...taraqlab qolar
|
qolar edi
|
... bo’yinturug’i
|
...g’ijirlab
|
kabi sxematik tarzda berish mumkin. Agar qurilma qismlari soni ko’p bo’lsa, qo’llangan hollarning ham miqdori ko’p bo’ladi. Chunonchi, Paxta dalalarida endi salqin kuchaygan, tungi yellar esar, mevasi og’irligidan qad bukkan daraxtlarni vazmin silkitar, Sap-sariq jo’xoripoyalarni sekin shildiratar edi (Oyb.) Bu qurilmani kuyidagi qolipda berish mumkin: [{(...S1 – W1), (S2-W2), (Hr –W3, Hr –W4)}Pm]; 3) to’ldiruvchi-aniqlovchi: Yaxshining hammaga sharofati tegar, yomonning kasofati (“Mushtum”). Gap hammaga ta’sar qilgan, qizlarning qiy-chuvi tingan edi (Gazetadan); 4) to’ldiruvchi-hol: ... xavotir yuragidagi qo’rquvdan g’olib kelar, u borgan sari tezroq,, jadalroq yurardi (S.Zun.) Bu odam hamma vaqt xursand yurar, yuzidan tabassum arimasdi. Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg’oqda o’sgan o’tlarni silkitar edi (Oyb.). Qoliplari: [{(S1 – T1– W1), (S2-H1, H2-W2)}Rm]; [{(S1-H1-W1), (S2-T2-W2)}Pm] va hokazo; uyushgan gaplarning bir qismida vositasiz, ikkinchisida vositali to’ldiruvchilar qo’llanadi. Chunonchi, Daryo tomondan g’uvillab esib turgan shabada yo’l bo’yidagi o’t-o’lanlarni tebratar hamda sarg’ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi (A.Qah.) gapida o’t-o’lanlarni va undan to’ldiruvchilari qo’llangan hamda ularning har biri o’z [W] siga tegishli (tebratar, mavj urar)dir. Goh supa chetiga ekilgan rayhon hidi dimoqqa urilar, goh tom orqasidagi yo’ng’ichqazorda hasharotlarning bir qiyomda chirillashi e’tiborni tortar edi. (P.Qod.) [WPm] larning bu ikki qurilmada qo’llangan va qavsning ichida qoladigan qismi bir xil shakllangan (-ar bilan) bo’lsa, Hamma bir-biridan yaxshi kiyingan, lekin hyech kimning kiyimi birovnikiga o’xshamas edi (P.Turs.) gapining [W1] qismi tasdiq, [W2] qismi inkor shakllarda qo’llanib kelmoqda [– gan, – mas]; 5) aniqlovchi – hol: Bular Mirzacho’lga ko’chib kelishganda ham Qalandarov Voroshilov kolxozida brigadir, Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig’i bo’lgan ekan (A.Qah.); 6) hol-hol: Qirda o’tlovchi qo’y-qo’zilar tinmay ma’rashar, uzoqlarda kimdir yangratib nay chalar edi (I.Rah.). Bu gapning kichik qolipi: Ba’zan birgina [Pm] emas, balki WPm qavsdan tashqariga butunicha chiqariladi. Masalan, Biri ingragan, biri baqirgan, biri hushsiz yotardi (Oyb.) gapida yotardi [WPm] dir. Bu qurilmada qo’llangan ikki ravish holi sifatdosh bilan, uchinchisi sifat bilan ifodalangan (... ingragan, ... baqirgan, ... hushsiz). Bu gapning qolipini quyidagicha berish mumkin: [{(S1 – Wr), (S2 –Hr), (S3 –Hr) WPm]. Do’st achitib, dushman kuldirib gapirar qurilmasi ham [{(S1 – Hr), (S2 –Hp)}WPm] qolipida tekshiriladi. Sxemasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |