Materiallari


Mavzu: Qadimgi davr Sharq xalqlari hamda antik davr Grek va Rim



Download 449,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana01.02.2022
Hajmi449,33 Kb.
#422810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
129534 uloti materiallari

Mavzu: Qadimgi davr Sharq xalqlari hamda antik davr Grek va Rim 
madaniyati. 
Rejasi: 
1. Qadimgi Sharq mаdаniyatining vujudgа kеlish shart-sharоitlаri. 
2. Qadimgi Misr va Mеssоpаtаmiya mаdаniyati. 
3. Qadimgi Hindistоn va Хitоy mаdаniyati. 
4. Qadimgi yunon va rim madaniyati. 
Tayanch tushunchalar 
Qadimgi Sharq, an’anaviy madaniyat, an’anaviy jamiyat, evolyusiya, qadimgi 
Sharq mifologiyasi, kosmogenez, fir’avn, ehrom, podsho hokimiyati, diniy aqidalar, 
papirus, bazal’t, astrologiya, taqvim, Veda, ellinlar madaniyati, Mohabxorat, 
Gilgamish, konfutsiylik, Gerakl, Odisseya, Illiada, kosmopolitizm. 
Birinchi savolda mil. avv. YII ming yillikdan boshlab yirik daryolar- Nil, Dajla va 
Frot, Hind va Gang, Xuanxa va Yanszi daryolari vodiylarida insoniyat tarixida 
dastlabki 
sivilizatsiya 
jarayonlarining 
boshlanishi, 
dehqonchilik 
va 
hunarmandchilikning rivojlanishi, davlatchilik va din, qadimgi Sharq xalqlarining 
urf-odatlari va e’tiqodlari, qadimgi Sharq xalqlarining ilm-fani, ikki daryo oralig‘i 
astrologiyasi va matematikasi, meditsinasi, dunyoviy va diniy qarashlari 
o‘rganiladi. 



Qadimgi Sharq madaniyatida ajdodlar an’anasi, kishilarning axloqiga oid qoida, 
kishilarning faoliyati (ishlab chiqarish, jamoatchilik, oilaviy) muqaddas 
marosimlarda ishtiroki bilan mazmun kasb etganligi, adabiyot va san’at janrlari ham 
barqarorlashganligi, yangi zamon kishilari dunyoni harakatda, rivojlanishda 
ko‘rishi, «evolyusiya», «taraqqiyot» tushunchalari dunyo qiyofasini yaratish uchun 
yo‘l ochuvchi tasniflar hisoblanganligi, dunyoning boshqacha qiyofasi an’anaviy 
jamiyat kishilaridan tashkil topganligi bayon etiladi.
Ikkinchi savolda qadimgi Sharqning yirik madaniyat markazlaridan Misr, 
Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyning qadimgi madaniyati, Misr ehromlari, Buyuk 
Xitoy devori, yozuvning paydo bo‘lishi, quyosh, tirik xudo-Fir’avnga sig‘inish, dafn 
marosimlari, mif, afsonalar va dostonlar, ya’ni ma’naviy boyliklar –«Gilgamish», 
«Mahabhorat» dostonlari, Kalidasi dramalari, ularda hayot haqidagi tasavvurlarning 
tasvirlanishi manbalar asosida yoritiladi.
Shuningdek, Qadimgi Misr tarixini va madaniyatini o‘rganish uchun qadimgi 
Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko‘pgina yozuv yodgorliklari eng katta 
ahamiyatga ega ekanligi, yozuv manbalaridagi ma’lumotlar moddiy madaniyat 
yodgorliklarini ko‘p jihatdan to‘ldirib kelishi, bu ma’lumotlar o‘sha zamondagi 
turmush formalarini, texnika, san’at va diniy qarashlarning rivojlanishini 
oydinlashtirib berishini manbalar asosida o‘rganadi.
Messopotamiya madaniyati qadimgi sharqdagi, asosan Old Osiyodagi boshqa 
xalqlarning madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatganligi, bunga, ayniqsa Bobil 
savdo-sotig‘ning keng tarmoq yoyganligi, Ossuriylar, xettlar, mitaniylar, Suriya 
qabilalari va urartlar mixxatni Bobil-Shumerdan o‘rganganliklari, mixsimon yozuv 
Elamga va Eron xalqlari orasiga kirib borganligi, o‘lchov sistemasi, og‘irlik o‘lchovi 
va o‘lchov pul birliklari sistemasi Old Osiyoning anchagina joylariga tarqalganligi, 
Shumeriylar va Bobillarning diniy e’tiqodlari, adabiy asarlari va ilm-bilimlari 
qadimgi Sharqdagi ko‘pgina xalqlarning madaniy rivojlanishiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatganligi tushuntiriladi. 
 
Ko‘p asrlar davomida taraqqiy qilib kelgan qadimgi Hind madaniyati bir qator 
qo‘shni xalqlarning madaniy taraqqiysiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatganligi, 
Hindistonning turli joylarida arxeologik qazishlar natijasida topilgan bir qator 
narsalar, masalan, Madoras viloyatining Bellori okrugida neolit davridagi 
kulolchilik ustaxonasi, Mirzapur okrugida esa o‘sha davrdagi qabrlar topilganligi,
Janubiy Hindistondagi Maysorda o‘tkazilgan qazishlar vaqtida ustma-ust taxlangan 
oltita madaniy qatlam topilganligi, Hindistondagi qabila va xalqlarning madaniyati 
mustaqil ravishda rivojlanib kelganligi manbalar asosida o‘rganiladi. Shuningdek, 
Qadimgi Mohenjo-darodagi shaharning xarobalari ayniqsa, yaxshi saqlanganligi, bu 
shahar juda katta maydonni, 260 gektarga yaqin yerni egallaganligi, bu yerda 
o‘tkazilgan arxeologik qazishlar natijasida ustma-ust joylashgan 9 ta arxeologik 
qatlam topilganligi, bularning eng pastkisi 12 metrlik chuqurlikda joylashganligi, 
turli qatlamlarda topilgan yodgorliklar bir biridan juda kam farq qilish jarayonlari 
o‘rganiladi. Ayniqsa, qadimgi hind adabiyotining mashhur yodgorligi 
«Rigveda»ning minglab madhiyalari va so‘nggi veda adabiyotlari oriylarning diniy 
e’tiqodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Budda maktablari, ularning asosiy ikki 



yo‘nalish, Kushon podsholari homiyligi oldida bu yo‘nalishlar o‘rta Osiyo orqali 
Eron, Xitoy, Tibet, Mongoliya va Yaponiyaga tarqalganligi manbalar asosida 
tushuntiriladi.
Ipak, chinni, porox, kompas va qog‘oz, yer qimirlashini aniqlovchi asbob 
(seysmograf) mil. avv. II asrda Xitoyda kashf qilinganligi, mil.avv. 613 yilga tegishli 
Xitoy qo‘lyozmalarida Galley kometasi haqidagi eng qadimgi ma’lumotlarning 
uchrashi, osmon yoritqichlarining harakati tasvirlangan birinchi osmon globusi, 
2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilganligi, mil. avv. 28 
yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini 
kuzatganliklari, Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib hisobda manfiy sonni 
qo‘llaganliklari, tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab 
chiqqanliklari yoritiladi. 
Xulosa qilib aytganda Hindiston va Xitoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq 
shakllanganligi, o‘z navbatida sermahsul taraqqiy etganligi yoritiladi. 
Uchinchi savolda antik madaniyatning jahon madaniyatida tutgan o‘rni, Qadimgi
Yunon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Antik davr falsafasi 
va dini bu davrda yangi shakldagi (ilmiy mantiq) fikrlashning vujudga kelishi va 
uning siyosiy tuzumdagi demokratik jarayonlarga ta’siri, Yunon afsonalari, 
xudolari, Afina akropolidagi Parfenon, erexteyon ibodatxonalari, Yunon 
haykaltaroshligi va madaniyatining plastik (nafis) xususiyatlari, tasviriy san’at, 
me’morchilik, teatr, sportning madaniyatdagi o‘rni, Ellin madaniyati va uning lotin 
va sharq madaniyatiga ta’siri bayon etiladi. Shuningdek, qadimgi Rim madaniyati,
Rimliklarning dunyo haqidagi tasavvurlari, Rimda respublika va imperiya davri 
madaniyati, bu davrda tomoshalar va diniy e’tiqodlar, qadimgi rimliklarning harbiy, 
muhandislik va huquqiy madaniyati, Oktavian davrida Apenin yarim orolinig Italiya 
deb atalishi, Rim imperiyasida Avgust davri (mil. avv. 27-14), Rim falsafasida 
Epikurizm, Stoitsizm va Neoplatonizm oqimlari, Platon g‘oyalari, Rim 
haykaltaroshligi, antik madaniyatning inqirozi va xristianlikning vujudga kelishi 
o‘rganiladi. 
Shuningdek, Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, adabiy qarashlar 
rivojlanganligi, «Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» 
va «Iliada» kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon 
qilinganligi, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv.VII asrda yashagan ko‘r 
baxshi Gomer yaratganligini, dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinganligi,
arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlari 
bayon etiladi.
Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solinganligi, Straton xizmati bilan fizika fani 
paydo bo‘lganligi, Yevklid va Arximed matematikani rivojlantirganligi, Aristarx 
astronomiya sohasiga ulkan hissa qo‘shganliklari manbalar asosida yoritiladi.

Download 449,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish