Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet100/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

...ma’rashar


edi



... yangratib

...chalar


... ingragan


yotardi

... baqirgan

...hushsiz


...achitib

gapirar

... kuldirib

Qurilma qismlarida ba’zan hollar uyushgan tarzda kelishi mumkin. Chunonchi, Polga ham o’t tashlangan, stolda ham, deraza tokchasida ham o’tlar yotardi (S.Babayevskiy). Bu qurilmaning ikki qismini -di unsuri uyushtirib kelmoqda, u bevosita tashlangan, yotar kabi birliklar bilan bog’liq bo’lib, kesimlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu qurilmaning qolipini [{(S1 – Ho’ –Ho’ –W1), (S2 – Ho’–Ho’–W2)}Pm] tashkil etadi. Qurilma tarkibida har xil umumiy bo’lak (umumiy hol, to’ldiruvchi) larning o’ziga xos xususiy bo’laklari ham bo’lishi mumkin. Masalan, Nigora sariq, Nargiza oq gullardan oldi gapida gullardan to’ldiruvchisi sariq va oq aniqlovchilari umumiy bo’lak hisoblanadi. Bu qurilmada oldi uyushtiruvchilik vazifasini bajarib kelmoqda:




Uyushgan qurilmalarda uyushtiruvchi birliklar. Ma’lumki, sintaksisda umumiy va umumlashtiruvchi bo’laklar degan atama bor. Umumiy bo’lak deganda birdan ortiq aniqlanmish uchun umumiy bo’lgan aniqlovchi, birdan ortiq kesim uchun umumiy bo’lgan to’ldiruvchi va hol, birdan ortiq ega uchun umumiy bo’lgan kesim, birdan ortiq kesim uchun umumiy bo’lgan ega kabilar tushunilsa, umushlashtiruvchi bo’lak deganda uyushiq bo’laklarni jamlab ko’rsatuvchi, jins tushunchasini ifodalovchi bo’laklar tushuniladi. Sintaksisda bulardan boshqa “umumiy gap”, “umumiy predikativ birlik” kabi tushunchalar ham bor.
Uchinchisida esa bosh gap ham, ergash gap ham birdan ortiq bo’lib, ergash gaplarning har biri bosh gaplarning har biri bilan sintaktik munosabatda bo’ladi: Xalqlar o’rtasidagi ziddiyat tugatilsa, osmonimiz musaffo bo’ladi, xalqimiz osoyishta yashaydi ("Turkiston").

Bu chizmadan bosh va ergash gaplarning bir paytda uyushib kelganligi, har bir ergash gap, har bir bosh gapning bir-birlari uchun umumiy bo’lganligi ko’rinib turibdi.


Yuqorida fikr yuritilgan qurilmalarda bir xil birliklar uyushiq birliklarni umumlashtirib, uyushtirib kelgani kabi ba’zan esa turli xil yoki bir sathdagi birliklar uyushiq birliklarni uyushtirib, umumlashtirib keladi. Bunday vaqtda bir element qurilma shaklida (gap shaklida) bo’lsa, uyushtiruvchi birlik uyushiq qurilmalar kesimning tarkibiy qismi, ya’ni [W]ninr [Pm] birligi bo’ladi. Shuni yaxshi bilingki, xalqimizning didi nozik, talabi kattadir (Gazetadan) qurilmasi uch qismli bo’lib, uning birinchi qismi keyingi ikki qismlar (uyushiqlik hosil qiluvchi qismlar) ni birlashtirib, uyushtirib keladi. Bu uyushtiruvchi qurilmani takror qo’llash mumkin: Shuni yaxshi bilingki, xalqimizning didi nozik, Shuni yaxshi bilingki, xalqimizning talabi katta. Shuni yaxshi bilingki, xalqimizning didi nozik, talabi katta qurilmasida qurilma shaklidagi uyushtiruvchi unsurni (Shuni yaxshi bilingki) qo’llamaslik ham mumkin: Xalqimizning didi nozik, talabi katta kabi. Mana shunday qo’llanmaslik uyushuvchi qurilmaning kesimlarida ham bor. Boshqacha aytganda, nozik, katta kesimlarining tarkibiy qismi bo’lishi mumkin. Bu tarkibiy qism -dir, bo’ladi birliklaridir. Bu birliklar ham yuqoridagi uyushtiruvchi qurilmadek takror qo’llanishi yoki keyingi kesim bilan birga kelib, oldingisiga ham tegishli bo’lishi mumkin: Xalqimizning didi nozikdir, talabi kattadir. Xalqimizning didi nozik bo’ladi, talabu katta bo’ladi. Demak, -dir, bo’ladi singari birliklar ham qurilmani uyushtirib, markazlashtirib keladi. Ko’rinadiki, yuqoridagi tipli qurilmalarda kesimlik (predikativ) belgilarga ega bo’lgan turli sathdagi ikki birlik uyushiqlikni hosil qiladi. Bu xil gaplarni uyushgan gaplar deyish to’g’ri bo’ladi va ular quyidagi qolip mahsuli: [{(S1 – W1), (S2 – W2)}Pm]. Aniqki, gap mazmunida obyektiv va subyektiv tomonlar mavjud. Dastlab Sh.Balli gap mazmunini tashkil qiluvchi obyektiv tomonini diktum, subyektiv tomonini modus deb nomlagan. Bu hodisa uzoq yillar davomida tilshunoslarni qiziqtirib keldi. Tilshunos N.Mahmudov aytganidek, “gap ma’nosining subyektiv qismi ancha ilgaridan tilshunoslarning diqqatini o’ziga tortgan bo’lsa-da, gap ma’nosidagi obyektiv tomon nisbatan ancha keyin bevosita sintaktik semantikaning shakllanishi bilan bog’liq holatda, uning bevosita obyekti sifatida o’rganila boshlandi”1. Har qanday gap semantikasining asosini obyektiv mazmun tashkil etsa-da, subyektning shu obyektiv mazmunga turli munosabati modus bilan ifodalanadi. Demak, diktumning bo’lishi shart, modusning ifodalanishi-chi? Ayrim kategoriyalarning ifodalanish-ifodalanmasligi haqida olimlar (B.Uorf, S.D.Kanselson, V.A.Zveginsev, N.D.Arutyunova, D.N.Shmelev va boshqalar) o’z fikrlarini bildirib, ularni turlicha nomlaganlar. Shunga ko’ra, ba’zan modus va diktum alohida hamda to’liq eksplisit ifodalanishi mumkin. Bunga misol sifatida ayrim ergash gapli qo’shma gaplarni olish mumkin. Ya’ni bunda bosh gap subyektiv, ergash gap obyektiv mazmunni ifodalaydi. Gap mazmunida bevosita ishtirok etmagan qurilmalar gapga ham, so’z birikmasi va gap bo’laklariga ham teng bo’lishi mumkin va mana shunday yashirin qurilmalar grammatik kategoriyalarga ta’sir qiladi. Masalan, gap soddaligicha qolsa ham, uning semantik substrati murakkablashadi, ya’ni ko’p fikrlar qisqa shaklda bayon etiladi.
Yuqorida keltirilgan Xalqimizning didi nozik, talabi katta tipidagi hosilalarni uyushtiruvchi qurilmalar tabiiy, ijtimoiy xarakterga ko’ra ikki xil:
a) obyektiv voqyelikni ifodalovchi uyushtiruvchi qurilmalar;
b) subyektiv-voqyelikni ifodalovchi uyushtiruvchi qurilmalar.
Obyektiv voqyelikni ifodalovchi qurilmalar voqyealarning asl mohiyatini, aslida nimadan, nima sababli, nimalar natijasida yuz berganligini ko’rsatsa, subyektiv voqyelikni ifodalovchi uyushtiruvchi birliklar kishilarning diqqatini yuz bergan voqyelikka tortish, ta’kidlash, turli xil shart-sharoitlar va boshqa o’xshashliklarni ko’rsatadi. Ba’zi bir misollarni qiyoslab ko’raylik: O’n to’rt kunlik oy O’rda ko’prigining chap yonidagi baqaterak uchida oltin barkashday porlab turar, qoramtir tiniq ko’kka sochilgan tarqoq yulduzlar chaqnardi (H.G’ul.) Bahor odamlarni uyidan yetaklab chiqqan, oftob zax uylarning derazasidan mo’ralab, qishdan qolgan rutubatni haydamoqda edi (S.Ahm.) Birinchi gap ikki qismdan iborat bo’lib, ularni kesimning birligi -di (to’liq shakli edi) birlashtirib turibdi. Uyushgan gaplarni birlashtirib turuvchi yana bir birlik borki, u grammatik shakllanmagan. Bu (grammatik jihatdan shakllanmagan qurilma) gapning ichki strukturasi, yani mazmun tuzilishidan sezilib turibdi.
Uyushgan gaplarni birlashtirib turuvchi, ifodalanmagan birlik ikki xil:
a) obyektiv voqyelikni;
b) subyektiv voqyelikni ifodalaydigan bo’lsa, masalan, Havo ochiq edi, shuning uchun o’n to’rt kunlik oy O’rda ko’prigining chap yonidagi baqaterak uchida oltin barkashday porlab turar, qoramtir tiniq ko’kka sochilgan tarqoq yulduzlar chaqnardi gapidagi Havo ochiq edi (Bundan boshqa gap ham bo’lishi mumkin) obyektiv voqyelikni ifodalaydi. Agar gap Siz aytgandek, o’n to’rt kunlik oy O’rda ko’prigiiing chap yonidagi baqaterak uchida, oltin barkashday porlab turar, qoramtir tiniq ko’kka sochilgan tarqoq yulduzdar chaqnardi deb o’zgartirib olinsa, siz aytgandek qurilmasi subyektiv voqyelikni ifodalaydi. Ikkinchi misol haqida ham yuqoridagilarni aytish mumkin. Shuni aytish kerakki, har qanday qurilmada obyektiv va subyektiv voqyelikning mavjudligi tabiiy, lekin uning ifodalanish-ifodalanmasligi qismlarni umumlashtirib keluvchi birliklarning qo’llanish-qo’llanmasligiga bog’liq. Yuqoridagi gaplarga o’xshash qurilmalar shartli ravishda to’liqsiz gaplar deb ataladi.
Umumlashtiruvchi gaplar [Pm] qanday ko’rinishda ishtirok etgan bo’lsa ham, uyushgan gaplarni jamlab, umumlashtirib keladi. Umumlashtiruvchi gaplar berilgan matn ichida nimaga ko’proq ahamiyat berish lozimligini ta’kidlash, bo’rttirib ko’rsatishga xizmat qiladi. Quyida ularning ba’zi bir paradigmalari beriladi:

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish