Mundarij a kirish


III bob. Asar tarjimalarida ibora, o‘xshatish va maqollarning berilish prinsiplari



Download 172,95 Kb.
bet13/24
Sana07.09.2021
Hajmi172,95 Kb.
#167489
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Dissertatsiya

III bob. Asar tarjimalarida ibora, o‘xshatish va maqollarning berilish prinsiplari

3.1. Roman tarjimasida iboralarning berilish usullari

Badiiy tarjimada xalqona obrazli iboralarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, ohoriy (original) badiiyligini tarjima qilinayotgan tilda berish alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy ish, ma’sulyatli faoliyat sanaladi.

Tilning frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbaasi sanaladi. Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma’naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo‘ladi. Mashhur rus tilshunosi B.A.Larinning ta’kidlashicha, “Frazeologizmlar har doim xalq dunyoqarashi, jamiyat tuzilishi va o‘z davrining mafkurasini bilvosita aks ettiradi”. Frazeologizmlarning semantikasida xalq madaniyati rivojining uzoq jarayoni aks etadi. Har bir tilning frazeologizmlarida xalq hayotiga mansub ijtimoiy-tarixiy voqea-hodisalar, axloqiy va ma’naviy-madaniy me’yorlar, diniy tasavvurlar, milliy an’ana va urf-odatlar, madaniy stereotiplar va arxetiplar o‘z aksini topgan bo‘lib, ular avloddan-avlodga uzatiladi.

F.I.Buslayevga ko‘ra, frazeologizmlar o‘ziga xos kichik dunyo bo‘lib, ular ajdodlar tomonidan avlodlarga meros qilib qoldirilgan axloqiy qoidalar va haqqoniy fikrlarni o‘z ichiga olgan qisqa, hikmatli ifodalardir. Ular millatning o‘ziga xos ruhini betakror obrazlar vositasida ifodalaydigan har qanday milliy tilning jonidir67. V.A.Maslova frazeologizmlarni tahlil qilib, ular haqida quyidagi gipotezani ilgari suradi:

1. Frazeologizmlarning aksariyatida aniqlanishi lozim bo‘lgan milliy madaniyatning “izi” mavjud.

2. Frazeologik birliklarning ichki shaklida obyektiv olamning u yoki bu hodisalarini obrazli tasavvuri bo‘lgan madaniy informatsiya saqlanadi va u frazeologizmga madaniy-milliy bo‘yoq beradi.

3. Madaniy-milliy o‘ziga xoslikni aniqlashda madaniy-milliy konnotatsiyani ochish juda muhimdir68.

Olamning lisoniy manzarasini yaratishda frazelogizmlar alohida rol o‘ynaydi. Aniqrog‘i, frazeologiya olam lisoniy manzarasining bo‘lagidir. Frazeologik birliklar “xalq hayotining ko‘zgusi”dir. Frazeologik birliklarning tabiati til egasining bilimlari, hayotiy tajribasi va mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning madaniy-tarixiy an’analari bilan chambarchas bog‘liqdir. Frazeologik birliklarning semantikasi inson va uning faoliyatini tavsiflashga qaratiladi69. Frazeologik birliklar har doim subyektga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni ular olamni tasvirlash uchungina emas, balki uni talqin qilish, baholash va unga subyektiv munosabat bildirish uchun yuzaga keladi. Frazeologizm va metaforalar aynan mana shu jihati bilan boshqa atov birliklaridan ajralib turadi.

Har bir xalq vakili o‘z fikrini obrazli yoki his-hayajonli tarzda ifoda etish maqsadida barqaror so‘z birikmalari yaratishda o‘ziga yaqin yoki tanish narsa va hodisalar nomlaridan foydalanishga harakat qiladi. Masalan, “boshdan-oyoq”, “to‘la-to‘kis”, “butunlay”, “tamomila” tushunchalarining obrazli ifodasi uchun yunon tilida “От альфы до омеги”iborasi ishlatiladi. Mazkur iboraning ta’sirida turk tilida “A’dan Z’ye kadar” rus tilida “От А до Я”iboralari paydo bo‘lgan. Yoki yunon tilida “ibtido va intiho”, “hayotning boshi va oxiri” ma’nosida “Alfa va Omega” iborasi qo‘llaniladi. Ayni iboralarning obrazliligi mazkur tillardagi birinchi va oxirgi harflarning majoziy qo‘llanilishi – bir-biriga qarshi qo‘yilishi asosida vujudga kelgan. Lingvokulturologiya fanining asoschilaridan biri, Moskva frazeologik maktabining rahbari V.N.Teliyaning yozishicha, tilning frazeologik tarkibi “lingvomadaniy jamoa milliy o‘zligini ko‘radigan ko‘zgudir”. Aynan frazeologizmlar til egasining dunyoni, hodisalarni o‘ziga xos ko‘rishini namoyon etadi70. Masalan, o‘zbek xalqining turmush tarzi (bozor bahosi “hamma qatori, hech yon bosmay”, xirmon ko‘tarmoq “ekin-tikinni yig‘ib, hosil me’yorini hisob-kitob qilmoq”), milliy kiyim-kechaklari (to‘n kigizmoq “qo‘shib-chatib, pardozlab gapirmoq”, kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq “haydab yubormoq”), yeguliklari (xamir uchidan patir “katta ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism”) va h.k.

Frazeologizmlarning milliy-madaniy semantikasi. O‘zbek oilasida bola tug‘ilishi bilan chilla davriga katta e’tibor beriladi. Farzand ko‘rgan ayol va uning chaqalog‘i chilla davrida maxsus sharoitda saqlanib, turli ins-jinslar va kasalliklardan himoya qilinadi. An’anaga ko‘ra ona va chaqaloq 40 kungacha uydan chiqmasligi, bolali uyga begona odam kirmasligi va chillali uyda chiroq o‘chmasligi kerak. Chilla an’anasi “tuqqaniga qirq kun bo‘ldi” ma’nosidagi chillasi chiqdi iborasi bilan ifodalanadi: Chillasi chiqishi bilan Hadya ham alohida qizlar yacheykasi tuzishga boradi. Frazeologik birliklarningtayanch komponenti sifatida tarixiy va diniy-mifologikmashhur shaxslarning nomlari kelishi mumkin:Xo‘ja ko‘rsinga “shunchaki nomigagina”, Musoning alamini Isodan olmoq “aybdor chyetda qolib, aybsiz kishiga qarshi ish tutmoq”, Xizrni yo‘qlasam bo‘lar ekan “kimnidir ko‘rish istagi qo‘qisdan ro‘yobga chiqqanda aytiladigan ibora”. Turk tilida: Bir Köröğlü bir Ayvaz “bola-chaqasi yo‘q er-xotin”, Derdini Marko Paşa’ya anlat “dardini eshitadigan hech kim yo‘q”.

O‘zbek xalqi kiyinish madaniyati nuqtayi-nazaridan ham dunyodagi xalqlarning oldingi saflarida turadi. Har bir xalqning o‘ziga xos kiyim-kechak nomlari va realiyalari ham milliy frazeologizmlarni hosil qilishda asos vazifasini o‘taydi. Masalan, to‘nini teskari kiyib olmoq “o‘chakishgan holda qasarlik qilmoq”, do‘ppini osmonga otmoq “juda xursand bo‘lmoq”, do‘ppi tor keldi “iloj-imkonsiz og‘ir ahvolga tushmoq”, bir-ikki yaktakni ortiqroq yirtgan “yoshi kattaroq, turmush tajribasi ko‘proq” chorig‘ini sudramoq “zo‘rg‘a-zo‘rg‘a, amal-taqal qilib yashamoq”, paytavasiga qurt tushdi “xotirjamligi buzilib, bir yerda tinch tura olmaslik”, turk tilida Ali’nin külâhını Veli’ye Veli’nin külâhını Ali’ye giydirmek “puli bo‘lmagani holda, birovdan olgan pulni boshqasiga, boshqasidan olganini yana boshqa birovga berib kun ko‘rmoq”, Bir don bir gömlek “yarim yalang‘och holda” iboralari shular jumlasidandir. O‘zbek xalqi turmushida kundalik hayotda ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari ham muayyan frazeologizmlarni shakllantirganini ko‘rish mumkin: ko‘rpasiga qarab oyoq uzatmoq “imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq”: Ha, onang ko‘rpasiga qarab oyoq uzatsin, uqdingmi?; chovlisini solmoq “aralashmoq”: Nigoraga hayronman, har narsaga o‘z chovlisini solavermay, tinchgina yursa nima qilarkin.Iste’mol qilinadigan taom nomlari mavjud bo‘lgan frazeologik birliklar ham ko‘p hollarda milliy xususiyatga ega bo‘ladi: osh bermoq “to‘y-marosim munosabati bilan katta qozonda palov damlatib, ziyofat o‘tkazmoq: Xuddi shu o‘g‘il tug‘ilganda Pirimqul hoji qo‘y ham, ho‘kiz ham so‘ydirib, yurtga osh berdi ; tog‘ni tolqon qilmoq “har qanday katta va og‘ir ishni ham bajarmoq”: Undan keyin charchamaguningcha chopma, ayni qizishgan vaqtingda, g‘ayrating kelib, tog‘ni tolqon qilaman deganingda dam ol, birpasgina dam ol!

Xullas, frazeologizmlar dunyo, obyektiv borliq va jamiyat haqida madaniy informatsiya tashuvchi lingvomadaniy birlik hisoblanadi. Shuning uchun ham frazeologik birliklar o‘zida xalq mentaliteti va madaniyatini saqlovchi “hikmatlar xazinasi” bo‘lib, ular avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi. O‘zbek tilining frazeologik boyligi haligacha to‘liq to‘planmagan. Frazeologizmlar lingvomadaniy jihatdan o‘rganilmagan. Shuning uchun frazeologik birliklarni yig‘ish, tasniflash, lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etish, ularni o‘zga madaniyat iboralari bilan qiyosiy o‘rganish bugungi o‘zbek tilshunosligining kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalaridan biridir.

Asliyat va tarjima matnlarini qiyosiy o‘rganish natijasida frazeologizmlarni quyidagi yo‘llar vositasida tarjima qilinganligini ko‘rish mumkin:

–to‘la ekvilalent frazeologizmlar vositasida tarjima qilish;

–muqobil frazeologizmlar bilan tarjima qilish;

–tasviriy usulda tarjima qilish;

–kalka usulda tarjima qilish.

Frazeologizmlarni to‘la ekvilalent iboralar vositasida tarjima qilish ham uchraydi. Turli xalqlar frazeologik birliklarining bir-birlariga har jihatdan o‘xshashligi aksariyat hollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mushohadalaridagi mushtaraklik bilan izohlanadi. Zero, boshqa til vositalari singari frazeologizmlar ham turli-tuman umuminsoniy fikr bayon qilish me’yorlari va hayotiy kuzatishlar asosida vujudga keladilar. Natijada turli tillar barqaror so‘z birikmalari bir xil obrazli asosdan iborat bo‘lib qoladilar71. Tarjimada to‘liq ekvivalentga ega bo‘lgan frazeologik birliklar deyarli hech qanday muammo tug‘dirmaydi, chunki ular stilistik hamda pragmatik jihatlardan bir xil qiymatga, ma’noga, ifoda usuli va ta’sir kuchiga ega bo‘ladi72.

Frazeologizmlarni muqobil iboralar bilan tarjima qilish muhim hisoblanadi. Biroq tarjima qilinayotgan tilida asliyatda qo‘llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, adekvatlik ko‘p hollarda muqobil variantlar yordamida amalga oshiriladi. Ma’no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklari qator hollarda bir-birlaridan leksik tarkibda yo butunlay, yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlarda farq qiladilar. Bunday frazeologik birliklar o‘zaro muqobillik munosabatida bo‘ladi. Moddiy jihatdan farq qiladigan bunday muqobil variantlarning paydo bo‘lishi va iste’foda etilishi har bir xalq sohibining muayyan fikrni obrazli yoki hissiy-ta’sirchan tarzda ifoda etishda o‘z turmush tushunchalari, urf-odatlari, milliy-falsafiy qarashlari va o‘ziga xos ruhiyatidan kelib chiqishlari bilan izohlanadi73. Turk tilida bir eli yağda, bir eli balda olmak iborasi “mo‘l-ko‘lchilikda, to‘kin-sochin yashamoq” ma’nosida qo‘llaniladi. Ushbu frazeologizmga o‘zbek tilida xuddi shunday ma’no anlatadigan yegani oldida, yemagani ortida iborasi muqobil variant bo‘la oladi:

Frazeologizmlarnitasviriy usulda tarjima qilish ham mumkin. Muayyan frazeologik birlikni goho na ekvivalent, na muqobil variant va na kalka yor­damida o‘girishning imkoni topiladi. Bunday hollarda san’atkorlar noiloj tarjima amaliyotining tasviriy usuliga murojaat qiladilarki, mazkur usul yordamida frazeologik birliklar ma’nolari erkin ma’nodagi so‘z yoki so‘z birikmalari vositasida tushuntirib qo‘yaqolinadi74.Goho ma’no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos muqobil variantlarning tayanch komponentlarigina bir-birlarinikiga o‘xshash bo‘lib, boshqa so‘zlari farq qiladi. Bunday o‘zaro muqobil frazeologik birliklar odatda bir xil voqea-hodisa, harakat-holat,xislat-xususiyatning obrazli yoki his-hayajonli ifodasi uchun yaratilgan bo‘lib, bir-birlariga to‘la mos keladilar75.

Ba’zan tasviriy usuldagi tarjima jarayonida tarjimonning shoshib ish ko‘rgani, tildagi mavjud ekvivalentlarga jiddiy e’tibor bermagani ko‘zga tashlanadi. Zero, “o‘zbek tili nihoyatda boy va imkoniyati keng til. U ayniqsa, rus va yevropadagi tillardan tarjima qilishda zarracha ham oqsamaydi. Balki o‘zbek tili boshqa tillardan har qanday sohaga oid asarlarni tarjima qilish uchun o‘zini moslab olgan. Shu bilan birga, u o‘ziga xos boylik va imkoniyatlarni saqlagan”76.

Tilda muayyan jihatlarni assotsiyalab kelgan milliy-madaniy mifologemalar ham ayrim frazeologizmlarni shakllantirgani kuzatiladi. Mifologema – mif, afsona yoki ertakdagi obraz, qahramon bo‘lishi va u mifdan mifga, ertakdan ertakka o‘tishi mumkin. Frazeologizmlarnikalka usulida tarjima qilish. Hech bir til frazeologik birliklari hayotdagi barcha jihatlarni qamrab ololmasliklari tufayli bir tilda muayyan tushunchani ifoda etadigan muayyan frazeologizm o‘zga tilda o‘z ekvivalentiga yoki muqobil variantiga ega bo‘lmasligi mumkin. Bunday holda ko‘proq tarji­ma amaliyotining kalka, ya’ni so‘zma-so‘z tarjima usuliga murojaat qilinadi. Bu yo‘l vositasida tarjima tilida hosil qilingan birikma iboraviy shakl kasb etib, tabiiy jaranglasa, nazarda tutilgan ma’no va uslubiy vazifani aks ettira oladi. Bunday paytda nafaqat adekvatlik ta’minlanadi, balki tarjima tili lug‘at tarkibining boyishi uchun ham imkoniyat vujudga keladi77.

Endi bevosita asar ichida duch kelgan frazeologik birliklarimiz va ularning tahlili bilan tanishib chiqsak:

اگر انکار کرتے ہیں تو سنہرا موقع ہاتھ سے جاتا ہے ...(گ. ١٦١)

Agar “yo ‘q” desa, shunday g ‘animat fursat qo‘ldan ketadi”. (Қ. 144)

Откажешься – уйдет из рук золотая возможность…” (Ж. 155)

Iboralar nafaqat tarjimada balki asliyatdagi tilda ham o‘rganilishi juda qiziq va zarur bo‘lsa, qaysidir ma’noda xalq tilini boyitishga va so‘zlovchining nutq boyligini ko‘rsatib berishga xizmat qiluvchi vosita hamdir. Berilgan gapni o‘qir ekanmiz, “inson hayotida shunday imkoniyatlar bo‘ladiki, uni inkor qilsa takroran bunday imkon bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan vaziyat aks etganini ko‘ramiz. Ikkala tildagi tarjimalarni asliyat bilan solishtirara ekanmiz, tarjimonlarning naqadar mohirligiga tasanno aytsak arziydi. Asliyatda berilgan “سنہرا موقع ” ya’ni “tilla imkoniyat” degan birikma rus tiliga adekvat tarjima qilingan va ma’no ham saqlangan. O‘zbek tiliga esa “g‘animat fursat” deya ekvivalenti berilgan. Bu esa o‘zbek tilidagi asliyatda berilgan ma’noni to‘laqonli shaklda ifoda eta oladi.

Bir kam dunyo” deyilganidek, tarjimonlar har qancha mohir bo‘lishmasin tarjimalarda qusurlar ham kuzatilinadi. Quyida shunday misollardan birini ko‘ramiz:

دھنیا بولی "اب کیسا جی ہے تمہارا ؟ میری تو جان نہوں میں اگئی تھی. (گ. ٣٣٧)

Dhaniya so‘radi:



Xo‘sh, qalaysiz? Xuddi jonim tirnog‘imning uchiga keldi-yu”. (Қ. 305)

Дхания спросила : Ну как ти себя чувствуешь ?. А я уж была всякую надежду потеряла” (Ж. 314)

Tarjimon uchun har doim ham iborani ibora bilan tarjima qilish imkoni bo‘lavermadi. Buning birinchi sababi o‘sha ibora tarjima tilida mavjud bo‘lasa va o‘zida milliylikni ifodalasa, boshqa sababi shu ifodani ifodalovchi holat va predmetlarning farq qilishidir. Berilgan gapda asliyatda kelgan idioma tarjimadaa o‘z ma’nosini yo‘qotgan. So‘zma so‘z tarjima qilinganda “میری تو جان نہوں میں اگئی تھی” ya’ni “jonim oyog‘imga tushdi” degan ma’noni beradi. To‘g‘ri, rus tilidagi tarjimada ma’noni so‘zlar orqali ifodalab berishgan. Bu bilan tarjima to‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsada, hissiy ematsionallik yaxshi ochilmay qolgan deyish mumkin. Ammo, uni o‘rnini bosuvchi idiomani o‘zi ham bu tilda mavjud. Bizningcha tarjimon ushbu o‘rinda “душа в пятки ушла” degan idiomani ishlatganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi.Endi o‘zbek tilidagi tarjimaga to‘xtaladigan bo‘lsak, tarjimadagi “jonim tirnog‘imning uchiga keldi-yu” degan gap umuman na adabiiy nutqqa, na og‘zaki nutqqa xosdir. Tarjima juda g‘aliz va tushunarsiz chiqqan. Tarjima shunchaki idiomaning so‘zma so‘z o‘zbek tiliga o‘girilganidir.Biroq ayni asliyatdagi ibora o‘zbek tili zahirasida ham mavjudligi “yuragim tovonimga tushdi” degan ibora urdu tilidagi iboraning o‘zbek tilidagi ekvivalenti bo‘la oladi. Ushbu iborani qo ‘llanganda, mutarjim ham shakl mazmun birligini saqlab qolishga erishgan bo‘lar edi deb o‘ylaymiz. Yoki, aynan “jonim” so‘zini ishlatishni istalsa, “jonim bo‘g‘zimga tiqildi” deya tarjima qilinganda kitobxonga ham tushunarli ham manzur bo‘lar edi.

“Gaudan” romani o‘zining sodda va ravon tili bilan hamda jonli ibora va maqollarning qo‘llangani bilan kitobxonlar orasida juda mashhur. Oddiy va tushunarli iboralardan foydalanilganligi esa o‘quvchini qoqilmasligini ta’minlaydi. Yuqorida keltirilgan misolimizdan ham ko‘rinadiki, yozuvchi gaplarni oddiy berishdan qochib, uni ma’lum iboralar orqali yetkazishni ma’qul ko‘radi.



دھنیا جوش میں بولی "انرتھ نہیں انارتھ کہ باپ ہو جاۓ، میں بنا لالاکو باڑے گھر بھجواۓ مانوںگی نہیں. (گ. ١٧٧)

He, qiyomat bo‘lmay turib, undan kattasi bo‘lmaydimi!- dedi Dhaniya qizishib. – Men lolani “katta uyga”* tiqdirib qo‘yaman.

[*red. Hind dehqonlari qamoqxonani katta uy deydilar.] (Қ. 157)

“–Хоть беда, две беды! – запальчиво ответила Дхания. – До тех пор не успокоюсь, пока не упрячу его за решетку”. (Ж. 169)

Keltirilgan misolni har qancha tahlil qilish mumkin. “میں بنا لالاکو باڑے گھر بھجواۓ مانوںگی نہیں.” gapi rus tilidagi “до тех пор не успокоюсь, пока не упрячу его за решетку” tarjimasi to‘laqonli aks ettira olgan. Ammo bu yerda murojaat so‘zi “لالا” ya’ni “janob, taqsir, ko‘pincha savdogar, dukondor yo sudxo‘rlarga nisbatan aytiladi”gan so‘zni olmosh bilan tarjima qilgan. O‘zbek tilidagi tarjima esa o‘ziga xos qilingan. “Men lolani “katta uyga”* tiqdirib qo‘yaman” gapidagi iborani tarjimondan tomonidan izohlab berilgan. Biroq, “lola”ni o‘zbek kitobxoni murojaat so‘z shaklida emas, gul nomi tarzida tushunadi. Bu gapni to‘liq ma’nosini tushunish uchun faqatgina tarjima lug‘atlar bilangina tushunish mumkin.

Ba’zan tarjimon Rahmonberdi Muhammadjonov Premchand asaridan ilhomlanib, ibora yo‘q joylarda ham o‘zi ijod qilib iboralarni qo‘shib yuborgan holatlarni ham guvohi bo‘lamiz:

ہم سجو ے کرنے کو بھی تیار رہتے ہیں.(گ. ٢٢)

Bu ham holva. Ularga sajda qilishdan ham tortinmaymiz”. (Қ. 21)

Ko‘rib turganimizdek, asliyatda maqol ishlatilmagan, biroq tarjimada maqol bor. “Bu ham holva” iborasidan qahramonning ichki tuyg‘ularini yana bo‘rttirib ko‘rsatish uchun foydalangan.

Turg‘un birikmalarni tarjima qilish erkin birikmalarni tarjima qilishdan qat’iy farq qiladi. Ko‘chma yoki obrazli turg‘un birikmalar tarjimasi tarjimondan alohida e’tibor, alohida mahorat talab qiladi. Zero, iboralarning tarkibidagi komponentlar erkin birikmalarnikidan farqli o‘laroq alohida ma’no kasb etmaydi. Iboralarning ma’nolari komponentlarning bir butunligidan, yaxlitligidan anglashiladi. Shunga ko‘ra, frazeologik birliklarni so‘zma-so‘z tarjima qilish har doim ham o‘zini oqlamaydi. Umuman, turg‘un birikmalarni so‘zma-so‘z tarjima qilishda nihoyatda ehtiyotkorlik talab etiladi. Tarjimon tarjimaga kirishishdan oldin asliyat matnidagi turg‘un birikmaning ma’nosini aniq tushunib yetishi va undan so‘ng iboraning to‘liq ifodasini berish uchun tabiiy ekvivalentni topishi shart.



مردوں کی جماعت میں خوب چمکتے تھے مگر جیوں ہی کوئی عورت آئی اور آپ کی زبان بند ہوئی ، جیسےعقل پر قصل لگ جاتا تھا. (گ. ٩١)

Erkaklarning orasida o‘tirib qolsa juda yozilib o‘tirar, yashnab o‘tirar, ammo biror ayol kelib qoldi deguncha, aql-hushi boshidan uchganday, lablariga muhr bosilardi qolardi”. (Қ. 84)

Лишь в обществе мужчин Мехта чувствовал себя отлично, но стоило только появиться какой-нибудь женщине, как он сразу же терялся и умолкал, словно рот его запирали на замок”.(Ж. 90)


Download 172,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish