2
Mavzu: “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti, nazariy masalalari
va taraqqiyot qonuniyatlari.
Rejasi:
1. “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari.
2. Madaniyat tushunchasi. Mаdаniyatning tаrkibiy qismlаri, asosiy qonuniyatlari.
3. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni.
4. Madaiyatshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Tayanch tushunchalar
Madaniyat, ma’naviyat, ma’naviy jamiyat, industrial jamiyat, ijtimoiy hayot,
madaniyat falsafasi, madaniyatning morfologiyasi,
madaniyat sotsiologiyasi,
madaniyat tarixi, individium, sotsium, qonuniyat, ziyolilik, intellektual salohiyat,
funksiya, mentalitet, informatsion ta’limot, iqtisodiy
madaniyat, siyosiy madaniyat,
huquqiy madaniyat, muomala madaniyati, mehnat madaniyati.
Birinchi savolda «madaniyat» tushunchasi, madaniyat haqidagi ta’limotlarning
shakllanishi, madaniyatshunoslik fanining hayotiy ehtiyoj asosida paydo bo‘lishi,
o‘zgarishi va boyishi, madaniyat va uning tabiatdagi farqi, madaniyat – tabiat,
jamiyat, insonning o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Shuningdek, mazkur savolda
madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari, ularning farqli va umumiy tomonlari
o‘rganilib, madaniyatning jamiyat va shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun
muhim omil sifatidagi o‘rni yoritiladi.
«Madaniyat» atamasi hozirgi zamon ilmiy
adabiyotlarida rang-barang
ma’nolarda ifodalanishi, «Madaniyat» va «Kultura» atamalari mutaxassislar fikriga
ko‘ra aynan bir ma’noni anglatib, lotincha «ishlov berish», «parvarish qilish»
ma’nosida kelishi, keyinchalik «ma’rifatli bo‘lish», «tarbiyali», «bilimli bo‘lish»
mazmunida ishlatilishi, qadimgi Rimda «Madaniyat» - tushunchasi «hayotni
ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan
ma’noda ham foydalanilganligi, mashhur Rim faylasufi-notiq Sitseron ham «ruhiyat
madaniyati» atamasini ishlatganligi, Yevropa xalqlarida XVIII asrning oxirlari-
gacha «Madaniyat» atamasi aqliy-axloqiy madaniyat tushunchasi sifatida
o‘rganilishi yoritiladi.
Ikkinchi savolda Madaniyatshunoslik fani madaniyat to‘g‘risidagi fan bo‘lib
hisoblanishi, ushbu fan insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va manaviy
yutuqlarni, o‘zlashtirish va taqqoslashni amalga oshirishi, mazkur fan gumanitar fan
sifatida tarix,
sotsiologiya, politologiya, psixologiya, falsafa va boshqa bir qator
fanlar bilan bog‘liq holda o‘rganilishi, turli tarixiy jarayonlarda turlicha tarzda
namoyon bo‘lishi, mazkur fan ham boshqa fanlar qatori xolislik, haqqoniylik,
ilmiylik tamoyillari asosida tadqiq etiladi.
Madaniyatshunoslik fanining predmeti insoniyatning qadimgi davrlardan
to hozirgi kunga qadar bosib o‘tgan uzoq, ayni
paytda murakkab moddiy va
ma’naviy hayotining vujudga kelishi hamda rivojlanishi jarayonlarini o‘rganuvchi
fan ekanligi, madaniyatshunoslik fani insonning oila, tabiat va jamiyat bilan
3
hamkorlikdagi faoliyatini hamda kishilarning madaniy faoliyatlariga oid barcha
jarayonlarni o‘rganadi.
Uchinchi savolda madaniyatshunoslik fanining yutuqlari va muammolari, moddiy
va ma’naviy qadriyatlarni yaratish, tabiatni, jamiyatni va shaxsni o‘zgartirish
borasidagi inson faoliyati –
madaniyatning muhim sharti, madaniyat tarixiy
jarayonda yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmui sifatida ekanligi,
shuningdek shaxs madaniyat bilan quyidagi sohalarda munosabatda bo‘lishi, ya’ni:
1. Madaniyatni ta’sir etish ob’ekti sifatida o‘zlashtiradi;
2. Madaniy qadriyatlarni tashuvchi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy
muhitda faoliyat ko‘rsatadi;
3.Madaniy ijod sub’ekti sifatida madaniyatni rivojlantirish sohalari bayon
etiladi.
Shuningdek, madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilishda
bilishining uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi.
1) Aniq davrning yaxlit qiyofasini, ya’ni uning badiiy obrazini yaratishga
intiladi;
2) Insoniyat borlig‘ining umumiy dinamikasida davrning ma’naviy o‘rnini
aniqlaydi (ijtimoiy
ong tarixida, fanda, san’at va falsafada o‘rganiluvchi davrga
berilgan bahoning evolyusiyasini ham o‘z ichiga oladi);
3) Aniq davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, uning muammolarini bizga
qanday ta’sir etishini, hozirgi vaziyatning sotsial va individual kamchiliklarini
ko‘rsatadi.
Madaniyatshunoslik talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi
bo‘lgan O‘zbekiston madaniy
hayotining rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o‘zaro
aloqadorligi muammolari va istiqbollari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni
berish bilan ularni milliy madaniyatga va turli millatlar madaniyatlariga, qadriyat-
lariga hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniy va ma’naviy yodgorliklarga ijodiy
munosabatda bo‘lishlarida ko‘maklashadi. Bu esa o‘z navbatida dunyo xalqlari
o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni hamda turli yo‘nalishdagi umuminsoniy aloqalarni
rivojlantirishda va mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.