2bob bo‘yicha xulosalar
1. Tarjima – bir tilda yaratilgan asarning o‘zga bir xalq ma’naviy ehtiyojiga xizmat qildiradigan, undan badiiy zavq olish uchun imkoniyat yaratib beradigan kommunikativ vositadir.
2. Tarjima nafis san’at bo‘lib, u tarjimondan realistik tarjima prinsiplaridan to‘la xabardor bo‘lishni va tarjima ustida qunt bilan ijodiy mehnat qilishni talab etadi. 3. Tarjima jarayonida tug‘iladigan eng muhim qiyinchiliklardan biri bu original asarning milliy ruhini boshqa muhitga ko‘chirishdir.
4. Milliy kolorit bilan bog‘liq bo‘lgan so‘z va atamalar realiyalar, boshqacha qilib aytganda milliy mezonga xos so‘zlar deyiladi.
5. Agar realiyalar tarjima tilida noto‘g‘ri talqin etilsa, tarjimaning umumiy mazmuniga putur yetadi. Tarjimalarning birida to‘liq in’ikosini topgan realiyalar ikkinchi bir tarjimada o‘z ifodasini topmasligi mumkin.
6. Rеаliyalаr lisоniy hоdisа, til bоyligi sifаtidа hаm muаyyan jаmiyatning tаrахiy tаrаqqiyotidа o‘zigа хоs vazifa bajaradivа jаmiyatdаgi o‘zgаrishlаrgа o‘z tа’sirini o‘tkazadi.
7. Tarjimaning muhim usullaridan biri bo‘lgan “transkrptsiyalash” termining “transliteratsiyalash” terminidan mantiqiy farqlanishini ko‘rib chiqildi va misollar bilan izohlandi.
8. Realiyalar tarjimasida ikki jihat eng muhim hisoblanadi, birinchidan, asliyatdagi realiyaga tarjima tilida muqobilini topib bo‘lmasligi. Ikkinchidan realiyalar tarkibida ob’yekt sifatida kelgan milliy va tarixiy koloritni aynan tarjima qilib bo‘lmasligi.
9. So‘zlovchi murojaat shakllari orqali tinglovchining diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etadi. Murojaat shakllari tinglovchiga nisbatan yaqinlik, samimiylik, hurmat-ehtirom, ishonch, mehr-muhabbat, ta’kidlash, ogohlantirish, minnatdorchilik, mamnunlik, erkalash va g‘azab kabi ruhiyat bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni ifoda etadi.
10. TarjimonRahmonberdi Muhamedjanov Premchandning “Gaudan” romanini tarjima qilishda so‘zma-so‘z tarjima usulidan voz kechgan holda, asosan kitobxonga ma’noni yetkazib berishni ustun qo‘ygan.
11. B.Крашенинникова va Ю.Лавриненкоlar esa asar tarjimasini yozuvchi uslubidan chetlashmagan holda o‘quvchiga yetkazib berishni ma’qul ko‘rishgan.
12. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ayrim tarjimalarda ba’zi diniy atamalar “milliylashtirib” yuborilgan.
13. Murojaatga oid so‘zlar asar tarjimasida juda mahorat bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
14. Ba’zi o‘rinlardagi rus tilidagi murojaatga doir so‘zlarning tarjimasishu qadar topqirlik bilan o‘rinlatilganki, bu tarjimadagi boshqa kamchiliklarni berkitib yuborgan.
15. Tarjimon tahlil davomida murojaatga oid so‘zlarni muqobil varianti va ekvivalentini topib tarjima qilinganligi aniqlandi. Shu bilan birga 40 ta milliy xos va 56 ta murojaatga oid so‘zlarning tarjimada ifodalanishi ko‘rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |