Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet103/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Savol va topshiriqlar



  1. Uyushish haqida gapiring.

  2. Uyushganlik nima?

  3. Uyushgan gap sodda va qo‘shma gapdan qanday farq qiladi?

  4. Uyushtiruvch unsur haqida gapiring.

  5. Uyushuvchi unsur haqida gapiring.

  6. Uyushiq gaplarda bir tarkibli gaplarning qo’llanilishi.



7-bo’lim
QO’ShMA GAP

Tayanch tushunchalar


qo’shma gap, gap markazi, qism, bog’lovchi vosita, lisoniy mohiyat, kesim, MKSh, NKSh,
grammatik shakl, omil, mazmun, sintaktik aloka, valentlik


Qo’shma gap haqida umumiy ma’lumot. O’zbek tilshunosligida qo’shma gap mavzu sifatida ko’pgina asarlarning tadqiq obyekti bo’lgan. Olimlar V.V.Vinogradov – A.G’ulomov ta’limotida qo’shma gapning (ega – kesim),(ega – kesim) umumiy qolipi asosida ish olib borilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar bir necha o’n yilliklar davomida o’zbek tili rus tili orqali kirib kelgan g’arb tishlunosligi nazariyalari zaminida rivojlanib kelgan. Natijada,olimlarimiz ta’kidlaganlaridek, o’zbek tilining grammatik kategoriyalari o’rtasida ziddiyatlar paydo bo’lgan. Bu ziddiyatlar keyingi yillarda bajarilgan ilmiy ishlarda o’z ifodasini topgan.
O’zbek tilshunosligi taraqqiyotining so’nggi yillarida har xil yo’nalishlar asosida ilmiy ishlar paydo bo’ldi. Olimlarimiz ko’p qirrali bo’lgan birliklarning turli tomonlarini o’rgandilar va o’rganmoqdalar. Tabiiyki, har bir yo’nalishning o’ziga xos jihatlari ko’p.
Grammatikaning ikkinchi yirik qismi bo’lgan qo’shma gap sintaksisida sodda gaplarning mazmun va intonasiya jihatdan birlashib, yaxlit bir gap – qo’shma gap hosil qilishi, qo’shma gap qismlarining o’zaro mazmun munosabati, qismlarining o’zaro birikish usulllari, qismlarining miqdoriga ko’ra tasnif qilinishi,bu tasnifga kiruvchi qo’shma gaplarning ichki turlari o’rganilgan edi. Qo’shma gap sodda gap bilan mustahkam bog’langan, ammo undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtai nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilmadir. Sodda va qo’shma gaplar, ularning bir-biridan farqli, ba’zi bir o’xshash tomonlarini bilish har bir insonga o’z fikrini to’g’ri ifodalashga yordam beradi, uning ta’sirchanligini ta’minlaydi.
Quyida bularning ayrimlariga to’xtab o’tamiz:
1.Sodda gapda shakllangan kesim bitta markazdan, qo’shma gapda u birdan ortiq bo’ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: a)sodda gap: Bu mumtoz asarda tarix to’fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o’zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag’rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o’z ifodasini topgan.(I.Karimov) Bu sodda gap chizmasi:
ifodasini topgan
fazilatlari asarda tarix to’fonlaridan hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib
bag’rikenglik
matonat, olijanoblik, vafo,
sadoqat

b) qo’shma gap: Ilmni o’g’ri ham o’g’irlay olmas, ilmni ajal ham olib ketolmas.(Maqol)


Bu gapning chizmasi:
2.Sodda gap bir va, o’rni bilan, ko’p, qo’shma gap esa faqat ko’p fikrni ifoalaydi. Sodda gap: a)bir fikrni ifodalaydi: Qush sayradi. Bu yil qish sovuq keldi;
b)ko’p fikrni ifodalaydi: Bahor kelganda, gullar ochilganda, lola sayriga chiqamiz.
Qo’shma gap: Faqat Botiralini eslasa, bag’ri eziladi, dili erib, ko’zlarining qo’sh bulog’i qaynaydi.(H.G’ulom) Bu gap uch qismli qo’shmagap bo’lib, bir necha fikrni bildiradi.

3.Sodda gapning qurilish materiali so’z va so’z birikmasi bo’lsa, qo’shma gapning qurilish materiali gap markazlaridir(mustaqil va nomustaqil kesimlar).


4.Sodda gapning eng oddiy shakli bir so’zdan, qo’shma gapning eng oddiy shakli ikki so’zdan iborat bo’ladi. Masalan: Ayt, kirsin. Bu gap ikki qismli qo’shma gapdir.
5.Sodda gapdek, qo’shma gap ham ifoda maqsadiga ko’ra uchta:
A)qo’shma darak gap: Qo’hna tariximizni shu ma’noda ko’z o’ngimizdan o’tkazib, tahlil qiladigan bo’lsak, muhim va ibratli bir fikrni takroran aytishgato’g’ri keladi.(I.Karimov);
B)qo’shma buyruq gap: Sen borma, ukang borsin! Ayt, tez bo’lsin, mehmonlar kelib qolishadi!
V)qo’shma so’roq gap: Og’riq qoldimi, uyqungiz qalay? Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi?(Oybek); Ayt o’zing: tashvishin chekayin nening? (A.O’ktam)
6.Sodda undov gaplardek, qo’shma undov gaplar ham bor: Og’iz ayg’oq, til tayg’oq! Uning joni bitta emas, biz – xotinlar, qizlar nechta bo’lsak, Jo’raxon opamning jonlari shuncha!(A.Muxtor)
7.Qo’shma gaplar, xuddi sodda gaplardek, bir va ikki tarkibli bo’ladi. Bu holat uch ko’rinishga ega:
a)qo’shma gapning hamma qismlari bir tarkibli: Dabdabali to’ylarga bormaslik mumkin, lekin ta’ziyada azador bilan birga bo’lish kerak;
b)hamma qismlari ikki tarkibli: Tuproqni chaqaloqday tarbiyalasang, dur beradi;
v)qismlaridan biri bir tarkibli, boshqalari esa ikki tarkibli bo’ladi: Agar zarur topilsa, chetlatib ham qo’yishadi.(J.J.56b.)
8.Qo’shma gaplar qismlari ham, xuddi sodda gaplardek, yoyiq va yig’iq bo’lishi mumkin.
Bu holatlar quyidagi tarzda berilishi mumkin:
a)qo’shma gapning hamma qismlari yig’iq, masalan, ...xullas, qichqirmasinlar, bobillamasinlar, sayramasinlar...(A.O’ktam);
b)qo’shma gapning bir qismi yig’iq va boshqa qismlari yoyiq:
So’kmasman birovni, so’ktirmasman
ham,
Berganimmas, totgan tuz yodimdadir.(A.O’ktam)
Qo’shma va sodda gaplarning o’zaro o’xshash va farqli tomonlari,asosan, shulardan iboratdir. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan mustaqil emasligi bilan ajralib turishi grammatik va intonasion nomustaqillikka asoslanadi.
Qo’shma gap tarkibiga kiruvchi sodda gaplar orasida teng yoki tobe sintaktik aloqa mavjud bo’lishi mumkin. Sodda gapdagi tenglanish va tobelanish qo’shma gaplardagi tenglanish va tobelanishdan, tabiiyki, farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi:
1)teng va tobe aloqa sodda gaplarda turli qurilmalarni vujudga keltiradi(uyushiq bo’laklarni bog’laydi – Javohir o’qir va yozar edi. Savatda yopgan non va somsalar bor edi.); tobe aloqa so’z birikmalarini vujudga keltiradi(xatni yozmoq, gulni olmoq).Teng va tobe aloqa qo’shma gapda bitta lisoniy birlik – qo’shma gapning turli ko’rinishi uchun xizmat qiladi;
2)teng bog’lanish sodda gapda kengaytirish vazifasini bajarsa, qo’shma gapda esa uning tarkibiy qismlarini bir yaxlitlikka birlashtirish vazifasini bajaradi;
qo’shma gaplarda farqlanadi.Sodda gapda bog’lovchisizlik, ko’pincha, tenglanish munosabatini ifodalaydi va uyushiq bo’laklardayuz beradi. So’z birikmasida esa, grammatik vositali tobelanishni bog’lovchisizlik, vositasizlikka almashtirib bo’lmaydi. Qo’shma gap bobida tobe tarkibli gapli qo’shma gapdagi sodda gaplarni ham, teng tarkibli qo’shma gapdagi sodda gaplarni ham bog’lovchisiz gapga aylantirish mumkin: Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol) Yurtim shudir, yo’q boshqa orzu...(A.O’ktam) Bu kabi gaplarda mazmuniy va intonasion yaxlitlik kuchayadi.
Ko’rinadiki, ikki yoki undan ortiq sodda gapning bir murakkab butunlkni tashkil etishi ularning shakliy(grammatik), mazmuniy va intonasion muvofiqligi natijasida yuz beradi.Tabiiyki, qo’shma gapni tashkil etayotgan sodda gap ohang jihatdan mutlaq tugallikka ega bo’lmasa-da, mazmuniy va grammatik jihatdan nisbiy yakunlangan bo’ladi. Albatta, bu nisbiylik mustaqil sodda gapdagi tugallanganlikdan farqlanadi va qo’shma gap tarkibida birikayotgan bir sodda gapning modal sifatlari ikkinchisiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Buning natijasida yangi modal ma’no vujudga keladiki, bu masala kesimning MKSh va NKSh turi bilan ham zich aloqador hodisadir. Qo’shma gap tarkibiy qismini bog’layotgan bog’lovchi vositadagi modal ma’no ham ana shu hosila modal ma’noga qorishadi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish