Fan nomi: To’lov tizimlari



Download 1,07 Mb.
Sana19.04.2022
Hajmi1,07 Mb.
#562937
Bog'liq
Zafar

Fan nomi: To’lov tizimlari.

Fan mavzusi: Banklararo vakillik munosabatlarini kengaytirish asoslari.

Reja:

  • 1.Banklararo vakillik munosabatlari va ularning turlari.
  • 2. Banklararo vakillik munosabatlarining geografik jihatdan tasniflanishi.
  • 3. Banklararo vakillik munosabatlarining operatsiya turlariga ko’ra tasniflanishi.

Milliy bank tizimimizning ikkinchi pog’onasi turli mulkchilikka asoslangan banklardan, jumladan, davlat, aktsiyadorlik-tijorat, xususiy va ko’shma banklardan tashkil topgan. Ushbu banklar o’rtasida kredit, hisob-kitob va boshqa ob’ektlar yuzasidan kelishuvlarni hamda banklar tomonidan o’z mijozlariga ko’rsatilayotgan to’lov xizmatlarini amalga oshirish uchun banklararo vakillik munosabatlarni tashkil qilish zamonaviy bank amaliyotining asosiy talablaridan hisoblanadi. Banklar o’z faoliyati davomida mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini taqdim etishida hamda banklararo majburiyatlarni bajarilishida o’zaro munosabatlarga tushadi va ular quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: – raqobatchi sifatida – mijozlarni jalb qilishda raqobatlashadi; – hamkor sifatida – bir-biriga kredit berishi, sindikat kreditini berish va boshqa turdagi hamkorliklar nazarda tutiladi; – vakillik sifatida – bir - birlariga mijoz sifatida. Banklararo vakillik munosabatlari banklarning bir-birida ochgan vakillik hisobraqami orqali tashkil qilinadi. Vakillik munosabati o’zaro operatsiyalarini bajarish maqsadida banklar o’rtasida kelishilgan munosabat hisoblanadi. Ushbu munosabatlarni o’rnatgan banklar vakil banklar deb nomlanadi. Bank tomonidan, vakillik munosabatlarni o’rnatish zarurati quyidagilar bilan izohlanadi: –bank o’z mijozlariga to’lov xizmatlarini ularning talabiga mos ravishda to’la amalga oshira olmasa; – boshqa bank bu ishni yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajarsa; – tijorat banklarining iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish nuqtai nazaridan. Raqobat sharoitida, banklar o’rtasidagi munosabatlarini tashkil qilinishi asoslanib tasnif oddiy vakillik munosabat ko’rinishidan kompleks hamkorlik darajasigacha rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Banklarning vakillik munosabatlari bir qator mezonlar asosida tasniflanadi. Masalan, geografik yo’nalishlari bo’yicha, operatsiyalarning turlari bo’yicha, vakillikraqamlarining hisobi, vakillik munosabatlarini tashkil qilish modeliga ko’ra va boshqalar. Geografik yo’nalishi bo’yicha banklarning vakillik munosabatlarini milliy va xalqaro vakillik munosabatlariga ajratish lozim.
Banklararo vakillik munosabatlari
Milliy (ichki) banklararo vakillik munosabatlari
Xalqaro (tashqi) banklararo vakillik munosabatlari
Milliy (ichki) banklararo vakillik munosabatlar davlat hududida banklarning o’zaro majburiyatlarni bajarish uchun tashkil qilinadigan munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro banklararo vakillik munosabatlar xalqaro doirada hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan banklararo munosabatni o’z ichiga oladi. Banklararo vakillik munosabatlar davlat hududi doirasida va asosan milliy valyutada munosabatlar namoyon bo’lsa, quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilangan: – ikki bank hamkorligining barcha ko’rinishdagi munosabatlarni o’zida mujassamlashtiradi; – tijorat banklari o’rtasidagi hisob-kitoblar Hisob markazi tomonidan ishlab chiqiladi; – vakillik hisob operatsiyalari mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida amalga oshiriladi; – to’lov tizimi tashkilotlarida bevosita ishtirok etish yoki ularning ustidan nazorat o’rnatish Markaziy bankining vazifalaridan hisoblanadi; 2 Muallif tomonidan tayorlandi Banklararo vakillik munosabatlari Milliy (ichki) banklararo vakillik munosabatlari Xalqaro (tashqi) banklararo vakillik munosabatlari 11 – tijorat banklariga chet el valyutalaridagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun boshqa banklarda vakillik hisobraqamlarini ochishlariga ruxsat etiladi. Operatsiyalar turlari bo’yicha banklarning vakillik munosabatlarini mijozlarga xizmat ko’rsatish va banklarning operatsiyalariga ajratish lozim.
Mijozlarga xizmat ko’rsatishi uchun. Ushbu turda banklarning vakillik munosabatlari asosan mijozlari talabiga va istagiga binoan tashkil qilinadi. Ular mijozlarining tijorat kelishuvlarini, ularning trast va qimmatli qog’ozlari bo’yicha operatsiyalarini amalga oshirishi hamda ularni kafolatlash va boshqa xizmatlarini bajarish uchun zarur. Banklarning banklararo operatsiyalari uchun. Bu asosan banklarning pul, valyuta va kapital bozorlarida faol ishtirok etishi uchun mo’ljallangan bo’lib, qimmatli qog’ozlarni, valyutalarni sotish va sotib olish, kredit olish va depozitlarini joylashtirish kabi operatsiyalari bajarilishini ta’minlaydi. Bir so’z bilan aytganda, bunda faqatgina banklar va ularning resurslari bilan bog’liq hisobkitob operatsiyalari amalga oshiriladi. Banklarning vakillik munosabatlari xarakteriga ko’ra, banklarning vakillik hisobraqamlarini ochib yoki ochmay tashkil qilinishi mumkin. Banklarning vakillik hisobraqamlarini ochish orqali tashkil qilish. Banklarning bu turdagi vakillik munosabatlari tashkil qilinishi uchun vakillik hisobvarag’ini ochish taqozo etiladi, hisobvaraqlar banklar kelishuvi asosida bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin.
Bir tomonlama hisobvaraqlarning ochilish holatida bir bank ikkinchi bankda hisobvarag’ini ochadi, lekin ikkinchi bank esa birinchi bankda o’z hisobvarag’ini ochmaydi. Agar vakil banklar bir-birida vakillik hisobraqamlarini ochishga qaror qiladigan bo’lsa, unda ikki tomonlama vakillik munosabatlari tashkil qilinishi to’g’risida gap yuritiladi. – Banklarning vakillik hisobraqamlarini ochmasdan tashkil qilish. Ma’lumki, ko’p hollarda banklar banklararo hisob-kitoblarini amalga oshirish uchun boshqa banklarning xizmatidan foydalanishiga to’g’ri keladi. Bunda banklar o’rtasida kelishuv amalga oshirilib, boshqa banklarda tranzit hisobraqamlari ochish ko’zda tutiladi. Banklar vakillik munosabatlarini tashkil qilish shartnomasida hisob-kitoblarni amalga oshirish shakl va shartlari, axborot almashuv tartibi, o’zaro huquq va majburiyatlari, vakillik hisobraqamidan foydalanish bo’yicha komission to’lov shartlari hamda pochta, telegraf va boshqa xarajatlarni qoplash, shartnoma shartlari buzilish holatida tomonlarning mas’uliyati, shartnomaning muddati va uni muddatidan oldin buzish holati o’z aksini topishi lozim. Vakillik munosabatlari o’rnatilgandan so’ng birinchi qadam hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisobvaraqalarni ochish hisoblanadi. Banklarga hisobvaraqlarini ochish bir qancha variantlarni o’z ichiga oladi.
Banklarning vertikal vakillik munosabatlarini tashkil qilinishida markazlashgan model namoyon bo’ladi. Bunda Markaziy bank yoki yirik bitta bank banklararo hisob-kitob markazini funktsiyasini bajarilishini ko’rish mumkin. Markazlashgan model ko’rinishida vakillik munosabatlarni tashkil qilinishi banklarning o’rtasidagi hisob-kitob jarayonlarini nazorat qilish va shaffofligini ta’minlash osonlashadi. O’zbekiston bank amaliyotida milliy so’mdagi banklararo vakillik munosabalar aynan vertikal ko’rinishda tashkil qilingan, milliy banklarning chet el valyutasida tashkil qilingan vakillik munosabatlari esa gorizontal ko’rinishga ega. Vakillik munosabatlarning markazlashmagan modelida tijorat banklari birbirida vakillik hisobvaraqalarini ochishi orqali yoki mustaqil kliring markazlari ko’magida banklararo hisob-kitob jarayonlarini tashkil qiladi. Tijorat banklari vakillik hisobvaraqalarini bir-birida ochish orqali ikki tomonlama munosabatni o’rnatadi va bu holatda, ularning o’rtasidagi to’lov majburiyatlar teng huquqli asosda amalga oshiriladi. Banklarning o’rtasidagi vakillik munosabat vakillik munosabatlarni tashkil qilish shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi. Bu holatda banklar vakillik 5 Muallif tomonidan tayorlandi Banklararo vakillik munosabatlarini tashkil qilish modellari Banklarning vertikal vakillik munosabatlari Banklarning gorizontal vakillik munosabatlari Markazlashgan modeli Markazlashmagan modeli 14 hisobvaraqlarini qoldigini debetlab, yoki kreditlab hisob-kitob jarayonining natijalarini o’zida aks ettiradi va ikki tomonlama kliring funktsiyasini bajaradi.
Bank moliya sektori rivoshlanish dinamikasi
Bajardi: Davronboyev Zafar
E’riboringiz uchun raxmat
Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish