” (Ж. 90)
Keltirilganmisoldaasliyatdagi “ دیوی” so‘ziaslihindiyso‘zbo‘lib, “begim”, “bonu”, “oyim” deganma’nolargaega. Unga “ جی” yuklamasiqo‘shilgandaesa “begoyim”, “xonim” kabima’nobirozkuchayib, bo‘rttiriladi. Rustilidagitarjimadako‘ribturganimizdek “yaxshiroq” chiqqan. “Уважаемая Малти” debqahramonningisminiasliyatdayo‘qbo‘lsahammurojaatso‘zio‘rnidaqo‘llagan. Ammoo ‘zbektilidagitarjimahaqidabundayijobiiyfikrbildiraolmaymiz. Tarjiimon uni o‘zbek tiliga transliteratsiya usuli bilan tarjima qilgan. Ammo bu ma’noda biroz g‘alizlikni yuzaga keltirgan. Tarjimani o‘qigan kitobxon murojaatga oid ushbu so‘zni ism yoki biror bir atama kabi qabul qilishi mumkin. Zero, “sohib”, “mister”, “ser” kabi so‘zlarni biz kinofilmlar va kitoblar orqali ko‘rib bilib tarjimasiz ham tushanamiz.
Har bir millatga xos ana shunday nozik psixik simptomlar san’at asarida juda ziyraklik bilan ilg‘ab olinadi, adib ulardan o‘zi tasvirlayotgan voqeaning tub sotsial mohiyatini ifodalashda, til yaratishda, yorqin individual xarakter barpo etishda ustalik bilan foydalanadi. Bu singari mayda-chuydalarni tarjimon e’tiborsiz qoldirishi mumkin emas.66
Tahlil davomida tarjimon murojaatga oid so‘zlarni muqobil varianti va ekvivalentini topib tarjima qilgan. Ba’zan tarjimada asliyat ma’nosini saqlayman deb g‘alizlikka ham yo‘l qo‘yilgan. Biroq, tarnsliteratsiya orqali tarjimani berish asarda aks etgan o‘ziga xos muhit va sharoitni kitobxon ko‘z oldida ochiq-oydin jonlanishini ta’minlaydi. Bu esa kitobxon tasavvurini boyitadi va uning so‘z boyligini oshishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |